Kasallikning ildizi qayerda? Aholining 30 foizida yuqori qon bosimi, 46 foizida esa xolesterin kuzatilmoqda
Jahon Coğliqni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra, salomatligimizning 55 foizi keçirayotgan turmuş tarzimiz, 18 foizi irsiy kasalliklar, 17 foizi ekologik omillar, 10 foizi esa tibbiy xizmat sifatiga boğliq ekan.
Taşkilotning taniqli ekspert-mutaxassis olimlari quyidagiça fikr bildirmoqda, agar dunyo mamlakatlari aholisi, birinçi navbatda, ayniqsa yoşlar, “Soğlom turmuş tarzi” qoidalariga amal qilsa, odamlar salomatligi mustahkamlanib, mehnat qiliş qobiliyati yaxşilanib, uzoq umr köradi. Eng muhimi, avlod genofondi soğlomlaşadi.
Gigiyena qoidalariga rioya etmaslik oqibatida maʼlum va nomaʼlum turdagi kasalliklar tez rivojlanadi. Bunga meʼyordan köp, ayniqsa, keçki payt keragidan ortiq ovqatlaniş ham sabab böladi. Yana olimlar fikriça, aholining qariyb 30 foizida yuqori qon bosimi va 46 foizida esa xolesterin miqdori normadan ortib ketişiga esa ortiqça ovqatlaniş boş omil bölar ekan.
Uşbu kasalliklarning oldini oliş maqsadida yurtimizda keng qamrovli işlar olib borilayapti. Soğliqni saqlaş tizimining birlamçi böğinini faollaştiriş hamda aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş çora-tadbirlari böyiça şu yil 6 noyabrda ötkazilgan videoselektorda Prezidentimiz tomonidan soha xodimlariga juda katta vazifa va topşiriqlar yuklatilgan edi.
— Töğrisini aytiş kerak. Kasalliklarning köplab turi notöğri ovqatlaniş, soğlom turmuş tarziga rioya etmasligimiz sababli kelib çiqmoqda. Prezidentimiz biz tibbiyot xodimlarining oldiga töğri taklif va vazifalar qöydi. Çunki kasalliklar kelib çiqişining boşi kamharakatlik va jismoniy faollikning sustligi hamda notöğri ovqatlanişdir. Şunday ekan, buning oldini olişda tibbiyot tizimini quyi böğini faol va taşabbuskor bölişi kerak. Ana şunda kasalliklar soni qisqaradi. Misol uçun, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning katta qismi, virus infeksiyasidan emas, balki soğlom turmuş tarziga rioya etmaganligi, organizmda uçrayotgan yondoş kasalliklar hisobiga aziyat çekmoqda. Ölim körsatkiçi ham yuqorida qayd etilgan bemorlar orasida köp. Prezidentimizning “Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida mazkur masala körsatib ötildi.
Bundan taşqari, qarorning 4-bandida nazarda tutilganidek, viloyatimizning barça tuman (şahar)lardagi köptarmoqli markaziy poliklinikalarda 2021 yil 1 yanvardan boşlab eksperiment tariqasida töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzini yuritiş böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötgan şifokor va örta tibbiyot xodimlaridan iborat “Töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzi” xonalari taşkil etiladi.
Qarorda körsatib ötilganidek, “Töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzi” xonalarida maxsus tayyorgarlikdan ötgan şifokor va örta tibbiyot xodimlarimiz aholiga töğri ovqatlaniş, soğlom turmuş tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boradi. Demak, endi öz ustimizda yanada kuçliroq işlaşga töri keladi. Sport va tibbiyot hamkorligi bu masalani yeçimi böladi, — deydi Sirdaryo viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi boş şifokori, jarroh Zohid Erkaboyev.
Bir söz bilan aytganda, viloyatda mazkur qaror ijrosini taʼminlaş, soğlom turmuş tarzini yölga qöyiş maqsadida muhim qadamlar taşlangan.
Yaqinda Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga qilgan navbatdagi taşrifi çoğidagi koronavirus pandemiyasi davrida aholi orasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, öta yuqumli bölgan bu kasallikdan muhofaza qiliş, aholi salomatligini nazoratga oliş va jonlantiriş yuzasidan körsatma va topşiriqlari sirdaryoliklar uçun dasturilamal bölmoqda.
Hozirgi kunda koronavirus kasalligining yuqişi xavfi köproq bölgan aholi vakillari salomatligini nazoratga oliş va ular orasida profilaktik tadbirlarni jonlantiriş maqsadida viloyatning barça hududlarida “Soğlom hayot”, “5000 metrga faol yuriş”, “Soğlom ovqatlaniş tamoyillari”, “Salomatlik maktabi”, “Eʼzozli ayollar” va “Faxriy nuroniy”, “Çiroyli qomat uçun”, “Mening nonuştam”, “Soğlom xonadon”, “Sportçi oila” mavzularidagi tadbirlar uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda.
Ötkazilayotgan tadbirlarda soha mutaxassislari ham faol iştirok etib, ular mahalla fuqarolar yiğini hududlarida istiqomat qilayotgan 65 yoş va undan katta yoşdagi fuqarolarning salomatlik körsatkiçlarini, qonning umumiy tahlilini, qon tarkibidagi qand va xolesterin miqdorini aniqlabgina qolmay, EKG, flyurografiya, UTT kabi tibbiy tekşiruvlardan ötkazib, muhim tavsiyalarini berib boryapti.
— Mutaxassislarning fikriga köra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon-tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi xastaliklardan butunlay yiroq böladi. Ortiqça vazn esa kasalliklar uyasidir. Prezidentimiz taşrif çoğida, viloyatning Oqoltin tumanida bölganlarida, “Köp yuriş bilan töğri ovqatlaniş madaniyatini yölga qöyib olsak, tibbiyotdagi 30-40 foiz masalani hal qilgan bölamiz”, degan gaplari bugun bizning şiorimizga aylandi, desam mubolağa bölmaydi. Mazkur tumanning “Yangi Toşkent” mahallasida taşabbuskor trener hamda hamşiralarimiz tomonidan uyma-uy yurib, jami 687 nafar fuqaroning arterial qon bosimi, böyi, vazni, qorin qismi hajmlari ölçab çiqildi. Malakali trenerlar esa aholi orasida sörov ötkazdi. Sörov natijasiga köra, aholining 164 nafari futbol, 76 nafari voleybol, 43 nafari basketbol, 96 nafari badminton, 82 nafari “Workout”, 56 nafari stol tennisi, 34 nafari badiiy gimnastika, 69 nafari boks, 29 nafari kuraş va 38 nafari boşqa sport turlariga qiziqişi aniqlandi, — deydi Sirdaryo viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boş hamşirasi Rahima Suvonqulova.
Ha, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va aholi salomatligini asraş borasida taşlangan qadamlar ertaga öz natijasini bermasdan qolmaydi. Prezidentimizning xalqimiz salomatligi muhofazasini yuksaltirişga oid qator qaror va Farmonlari ertangi hayotga bölgan işonçimizni yanada oşişiga, soğlom fikrlab, soğlom hayot keçirişimizga yöl oçmoqda.
Ğulom PRIMOV,
“Hurriyat” muxbiri
