Murodboy Oçilov: “Etik kiyib zahkaş böylariga boraman”
Yil yakunlanayotganda har birimiz beixtiyor ortimizga bir qayrilib qaraymiz. Unda bajarilgan işlar bilan bir qatorda, niyat qilib yurakka tugilgan, biroq qila olmagan işlarimizni ham közdan keçiramiz. Biroq bu bizning ortga çekinişimiz uçun asos böla olmaydi. Çunki yurakda harorat bölsa, bas! Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi Murodjon Oçilov bilan suhbatlaşar ekanmiz ana şu tuyğularni boşdan keçirdik. Davlatimiz rahbari katta işonç bilan qarayotgan yoş rahbarning suhbatini olar ekanmiz, uning qalbidagi şijoatga, matonatga, mehnat zavqiga havasimiz keldi.
— Assalomu alaykum, keling suhbatimizni yaqindagina oxiriga yetgan paxta terimi haqidagi fikrlaringiz bilan boşlasak. Bu yil yiğim-terim işlari va unga munosabat qanday böldi?
— Tumanimizda 2020 yilda 11259 gektar maydonga paxta ekilib, davlatga paxta sotiş rejasi 34900 tonna qilib belgilangan edi. Biz 39381 tonna paxta topşirib, rejani 112,8 foizga bajardik. Bu yil paxtani kim terdi, xalq terdi. Çunki moddiy rağbat köngildagidek bölgandan keyin xalqni dalaga majburan olib çiqiş uçun asos qolgani yöq. Terimçilarga 41 milliard söm pul tarqatildi. Oldinlari xalqni, maktab bolalarini dalaga olib çiqib ham paxta rejasini bajara olmaganmiz. Bu yil esa byudjet taşkilotlari özlari “Biz ham paxta terimiga hissa qöşaylik” degan taşabbus bilan çiqdilar.
Paxtani teriş, qayta işlaş, ip qilib yigiriş, böyaş, mato qiliş bor. Bularning hammasi Xudo xohlasa, Gurlanning özida amalga oşiriladi. Yaqinda tikuv fabrikasini işga tuşirsak, zanjir tizimi iş boşlaydi. Bu esa ertaga gurlanliklarni iş bilan band etadi, dasturxonini tökin, rizqini butun qiladi degan umiddamiz.
2020 yilgi hosil, yiğim-terimning ğallaçilik, pillaçilik, şoliçilik borasida ham juda yuqori marralarga erişganligimizni mamnuniyat bilan eʼtirof etaman. Çunonçi, buning zamirida intizomli mehnat tarzi, öz işiga masʼuliyat, jonfidolik kabi xislatlar yotibdi.
— Biz mana Gurlan tumaniga kela kelgunimizça, yölning ikki çetida boğlar paydo bölganini körib, quvondik rosti. Oldinlari bu yerlar yoppasiga paxta dalalaridan iborat edi…
— Endi bu odamni xursand qiladigan mavzu. Çunki keyingi yillarda intensiv boğlar masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu yil tumanimizda 200 gektar intensiv boğlar taşkil qilindi. Şuningdek, 50 gektar maydonda tokzorlar paydo böldi. Bu xalqimiz dasturxoniga sarxil mevalarni taqdim etiş barobarida 110 nafar aholini işli bölişiga hissa qöşdi. Bu boğlar 3 yilda hosilga kiradi, 4,0 ming tonna meva va 1,5 ming tonna uzum hosilini beradi. Buning natijasida esa 600 ming AQŞ dollarlik mahsulotlar Rossiya, Qozoğiston davlatlariga eksport qiliş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, Xorazm, xususan, Gurlan qovunlarining donği hamma yoqqa ketgan. Gazetangizning bir neça sonlarida Xorazmning “Gurvak” navli qovuni haqida bir neça maqolalar eʼlon qilindi. Madaniy ösimliklarning qadimiylaridan biri bölmiş qovun insonga tört ming yildan beri maʼlum. Bizda qovunning 400 dan ortiq navlari yetiştirilişi haqida maʼlumotlar bor.
Xorazm qovunining tilimi tilni yorişi töğrisida Mirzo Bobur ham lutf qilgan. Qovun öta xuşxör soğliq keltiruvçi va töydiruvçi şifobaxş neʼmatlardan biridir. Xorazm vohasi qadim-qadimdan öziga xos tabiati, şirin-şakar mevalari, ayniqsa, tilimi tilni yorar qovunlari bilan dunyoga maşhurdir. Bu haqda qadimiy qölyozmalarda, Venger olimi va sayyohi Vamberi asarlarida va boşqa manbalarda taʼrif hamda tavsiflarni xohlagança öqişingiz mumkin.
Bugun Prezidentimiz bekorga tadbirkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratayotgani yöq. Çunki tadbirkorlikni yölga qöysak, pul ham, iş örinlari ham, tökis hayot tarzi ham – hammasi yölga qöyiladi. Men bu yerga hokim bölib kelişdan oldin bu yerda paxtadan boşqa heç narsa bölmaydi, deb öylagandim. Endi qarasam, bu yerda intensiv boğlar taşkil etildi, baliqçilik rivojlanmoqda. Yaqinda ming boşli çorva kompleksimiz, 100 minglab parrandalar boqiladigan parrandaçilik komplekslarimiz işga tuşadi.
— Gurlan şoliçilikning asl maskanlaridan biri hisoblanadi. Odatda gurlanliklarni şoli orqasidan juda öziga töq hayot keçirişadi, deb aytişadi. Bu borada nima işlar qilindi va qilinmoqda?
— Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali taşkil etildi. Filialning asosiy vazifalari etib hududning tuproq-iqlim şaroitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga çidamli, guruçining yuqori sifat körsatkiçlari böyiça ajralib turuvçi şoli navlari va duragaylarini yaratiş böyiça tadqiqotlarni kengaytiriş, yangi va istiqbolli şoli navlarining birlamçi uruğçiligini taşkil etiş, uruğçilikning ilmiy asoslarini işlab çiqiş belgilangan edi. Şuningdek, şoli yetiştirişda zamonaviy resurs tejamkor va suv tejovçi texnologiyalarni yaratiş va işlab çiqarişga joriy etiş, çet el ilğor tajribalarini qöllagan holda hosildorlikni oşiriş hamda yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş, şoli ekinidagi kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşda atrof-muhitning ekologik muvozanatiga taʼsir etmaydigan usullarni işlab çiqiş, şoli va dukkakli don ekinlarini yetiştirişni rivojlantiriş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiş, yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaş, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oşiriş va takomillaştiriş kabi vazifalar belgilangan edi.
Filialga bizning Gurlan tumani, Şolikor qişloği, “Çinobod” muqobil maşina traktor parki hududidagi 1800 kv.m. böş turgan yer maydoni bino va inşootlar quriş uçun hamda Gurlan tumanidagi 82 gektar suğoriladigan yer maydonlari doimiy foydalaniş huquqi asosida ilmiy-tadqiqot işlari uçun ajratildi.
Endi aynan tumanimizdagi şoliçilik istiqbollari haqida gapiradigan bölsam, 8361,3 tonna şoli topşiriş belgilangan edi, biz uni 8377,6 tonnaga yetkazib, rejani 100,2 foiz qilib bajardik.
Şolidan juda köp somon çiqadi. Yaqinda katta bir zavod işga tuşadi. DSP, Laminat, MDF larni işlab çiqarişga ixtisoslaşadi bu zavodimiz. Şu bilan birga dori işlab çiqariş korxonalari, tibbiy qölqoplar işlab çiqarişni boşladik.
Yaqinda Gurlanning özida yoğ zavodi paydo böladi. Bularning hammasidan xalqimizning töq va farovon yaşaşi közlangan.
— Gurlanda daryoga qulay, hosildor va şuning barobarida daryodan, suğoriş tizimlaridan olis yer maydonlari bor. Fermerlarga yer taqsimlanişida qanday adolat tamoyillariga amal qilinyapti?
— Ekinlarni joylaştiriş degan masala bor. Boya yuqorida siz aytgan korrupsiya holatlari röy bersa ham mana şu holatlarda yuz berişi mumkin. Men hokim bölganimdan buyon, ayniqsa, ekinlarni joylaştiriş tizimi iş boşlagaç, hali hozirgaça birorta odam norozi bölib qabulimga kirgani yöq.
Boğdorçilik, şoliçilik, paxtaçilik – hammasida yerlar teng taqsimlandi. Nima uçun “Eşmat sariq ekan deb köp yer beriladiyu, Toşmat qora ekan deb kam yer berişimiz kerak?!” Paxta rejamizni bu yil 112 foizga bajardik. Ğallaçilik, pillaçilik böyiça ham rejalarimizni oşirib bajardik. Yaʼnikim, gurlanliklar har jabhada özlarining bemisl darajada mehnatkaş, fidoiy, epçil va işbilarmon ekanliklarini namoyiş etdilar.
— “Issiqxonalar şaharçasi” barpo etiş haqidagi rejalaringiz töğrisida eşitib qoldik…
— Jahon standartlari talabiga javob beradigan issiqxonalar qurdirdik. Biz bularni 100 gektargaça yetkazişni möljallaganmiz. Bitta tumanda şundan ortiğini qilib bölmasa kerak, deb öylayman. Biz issiqxonalarda yetiştiriladigan mahsulotlarning hammasini bir joyda qilamiz. “Issiqxonalar şaharçasi” qilmoqçimiz. Bu esa öz-özidan eksport hajmini kengaytiradi. Ikki yarim ming tonnalik muzlatgiçimiz bor. Yana ikki ming tonnaligini quriş niyatidamiz. Özimizni özimiz qişdan çiqariş, mahsulotlarni saqlaş böyiça ham muammolar bölmaydi. Zaxiramizda bir yarim ming tonna kartoşka turibdi. Bu yerda guruçdan muammo yöqligini yaxşi bilasiz. Aksinça, Toşkent viloyatining guruç zahirasiga ham biz yordam beramiz.
— Xalqimiz “Ming maçit, ming maçitdan yuz keçik, yuz keçikdan bir içik”, deydi. Hali bugungaça eski sobiq şöro davrida qurilgan yöllardan foydalanib kelar edik. Yöl quriş, uni taʼmirlaş işlari qanday bölyapti?
— Töğri aytasiz. Bu xalq hayotida eng muhim jabhalardan biri. Gurlan tumanida jami 1083 km yöllar bölib, şundan 80 kilometri davlat ahamiyatidagi, 120 km. qismi mahalliy ahamiyatga ega va qolgan 883 km. qismi içki yöllarni taşkil qiladi. Bugun biz kuçimiz yetganiça hamma sohani kompleks qamrab olişga harakat qilmoqdamiz. 84 kilometrlik umumfoydalanuvçi yöllarda 4,6 millirad sömlik taʼmirlaş işlari olib borildi.
Yöl — qismat, yöl – taqdir, deyişadi. Hozir Gurlan tumaniga kelişda körgan bölsangiz, yöllarimiz tobora obod va muhtaşam bölib borayotganligining guvohi bölgandirsiz.
— Bu yil butun dunyo uçun, xususan, mamlakatimiz uçun juda sinovli keldi. Çetga ketadigan işçi kuçlarining köpçiligi ketolmay qoldi. Qolaversa, kunbay maoş oladigan işçilarning köpçiligi qatʼiy karantin çoralari sabab uyda ötirib qolişiga töğri keldi. Mana şunday pallalarda Gurlan tuman hokimiyati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qay darajada qöllab-quvvatlay oldi?
— Hozir yoşlar daftarini şakllantirib böldik, endi ayollar daftarini şakllantiramiz. Ayollarning nima dardi, nima gapi bölsa, hammasini töliq qoğozga tuşirdik. Aynan şu masala böyiça köçama-köça, sektorma-sektor yurişimizga töğri keldi. Töğri aytdingiz, bu yil har yilgidan köra sinovli keldi. Bu esa davlatning, mahalliy va quyi hokimiyatlarning zimmasiga yanayam köproq masʼuliyat yukladi.
Kam taʼminlanganlar böyiça temir daftarimizda 696 ta xonadon bölib, ularda 2893 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi Farmoniga muvofiq 636,5 million söm mablağning fuqarolarga berilişi taʼminlandi. Ularning holidan xabar olinadi. Oziq-ovqati, dori-darmoni yordam tariqasida berilmoqda. Prezidentimiz bu oilalarga uç marta yordam puli ajratdi. Tadbirkorlar “Saxovat va kömak” jamğarmamizga 3 milliarddan ziyod pul taşlaşdi. “Öz xalqimizni özimiz qöllab-quvvatlaymiz” degan maʼnoda tadbirkorlar qöllab turibdi. Mana hozir 100 kilogrammdan 300 ta xonadonga kömirni ham tekin tarqatayapmiz.
Bundan taşqari, işlaş qobiliyatiga ega bölmagan 69 ta xonadonga mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 40,1 million sömlik, xususan, 22 ta xonadonga bir boşdan qöy, 45 xonadonga 25 boşdan jami 550 boş parranda, 25 ta xonadonga 10 boşdan jami 250 boş kurka berildi. Çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari tomonidan 50 ta kambağal xonadonlarga 50 boş qoramollar yetkazildi.
Bu qöllab-quvvatlaş, tayanç, xolos. Bu yoğiga aholining özi özidagi bor içki imkoniyatni işga solib, öz turmuş tarzini yölga qöyişi lozim. Aks holda bu ham odamlarda boqimandalik kayfiyatini paydo qilişi mumkin.
— Işsizlik masalalari qanday yeçim topmoqda?
Bizda aholining bandlik darajasi 88,7 foizni taşkil etadi. Işsizlar soni 7,4 ming kişini, işsizlik darajasi esa, 11,3 foiz hisobida aniqlangan. 2020 yilning ötgan davri mobaynida tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markaziga murojaat qilgan 1479 nafar fuqarolar turli korxona va taşkilotlarga işga joylaştirilganligining guvohi bölişingiz mumkin.
Yoşlarning startap ğoyalari va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Har bir oila tadbirkor”, “Yoşlar – kelajagimiz”, “Hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş” va boşqa dasturlar doirasida 186 nafar yoşlarga mablağ ajratilib, 271 ta iş örinlari yaratildi.
Biz tumanimizda ösib kelayotgan yoşlarning bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratamiz. Çunki ular kelajagimiz, ertangi kun yaratuvçilari. Garçi bular balandparvoz gaplarday eşitilsa-da, aslida şunday. Aynan ötayotgan yil davomida 4024 nafar işsiz yoşlardan 2380 nafari iş bilan taʼminlandi. “Har bir yoşga bir gektar” loyihasi doirasida 807 nafar yoşga yer maydonlari ajratildi. Bu orqali esa biz yoşlarni ota-bobolarimizdan qolib kelayotgan dehqonçilik anʼanalarini malakali davom ettirişlariga şaroit yaratib beryapmiz.
— Aytingçi, maʼnaviyat, maʼrifat sohasida gurlanliklar hayotida qanday evrilişlar yuz bermoqda?
— Biz bu boradagi işlarni, birinçi navbatda, boğça va maktablardan boşladik. Individual suhbatlar qilyapmiz: uning bilimi, saviyasi, darajasi, malaka oşirganligi, yangi Özbekiston yoşlariga taʼlim va tarbiya beriş borasidagi öziga xos jihatlarini közdan keçirmoqdamiz.
Yaqinda Gurlan tuman markazida Axborot resurs markazini oçdik. Bu yerga 20 mingdan ziyod kitob jamlandi. Biz yoşlar bilan suhbatar qiliş jarayonida şunga guvoh böldikki, ular bizlarga “Bizga kitob bering” degan masalani qöyadilar. Şunday ekan men bugungi yoşlarni qanday qilib kitob öqimaydi, maʼnaviy darajasi past deb ayta olaman. Men bugun şu tumanninng hokimi sifatida kitobga, gazetaga, jurnal öqişga iştiyoqi baland gurlanlik yoşlar bilan faxrlanaman. Mana bugun siz bilan suhbat qilişdan avval yoşlar bilan uçraşdim. Ular jahon adabiyoti namunalari yetişmasligini aytişdi. Buni öşa paytning özidayoq hal qildik. Yoşlar öqişni istaşsa, bas! Biz hammasining çorasini topa olamiz. Hozir zamonaviy körinişdagi, til örganiş uçun qulay bölgan disk-kitoblarni ham imkon qadar yoşlarga yetkazib berişga harakat qilyapmiz.
“Yangi Özbekiston — yangi dunyoqaraş” degan şior ostida 50 ta mahallada maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazdik. Olimlar, şoirlar, sanʼatkorlar birgalaşib, uşbu tadbirlarning birinçi etapini keng xalq örtasida ötkazdik. Bularning har birida xalqimizning buyuk kelajak, gözal hayotga intilişilarini köriş mumkin.
— Bugun xalq tilida “majburiy obuna” degan yopişqoq söz paydo böldi. “Xalqni majburiy obunadan xalos etiş ” degan şişirilgan mehribonçilik bilan odamlarning maʼnaviyat, maʼrifat sari yöllarini tösib qöymayapmizmi?
— Bu masala bugun Prezidentimiz tomonidan örtaga taşlanyapti. Rahbarimiz gazeta-jurnal öqimagan rahbar bilan işlaşa olmasligini aytyaptilar. Biz axir özimizni taniş, özimizni biliş, ötayotgan kunimizni anglaş uçun ham gazeta öqişimiz kerak-ku. Qaçongaça “oldi-qoçdi”, “Aldarkösa” ijtimoiy tarmoqlarga inonamiz?! Biz bugun gazeta-jurnalga obuna bölmas ekanmiz, uni öqimas ekanmiz, nafaqat öz oilamiz taqdirini, balki butun millat taqdirini xavfga qöyamiz. Men, birinçi navbatda, tumandagi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, maʼnaviy axborotlardan boxabar bölib turişlari uçun “Gurlan hayoti” gazetasini, şuning barobarida bir qança respublika naşrlarini öqiyman. Atrofdagilarga ham şuni öqişlarini tavsiya qilaman. Biz hali xalqning maʼnaviyatini kötariş uçun ellikka ellik işlaşimiz kerak böladi. Hozirgi şaroitda gazeta-jurnalni odamlarning qöligaça yetkazib berişimiz şart.
— Yoş böla turib, elga boşçilik qiliş oğirlik qilmayaptimi? Çunki ularning orasida turli toifa odamlar bor. Ular bilan muloqot qiliş, köngliga yöl topiş muşkul bölsa kerak?
— Men yoş hokimlardan biriman. Qirq yoşda hokimlikka tayinlandim. Şunday ekan, tuman aholisining har qanday muammosini yuragimdagi yolqin bilan hal qilişga harakat qilaman. Agar siz öz işingizni yaxşi körib yondoşsangiz heç bir iş oğirlik qilmaydi odamga. Axir biz 12 yoşida yurt boşqargan Boburmirzo, Çingizxon “Şunday öğlim bölsa edi” deya armon qilgan Jaloliddinlarning avlodlarimiz. Biz bu borada ajdodlarimizga munosib bölişimiz şart. Qolaversa, har qanday odam u olim böladimi, u hokim böladimi, özining atrofidagi odamlarni özidan bir poğona baland deb munosabatda bölmoği kerak. Öylaymanki, mana şu omil har qanday salbiy illatlarga qarşi emlanma vazifasini ötay oladi.
Men respublikada turli vazifalarda işlaganman. Biroq çekka-çekkalarda ahvol bu darajada ekanligini tasavvur ham qilmaganman. Etiklarni kiyib zahkaşlarning böylarigaça boraman. Hatto baʼzi odamlarning uylariga ötadigan yöl yöqligining guvohi böldim. Borib tadbirkorlar kömagida uyini qurib beryapmiz, yaşaş şaroitini yaxşilaşga harakat qilyapmiz, köçasini taʼmirlayapmiz. Imkon qadar hammasining holidan boxabar bölişga harakat qilyapmiz. Biroq holidan xabar olinmagan kimdir çiqib qoladi. Lekin bu bugun mahalliy rahbarlar işlamayotganligini anglatmasligi kerak. Biz şu millatga dahldor nima yumuş bölsa, ne iş bölsa qilişga tayyormiz, şaymiz! Xalqni rozi qilişimiz, qolaversa qilayotgan işimizdan özimiz ham rozi bölişimiz şart!
Xalq örtasida “Amudaryo suvini içganlar sanʼatkor böladi” degan gap yuradi. Men şunga qiyosan aytmoqçimanki, Amu suvini içganlar nafaqat sanʼatkor, yaxşi olim, yaxşi şoir, yaxşi mutaxassis, boringki eng yaxşi odam bölişadi. Ularning içida Amu mavjlari heç vaqt töxtamaydi.
— Rahmat. Kelgusidagi işlaringizga zafarlar tilaymiz.
Gözal MATYOQUBOVA suhbatlaşdi.
Gurlan tumani haqida qisqaça maʼlumot: Gurlan tumani Xorazm viloyatining Şimolida joylaşgan bölib, 1926 yil 29 sentyabrda taşkil etilgan, hududi 447,4 km.kv.ni taşkil qiladi. Tumanning şarqiy qismidan Amudaryo ötadi. Janubiy tomoni Yangibozor, ğarbiy tomonlari Şovot, Turkmanistonning Tozabozar, qardoş Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanlari bilan çegaradoş. Viloyat markazi Urganç şahridan 36 km, Şovot temir yöl stansiyasidan 15 km. masofada joylaşgan. Aholisi 148,5 ming kişini taşkil etadi. Tumanda 9 ta fuqarolar yiğini, 39 ta aholi punkti, 50 ta mahalla mavjud. Markazi — Gurlan şaharçasi.
Tabiati. Relyefi biroz past-baland tekislikdan iborat bölib, şimoliy-ğarbga qiyaroq. Iqlimi kontinental. Iyulning örtaça havo harorati 26—28°, yanvarniki —6°. Yillik örtaça yoğin 100 mm. Tuman ekinzorlari Qiliçboyarna, Qiyotqönğirot, Daryoliq, Asyop, Töqsonarna, Nukusyop, Xizirliyop, Yangiyop, Olğayop, Savoyop kabi kanal va ariqlardan suğoriladi. Tuman hududida kiçikroq qumliklar ham bor. Yovvoyi ösimliklardan oqboş, yantoq, şöra, peçak, qamiş, yakan va boşqa ösimliklar ösadi. Yovvoyi hayvonlardan çiyaböri, börsiq, quyon, qobon, ondatra, parrandalardan tustovuq, ördaklar uçraydi.
