Elektron qiyofa
yoxud “facebook” va Mark Sukerberg haqida
Har kuni heç bölmaganda bir marta internetga kiramiz. Juda köpçiligimizning ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, feysbuk tarmoğida öz sahifamiz bor. Uşbu virtual olamda bir neça minglab döstlarga egamiz. Kundalik hayot tarzimiz, bizni qiynayotgan muammolar, sayohatlarimiz haqida materiallar, foto va video roliklarni öz sahifamiz orqali döstlarimizga taqdim etib boramiz.
Yaxşi tomoni kompyuter qarşisida ötirib, uydan çiqmasdan dunyoning tamoman boşqa bir çekkasidagi odamlar bilan muloqotga kirişamiz, fikr almaşamiz, döstlaşamiz. Özimizni qiynayotgan muammolarni soatlab muhokama qilib, boşqalarning munosabatini örganamiz.
Yomon tomoni – bu baʼzi tarmoq aʼzolarining öysizligi, didsizligi, betgaçoparligi va haqoratga doimo şay turişidir. Hatto, baʼzi bir tarmoq iştirokçilari mutlaq şaxsiy işlarini ham feysbuk orqali ovoza qiladilar, köproq tarmoqda material eʼlon qiliş bilan ball yiğmoqçi böladilar. Hatto, baʼzi feysbuk korçalonlari borki, tortinib-qimtinib, ahyon-ahyonda çiqiş qilgan tarmoq foydalanuvçilarini yamlamay yutişga tayyor turadilar. Ha, albatta, har yaxşi narsaning bir yomon tomoni böladi. Bizning fikrlarimiz bu haqda emas. Hammasi feysbukning yoş ixtiroçisi va uning olamşumul şuhrati, yengilligu qulayliklari haqida!
Mark Sukerberg eng ommabop faysbuk tarmoği asosçisi va juda köplab yönalişlarda dunyoga dong taratgan kompyuter dasturçisi sifatida tilga olinadi.
Mark Eliot Sukerberg 1984 yil 14 may kuni Nyu-Yorkda yahudiy eʼtiqodiga mansub şifokor oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasi Edvard va Karen Sukerberglar hozir ham öz kasbining ustalaridir. Yer şaridagi eng yoş milliarder bölgan Mark AQŞ şaroiti uçun köp bolali oila sanalgan 4 nafar bolasi bor xonadonda voyaga yetdi. U 10 yaşarligidayoq kompyuter dasturçiligiga qiziqa boşlaydi. Yoş ixtiroçi 12 yoşida oila aʼzolari muloqot qilişi mumkin bölgan ZuchNet dasturini yaratadi.
Sukerberg boşlanğiç sinfni bitiriş arafasidagi diplom işiga Internet tarmoğidan foydalanuvçilarning musiqiy didini aniqlab beradigan dastur yaratadi. Uni keyinçalik “Microsoft” kompaniyasi 2 million AQŞ dollariga xarid qilmoqçi bölişgan. Yoş ösmir bu işlarining birortasi uçun mukofotlaşlarini istamagan va öz ixtirosini sotmagan. Ularga “Ilhom sotilmaydi” deya javob qaytargan.
U 2002 yilda tasodifan Garvard universitetining psixologiya fakultetiga öqişga topşirib, talabalik baxtiga muyassar böladi. Onasining taʼsiri ostida öqişni boşlaydi. Biroq psixologiya bilan bir vaqtning özida informatika böyiça qöşimça kurslarga qatnaydi. Uning yagona istagi özining şaxsiy kompyuter dasturini yaratiş edi. Talabalik davridayoq kursdoşlari uçun bir-birlari bilan tajriba almaşiş mumkin bölgan ijtimoiy tarmoqni, keyinroq esa Garvard talabalari uçun özlariga yoqqan rasmlarga ovoz beruvçi “Facemash” tarmoğini yaratadi. Söng mana şu tarmoq asosida butun dunyoga maşhur bölgan şedever – “Facebook” saytiga asos soladi. U 2004 yilda yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötadi va “Facebook”ning boş direktoriga aylanadi. 2008 yilda dasturçi Dublin şahrida özining ştab-kvartirasini oçdi.
2015 yildan buyon feysbuk dunyoda eng köp odam foydalanuvçi tarmoq sifatida ikkinçi öringa kötarildi. Mark Sukerberg esa eng yoş milliarder sifatida şuhrat qozondi. 2017 yilda yoş ixtiroçi bir paytlar özi taşlab ketgan Garvard universitetidan doktorlik darajasi diplomini oldi. U Albert Eynşteynning uşbu sözlarini takrorlaşni xuş köradi: Hamma narsa imkoni boriça soddalaştirilişi kerak, boşqa heç narsa emas!
Mark eng yoş biznesmen bölişiga qaramay, juda oddiy hayot keçiradi. Oddiygina maşina haydaydi. Egnida doim jinsi şim va kulrang futbolka köriş mumkin. 2012 yili Garvardda tanişgan xitoylik Prissilla Çan bilan turmuş qurgan. Örtalarida Maks va Avgusta ismli ikki nafar qizlari bor.
Sukerberg daltonizm, yaʼni faqat bitta rangni farqlaydiganlar kasalligiga çalingan, ranglarni ajrata olmaydi. U asosan kök rangni farqlaydi. Şu uçun ham feysbukni yaratişda köproq kök ranglardan foydalanilgan. U fransuz, ivrit, lotin, qadimgi yunon tillarini yaxşi biladi. Xitoylikka uylangaç, xitoy tilini ham muloqot darajasida örgangan.
Feysbuk dastavval, 2004 yilda Garvard universiteti talabalari uçun faoliyat yuritgan. Keyinçalik Boston universiteti va AQŞning boşqa oliy taʼlim muassasalari örtasida ommalaşgan. 2006 yildan boşlab esa 13 yoşdan katta bölgan har bir internet foydalanuvçisi unga aʼzo bölişi taʼminlandi. Feysbukdan ayni paytda 68 tilda 2 milliarddan ortiq odam foydalanadi, bir sutkada esa 720 million odam uşbu tarmoqqa taşrif buyuradi. Har kuni saytda 6 milliard “Like” va izoh (kommentariy), 300 million fotosurat qöyiladi. Uşbu tarmoq dunyo böylab milliardlab odamni döstlik riştalari bilan boğlaydi. Sayt şarofati bilan Mark Sukerberg 23 yoşidayoq yer şaridagi eng yoş milliarder böldi.
Feysbuk tarmoq foydalanuvçilari orasida faqat bir-biri bilan döstlik riştalarini boğlovçi vosita bölibgina qolmay, turli taşkilot va kompaniyalar örtasida mahsulot va xizmatlar harakatini ham taʼminlaydi. Feysbukda “Like” tugmaçasi bölib, bu rus tilida “Mne nravitsya”, özbek tilida foydalanuvçilar orasida “Yoqdi” deb ataladi. “Yoqdi” tugmaçasi özi hamfikr bölgan va işonç bildirgan material va rasmlar, videolar uçun bosiladi.
Feysbuk ilk yaratilgan kezlarida “Facemash” deb nomlanganidagi dastlabki ikki soat içida 450 odam taşrif buyurib, 22 000 rasm tomoşa qilingan. 2009-2010 yillar davomida feysbuk tarmoğining taşrif buyuruvçilari “google”ga qaraganda ham özib ketdi. Filippin, Indoneziya, Avstraliya, Malayziya, Singapur, Yangi Zelandiya, Gongkong va Vyetnam ijtimoiy tarmoq bozorlarida feysbuk liderlikni qölga kiritgan.
“Microsoft” asosçisi Bill Geyts feysbukning 1,6 foiz aksiyalarini 260 million AQŞ dollariga sotib olgan. Feysbuk aksionerlari orasida dunyoning milliarderlari qatorida hamyurtimiz Alişer Usmonov ham bor. Mark Sukerberg “Apple” asosçisi Stiv Jobs va “Google” asosçisi Erik Şmidt bilan yaxşi aloqada. AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama uni tuşlikka taklif qilib turgan.
Feysbuk haqidagi “Ijtimoiy tarmoq” kinofilmi 3 marta “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan. Markdan film haqida söraşganida u şunday degan: “Bizning haqiqiy tariximiz yetarliça zerikarli. Olti yil kompyuter qarşisida ötirdik va kod yozdik”.
Mana sizga olamning bir quti içidagi şaklu şamoyili, rangu qiyofasi. Baʼzi bir oğziga kelgan har qanday sözni aytadigan tarmoq foydalanuvçilari öylagandek, feysbuk şarmsizlar va uruşqoqlar maydoni emas! Feysbuk sözining maʼnosida jamlangan “yuz”(face) va “kitob”(book) sözlariga eʼtibor qaratsak, bu tarmoqning yaratilişidan boş maqsad maʼnaviyat va maʼrifat tarqatişdan iborat bölgan. Uning dastlab, talabalar örtasida faoliyat yurituvçi sayt bölganligi ham fikrimizning yorqin dalilidir.
Yer şarida feysbuk haqida eşitmagan odamni topiş qiyin. Köpçilik bu tarmoqdan unumli foydalanadi. Baʼzi maʼlumotlarga köra, Sukerbergning asosiy kapitali 77,8 milliard AQŞ dollari atrofida. Sukerberg öz muvaffaqiyatlari sirlarini şularda deb biladi:
- Hayiqmasdan tavakkal qiling!
U hali maktabdalik çoğidayoq kompyuter öyinlarini yaratdi. Uning ilk yaratgan kompyuter öyini ham “Tavakkal” deb atalgan edi.
- Agar sizda ğoyalar bor bölsa – öz biznesingizni boşlang!
Uning aytişiça, agar sizning miyangiz işlasa, bas, boşqa biror iş bilan şuğullanişning keragi yöq. U özining miya imkoniyatlaridan nihoyatda unumli foydalangan. Hali Garvard universitetida öqiyotgan kezlaridayoq hammani bir ijtimoiy tarmoq atrofida birlaştiriş ğoyasini bir neça bor sinovdan ötkazgan.
- Hatto, maqsadingiz aniq-ravşan körinmasa-da, biror işni boşlaşdan qörqmang! Maqsadni amalga oşiriş biror-bir lahzani poylab ötiriş, vaqtni şamolga sovurişdan boşqa narsa emas!
- Tinimsiz işlang va natijaga erişing!
Biror material yoki rasmga ğoyibdan “Like” qöyişning kaşf etilişi uçun neça yillar davomida kompyuter yonida uyquga yotib, kompyuter qoşida uyğonişiga töğri kelgan.
- Agar nimadir qilmoqçi bölsangiz, faqat yaxşilab uddasidan çiqing! Nimadir yaratayotgan bölsangiz, xuddi faqat özingiz foydalanadigandek, yaxşilab qiling!
U özi ixtiro qilgan feysbuk saytiga har kuni taşrif buyuradi va har kuni uning funksiyalarini kengaytirib boradi.
- Dunyoqaraşingizni kengaytiring!
U Garvardda öqir ekan, bir yönalişdagi bilimlar bilan çeklanmadi. Matematika, psixologiya, qadimgi tillar, mumtoz adabiyotni örgandi. Sukerberg muvaffaqiyatining siri, faqat oldinga intiliş, qilayotgan işingni seviş va sevayotgan işingni qilişda heç qanday çegara bilmaslikdir.
