Kurtakda daraxtni körmoq yoxud kitobxon oldidagi masʼuliyat tuyğusi haqida şoir bilan suhbat

Bugun Adabiyot haqida, Şeʼr haqida, Kitob haqida gapiriş odamni öylar girdobiga taşlaydi. Bu tuşunçalarning qiymati ham xaq nazdida biroz sustlaşgandek tuyuladi. Şu uçun kitob yozayotgan va öqiyotgan orasidagi ruhoniy rişta birmunça mörtlaşganga öxşab körinadi. Bugun suronli bir davrda bu holatlarni şoir yoxud yozuvçi qanday boşdan keçirmoqda? Uning öz zamondoşiga aytmoqçi bölganlari asargaça yoki asardan keyin qanday qiyofa kasb etmoqda? Şu kabi mulohazalar doirasida şoir, tarjimon Vafo Fayzulloh bilan suhbatga çoğlandik.

Suhbatdoşimiz haqida: 1963 yilning 27 iyulida Karmana tumanidagi, Toğguzar   qişloğida tuğilgan. ToşDU (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida va Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.

“Hut” (1993), “Xabarsiz sevinç” (1997), “Mangu lahza” (2000) , “Jon yöli” (2008), “Azaliy ğussa”(2013), “Oq laylak”, “Qoyadagi daftar” (2020) şeʼriy, “Çaqmoq yoruği”(2012) nasriy   kitoblar muallifi. Ijodidan namunalar xorijda naşr qilingan. F. Kafkaning “Jarayon” romanini, “Otamga xat” essesini, M.Meterlinkning “Söqirlar” dramasini, G.G.Markesning “Polkovnikka heç kim xat yozmaydi” qissasini, X.Borxes,   K.Hamsun, R.Akutagava, Ç.Aytmatov hikoyalarini, Ş.Bodler, P.Verlen,   A.Rembo, I.Bunin, N.Gumilev, I.Brodskiy   va M.Svetayeva şeʼriy turkumlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

 

— Bugun dunyo, zamon juda tezlaşib, “ixçamlaşib”, axborotlaşib bormoqda. Ana şunday pallada şoir, yozuvçi nima qilmoği kerak?

— Darhaqiqat, bunday tezlaşuv, axborotlaşuvni insoniyat şu paytgaça heç qaçon boşidan keçirmagan. Asrlar davomida bir xil tarzda keçgan hayot bugun afsonaday tuyuladi. Vaqtda baraka bölgan. Endigi jarayonlarda esa voqea ustiga voqeani, axborot ustiga axborotni qalaştirib kişini şoşirib qöymoqda, çalğitmoqda ham, bir zum ötmasdan esa talay hodisotlar eskirib, unutilib ketyapti. Bir voqelikni idrok qilib bölmasdan ikkinçisi köz-közlaşga ötiladi, bu tiğizlik va tezkorlik, almaşinuvning paydar-payligi hatto ruhiyatni ham çarçatib, uning halovatini sörib olmoqda. Biroq bularning hammasiga qaramay, azaliy qadriyat va mezonlar, quyoşning çiqişi va botişi kabi insonning qismati, Haqning amri va qaytariqlari öşa-öşa. Sirtdan şakli-şamoyili özgaçaroq tovlangani bilan mohiyatan özgarmaganiga iymon keltirasiz. Faqat buni botinan sezmoq, farq qilmoq, anglamoq muşkullaşganiga iqror bölmasdan iloj yöq.

— Ijodkorning qöygan mikrofoni uning öz yuragiga qurilgan. Bunday hamma dunyo girdobiga şönğigan pallada bu   sadolarni,   ŞOIRning sözini bugun kim eşitayapti, eşita olyapti?

— Gohida men ham şunday tuşkun xayollarga boraman. Qaysi kun “Oloy bozori”dan sal narida joylaşgan “Kitob olami” dökoniga yölim tuşdi. Şunday bir muhtaşam uyning eng oxirgi qatori körinmas bir joyida şeʼriy kitoblarni qöyib qöyişibdi. Şeʼriyatga talab şunçalik pastlaşib ketdimi? Bu aslida şeʼrga nisbatan nazm, şoirga qaraganda şeʼrbozning bir neça karra urçib ketib, söz aytiş jön bir işday körinib qolganidan emasmikin? Aslida şoir hodisasi favqulodda hodisa, lahzada köz oçgan şoirni butun bir asarda timsoli topilmaydi. U yurakning ovozi, zamon-zamonda bitta tuğiladi, xolos. Unda daʼvo bölmaydi, qalb uçun davo böladi. U sözning maʼnosini oçib beradi, şakllangan maʼnoga yangi maʼno yuklaydi. Şuning uçun çin şoir şivirlab turib ham bir bayt şeʼr aytsa, uning ovozini heç bir kimsa eşitmasdan qolmaydi. Zero, haqiqiy zavq, asl şijoat, zarofat va söz jozibasi şoirning ovozida böladi. Yana şoirning hikmati faqat şeʼriy körinişda bölişi ham şart emas. Misol uçun men Qodiriy yoki Aytmatov kabi buyuk adiblarning eng çöqqi nuqtalardagi tasvirini şeʼr, şoh baytlar deb bilaman. Ana şu siqiq boş maʼnolar qitʼalararo sado beradi, zamonlar oşa ruhiyatni kötarib, köngil ğuborlarini tökadi. Şuning uçun ham şoirning sözdan ham maʼnodor va sermaʼno, şiddatli va dorivor, öz taʼsirini yöqotmaydigan, iymonning qudratini, Haqning kalomini yurakka muhrlaydigan hodisaning özi, menimça yöq!

— Davriy muammolar, ijtimoiy masalalar, maʼnaviy böhronlarni mahv etişda Adabiyotning örni nimadan iborat bölmoği kerak? Umuman, Şoir yoki Yozuvçining ijtimoiy vazifasini siz qanday baholaysiz?

— Şarq adabiyotining mohiyati ADABIYOT sözining özagida mujassamlaşgan. Ortiqça yoki yangiça tavsifga u heç ham muhtoj emas. Şuning uçun ham Örxun-Enasoy yodgorliklari böladimi, “Alpomiş” dostonimi, yoxud hazrat Navoiyning asarlariga yuzlanişimiz bilan bugungi ijtimoiy masalalarni hal qilişda javob topamiz. Insonning asli, botiniy qiyofasi darrov közga taşlanadi. Demoqçimanki, hamon öz missiyasida sobit adabiyot, xossatan, maʼnaviy böhronlarni mahv etişda muammolar girdobidagi INSON yonida turadi. Unga ruhan dalda va quvvat beradi. Adabiyotning xolisligi, adabiyotning samimiyati, adabiyotning taʼsirçanligi, adabiyotning inson va butun olamga mehri har qanday muammoning ildizini oçib bera oladi. Ijtimoiy masalalarning muhim yoki nomuhimligini aqlimizga imdod qilib, könglimizga halovatni indiradi. Maʼnaviy talatöplar inson mehvarining izdan çiqişi ekan, u adabiyotning eng katta duşmani, eng katta janggohidir. Şuning uçun ham söz ijodkori, bor iqtidorini işga solib, ilmi va savqi tabiiysini bir nuqtada jamlab, nukta yaratişi, insonning asliga qarşi jarayonlarga uruş oçsa va mağlubiyati bilan ham yengsa, u badiiy adabiyot namunasi deyilişga haqlidir. Qurʼoni karimda Alloh taolo bandalariga marhamat qiladi: “Alloh taolo sizning rangingizga, jismingizga yoxud jinsingizga qaramaydi, balki qalbingizga qaraydi”. Mening nazarimda, şoir va yozuvçining hamma zamonlarda birinçi galdagi ijtimoiy vazifasi Allohning nazargohi bölgan ana şu qalbni tadqiq qilişdir. Zero, qalbday turlanuvçan, qalbday qiyofasi turfa, dunyodagi hamma narsaga eʼtiborli va nopisand makonning özi yöq.

— Qisqa vaqt içida Adabiyot, millat özining bir qança buyuklarini yöqotdi. Adabiyotimizning buguni nima böladi, ertasi-çi? Nega bugungi kun adabiyotida buyuklar yöq, xalq — hamma taniydigan taniqlilar qani?

— “Bir olimning ketişi bir qavmning ketişidan kattaroq musibat”, deyiladi hadisi şarifda. Haqiqiy söz sanʼatkori, kuçli iymon sohibi bölgan adib ham ruhiyat ulamosidir. Şu maʼnoda Abdulla Orif, Rauf Parfi, Şavkat Rahmon, Erkin Vohid, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Abduvali Qutbiddin kabi söz sohiblarimizning betimsol ijodi uzoq zamonlar könglimizni yoritib turadi. Ularni Alloh rahmat qilgan bölsin.

Adabiyotni omma yaratmaydi. Biroq unga davr doya bölişi körilgan haqiqat. Katta ijodkor uçun favqulodda isteʼdodning özi kamlik qiladi, nazarimda,   şu qatorda fidoyilik, samimiyat, nihoyatda insonparvarlik, haqgöylik isteʼdodni kamolga yetkazadi. Çin ijodkorning kuşandasi zamonasozlikdir, ijodkor qançalik taʼma ilinjida yaşasa, şunçalik ijodi kemtik, şaxsi mörtlaşib boraveradi. Badiiy söz ham Ilohdan, adib sözi insonning, millatning ovoziga aylanişi uçun, şu darajada Haqning mezoniga   öz sözini tortib, ommaga havola qilişi kerak. Yurt mustaqil, qanday saodat, el boşida turganlar ham uning buguni va ertasi deb yelib-yugurmoqda. Ammo söz ahli inson ruhiyatining alohida boşqoni, millat qalbining içki posboni, şifokoridir! Insonning maʼnaviy yurak urişini ŞOIRdan köra teran va aniq eşitadigan afandi — muallim bölmasa kerak. Şuning uçun uning sözi va bongi kerak bölsa davlat miqyosidagi körsatma va yöl-yöriqlarga turtki bersin. U avvalo millatning fazilatlari qatorida kam-köstini aytişga özida jurʼat topa olsa, buning badiiy bir şaklini harorat bilan taqdim qila bilsa, uni ham el boşiga kötaradi.

Menimça, adibning işi maydonga otilib çiqiş emas. Katta ijodkorning özi emas, ijodi bir kuni şubhasiz yurak atalmiş maydonni zabt etadi. Buning uçun ham, yoruğlik tezligida bölsa-da, vaqt kerak. Agar eslasangiz, ötgan asrning 80-yillari oxirida sobiq Ittifoqda keçgan qisqa muddatli oşkoralik tufayli, bizda ham aksariyat yozarlar minbar talaşadigan bölib ketgan edi. Ammo ularning gap-sözlarida asos bölganiga qaramay, aksariyati badiiy haqiqatga aylanmagani bois ham unutilib ketdi. Ehtimol, bugungi hayotimizning rost, ruhoniy manzaralarini abadiyat qoniga bulab yaratilayotgan asarlar bölsa ham, haddan ortiq axborot dovulida qolgan omma ularga yetib bora olmayotgandir. Rost, Yer yuzining nigohini qaratgan, zamonamiz vijdoni darajasiga yetgan adabiy darğalarimiz yuz körsatganiça yöq. Şunday bölsa ham, men soxta kamtarlikni bir çekkaga yiğiştitrib qöyib şuni eʼtirof etişni istar edim. Bugungi özbek adabiyotida Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, Nodira Afoqova, Yöldoş Eşbek, Halima Ahmedova, Bahrom Rözimuhammad, Şukur Qurbon kabi şoirlarimiz, ustozlarimiz Jamol Kamol, Ibrohim Ğafurovdek tarjimonlarimiz, Erkin Aʼzam, Nazar Eşonqul kabi yozuvçilarimizning izlanişlari, Suvon Meli, Şuhrat Sirojiddinov, Bahodir Karim, Uzoq Jöraqul, Rahimjon Rahmat kabi adabiyotşunos tadqiqotçilarimizning öziga xos gözal, maʼrifatli, yoniq ijodlari dunyo kitobxoniga quvonib taqdim etsa böladigan, ertaga ham taʼtir bugungi adabiy jarayonimizning köngilni yayratar möʼjizalaridir. Qolaversa, keyingi yillarda, yoşlar ijodida çinakam maʼnoda sifat özgarişi, yangiça ifoda tarzini kuzatyapman. Keling, yaxşi niyat qilaveraylik!

— Şeʼrlaringizni öqiganda tilning tozaligi, boyligi eʼtiborni tortadi. Axir bu tilimiz rivojida muhim hodisa-ku! Bugungi kun Adabiyotidagi badiiy til masalasida nimalar degan bölar edingiz?

Har bir adabiy tilning javhari, unga qon, yangi hayot beruvçisi badiiy til hisoblanadi. Şuning uçun ham har bir iqtidorli ijodkor tilga hal qiluvçi   hodisa sifatida mehr bilan qaraşi, qum zarralari içidan oltin izlaganidek xalqona, tirik söz va   iboralarni, mumtoz adabiyotimizdagi turkona hadislarni izlab topib, qayta kaşf qilib, unga zargardek işlov berib, ayni örnida, yozganlariga kirita olsa, unga qaytadan jon ato etgan böladi. Puşkin söz boyligini oşiriş uçun, odamlar gavjum bozorlarga çiqib, kişilarning gap-söziga quloq solar ekan. Şuning uçun ham rus adabiyotida söz işlatiş bobida Aleksandr Puşkinga yetadigani hamon topilganiça yöq. Holbuki, bizda milliy örnaklar yetarli. Buyuk tilçi bobomiz Mahmud Qoşğariyning “Devoni luğatit turk” sözligi bundan ming yil oldin turkiy sözlar xazinasiga asos solgan, dunyo böylab luğat kitoblar yaratişning köhna va betimsol namunasidir. Ikki yillar oldin hazrat Navoiyning “Muhokamat ul-luğatayn” risolasini qayta mutolaa qilib, qiziq bir holatni boşdan keçirdim. U menda kuyunçakligi, xolis isbot-dalillari boyligi, ayni hayotiy misollari bilan keça bitilgandek taassurot qoldirdi.

Bilamiz, bu risolasida Alişer Navoiy hazratlari   tilimizni fors zaboniga soliştirib, dunyoda eng gözal lison sifatida taʼrifu tavsif qilingan forsçaga nisbatan boy til ekanini ilman isbotlab berar ekan, turkiy tilga nisbatan nopisandlikning ildizlarini ham oçadi. Risolani öqib turib, çor bosqini bilan boşlanib, sobiq sovet davrida tilimizga solingan böğovlar va çeklovlar, ajnabiy bir til köklarga kötarilgani holida, özimniki xorlangani, örganişdan atayin çekkaga qoldirilganligi xotiramdan ötdi. Men hayronman, özbek, umuman, turkiy tillarning amaliy işlaş tartibi rus tili feʼl-atvori, ifoda va talaffuz qonuniyatlariga   butunlay teskari, mustaqil bir jarayon. Nega u olimlar tomonidan rus tili til ilmi qonuniyatlari qobiğiga solinib örganilib kelinadi? Bu tilimizning xususiyatlarini örganişni faqat qiyinlaştiradi. Qolaversa, hozir ham, özbek tili Davlat tili maqomini olganidan öttiz yil ötgandan keyin ham öz tilimizdan özgalarning tilini ustun qöyibgina emas, ustun bölişini istaganlarning çiqişlarini körib turibmiz. Bundaylar öz ota-onasidan or qilib, qöşnilarini ota-ona deb atab yurgan nonkörlar kabidir.

— Sizningça, yana qaysi asarlar tilimizning ruhoniy qudratini körsata oladi?

— Badiiy til xalqning ruhoniy holatidan köz oçadi, voqelikni obrazli taʼriflab beradi, tarzi va ohangida teran tafakkur in qurgan böladi. Millatga tajovuz qilganlar, uning tilini çeklab, ruhini sindiradi, buyuk imkoniyatlarini yöqqa çiqarmoqqa urinadi. Şuni çuqur his qilgan Ğafur Ğulom ifoda tarzida milliy neologizmlar yaratişga zör berdi, Oybek esa mumtoz adabiyotimizga yuzlanib, tilimizning sofligini asraşga intildi, Navoiydan mahobat oldi, Mirtemirniki xalqona, ohangdor va böyoqdor sözlarni dala-daştlardan tergilagan doriçining şavqini eslatadi. Keyinroq bu borada Töra Sulaymon, ayniqsa, Toğay Murod tilimizning ruhoniy qudratini körsatib, ölmas asarlar yaratiş qatorida, tilimiz sofligi, ranginligi uçun alohida xizmat qildi. Men yana taʼkidlaşni istardim. Toğay Murod sözligini yaratib ham tilimiz hofizasi va kölamini köz-közlaş mumkin. Adibu şoirlar söz dehqoni bölgani uçun ham amalda tilçilardan-da köproq tilning feʼl-atvorini, sözning ğaroyib köz oçişini beixtiyor kuzatib, uning tabiiy ilmiy qonuniyatidan xabardor bölişadi. Şuning uçun ham Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning “Söz latofati”, sinçi adib Ahmad Aʼzamning “Til nomusi” ilmiy-maʼrifiy risolalari milliy tilimiz, özbekona sözimiz taraqqiyotiga köz taşlaşda ajib bir baho, kuyunçak zarofat böldi. Til borasida şu möʼjaz kitoblarda örtaga taşlangan yoki kaşf qilgan ixtirolar, mutafakkirona dalil-isbot, soliştirmalarni lingivist akademik ham bunday teran va jozib qilib ifodalab berolmaydi deb öylayman. Holbuki, tilimizning qonun-qoidalaridagi muammolar, imlodagi har xilliklarni bir xillaştiriş, savodsizlikning oldini oliş borasidagi va yana allaqança masalalarda tilçilarimiz hal qilişi kerak bölgan dolzarb muammolar tiqilib yotibdi. Isteʼdodli şoir Eşqobil Şukurning “Bobosöz izidan” kitobi ham özbekona sözimizni ardoqlaş yölidagi bir ibratdir. Qani   har bir ijodkor şu kabi işni qilsa,tilimiz qançalik boyir, unutilgan yoki şeva va lahjalarimizda qolib ketayotgan qança sözlarimiz isteʼmolga kirar, şu asnoda bir kuni nisbatan mukammal özbek tilining izohli luğati köz oçgan bölarmidi.

— Mana uzoq yillardan buyon naşriyot tizimida işlab kelasiz. Bugungi kun özbeklarining kitobxonlik darajasi sizda qanday fikrlar paydo qiladi?

— Kitobxonlik bizda bugun yoki keça boşlanmagan. U terma qöşiqlar va dostonlar tinglaş, tongotar qissaxonlik keçalari bilan ming yillardan buyon davraga mazmun bağişlab, aql gulxanlarini örlatib keladi. Hatto sobiq tuzumning eng qattol davrlarida ham eng yaxşi adiblarimizning taqiqlangan asarlari qölma-qöl öqilgan, deylik, “Ötkan kunlar” romanini boşdan-oyoq yod bilgan millatdoşlarimiz bölgan.

Ammo bugungi kundagi kitobxonligimiz meni qoniqtirmasligini pisanda qilişdan oldin, ayni şu kitobxon oldida qarzdorligimizni, xijolatda ekanligimizni aytişim kerak. Buning bir qança haqli sabablari bor. Sobiq sovet davri yolğon mafkura ustiga qurilgan bölsa-da, özining şişirilgan ğoyalarini ommaga yetkaziş uçun bir mukammal tizim yaratgan, şu bois yurtning eng çekka nuqtalarigaça ham kitob yetib borar edi. Özining siyosatini insonparvar körsatişga uringan Imperiya badiiy kitoblarni naşrdan çiqarişga zör berar, bu kitoblar sözboşiyu boşqa ilovalar bilan qançalik qizillaştirişga harakat qilinmasin, qöliga yetib borgan zukko kitobxon undan özgaça zavq va saboq olar edi. Masalan, öşanda A.Qodiriyning “Ötkan kunlar” romani bir marta naşri adadi 150 ming nusxada naşr etilganiga közim tuşgan. 90-yillardan boşlangan iqtisodiy buhron maʼnaviy jabhaga katta zarba berdi. Qişloqlarni aytmaylik, tuman markazlaridagi kitob dökonlari ham birma-bir yöqolib ketdi. Har bir jamoa xöjaligining öz kutubxonasi bölguvçi edi, xöjalik yerlari fermerlarga bölaştirib berilişi bilan boy kutubxonaning ustiga ham bomba portlaganday böldi, qarovsiz, egasiz qança-qança kitoblar maklaturaga topşirib yuborildi. Hatto şahar, viloyat miqyosidagi kutubxonalar faoliyati ham eʼtibordan, nazoratdan çetda qoldi. Bunday şaroitda kitobxonlik darajasi qanday bölar edi?

Qolaversa, bozor iqtisodi deyilgan, hamma narsaga mol-tovar tamğasi bosilgan, moddiy bir belgi bilan qaraladigan şaroitda, kitobga maʼnaviy boylik ölaroq, avvalo, uning şu fazlini asraş uçun bir himoya çorasi körilişi, moddiy kömak berilişi tobora unutildi. U öz holiga taşlanmadi emas, masalan, badiiy adabiyot naşri oldiga tobora tösiqlar qöyilaverdi. U kitobxonga arzon bir bahoda yetib borişi yölida esa qariyb yigirma yil davomida amaliy bir iş qilinmadi, bor anʼanalar,   eski tuzumda şakllangan tizimlar esa birma-bir, çok-çokidan sitilib bordi.

— Kitobxonlik darajasini östiriş uçun nimalar qiliş kerak, deb hisoblaysiz?

— Aytmoqçimanki, kitobxonlik darajasini östiriş uçun, istaymizmi yöqmi, bunga şaroitni yaxşilaş kerak. Şu şaroitga tarğibot-taşviqot işlarini   yaxşilaş ham kiradi. Nega bizda televideniye, radio va yana allaqança reklama va eʼlon beriş bilan şuğullanadigan taşkilotlar bolaning tagligini har daqiqada reklama qilişdan böşamagani holida kitoblarni, yangi naşrlarni, reklama qilmaydi, hali u bosmaga tayyorlanayotgandayoq ovoza qilmaydi, xat-xabari, mujdasini   muntazam surʼatda eʼlon qilib bormaydi. Naşr etilgan yoki etilayotgan kitoblarni metroda, jamoat transportida reklamasini namoyiş qilsa bölmaydimi?

Xayriyatki, kitobxonlikka qaytiş yana yuz körsatdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev saylovçilar bilan uçraşuvlaridan birida kitobga alohida eʼtibor qaratdi. “Kitobsiz kelajak yöq” deb bong urdi. 2017 yildan esa Yangilanayotgan Özbekistonning asosiy kuçi yoşlar ekan, ular orasida kitobxonlik tanlovlariga start berildi. Bu tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritgan yoşlarga Prezidentning alohida sovğasi bölgan avtomaşinalar kaliti berilganda, ayrim kişilarning oğzi lang oçilib qolganligiga guvoh böldik. Albatta, bular qismati kitob bilan çambarças kişilarni quvontirgani, kitobsevar xalqimizga taraqqiyotning alomati bölib köringani rost. Şu bilan birga kitob mutolaasini ermak, şunçaki bekorçilik deya öylaşgaça yetib qolgan johillarni hayratlantirib, asl haqiqatni xotirlariga tuşirgan bölsa, ajab emas. Ammo davlat miqyosidagi işlarda ham, avvalo, masʼul mutaxassislarning aybi bilan kitobxonlik darajasini tuşiriş, naşr etilayotgan kitoblar oldiga tösiqlar qöyilib, kitoblarning sunʼiy ravişda bahosini oşirişda hali ham, çuqur öylamay qilinayotgan işlar, çiqarilayotgan qarorlar yöq emas. Masalan, şu yilning aprelidan boşlab, qaror bilan kitoblarning tannarxiga 15 foizli soliq tölovining joriy qilinganini qanday tuşunmoq kerak? Rost, kitob bebaho, undan qimmatbaho boylik yöq. Undan qimmatbaho sovğa ham. Ammo u öqilsagina, ana şu bebaholik özini namoyon qiladi. Şuning uçun uni imkon qadar arzon bahoda vatandoşlarga yetkazmoq eng asl vatanparvarlik ekanini unutmaylik.

— Kitob yoziş, kitob çop etiş, kitob öqiş kabi maʼnaviy halqaning içida turib, naşriyot tizimlarining bugungi ahvoli sizni qanoatlantiradimi? Davlat naşriyotlarining xususiy naşriyotlarga aylantirilişi ziyoli qatlam örtasida turli xil fikrlarni paydo qildi?

— Naşriyotga kelgan qölyozma öquvçi qöliga yetib borgunça qirqta jarayonni boşidan keçiradi. Demak, unga qirq kişining mehnati singadi. Oçiği,   naşriyotda işlaşim ham men uçun bir maktab böldi. Bugun naşriyot işlari ham sinovli bir kunlarni boşidan keçiryapti, desam mubolağa emas. Bunga qurib ketgur tojli ölat – sovid – 19 ham öziga xos hissa qöşdi. Boşqa sohalar kabi davlatnikimi yoki aksiyadorlik jamiyati böladimi aksariyat naşrçilik korxonalari xususiylaşiş arafasida turibdi. Men bu jarayonni rad etmoqçi emasman, unga qarşi ham emasman. Ammo yoppasiga xususiylaştiriş kompaniya körinişida   amalga oşiriliş xavfi rosti meni ham taşvişlantirayapti. Kiçik bir körinişda naşr işni yakka özi taşkil qilgan tadbirkoru noşirlarning jurʼatiga, ter tökişiga balli. Ammo uzoq bir muddatda   juda köp kişilarning mehnati, aqli, ilmi bilan şakllangan, hozir faoliyatini baholi qudrat yuritayotgan, masalan, naşriyotlar jamoasi bunday holda nima qiladi? Ularni kim ijtimoiy himoyalaydi? Bundan ham ana şu naşriyot va bosmaxonalarda kitobni ham şaklan, ham maʼnan bekamu köst kitobxon qöliga yetkaziş yölida yillar badalida şakllangan yuqori kasbiy mahorat, ilm, malaka, takomillaşgan tizim iqtisodiy çöntagi baquvvat korçalonning qöliga ötganda, u faqat öz manfaatidan kelib çiqadigan bölsa, bularning hammasi boy berilmaydimi?

Demoqçimanki, xususiylaştiriş noldan boşlanişi, bu ixtiyoriy-majburiy bölmasligi kerak. Xususiy naşriyotlar taşkil bölişiga har qanaqa soxta tösiqlar olib taşlanib keng yöl oçilişi, albatta, noşirçilik sohasini ravnaq oldiradi, haqiqiy maʼnodagi raqobatda esa taraqqiyotga yuz tutiladi. Ammo barça naşriyotlarga maʼnaviy mezon bitta — maʼnan yuksak asarlargina çop etilişi kerak. Oldi-qoçdi yoxud inson xulq-atvoriga salbiy taʼsir etadigan, yoşlar tarbiyasini buzadigan qutquli kitobnamo mahsulotlarni çop etişga aslo yöl qöymasligimiz zarur.

— Qariyb, çorak asrdan buyon tinmasdan gapirib kelayotganimizga qaramasdan, nazarimda, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga endi-endi kirib borayotibmiz. Ana şunday jarayonda     Qalam ahliga, qanday munosabatda bölinsa, u öz missiyasini köngildagidek amalga oşirişi mumkin?

— Çölponning “Adabiyot yaşasa, millat yaşar”, degan fikri bejiz aytilmagan. Bu fikr ham ayni buriliş davrida aytilganini unutmaylik. U bugun uçun ham ayni dolzarb bir haqiqatdir. Zero, adabiyot millatning köngli, uning ruhiyati tebranişidir. Demak, millatning yaşaşi adabiyotga boğliq ekan, adabiyotning umrboqiyligi ham millatga, şu millatning ezgu tilakli millatparvarlariga boğliqdir. Millat maʼnaviyatining kuçi, davlatning adolatli siyosati maʼnaviyatning mehvari, adabiyotning kuçi bilan zalvorlidir. Şuning uçun çin adabiyotni ham himoyalaş, faqat moddiyat bilan tarozini tortadigan bozor zamonida darveşday köçada huvdiratib, tentiratib qöyib, tilançiga aylantirmaslik kerak. Oddiygina aytganda, ana şu bozor iqtisodiyoti şaroitida sözning qadri, unga tölanadigan haq, heç bölmaganda adibning tirikçiligi, rözğorini tebratişiga yetişi, uning erkin ijod qilişi uçun imkon hozirlab berişi kerak. U heç kimga qaram bölib qolmasligi juda ham muhim. XIX asrni rus adabiyotining oltin asri deymiz. Zero, bu asrda adib ijod qilarkan, bu uning iqtisodiy tökin yaşaşini ham taʼminlagan. Misol uçun öşa zamonda kambağal yozuvçi hisoblangan   F.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani jurnalda birinçi marta bosilayotganda, har sahifasiga 150 rubldan qalam haqi tölangan. Holbuki, öşa zamonda bir sigirning bahosi 10 rubl nari-berisida bölgan.

