Avtobus maşmaşalari

— Orqa eşikni ham oçib yuborgin, öğlim, — baland ovozda qiçqirdi tuşişga şaylangan otaxon.

Otaxonning gapini eşitmadi şekilli, haydovçi bekatda töxtamadi.

— Hoy, eşitmadingmi? Nega bekatda töxtamaysan?

— Avvalroq tuşişingizni ayting-da, ota, — dedi haydovçi pinagini buzmay.

— Aytmasa töxtatmaysanmi, axir sen har bir bekatda töxtatişing kerak-ku! Yo tavba, şunaqasiyam bölarkanda! Vazifangni halol bajarmaysanmi?

— Ey, ota, hozir halol işlaydiganning özi qoldimi?..

“Boşidan ötganni, qoşidan ötma”, degan maqol bor. Yozning issiq kunlarining birida Navoiy köçasidagi bekatda avtobus kutayotgandim. Tuşlik mahali emasmi, oradan 25 daqiqa ötdi hamki, men kutgan avtobusdan darak bölmadi. Kutilmaganda «ofatijon» avtobus körindi. Çiqişga şaylanib, endi yurişimni bilaman, sekinlaşib kelayotgan avtobus tezligini oşirdi-yu ötdi, ketdi. Miyamga ğalati fikr keldi. Töğrisi, jahlim çiqdi. Taksi töxtatdim. Uç bekat ötib, unga yetib oldim-da, orqa eşikdan çiqib, old tomonga yurdim.

Haydovçi çamasi 50 yoşlardagi kişi ekan. Unga «Avvalo uzru, aka, nega ikki bekat oldin töxtamay ötdingiz, axir issiqda bir soat kutgandim!» Haydovçining özi tajangmikin, asabiga mendan boşqalar ham tegib qöyganmi, jahl bilan: «Senga öxşaganlar köp, qaysi biringga töxtatay? Nima, boşqa avtobus qurib qolganmi, kelganiga çiqavermaysanmi?» — dedi sansirab mendan yoş bölişiga qaramay. Men ham gapdan qolişmadim: «Bekat-ku axir, bitta odam bölsayam töxtatişingiz kerak!».  «Xohlasam töxtayman, nima qila olarding!? Borgan joyingga boravermaysanmi, qörqadigan joyim yöq!» — dedi közlari olayib.

Köpgina avtobuslarda çiptaçilari bor, bekatlarni eʼlon qilib borişdan taşqari, yoşlarni kattalarga joy berişga ham undaydi. Bekatlarni oldindan aytib boradi. Baʼzi avtobuslarda çiptaçi bor, ammo old eşikda turib olib çipta sotadi. Yölkirasini tölaş uçun yölovçilar oldingi eşikka borişga majbur böladi. Salonda şaharga ilk marta kelgan yoki nogironligi bölgan közi ojiz, eşitiş tizimi xasta kişilar bölsa bormi, ular bir amallab to oldingi eşikka yetib borgunça avtobus bekatda turaveradi. Odamlarning vaqtini öğirlayotgani ularning xayoliga ham kelmaydi.

Aytiş joizki, mamlakatimizda turizm sohasi rivojlanib, xorijiy sayyohlarning oqimi köpayib borayotgan bir paytda, transport vositalaridagi özaro munosabatlarni tartibga soliş, insoniylik burçimizni ado etiş vazifamiz bölsa, haydovçi yöl-transport hodisalarining oldini olişga xizmat qilişi şart ekanligini unutmasligimiz kerak!

Tan oliş kerak, haydovçilar va çiptaçilar orasida insofli, diyonatli, yölovçilarni hurmat qiladiganlari bisyor. Ammo ertalabki yoki keçki payt kimözarga poyga qöyiş, bir-birining yölini tösiş, kabinadan boşini çiqarib öz yönalişidagi kasbdoşi bilan baqirişib gaplaşişlar yölovçilarning asabiga tegib, eʼtirozlarga sabab böladi, albatta.

— Yigirma yildan buyon yölovçilarni manziliga soğ-salomat yetkazişdek masʼuliyatli kasbda faoliyat körsatib kelaman, — dey­di 5-avtosaroyga qaraşli Qöyliq-TTZ yönalişida qatnovçi 110-avtobus haydovçisi Reşat Qurbonov. — Ilk faoliyatimni boş­lagan yillarim edi. Avtobusni yölda biroz şoşib boş­qardim şekilli, bir yölovçi salon içida qalqib yiqilgan. Ammo jarohat olmadi. Töxtab u odamdan keçirim söradim. Bu menga dars böldi, boşqa bu xatoni takrorlamadim.

Ayni paytda, uzoğimizni yaqin qiliş uçun xizmat qilayotgan jamoat transportlarining son jihatidan köpligi yaxşi. Lekin ularning yöl harakati qoidalariga rioya etişi, kasbiy etikasi va madaniyati talab darajasida deb bölmaydi. Jamoat transporti haydovçilarining baʼzilari bozorlar atrofidagi piyodalar ötiş joyida töxtamay ötadi, baʼzan haydovçilar yölovçi talaşib, bir biri bilan janjallaşadi, yoinki çiptaçilarning muomala madaniyatidan odamning dili ranjiydi.

Yana şuni aytiş joizki, yaqin ötgan davrlarda jamoat transportida ibratli va xayrli imtiyozlar ham bor edi-ki, u kelajagimiz bölgan bolalarga berilgan edi. 12 yoşgaça bölgan bolalar, ayniqsa, öquvçilar barça turdagi avtoulovlardan bepul foydalaniş huquqiga ega edilar. Ayni paytda, soha mutasaddilari uşbu imtiyozni tiklasalar, yoş avlodga bölgan ğamxörlikning yana bir namunasi bölarmidi?!

Afsuski, keyingi paytlarda sohada faoliyat yuritib kelayotgan köplab haydovçilar, çipta sotuvçilarda kasbiy masʼuliyat, öz işiga nisbatan faollik va tartib-intizomga odatlaniş kabi ijobiy holatlar kam kuzatilmoqda. Bunday muammo va kamçi­liklarni bartaraf etişda, mazkur sohaga yönaltirilgan taşkilot vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari jamoatçilik nazoratini amalga oşirsalar, albatta, tizimda özgarişlar yaqqol közga taşlanişi şubhasiz.

Eng muhimi, jamoat transportiga kim çiqişidan qatʼi nazar, salonga çiqişi bilan yölovçiga aylanadi. Ularni manzillariga soğ-salomat, osoyişta yetkazib boriş esa haydovçining vazifasidir.

Şunday ekan, har bir haydovçi özi va yölovçilar uçun yöl qoidalariga, xavfsizlik talablariga, muomala madaniyatiga va odobiga töla rioya etişlari lozim. Loqayd­lik, beparvolik salbiy oqibatga, köngilsizliklar, qolaversa,  inson salomatligiga zarar yetkazadigan omillarga sabab böladi.

Maryam Ahmedova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan