«Gazetalar şarhi» qayta tiklansa…
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi eʼtiboriga
Eslaysizmi, bir paytlar Özbekiston televideniyesida erta tongdan efirga uzatiladigan “Gazetalar şarhi” deb nomlangan körsatuv bölardi. Uni nafaqat matbuot sohasiga qiziqqanlar, balki yoşi, kasbi-koridan qatʼi nazar barça birdek mehr bilan tomoşa qilardi. Uşbu körsatuvning ilk boşlovçilari yurtimizning taniqli jurnalistlari Ahmadjon Meliboyev, Şuhrat Jabborov, Xurşid Döstmuhammad, Ahror Ahmedov, Kamol Matyoqubov singari ustoz jurnalistlar edi.
“Gazetalar şarhi” körsatuvi garçi bundan 20 yillar avval taşkil etilgan va u efirga çiqmayotganiga ham 15 yillar bölganiga qaramay, nega u hamon köpçilikning esida? Çunki, unda mamlakatimizning turli naşrlarida eʼlon qilingan eng dolzarb maqola va xabarlar öşa kuniyoq şarhlanar edi. Butun xalqimiz har kuni mamlakat matbuotida çop etilgan maqolalardan tezkor voqif bölardi.
— 1997 yilda “Gazetalar şarhi” körsatuvida efirga çiqqanman. Oldimizga qöyilgan vazifa — gazetalarda çop etilgan jiddiy tanqidiy-tahliliy maqolalarni imkon darajasida kengroq auditoriyaga yetkaziş edi. Körsatuvga 15 daqiqa vaqt ajratilgandi, birinçi beş daqiqada mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar şarhlansa, qolgan vaqtda asosan tanqid va tahlilga eʼtibor qaratardik”, — deydi “Adolat” gazetasi boş muharriri Islom Hamro. — Bizningça, körsatuv, albatta, özini oqlagandi. Agar oqlamaganda bugun “yopilib” ketganiga ança yillar ötgan bölsa-da, uşbu körsatuvni esga olarmidik?! Özingizga maʼlum, efirdan olinib, şu kungaça heç kim eslamayotgan körsatuvlar sonini töplasa bormi, butun boşli bitta kitob böladi.
Darhaqiqat, öşa yillarda ÖzTVda “Gazetalar şarhi”dan boşqa “jonli efir” bölmagan hisob. Har kuni ertalabki “Axborot”dan söng “Özbekiston” kanalida jonli efirda “Gazetalar şarhi” berilgan. Şubhasizki, barça muxlislar qatori, katta-kiçik amaldorlar ham uşbu körsatuvni tomoşa qilişgan. Uning tonggi dasturga qöyilgani esa katta yutuq bölgan, negaki, hammaga “Gazetalar şarhi”ni körişi uçun qulay vaqt. Öz-özidan ravşanki, “Şarh”da tilga olingan yaxşi, dolzarb maqolalarni topib öqişga harakat qilingan.
Ijtimoiy mavzuga oid tanqidiy-tahliliy maqolalar “Şarh”da tilga olinib, muammolarga tezkor yeçim topilgan. Bu hukumatga ança keng imkoniyat yaratgani ham bor gap.
Xöş, şunça yaxşi, zör ekan, uşbu körsatuv nega yopilgan?
Ehtimol, körsatuv öşa paytda kimlargadir yoqmagandir yoki boşqa sabab bölgandir. Bugun buning ahamiyati yöq. Muhimi, nima bölgan taqdirda ham, u yana ekranga qaytsa, savobli iş bölur edi.
— Ötgan yili “Madaniyat va Maʼrifat” telekanali “Gazetalar şarhi”ni yana efirga qaytaramiz, deb loyiha boşlaşdi. Yoşlarga yöl-yöriq körsatiş uçun meni çaqirişdi. Bir neçta körsatuv tayyorlab, efirga uzatdik. Lekin, negadir körsatuv yana töxtab qoldi.
Yaxşi harakat boşlangandi, nima bölganda ham töxtatmaslik kerak edi, — deydi Islom Hamro.
Respublika naşrlarining birida viloyat muxbiri bölib işlagan, bugungi kunda ustoz jurnalistlardan biri bölgan hamkasbimiz şunday deydi: “2000 yillarda hatto özim işlagan “Özbekiston ovozi”da qanday maqolam eʼlon qilinganini dastlab, “Gazetalar şarhi”dan bilib olardim. Viloyatlarda ham uşbu körsatuvning obrösi baland edi”. — Körinib turganidek, odamlar viloyatga gazetalar hali yetib bormasidan oldinroq ularda qanday maqolalar eʼlon qilinganidan xabardor bölişgan. Bu körsatuvga qiziqiş şu qadar kuçli bölganki, odamlar har tong soat 08.00 bölişini kutib ötirişardi. Avval “Gazetalar şarhini” körib, söng işga borişardi. Televideniyening katta yutuği ham “Özbekiston” kanalida ana şunday dolzarb körsatuvlar borligida edi, — deydi ustoz jurnalist Qurbon Eşmatov.
Ötgan davrda oşkoralik, şaffoflik yöqligi sabab, odamlarda xadik kuçli edi. Aytmoqçi bölgan gapini avval öylab olib, tanişlaridan fikr sörab, şunda ham “qoğozga örab” aytardi. Bugun Prezidentimiz oçiqlik, oşkoralik, erkin fikrlaş ğoyasini ilgari surayapti. Nega OAVlari haligaça bu imkoniyatdan foydalanişmayapti?
Buning ustiga aksariyat xususiy telekanallar askiyabozlikka ötib ketişgani açinarli. Tunu kun efirda beöxşov qiliqlar, sifatsiz qöşiqlar, na ğarbça, na şarqça raqslar berib boriladi. Ayniqsa, qiziqçilarning köça hazillari, umuman, şunga öxşaş safsataboz körsatuvlar köpçilikning badiga urdi. Hozirda köpçilik Özbekistondagi ayrim xususiy kanallarni körmay qöyişgani ham bejiz emas. Çunki, bu körsatuvlar köçada yallo qilib yuradigan “selfi”çilarga möljallangan. “Ha-ha, ho-ho”dan boşqa narsa emas.
— Istardikki, Özbekiston Milliy televideniyesida “Gazetalar şarhi” yana efirga qaytsa, qayta tiklansa, televideniyemizning mavqei yanada oşardi. Jiddiy, tahliliy körsatuvlar jamiyatdagi mavjud muammolarning yeçimini topişda muhim manba bölib qolardi. Nazarimizda, ayrim mutasaddilar bugun bosma OAV “yaşab qoladimi, yöqmi”, deb fol oçib ötirgandan köra, barça imkoniyatlarni işga solib, TVdan foydalanişi şart va zarur, deb öylayman, — deydi taniqli publitsistlardan biri Yoqubjon Xöjamberdiyev biz bilan suhbatda.
Hozirgi kunda “Özbekiston-24” radiokanalida gazetalar şarhi berib borilayapti. Bu quvonarli, albatta. Radioning ham tinglovçilari juda köp. Ammo televideniyening örni baribir bölak.
Endi öylab qarasam, meni ham matbuot sohasiga qiziqtirgan, qölimga qalam olişga undagan asli “Gazetalar şarhi” körsatuvi bölgan ekan. Mamlakatimizdagi muammolarni yorituvçi jurnalistlar jasoratiga havas uyğotgan, ulardek xalq koriga yaraş iştiyoqini paydo qilgan. Mana, bugun baholi qudrat yetuk jurnalistlar safida faoliyat yuritayapman. Har haftada bölmasa-da, kam deganda har oyda bir-ikkita köpçilikning qiziqişini uyğotadigan, özimga ham maʼqul bölayotgan maqolalarim, oçerklarim eʼlon qilinmoqda.
Ammo TVda “Gazetalar şarhi” yöq…
Qolaversa, 15-20 yillar oldingi vaqtga soliştirganda adadi ança-munça kamayib ketgan, ammo varaqlab körsangiz, hamon juda dolzarb, hayotiy mavzularni dadil kötarib çiqayotgan “Xalq sözi”, “XXI asr”, “Işonç”, “Jamiyat”, “Hurriyat”, “Oila davrasida”, “Milliy tiklaniş” singari naşrlarni TV kanallari orqali şarhlaşni davrning özi taqozo etmayaptimikin?!
Qaçonki, poçta va boşqa matbuot yetkazuvçi taşkilotlar naşrlarni uzoq viloyat, şahar va tumanlarga haftada ham yetkazib bermayotgan, koronavirus pandemiyasi tufayli bu ahvol yanada murakkablaşgan paytda, bu körsatuv har qaçongidan ham muhim bölib, savobli iş qayta tiklangan bölar edi.
Feruza Rahimova,
“Hurriyat” muxbiri.
