Söz erkinligi qurbonlik talab qiladi…mi?

Yoki dunyoning köplab davlatlarida jurnalistlar tazyiqqa uçramoqda

2019 yil kim uçundir omadli keldi, qaysidir kasb egalari hayoti, faoliyatida öçmas iz qoldiradigan yil böldi. Jurnalist uçun esa dunyo hozirgidek tahlikalar içra qalqib turgan bir paytda oson bölmasligi turgan gap. Hatto rivojlangan demokratik davlatlarda ham söz erkinligining töla taʼminlanmagani hamkasblarimiz hayotini xavfga qöyib kelmoqda.

1981 yildan buyon AQŞda faoliyat yuritib kelayotgan Jurnalistlarni himoyalaş qömitasi (CPJ) notijorat taşkiloti har yili öz hisobotlarini eʼlon qiladi. Joriy yilgi natijalarga köra, dunyo böylab 250 jurnalist öz kasbiy faoliyati sababli ozodlikdan mahrum etilgan. Ulardan eng köpi – 48 nafari Xitoyda qayd etilgan.

11 dekabr kuni Nyu-Yorkda omma eʼti­boriga havola etilgan “CPJ” maʼlumotlariga qaraganda, 2019 yilda öz kasbini bajargani uçun qamoqqa olingan hamkasb­larimiz soni rekord darajada yuqoridir. Bu yil matbuotga nisbatan tazyiqni kuçaytirgan Xitoy ötgan yili “yetakçi” bölgan Turkiyani ortda qoldirgan. Bu mamlakatda esa joriy yilda 47 jurnalist panjara ortiga jönatilgan.

Taşkilotning maʼlum qilişiça, bu kasb egalarini ozodlikdan mahrum etgan davlatlar röyxatida Xitoy, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misrdan keyingi örinlarni Eritreya, Vyetnam va Eron egallab turibdi.

Jurnalistlarga qöyiladigan ayblovlar orasida “soxta yangiliklar” tarqatiş ayb­lovi soni ham ötgan yilgidan oşgan. (2018 yilda 28 ta, joriy yilda 30 ta). Bundan taşqari, butun dunyoda muxbirlarga qöyilayotgan keng tar­qalgan ayblov  — ularning davlatga qarşi faoliyati bölib qolmoqda.

Xitoy hukumati yuqoridagi maʼlumotlarga izoh berar ekan, boş qarorgohi AQŞda joylaşgan “CPJ”ga işonç yöqligini bildirgan. Xitoy taşqi işlar vazirligi vakilining taʼkidlaşiça, Osmonosti davlatida “qonun ustuvorligi hukm suradi va heç kim undan ustun turmaydi”.

Endi BMTning joriy yil 1 noyabrdagi maʼlumotiga eʼtibor qarataylik: sönggi beş yil davomida jahon miq­yosida 1109 nafar jurnalist öldirilgan. Bu avvalgi beş yillikdan 18 foiz yuqoriligi aytilmoqda. Afsuslanarli tomoni şundaki, marhum jurnalistlarning hayotdan köz yumişiga sabab bölganlarning 90 foizi jazolanmasdan qolgan. Uşbu kasb egalari uçun eng xavfli hudud esa Arab davlatlari, deya taʼkidlanmoqda. Bu mamlakatlardagi hamkasblarimizning uçdan bir qismi öz kasbiy faoliyati uçun hayoti bilan tovon tölagan. Ikkinçi örinda Lotin Amerikasi va Karib davlatlari, undan keyin Osiyo va Tinç okeani hududidagi mamlakatlar xavfli hudud ekani qayd etilmoqda.

Mazkur davlatlarda hokimiyatni suiisteʼmol qiliş va korrupsiya bilan boğliq jarayonlar yuzasidan ötkazilgan jurnalist suriştiruvi oqi­batida hayotiga qast qilinganlarning 93 foizi mahalliy muxbirlardir.

Jurnalistlar hayotining bu tarzda xavfda qolib kelayotgani xalqaro taşkilotlar eʼtiborida turibdi, albatta. Ayni vaqtda ularni himoya qilişni ommalaştiriş uçun YUNESKO “Haqiqatning ölişiga yöl qöymaymiz” (“Ne pozvolim pravde umeret”) deb nomlangan global axborot kampaniyasi orqali dunyoni ogohlikka çaqirmoqda. Buning uçun taşkilot “Google Mars” bilan hamkorlikda maxsus karta yaratdi. Yöldoş orqali butun jahonni aks ettiradigan mazkur kartada 1993 yildan ke­yingi barça maʼlumotlar bor. U orqali jurnalistlarning qaysi mamlakatda işlagani va öldirilgani haqidagi maʼlumotlarni oliş mumkin. Foydalanuvçilar har bir jinoiy iş haqida maʼlumotga ega bölişi va uşbu maʼlumotni ijtimoiy tarmoqlar orqali boşqalarga uzatişi mumkin. Mazkur kartani  “keeptruthalive.co” saytidan topasiz. Saytda şunday ogohlik çaqiriği bor: “Biz fuqarolar barçamiz jurna­listlar bizga axborot yetkazişda davom etişi uçun ularni himoya qilişimiz kerak”.

YUNESKO Boş direktori Odri Azulening qayd etişiça, jurnalist ölimida aybdor bölganlarning jazolanişi juda kam uçraydigan voqeadir. Agar bu masalada suriştiruv olib borilsa, heç qanday natija çiqmaydi. Bu — adolatsizlik. Adolatsizlik esa yana yangi jinoyatga yöl oçadi. Buni, albatta, özgartiriş kerak. Bunday noqonuniy işga nuqta qöyiş uçun jurnalistlarning ölimiga sabab bölayotganlarni ham va bu adolatsizlikka yöl qöyib berayotganlarni ham jazolaş kerak. Çunki bu kasb egalarining ölimi bilan haqiqatni izlaşga çek qöyildi, degan xulosa kelib çiqmasligi lozim.

Darvoqe, umumiydan xususiyga ötsak, köplab misollar bor. Joriy yil 1 oktyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YEXHT) OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida bir yil avval öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçi xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Bugun — Jamol Qoşiqçi öldirilişining bir yilligida, yaqindagina va YEXHT mintaqasida öldirilgan boşqa barça jurnalistlarni ham yodga olmoqdamiz. Dunyo böylab jurnalistlarga qarşi zöravonlikning yoyilişi demokratik qadriyatlarimizga tahdiddir”, deydi u.

Qoşiqçi AQŞning “Washington Post” naşrida şarhlovçi sifatida işlagan va 2017 yildan AQŞda yaşagan. 2018 yil 2 oktyabr kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligiga hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun kirgan va bedarak yöqolgan. Istanbul prokuraturasi Qoşiqçining öldirilişi qasddan amalga oşirilgani, uning jasadi u konsullikda böğib öldirilgandan keyin yöq qilinganini taʼkidlagan. Turkiya Saudiya Arabistonidan jinoyatçilarni ekstraditsiya qilişni va jurnalist jasadi qayerda ekanini maʼlum qilişni talab qilib kelmoqda.

Saudiya Arabistoni boş prokuraturasi bayonotida esa uşbu jinoyat işi böyiça 21 kişi hibsga olingani aytilgan. Sudlanganlar orasida Saudiya taxti valiahdi Muhammad ibn Salmonning maslahatçisi Saud al-Qahtoniy yöq. Holbuki, aynan u OAV tomonidan qotillik taşkilotçisi sifatida körsatilgan edi. Qotillikka aloqadorlardan yana biri deb qayd qilingan mamlakat razvedkasi rahbarining sobiq örinbosari Ahmad al-Asiriy esa ötgan yili isteʼfoga çiqarilib, hibsga olingandi. Ammo dalillar yetarli bölmagani sababli u ham qöyib yuborilgan.

Xullas, bu iş böyiça ötgan yili juda köp muhokamalar, tortişuvlar böldi. Ammo natija YUNESKO rahbari aytganidek, qoniqarsiz bölib qolaverdi.

Söz erkinligining maxfiy timsoli deb nom olgan avstraliyalik teleradio va internet jurnalisti, xalqaro mukofotlar sohibi Julian Assanj esa sönggi töqqiz yildan buyon turli tazyiqlarga uçrab kelmoqda. U “WikiLaks” notijorat taşkilotiga asos solgan va u orqali maxfiy maʼlumotlarni eʼlon qilgan. Assanjning mazkur saytida 10 milliondan ortiq xalqaro nizolar, josuslik va korrupsiyaga doir maʼlumotlar tahlil qilingan va bu jamoatçilikning katta qiziqişi hamda munosabatlariga sabab böl­gan. Birgina Amerikaning Iroqqa bölgan harbiy hujumlari, sirlarini oçib taşlaganining özi katta jasorat. AQŞ uni xakerlikda ayblab, qamaşga hukm bergan. BMT esa Asanjning hayoti xaf ostida ekanini taʼkidlab, uni himoya qilmoqda. Bunday tazyiqlarga duçor bölgan va fojiali ölim topgan jurnalistlar dunyo tarixida köplab topiladi. Ularning asosiy “xato”si öz kasbi, söz erkinligi uçun kuraşuvçanligidir.

Uzoqqa bormaylik, jurnalistlarga bepisand qaraş, ularning “özboşimça”ligiga toqat qilolmaslik va oxir-oqibatda tahdid qiliş holatlari özimizda ham kam bölsada uçrab turibdi. Bunga köz yumib bölmaydi. Endilikda jurnalistlarni mansabdor şaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qiliş kafolatlari kuçaytirilişi kutilmoqda. Davlatimiz rahbarining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlaş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori imzolandi. Mazkur qarorda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga şunday vazifalar qöyilgan: 2020 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalaniş erkinligini taʼminlaş, davlat organlari va mansabdor şaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş, jurnalistlarning öz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlari belgilanişini nazarda tutuvçi “Teleradioeşittirişlar töğrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihalarini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 2020 yil 1 mart­ga qadar barça davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş, ularda jamoatçilik, xususan, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqiçga kötariş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqadi va tasdiqlaydi. Qisqasi, uşbu qaror ijrosi asosida böladigan özgarişlardan umid katta…

Muxtasar sözimizni Jozef Pulitser (dunyo jurnalistlari uçun eng yuksak mukofot uning nomida)ning quyidagi fikrlari bilan yakunlaşni lozim topdik. Zero, bu fikr bugun ham öz dolzarbligini saqlab turibdi: “Jamiyatning tinç hayotiga qarşi qaratilgan va xudbinona maqsad bilan taʼqib qiluvçi mulkdorlar sinfiga bölgan xuşomadgöylikdan jurnalistikani faqat çin masʼuliyat hissigina qutqara oladi”.

Xolida Fayziyeva.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan