Gazeta, jurnal uşlamagan qöllar

Toşkent şahar, Yaşnobod tumanining litsey va maktablarida tahsil olayotgan 11- sinf öquvçi qizlarining katta köça örtasida bir–birini urayotgani, tepayotgani, soçlarini yulayotganini internet tarmoqlari rosa aylantirdi. Eng ajablanarlisi ularni maktab öquvçilari tasvirga olib, eng uyatli gaplarni böralatib, qöşimçasiga “Ur!”, “Oç biqiniga tep!” — degan “ilhombaxş!” sözlar bilan qöllab–quvvatlab turişgan.

Bir maktabda “A” va “B” sinf qizlari bir-birlari bilan yoqalaşib ketgan, muştlaşuv oxirida, çizmaçilik darsida işlatiladigan serkulni parallel sinfda öqiydigan qizning böyniga tiragani, boşqa bir maktabda kuçini qayerga işlatişni bilmay farroş ayolni döpposlayotgan öquvçilar, öqituvçisiga qöl kötarganlar… hokazo, hokazolar…

Ötgan yili xususiy telekanallardan birida “Hovli” degan turk filmi namoyiş etilgan edi. Turk turmalari hayotini aks ettiruvçi bu film boşdan oyoq ayollarning bir-birni haqoratlaşi, vahşiylarça kaltaklaşi, öldirib yuborişi aks etgan sahnalardan iborat edi. Men Yaşnobod tumanidagi maktab qizlarining muştlaşuv holatida aynan “Hovli” turk serialining taʼsirini va takrorini körgandek böldim. Öşa tajovuzkor guruh, öşa baqiriq-çaqiriqlar, öşa hayvonlarga xos yovvoyi çinqiriqlar. Bu maʼnaviy oğuni baʼzi ota- onalar bolalari, ösmir qizlari bilan birga ötirib teleekranlarimizda körmadimi?

Biz ösmir qizlarimizning etini qotirib böldik.

Suhbat çoğida maʼlum böldiki, bu yaqin orada u zöravon yigitlarning, tajovuzkor qizlarning birortasi qöliga gazeta va jurnal uşlamaganlar. Hattoki, ular gazeta va jurnallarning nima maqsadda çop etilişini ham bilişmaydi. Ular axloqsizlikni çet el seriallar-yu özimizning kinostudiyalar işlagan allambalo maşinalarda, göyo Özbekiston köçalarida sovuq quroldan bir-biriga öq uzayotgan “qahramonlar”dan körmoqda. Ayting-çi, yaxşilar? Bizda qaçon va qaysi köçada odam-odamga öq uzayapti? Bu soxta, zörma-zöraki öylab topilgan vahşiy tasvirlaringiz-u, çöntagingizni qappaytiriş uçun tinimsiz berayotgan çet el seriallaringiz bugun kutilmaganda öz “mevasini” bera boşladi. Şunday ekan, siz öz tarmoqlaringizda hirsu havasning şaytoniy bazmini qaçon töxtatasiz?

Qöliga kitob, gazeta, jurnal uşlamaydigan yoşlar keksa bobo va buvilaridan uyalmay televizordan fahş tarğibotini özlariga singdirib olmoqdalar. Yaşirinça internet tarmoğidan maişiy buzuqlikni örganmoqdalar. Ayniqsa, qiz bolalar beriluvçan böladi, degan gap bor.

Farzandlarimiz, ğör öğil-qizlarimiz internetdagi botqoqga kirib ketmasligi uçun ibo-hayo, halollik kabi fazilatlar bilan himoya­langan bölişi kerak. Bu himoyani u kitobdan, gazeta va jurnallardan oladi. Yaponiyada ham, Ko­reyada ham, Italiyada ham, AQŞda ham odamlar tongni gazeta öqiş bilan boş­laşar ekan. Ularda şunday naşrlar borki, bir kunda ikki-uç marta çop etiladi. Metroda, avtobuslarda telefonga emas, gazetaga termulgan odamlarni körib diling yayraydi.

Öqimaslik natijasida zohir bölgan axloqsizlik ortidan xudbinlik, besabrlik, dangasalik, bağ­ritoşlik, qanoatsizlik, oçközlik kabi illatlar öz-özidan qator bölib xonadoningizdan baxtni quvib çiqaradi.

Gazeta va jurnal oq qoğozdan yaralgan. Keling, şu oqlik bilan ösmirlarning osmon kabi ulkan qalbidan ğuborlarni artib taşlaylik. Keling, şu oq qoğoz bilan ularning közlaridan gardlarni olaylik!

Bugun gazeta va jurnaldan, kitobdan uzoqlaşgan oilalarga yovuz­lik kirib olayotganini öz közimiz bilan körib turibmiz.

Ogoh bölaylik! Gazeta, jurnallardan — maʼrifatdan, maʼnaviyatdan, yaxşi odamlar suhbatidan mahrum, kekkaygan erkatoy bolaning borar joyi zulmatdir.

Ular bunga loyiq emas. Farzandlarimiz ilmlilar, baxtiyorlar qatorida bölsin. Qizingizning qöliga gazeta tutqazing, toki bu nozik qöllar ertaga köçada soç yulişmasin, öğlingizning qöliga jurnal bering, toki bu qöllar sinfdoşining burnini qonatişni örganmasin. Yaxşilarga qöşilsin.

Uylarga vaqtli matbuot kirmay qöydi. Kitob, gazeta, jurnal uşlagan qiz bolaning qalbida öz-özidan samimiyat, pokizalik, mehr buloqlari köz oça boşlaydi.

Eng avvalo özimiz gazeta, jurnal öqiylik, namuna bölaylik. Ular bizdan maʼnaviyatni örgansin.

Azizlarim! Biz nimaga bunça yot seriallarga mukkamizdan ketdik. Ming afsuski, bugun matbuot­­ga obuna bölişni özlariça “majburiy, nomajburiy” deya aqllilik qilayotganlar, özlarini “adolatparvar, huquqparvar”dek tutayotganlar yoşlarimizning ertasini, kelajagini neçoğli öylayaptilar? Ertaga, indinga keç bölmasin, buni anglab yetiş nahot şu qadar muşkul bölsa?!

Zulfiya Möminova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan