Bilimsiz kishi nima gapirsa…
Shoshqaloqlik, kaltafaxmlik, fe'li tezlik odatlari nodonlikning belgilaridir.
Yusuf Xos Hojib.
Barcha insonlar bir otaning farzandi bo'lib, shakl suratida bir-birlariga o'xshaydilar. Lekin ular o'zlarining tabiatlarida bo'lgan o'zaro raqobat va bir-biriga hasad qilishdan holi emaslar.
Abu Rayhon Beruniy.
Bilimsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so'zlaydi, shuning uchun uning tili o'z boshini yeydi.
Ahmad Yugnakiy.
To'rt narsa nodonlikka dalildir: o'zidan donoroq bilan munozara qilmoq va sinamaganga suyanmoq va xotinlar makridan emin bo'lmoq va yosh bolalar bilan hazil qilmoq.
Xoja Ahror Valiy.
Chala bilim egasi bo'lishdan ko'ra, bilmaslik afzalroqdir.
Abu Ali ibn Sino.
Aqlli kishining (sukut saqlab) jim turish holati johil, parishon kishining uzridan afzaldir.
Mahmud Zamaxshariy.
Aqlli dushman, johilu nodon do'stdan yaxshiroq.
Amir Temur.
Nokasdan qarz olma.
Moturidiy.