Çingiz Aytmatov: Sözning yer osti boyliklari

Donişmandlarning “Kitoblar bizning eng sodiq döstlarimizdir. Ular bizni al-     damaydi, yonimizda turadi, çorasizlikda taşlab ketmaydi” degan sözlari dunyo­­da kitobçalik xolis maslahatçi yöqligini anglatadi. Kitoblar  öqitadi,  örgatadi,  qiynalganda yöl topib beradi. Biroq heç vaqt heç nima taʼma qilmaydi.

Kitobga  munosabat turli zamonlarda turliça körinişda bölgan. Yoqilgan, toptalgan, öğirlangan kitoblar ötgan asrlarning yarador xaritasi  yangliğ ötmişga öz aksini taşlab turibdi.

Bugun esa kitobga bölgan munosabat tamoman yangilandi, yanada tiniqlaşdi.  Kitob ertangi kun uçun oçilguvçi eşik ekanligini hayot aniq-tiniq körsatib turibdi. Ki­toblarda hijjalab yiğilgan sözlar sabab insonning yuragida mangu yonib turgan olov haykali paydo böldi. Bu olov, bu harorat har bir asrni öz tafti bilan isitmoqda.

Xalqimizning, adabiyotimizning dösti bölgan, qirğiz yozuvçisi Çingiz Ayt­matovning quyida siz aziz muştariylarimiz eʼtiboriga havola etilayotgan uşbu maqolasi ham kitob, uning manzil va hudud bilmas miqyosi, qad­ri va qiymati  haqida öyga toldiradi.

Maqolalarimdan birida badiiy ijod insonlar va kitoblar taqdirini belgilaşi mumkinligi haqida yozgandim. Ehtimol, kitob şulardan birinçisidir. Fikrlarim mubolağadan xoli, albatta. Muxtor Avezovning kitoblari bilan ilk uçraşuvim  hayotim davomida oydin xotira bölib qolyapti. Şoloxov romanlari aqlu xayolimning har bir qirrasini larzaga solgan; öşanda men söz qaʼrida uning tuganmaydigan xazinasi borligini his etdim; söz jodusi şu qadar baland ediki, menda qoğozdan har bir sözning qaddini kötariş, ularga ixtiyorimni topşiriş istagi paydo böldi; sözning orqa-orqalarida taʼsirçan bir qudrat bekinib olganday edi.

Men aminmanki, söz özining yer osti boyliklariga ega…

Bu azaliy haqiqatni anglaş borasida har bir odam turfa yöldan qadam taşlaydi. Bularning köpçiligi inson hayoti va qismatining qanday bitilganligi bilan boğliq.

Mening ilk asosiy “kutubxonamni” töldirgan kitoblar özim tuğilib voyaga yetgan Talas vodiysiga daxldor, ajdodlarimdan mengaça yöl bosib kelgan xalq qöşiqlari, doston va afsonalaridir. Men ana şu tuproqdagina ilk bor manasçi ovozini — “Manas” xalq eposini ting­ladim. Öşanda ön uç yoşlarda edim. Biroq undan ham burunroq “erigan”, “soçilgan” xalq eposi quloğimga quyildi; kundalik suhbatlarda mana bunday maqolni tez-tez eşitişga töğri kelardi: “Ğalabani biz, şuhratni “Manas”  qölga kiritdi”.

Kitob insonlar könglini bir-biriga boğlaşda ildam odimlaydi, mohiyatimizni ilğaşga çorlaydi, köngilning hali heç kim kirişga botinmagan qaʼr-qaʼrigaça yetib boradi, bugun, ötmiş va kelajak örtasida  köprik örnatadi, köprikki u billurdan bun­yod etilgan. Kitob insonlar va “oynai jahon” örtasidagi muvozanatni tartibga soladi; bu tuşunarli,  negaki, asrlarni yengib ötgan Gomer, Dante, Vergiliy, Tolstoy, Xeminguey, Folkner  va boş­qa insoniyat daholari yaratgan boylikning bir qismini özlaştirib bormoq uçun nimalardandir yuz ögirmoq lozim… Inson özi uçun taqsimlangan vaqtning sakkiz soatini uxlaşga, sakkiz soatini davlat işiga sarflaydigan bölsa, agar u televizor qarşisida soatlab ötirsa, mutolaaga  heç qaçon vaqt ajrata olmaydi…

Katta şijoat bilan bitta kitobni qayta-qayta öqişning keragi yöq, yangi kitob va zamonaviy mualliflar asarlarini öqiş hamişa maroqlidir.

Kitobga yoşlikdagi döstingday munosabatda böliş zarur, ular juda köp va har xil, biroq ular bilan köproq yuzaki, tanqidiy qaraşlarsiz, yengil-yelpi muomala örnatasan; deylik, ulardan qaysi biridir senga juda yoqadi, allaqaçon döstlaring, fikrdoşlaring safiga qöşib bölgansan, hatto oralaringizda umumiy öxşaş jihatlar ham köp, sevib öqiladigan bitta kitob kabi… Yillar ötgan sayin tanişlar safi ham torayib borar, ehtimol, döst deb ataganlaringning bir-ikki nafari qolar qalbingda, biroq ular asl va sinaşta döstlaringdir.

Kitoblar bilan munosabatda ham xuddi şunday.  Qaysidir yozuvçini yoşlikda sevib mutolaa qilgandirsan, endi unga qaytişga, takror öqişga biron-bir istak tuymaysan,  butun umrga yetadigan tarzda öqib bölganingni anglaysan. Boş­qa bir yozuvçi bilan aksinça. Deylik, Dostoyevskiy asarlarini, qanday kaşf etgan bölsam, şundayligiça saqlanib qolyapti, balki köz oldimda tobora ösib, balandlab bormoqda. U yaşab ötgan zamon ortda qoldi, zimiston yoz, xayoliy Peterburg  ötmiş qaʼriga ğarq böldi, biroq Dostoyevskiy asarlari, nas­rining qalbi, sözi mening hayotimda yaşaşda davom etyapti, mendan orom va xotirjamligimni tortib olyapti. Dostoyevskiy behalovat yozuvçi, u bizning vijdonimizni, tuyğularimizni ostin-ustun qilib taşlaydi, uni öqiş har doim murakkab, biroq yoqimli maşğulot, u seni özingga, aslingga, diyonatingga qaytaradi; unga öxşab yoziş imkonsizdir, biroq nimalarnidir örgansa böladi. Nimani? Menimça, birinçi nav­batda ranjigan va xörlangan kimsalarga nisbatan rahm-şafqat, insonlarga muhabbat tuyğusini.

Döstlar davrasi torayişi, yoki aksinça ularga bölgan mehr-muhabbating yanada  kengayişi mumkin.

Har bir kitob behuda işlardan uzilişni, obrazlar olami va mavzu içiga çuqur kirişni, butun borliğing bilan uning içida yaşaşni talab qiladi. Aks holda, heç nimaga erişib bölmaydi. Kitobga, bosma sözga mehr tuyğusi erta bolaligimdanoq singigandir, ehtimol.

Öşanda ruhiyatimga taʼsir ötkazuvçi har bir kitobni töxtatib bölmaydigan bir şoşqaloqlik bilan qölga olardim. U paytlar men uçun yomon kitobning özi yöq edi, men kitob yozayotgan har bir odamdan, ularning yozgan har bir harfidan hayratlanar, har bir yozuvçi Puşkin va Tolstoydek özgarmas taassurot qoldirardi menda. Keçroq tuşunib yetdimki, yomon, bekorçi, isteʼdodsiz yozilgan kitoblar ham bölişi mumkin ekan. Bu fikrlarim qançalar sodda bölmasin, öşa payt­dan to hozirgaça yomon kitoblar bölmasligini, kitob va yozuvçi haqidagi bolaligimning tiniq tasavvurlari çippakka çiqmasligini qattiq istardim.

1979 yil.

Rus tilidan Gözal BEGIM tarjimasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan