Himoya orderi mukofotmi yoki muhofaza? Yoxud “xörlangan ayollar” qismati haqida öylar
Bugun biz axborot yaşin tezligida yetib kelayotgan zamonda yaşayapmiz. Aynan şu sabab, butun Özbekiston xalqi bir neça oylardan buyon hörlangan ayollar töğrisidagi maşʼum xaqiqatlardan voqif. Xususan, Samarqanddagi Mustahkam, Namangandagi Gulandom, yana bir toşkentlik kelin qismati… Xullas, bu röyxatni yana davom ettirişimiz mumkin. Ayançli ahvolga tuşib qolgan va bu vaziyatdan çiqib keta olmayotgan ayollarni ming afsuski minglab darajada deyişimiz mumkin. Yuqorida ismlari sanab ötilganlar şunçaki omma eʼtiboriga tuşgan va şundan sönggina muammo daryo ustiga qalqib çiqqanini köra olyapmiz. Yana şu kabi xörliklarga çidab, dardini içiga yutib yaşayotgan ayollar turmuşi haqiqati esa faqatgina özi va Yaratganga ayondir…
QIYNOQDAGI AYOLLAR
Samarqand viloyatida salkam ön yildan buyon turli xörliklarga çidab kelayotgan Mustahkam öz dardini ijtimoiy tarmoqda oşkora qilgaçgina haqiqat yuzaga çiqdi. Neça vaqtlar na ayol va na kelin örnida qabul qilingan yoş ayolning taqdiriga butun Özbekiston köz tikişni boşlaganidan söng Samarqandning “avtoritet”li şaxsi nihoyat panjara ortida.
Maʼlumki, agar ommaviy axborot vositalari bu işga aralaşmaganida badavlat qaynota işlarni yana bir bor “yopdi-yopdi” qilişi, kelin esa navbatdagi zulmlar ostida umr ötkazişi turgan gap edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir ayançli videolavha Toşkent şahrida yuz bergan. Tasvirda yana ayni holat — erkak ayoliga najosatni majburlab yedirayotgani aks etadi. Hozirda erkakka Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynoqqa soliş) böyiça jinoiy iş qözğatilib, hibsga olingan. Ayol esa hozirda voyaga yetmagan bolalari bilan oğir ahvolga tuşib qolgan ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markaziga vaqtinça joylaştirilgan.
“UYDAN ÖLIGING ÇIQSA ÇIQSIN, LEKIN QAYTMA”
Nima uçun?! Bir ayol doimiy ravişda xörlanişiga, bepisand bölişiga qaramay mudom “çidaşi” şart! Bir ayol odamlarning gapi, jamiyatdagi örni yöqolişidan xavfsirab ölsa ölsinki, lekin zulm körayotgan “eri”dan ajralmasinmi? Masalaga çuqurroq yondaşsak, aksariyat ayollarning özlari ham bu kabi masalalarda qisman aybdor! Eri tomonidan bepisandlikka uçraşni osongina qabul qilgan ayolning qismati yillar ötgani sari faqat salbiy tarafga özgaradi. Öz huquqlarini bilmagan yoki doimiy ravişda huquqlarini talab qilişdan qörqqan, atrofdagilarning bir qolipdagi “çida!” söziga könib, jabrdiydaga aylangan ayollar osmondan möʼjizaviy kuç tuşişiga işonib yaşayaptilar göyo. Xöş, aksariyat ayollarning bunday fikrlaşiga, xörlanişga könişlariga sabab nima? Hamma gap ota-onalarning tarbiya negiziga ham borib taqalişi yana-da ayançli. Qizlarni maktabni bitirib-bitirmaslaridan erta turmuşga uzatişlari, izhor etilgan orzularni yerga kömib ularning ong-şuuriga “avvalo, yaxşi kelin bölişing zarur” degan qaraşni singdirilişi, har qanday oğriqli holatda ham “ajrim ölimdan qattiq” degan qatʼiy haqiqatlaridan tonişmasligi emasmikin muammoning asosiy ildizlari?! Katta ehtimol bilan juda köp ayollar aynan moddiy qiyinçiliklardan hadiksiraşgani tufayli haqoratlar-u xörliklarga yillar davomida könib yaşaşadi. Esini tanib, hayot yöli uçun endigina maqsadlar qöyayotgan qiz qöllab-quvatlanganida,ayol, ona maqomiga erişgaç bu darajada özini yerga urdirib qöymasdi balki!
“TARIX TAKRORLANYAPTIMI?”
Dunyo miqyosida öz joniga qasd qiluvçilar yildan yilga köpayib bormoqda. Xususan, maʼlumotlarga köra, Özbekistonda har yili 600 ga yaqin ayol öz joniga qasd qiladi. Şular orasida namoyişkorona suiqasd usulini tanlaganlar borligi jamiyat ayollari haqlari poymol bölayotganining yaqqol dalilidir. Şuni taʼkidlaş kerakki, Markaziy Osiyo respublikalarida öz joniga qasd qilişning aynan “öziga öt qöyiş” holati juda köp bora sodir bölgan. Maʼlumotlarga qaraganda Özbekistonda ilk bor 1926-1928 yillarda jami 203 ta ayol özini yoqib yuborgan. Bunday yuqori körsatkiç 1987 yilda takrorlanib, 270 nafar ayol suiqasdning ayni şu usulini tanlaydi. Şu yil namanganlik Gulandom ismli ayolning tarqalgan videosi yurakni larzaga keltiradi. Xöş, ayollar nima uçun öziga öt qöyadi? Çunki öziga öt qöygan ayol aslida namoyişni istaydi. Huquqlari poymol, turli adolatsizliklarga duçor bölayotganini nihoyat tuşunib yetişlarini xohlaydi. Gulandom ham şu xayollarni boşidan keçirgan bölsa ne ajab, ammo… Bu bir isyon. Şu jamiyat ayolining noroziligi va minglab haqlari yöqqa çiqayotgan ayollardan birining isyoni, xolos! Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva taʼkidlaganidek, “Qonunçiligimiz bu borada nomukammal!”.
Şu örinda aytiş joizki, jamiyatimizga gender tengligi degan qaraş ham sekin-asta kirib kelyapti. Şu sabab erkak va ayolning özaro tengligi haqida bong uriş va buni odamlarimizga singdiriş biroz qiyin keçadi. Biroq jamiyatimizda şunday notöğri qaraş ham borki,oqibat körib turgan fojialarimiz bir-bir örtaga çiqyapti. Xöş, özi bu atama Özbekistonda qaçondan boşlab qöllanila boşlandi? Bunga sabab nima? Himoya orderi qanday şaklga ega? Hozirgaça uşbu orderdan neça nafar ayollar foydalandi? Yuqorida aytib ötilgan ayollar qismatidagi holatlarda qanday huquqiy yordam va taşkilotlar mavjud? Şu va şu kabi savollarga ekspertlarimiz nima deydi?
Nargis QOSIMOVA, filologiya fanlari nomzodi, ÖzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti:
— Özbekistonda sönggi paytlari “gender tengligi”, “oiladagi zöravonlik”, “himoya orderi” kabi tuşunçalar tez-tez qöllanila boşlandi. Ularning bir biriga öxşaş jihati şundaki, mazkur tuşunçalar, asosan, qiyin hayotiy vaziyatga tuşgan, oilada zöravonlikka uçragan xotin-qizlarga nisbatan qöllanilmoqda. Statistik maʼlumotlarga köra, Özbekiston “Gender tengsizligi indeksi reytingi”da 57-örinda turibdi.
Özbekistonda “gender tengligi” atamasi 2018 yilgaça deyarli qöllanilmas edi. Hattoki respublikaning na Jinoiy, na Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarida hattoki “oilaviy zöravonlik” degan tuşunça ham yöq edi. Ayni paytda respublikaning barça viloyatlarida Prezidentning 02.07.2018 yilda imzolagan “Ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, şuningdek, oilaviy-maişiy zörlik işlatişning oldini oliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ—3827-son qaroriga muvofiq Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş Respublika markazi vaToşkent şahar reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlari taşkil etildi. Nega?
Unda xalqaro tajribalarga tayangan holda zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarga manzilli, öz vaqtida yordam körsatiş va ularni himoya qiliş kabi işlar amalga oşiriladi. Şuningdek, mazkur markazda zöravonlik qurboniga aylangan ayollar uçun şoşilinç ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam körsatiş, zarurat bölganda, ularga qöşimça yordam körsatişlari amalga oşiriladi. Hozirgi paytda Respublikada 197 ta reabilitatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda. Maʼlumotlarga köra, uşbu markazlarda ötgan yilning dekabr oyigaça 21 mingdan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan. Şundan 986 nafari erkak, 788 nafari bola va 19784 nafari ayol. Birgina 2020 yil 7-14 sentyabr holatiga Markazlar 337 nafar xotin-qizlarning dardiga malham bölişgan.
Ha, gender tengsizligi muammosiga Özbekistonda jiddiy ravişda 2018 yildan boşlab eʼtibor qaratila boşlandi. Avvalo, yordamga muhtoj bölgan va oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarni manzilli qöllab-quvvatlaş tizimi mavjud emasligi, işsiz va ijtimoiy faol bölmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda iş olib boriş amaliyoti yölga qöyilmaganligi, xotin-qizlar örtasida bandlikka kömaklaşiş va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça faoliyat samarasiz taşkil etilganligi, şuningdek, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajraşişlarning oldini oliş böyiça çoralarning samaradorligi past darajada qolayotgani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda kötarila boşlandi.
Özbekiston ayollari gender tengligini taʼminlaşda huquq-tartibot organlari ularning huquqlarini himoya qilib, zöravonlarni javobgarlikka tortiş borasida işning eng murakkab qismini bajarişadi. Joriy yilning yanvaridan boşlab avgust oyiga qadar, yaʼni 8 oy mobaynida Içki işlar vazirligi ayollarga nisbatan turli xil jinoyat va huquqbuzarliklar borasida 4847 ta murojaatni körib çiqişgan.
Furqat TOJIYEV, Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği:
— Xotin-qizlarga nisbatan işlatilayotgan turli xil zöravonliklarning oldini oliş maqsadida “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Qonunga köra, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilişi tahdidi mavjudligi töğrisidagi murojaatlarni körib çiqiş bevosita içki işlar organlarining vazifalaridan biri hisoblanadi.
Şuningdek, içki işlar organlari tomonidan tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçi xotin-qizlarga himoya orderi beriladi. Himoya orderi orqali tazyiq ötkazgan yoki zöravonlik qilgan şaxslarga nisbatan xotin-qizlarga tazyiq ötkazişni va zöravonlik sodir etişni, tazyiq ötkazgan yoki zöravonlik sodir etgan şaxsning tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçilar bilan aloqasini taqiqlaş kabi çeklovlar örnatilişi mumkin.
Himoya orderida belgilangan talablarni bajarmaslik bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Aytib ötiş kerakki, tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga yordam körsatgan şaxslarga maʼlum bölib qolgan barça şaxsga doir maʼlumotlar qöriqlanişi taʼminlanadi.
Bundan taşqari, tazyiq va zöravonlik natijasida xotin-qizlar soğliğiga yetkazilgan zarar uçun, yetkazilgan zararning darajasidan kelib çiqib maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik çoralari qöllaniladi.
Jumladan, sodir etilayotgan paytda hayot uçun xavfli bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş natijasida köriş, sözlaş, eşitiş qobiliyatini yöqotiş yoxud biron aʼzoning işdan çiqişi yoki uning faoliyati tamoman yöqolişiga, ruhiy holatining buzilişiga yoki soğliğining boşqaça tarzda buzilişiga, umumiy mehnat qobiliyatining öttiz uç foizidan kam bölmagan qismining doimiy yöqolişiga yoki homilaning tuşişi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklaşişiga sabab bölsa Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.
Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkazganlik uçun 105-modda, qasddan badanga yengil şikast yetkaziş uçun 109-moddada tegişli javobgarlik çoralari belgilangan.
Muttasil ravişda döpposlaş yoki boşqaça harakatlar bilan qiynaş uçun esa 110-moddada belgilangan bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.
Şuningdek, tazyiq ötkaziş turli haqorat yoki tuhmat körinişida bölsa, mazkur harakatlar uçun ularning darajasiga qarab, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-41-moddalarida yoki Jinoyat kodeksining 139-140-moddalarida belgilangan javobgarlik çoralari qöllaniladi.
JABRDIYDA AYOLLARGA KÖMAKLAŞUVÇI QANDAY TAŞKILOTLAR BOR?
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş bugungi kunning eng dolzarb masalasi bölib, u kuçli huquqiy yordam beriş orqaligina amalga oşirilişi mumkin.
Turli körinişlardagi zöravonlik şakllaridan aziyat çekkan xotin-qizlarga har tomonlama kömak berib kelayotgan davlat va nodavlat muassasalar qatoriga Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Respublika ijtimoiy reabilitatsiya va moslaştiriş markazi va uning hududiy filiallari, “Yuksaliş”, “Barqaror hayot”, “Istiqbolli avlod”, “Rahmdillik”, “Oydin nur”, “Mehrjon”, “Yuksak salohiyat”, şuningdek, Fuqarolar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş markazi (FTQM) va boşqa nodavlat notijorat taşkilot (NNT)larni kiritiş mumkin.
Şunisi eʼtiborga molikki, yuqorida qayd etilgan taşkilotlar har kuni qiyin vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga turli xil masalalar yuzasidan bepul yuridik maslahat xizmatlarini taqdim etişadi, joylarga borib, turli şakllardagi huquqiy tarğibot-taşviqot işlarini olib borişadi.
Xususan, joriy yilning 18 sentyabridan 1 oktyabrigaça bölgan vaqt mobaynida nodavlat taşkilotlar tomonidan muammoga duç kelgan xotin-qizlarga jami 575 ta bepul huquqiy maslahat berilgan.
Maftuna JÖRAYEVA va
Mohigul DIYORXODJAYEVA tayyorladi.
MAʼLUMOT ÖRNIDA:
2020 yilning ötgan 8 oyi davomida eng köp himoya orderlari berilgan hudud Toşkent şahri (966), şuningdek, ketma-ketlikda Farğona (560), Qaşqadaryo (502) va Toşkent (440) viloyatlari joylaşgan.
Eng kam himoya orderlari Qoraqalpoğiston Respublikasida berilgan (158).
4744 ta himoya orderlarini berişga quyidagilar asos bölib xizmat qilgan:
— zöravonlikdan jabr körganlarning arizalari – 3104;
— boşqa yuridik va jismoniy şaxslarning murojaatlari – 403;
— boşqa masʼuliyatli idoralar tomonidan zöravonlik faktlarining qayd etilişi– 865;
— davlat organlari va boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan maʼlumotlar – 372.
Qayta berilgan himoya orderlarining soni 24 ta. Şundan: 14 order– jismoniy zöravonlikdan himoyalaş uçun, 1 – jinsiy zöravonlik, 1 – iqtisodiy zöravonlik, 7 – psixologik zöravonlik, 1 – tazyiq.
7188 nafar zöravonlik sodir etgan, hamda zöravonlikka moyil insonlardan himoyalaniş uçun berilgan.
