Şodlik va baxt kuyçisi
Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligi
Hamid Olimjon nafaqat şeʼriyat balki, xalq oğzaki ijodida ham salmoqli asarlar yaratgan. Şoir tafakkurining boyişi, kelajakda yetuk şoir, yozuvçi, dramaturg, tarjimon, tanqidçi, davlat va jamoat arbobi bölib yetişişida onasi Komila ayaning örni beqiyosdir.
Özbek xalqining atoqli farzandi – dilbar şoir, iqtidorli dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon özidan ölmas meros qoldirgan. U özbek adabiyotida jöşqin lirizmga asoslangan şeʼriyat maktabini yaratgan şoirdir. Ayni kunlarda Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligi butun respublikamiz böylab keng nişonlanmoqda.
Kuni keça şoir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, bir qator ziyolilar, ijodkorlar, Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi öquvçilari “Çiğatoy”dagi adib qabrini ziyorat qilişdi.
Özbek Milliy akademik drama teatrida esa Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bağişlangan adabiy keça bölib ötdi.
…Teatr odamlar bilan liq töla. Sahnaga Hamid Olimjon obrazida yoş aktyor çiqib keladi va qarşisida dilbar şoira Zulfiya paydo böladi. Ikki dil butun özbek adabiyotini yaşnatgani kabi teatr sahnasini ham nurga töldiradi.
Tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq şoiri Sirojiddin Sayyid, Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toir, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakim va boşqalar adibning serqirra ijodiy merosi, zalvorli asarlari, takrorlanmas şeʼriyati va betakror tarjimalari haqida söz yuritdilar.
Har bir inson dunyoda şunçaki yaşab, uzoq umrguzaronlik qilişdan köra mazmunli hayot keçirişni afzal körişi tabiiy. Hayot yöllari yakunlanib qolgan kişi ortiga nazar solganida undan jamiyat uçun foydali, nomini tarixga muhrlaydigan işlari borligini köriş uning samarali va mazmunga boy umr keçirganligidan dalolat beradi. Özbek adabiyotida mana şunday qisqa va mazmunli umrini ijodga, taraqqiyotga sarflagan benazir ijodkorlar talaygina.
Taqdir hukmiga köra erta vafot etgan, biroq bu qisqa umr mobaynida juda katta ijodiy meros qoldirgan Hamid Olimjon hali-hanuz adabiyotga oşno qalblar qalbidan çiqqaniça yöq. Çunki uning beğubor hislarga töla şeʼrlari, xalqimizning mehnati, ğayrati tasvirlangan hikoya-yu, dostonlari, ajoyib tarjimalari özining betakrorligi, soddaligi, xalqçilligi bilan ajralib turadi.
Hamid Olimjon adabiyotşunoslikning köplab janrlarida ijod qilgan. Şoirning ilk şeʼriy töplami “Köklam” 15 yoşida bosilib çiqqani şeʼriyat osmonida yorqin isteʼdod kirib kelayotganidan dalolat edi. Şundan söng ijodkorning “Olov soçlar”, “Poyga”, “Ölim yovga” kabi töplamlari uning eng sara şeʼrlaridan tarkib topgan. Şoir şeʼriyati juda sodda va qalbga yaqin aşʼorlar bilan limmo-limdir. Şoir ijodiga mansub “Örik gullaganda”, “Eng gullagan yoşlik çoğimda” şeʼrlarini mutolaa qilmagan, zavqlanmagan kitobxon bölmasa kerak.
Ijodkorni heç ikkilanmasdan şodlik va baxt kuyçisi, deya taʼrif etsak böladi. Uning har bir satrida hayotga, oilasiga muhabbat tuyğulari sezilib turadi. U quyidagi misralarida insonni şirin tuyğular oğuşiga yetaklaydigan, tom maʼnodagi kaşfiyotini köriş mumkin:
Xayolimda bölding uzun kun,
Seni izlab qirğoqqa bordim.
Oç tölqinlar pişqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim…
Hamid Olimjon nafaqat şeʼriyat balki, xalq oğzaki ijodida ham salmoqli asarlar yaratgan. Şoir tafakkurining boyişi, kelajakda yetuk şoir, yozuvçi, dramaturg, tarjimon, tanqidçi, davlat va jamoat arbobi bölib yetişişida onasi Komila ayaning örni beqiyosdir. Negaki, Komila aya bölajak şoirga köplab ertaklar, rivoyatlar aytib bergan va şoir qalbida adabiyotga oşuftalik jöş ura boşlagan. Buyuk folklorşunosning “Ikki qizning hikoyasi”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Zaynab va Omon”, “Semurğ” dostonlari bilan özbek adabiyotşunosligiga innovatsion ğoyalarni olib kirdi. Aynan “Alpomiş” dostonining ham ilk naşri Hamid Olimjonning tinimsiz harakatlari natijasida amalga oşdi.
Bundan taşqari, Hamid Olimjon A.Puşkin, L.Tolstoy, M.Gorkiy, T.Şevçenko, M.Lermontov, N.Ostrovskiy, A.Korneyçuk kabi jahon adabiyoti vakillarining asarlarini mahorat bilan ona tilimizga tarjima qilib, bugungi kun kitobxonlariga öqişlik manba qilib berdi.
Oradan qança yillar ötgan bölsa-da, zabardast şoir heç bir kitobxonning qalbidan öçmaydi. Uning satrlari hali uzoq yillar davomida kişilarga maʼrifat, ziyo baxşida etadi. Uning mazmunli umri esa har bir kişga saboq böla oladi, u hamişa biz uçun navqiron va abadiy şaxs sifatida xotiramizda mangu saqlanadi.
Boqiy qöşiqlar
Hamid Olimjon
Eng gullagan yoşlik çoğimda…
Eng gullagan yoşlik çoğimda,
Sen oçilding köngil boğimda.Şunda kördi közim bahorni,
Şunda qalbim tanidi yorni.Quşlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining böyi bilan mast.Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar içra yöqoldim.Quçoq-quçoq gullar terganim
Va keltirib senga berganimKeçagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.Şundan beri tilimda oting,
Şundan beri dilimda oting.Eng gullagan yoşlik çoğimda,
Sen oçilding köngil boğimda.1937 yil
Kamola Boymurodova,
Samarqand şahridagi 50-örta maktab öqituvçisi.
