Oyni sevaman deb çözdim qölimni
* * *
Otam bizni sizlab-sizlab çaqirardi,
Çorlamagan sira baland xitob bilan.
Otam bizga köp nasihat qilgani yöq,
Oşno etib qöygan faqat kitob bilan.
Sakkiz jonmiz, sakkiz nafar polaponmiz,
Uyğonardi otam quşdek oftob bilan.
Juma kuni bitta nonni kam olardi,
Lekin qaytgan qöynida zör kitob bilan.
Omi debman men otamni öqimagan,
Dilim ezar bu söz bugun azob bilan.
Özim omi, asli mening olim otam,
Közim oçgan ekan meni kitob bilan.
Qanday gözal ertak edi öşal damlar,
Soliştiring bolalikni şu top bilan.
Bolangizni boşin silang bir söz demay,
Yuragingiz tökib-soling kitob bilan.
Otam bizni sizlab-sizlab çaqirarman,
Çorlamasdi sira baland xitob bilan.
Otam bizga bor hayotni örgatdilar,
Möʼjazgina tirik doston kitob bilan.
* * *
Xonalarga
siğmay qoldim,
hovlidaman,
Yoğolmayin turgan yomğir
holidaman.
Çaqmoq çaqar, tutayapman
öt olmayman,
Öz xaddimdan özim xatlab
ötolmayman.
Bulutlarni suruv kabi yiğar
şamol,
Yorişmaydi yoqib körgin dilga
şam, ol.
Ana, yomğir, endi könglim
yozolaman,
Hayriyat-yey endi nedir
yozolaman.
* * *
Oyni sevaman, deb çözaman qölim, Million yulduz muştuni tugar.
Yaxşiyam osmonga tuşmaydi yölim.
* * *
Yomğirdan qörqmayman,
yomğir köz yoşim.
Quyoşdan qörqmayman,
könglimga yaqin.
Qörqmayman gumburlab
ketganda osmon,
Dilim yorişadi
çaqqanda çaqin.
Hislarim gulbargin
uçirib öynar,
Qörqaman bexosdan
esganda şamol,
Yana, ostin-ustun
qilgan dunyoim,
Eng yomon qörqqanim
ul puşti römol…
* * *
Kiprigingda muzlaydi
köz yoş,
muzlab borar
yuragimda toş.
Dunyo asta muzga kömilar,
Muzlar ilinj, muzlaydi bardoş.
Muzlar içra gözal malagim,
qanday gözal muzlar sururing.
Faqat, aytgil bunça çidamli,
muzlamaydi nega ğururing?
* * *
Bugun, qoq tunning yarmida
uyğonib ketdim.
Paypaslab közoynagimnimas
yoşligimni
qidirayotganimni
sezib qoldim.
* * *
Bekatda kördim seni,
yurak doğim yuzingda.
Hayotim, demoqçiydim,
titrab, titrab lablarim
bölinib uçdi sözlar,
ha, yotim,
ha, yotim…
Muhammad Siddiq Rahmatov
Muhammad Siddiq Rahmatov – 1972 yil Andijon viloyati, Böz tumanida tavallud topgan. “Yurt soğinçi”, “Işq bekati”, “Pastlab uçgan turnalar” nomli şeʼriy kitoblari çop etilgan. Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.
