Özbek hamşiralari Yaponiyaga boradi
Yodingizda bölsa, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev 2019 yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy taşrif bilan Yaponiyada bölgan edi. Taşrif davomida ikki davlat rahbarlari özaro muzokaralarda Özbekiston-Yaponiya munosabatlarini, şu jumladan, soğliqni saqlaş tizimini uzoq muddatli ustuvor yönalişlari yuzasidan hamkorlikni yanada rivojlantirişni ham muhokama qilgan edilar.
Muzokaralarda özaro foydali bölgan şartnomalar imzolandi. Şartnomalarning amaliy natijasi sifatida yurtimizga taşrif buyurgan Yaponiyadagi qariyalarni parvariş qiliş klinikalari Prezidenti Hirokazu Kimura hamda Markaziy Osiyo Inson resurslari assotsiatsiyasi rahbari Kazumi Mayeda bilan suhbatlaşdik.
Hirokazu Kimura:
— Özbekiston Yaponiyaning azaliy dösti bölib kelgan. Xalqlarimiz örtasida öxşaşlikni kuzatganman. Özbek xalqi ham yaponlar kabi mehmondöst, samimiy. Davlatingiz rahbari Yaponiyaga qilgan rasmiy taşrifi çoğida ikki davlat örtasida köpgina kelişuvlarga erişildi. Şu jumladan, soğliqni saqlaş tizimida ham. Endilikda ana şu kelişuvlarga muvofiq Özbekistonda tahsil olgan yoki olayotgan hamşiralarni maxsus sinovlar asosida Yaponiyada işlaşga tavsiya etamiz.
Toşkent şahridagi ikkita tibbiyot kollejida bölajak hamşiralar bilan suhbatlaşdik. Yaponiyada iş faoliyatini boşlaşga tayyor bölgan talabalar uçun maxsus guruhlar oçiladi va endilikda talabalar uşbu guruhlarda yapon tilini örganişadi.
— Kelişuvga binoan faqat hamşiralar malaka oşiradimi? Ularga qöyiladigan eng asosiy talablar nimalardan iborat?
— Eng avvalo, hamşira mutaxassisligiga ega bölişi va albatta yapon tilini bilişi şart. Sababi, bizning klinikalarda davolanayotgan fuqarolarning barçasi mahalliy xalq vakillari. Yaponiyaga işga keladigan mutaxassislar uçun belgilangan tartibga köra, yapon tili bilim darajasini aniqlovçi JLPT yoki NAT-TEST dasturiga muvofiq, kamida N4 sertifikatiga ega bölişi kerak.
Şuningdek, bizda işlaşga borganlarga til kursi öqitilmaydi. Örganmoqçi bölganlar mehnat şartnomasida körsatilgan 8 soatlik iş soatidan taşqari, mustaqil tarzda örganişi mumkin.
— Nima uçun aynan özbekistonlik hamşiralarga eʼtibor qaratildi?
— Biz 2017 yilda ham Özbekistonda bölib, hamşiralarning iş jarayonini kuzatganmiz. Yurtingizdagi hamşiralarning bilim darajasi bizga maʼqul tuşgan. Örta maxsus diplom uçun uç yil öqitilişi soha uçun katta yutuq deb öylayman. Özbek hamşiralari bemalol murakkab operatsiya jarayonlariga ham kirişi bizni lol qoldirdi.
Oçiğini aytsam, yapon hamşiralarining bilim va amaliyot malakasidan özbek hamşiralarining bilimi bir poğona yuqori, deb bilaman. Özbekistondan borgan hamşiralar faqat til böyiça nutqini rivojlantirsa, Yaponiyada heç qiyinçiliksiz işlab keta oladi.
Albatta, özbek hamşira-qizlari uçun bu yana bir imkoniyat. Endilikda undan unumli foydalaniş örta maxsus taʼlim tizimida olgan nazariy va amaliy bilimini yetarliça özlaştirgani hamda tegişli sihatgohlarda ötagan amaliyotlari sifati va samarasiga boğliq böladi.
— Yurtingizda şifokorlarga bölgan munosabat qay darajada?
Kazumi Mayeda:
— Oliy darajada, desam töğri böladi. Yaponiya aholisi bugungi kunda eng uzoq umr köruvçi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Yaponiyada tibbiyotga munosabatni aholining yoşidan ham bilsa böladi.
— Yaponlar uzoq umr körişining siri nimada?
— Qadim zamonlardan buyon odamlar mustahkam soğliq va uzoq umr körişga alohida eʼtibor qaratişgan. Yaponiya aholisining örtaça umr körişi 84 yoşni taşkil etadi. Uzoq umr köriş böyiça ildamligining sababi, ular kundalik ovqatlanişga alohida eʼtibor qaratadi. Köproq tabiiy mahsulotlarni isteʼmol qiladi. Organizmga zararli yegulik yeyilsa içki aʼzolarga taʼsir qiladi va soğliqqa zarar yetkazadi. Sabzavot, göşt va soyadan iborat yengil hazm böluvçi va töyimli ovqat yeyiş kerak.
Töğri ovqatlanib, siz nafaqat organizmga foydali moddalarni özlaştirişda yordam berasiz, balki soğligingizni mustahkamlaysiz. Statistikaga köra, keksa yoşlilarning 80 foizdan köproği yaxşi kayfiyatda bölsa, hayotdan bahra oladi va köp döstlarga ega böladi. Agar doim taşvişlanib yurilsa, bu endokrin diskraziyasiga va insulin işlab çiqarilişining kamayişiga olib keladi. Bu içki aʼzolar uçun öta ziyondir. Doimiy stresslar soğliqni barbod qiladi, ijobiy his-tuyğular esa, aksinça, uni mustahkamlaydi.
— Özbekistonning qaysi taomlari sizlarga maʼqul keldi va ovqatlaniş tarzimizdagi qaysi jihatlarni xato deb hisoblaysiz?
Hirokazu Kimura:
— Özbeklar ham ovqatlanişda bizga öxşab dasturxonga avvalo non va salat tortar ekan. Sabzavotlardan köp foydalanadi. Bu juda yaxşi. Taomlanişingizdagi eng asosiy xato deb keçqurungi ovqatga haddan ziyod kaloriyasi baland mahsulotlarni isteʼmol qilişingizni aytiş mumkin. Sizlarda asosiy urğu keçki ovqatga qaratilarkan. Yotiş oldidan kaloriyasi yuqori taomdan töyib ovqatlaniş organizmda ortiqça yoğlar yiğilişini keltirib çiqaradi. Turli kasalliklarga sabab böladi.
Feruza Rahimova.