— Bir paytlar özimizda ham ijodkor xalqi qalam haqi bilan qaddini kötarganini aytişadi…

— Töğri, bu köpçilik “tamşanib” eslaganidek bir paytlar bölgan, ayni paytda, yozuvçi yoki şoirga tölanadigan qalam haqi yöq darajada. Rostini aytadigan bölsam, men keyingi payt hukumatning bunga oid qaror va farmonlarini öqib, ularga qilingan ilovalarni, qalam haqi stavkalarini özimça soliştirib çiqdim. Bu tartiblar bilan iş körilsa, heç qaçon adib yoki şoirning kosasi oqarmaydi. Nazarimda bunga birinçi navbatda mutasaddi masʼullar, mutaxassis maslahatçilar aybdor. Şuning uçun ham bizda professional yozuvçi, erkin ijodkor degan atama boru, ammo erkin ijodkorning özini izlab topa olmaysiz. Ehtimol, şuning uçun ham faqat fidoyiligi hisobidan millatimiz ruhoniyatini kötargan Toğay Murod, Rauf Parfi kabi zotlarimiz bir asrda bitta tuğiladi yoki yöq.

— Kafka asarlarining tarjimonisiz. Kafka bilan böylaşiş barobarida nimalar haqida öyladingiz va şuning barobarida bugungi kitobxonga nimalar degingiz keldi?

— Dastavval, meni Frans Kafkaning avtobiografik xarakterdagi “Otamga xat”i juda taʼsirlantirgan. Baʼzilar alanga içida bitilgan bu asarga alamzadalik namunasi deb qaraşadi. Men bunga qöşilmayman. Rostgöyligi, samimiyati ruhiyat evrilişlarida oçilgan bu asarda odamning oila muhitida şakllanişida munosabat hamma narsani hal qilişi manaman deb turibdi. Dunyo nasrida uluğ bir hodisa yangliğ köz oçgan “Jarayon” romanida esa inson hayotidagi eng muhim ehtiyoj uning har qaçon daxlsiz bölişi kerak erkiga daxl, bu tajovuzning tobora zimdan kuçaygani favqulodda betakror körsatib berilganki, bu beixtiyor har qanday insonni sergak torttiradi,   ogohlantiradi.

Kafkaning “Jarayon”i daraxtni kurtakda köra bilişdir. Qolaversa, Kafka nasrida kişini mayda-çuyda nafs taşvişlaridan xalos qiladigan şunaqa xayol kengligi borki, u kötargan uluğ ğoyalar qatorida inson könglini pokiza bir zavq-şavqqa, rangin tuyğularga töldiradi. Oğir yuk ostidagi tafakkur tasavvur kengligida hayotdan maʼno topadi. Darvoqe, yaqinda bu buyuk adibning “Qalʼa” romani tarjimasini nihoyasiga yetkazdim.

— Juda uluğ iş qilibsiz, rahmat sizga. Bilasizmi, umr ötavergan sari hayot sarhadlarida özini anglab, saboq olgan va tajribadan köz oçgan har bir insonda hayotiy şiorlar tuğiladi, prinsiplar şakllanadi…

— Rost, ular öylab topilmaydi, bu haqiqatlarga amal qilib boraman deb aytolmasam-da, bot-bot köngil şu töxtamga kelaveradi:

Mana şu bir kun, menga butun bir umrning öziday körinadi. Şuning uçun köpinça özimga-özim beixtiyor deb yuboraman (Albatta, bu hammaga ilinganlarimdir):

Harakatda sabr qil!

Özgani doimo aya, özingni esa ayama.

Samimiyatni birinçi belgisi — rostlik de!

Yaxşi kör, nafratlanma!

Birovdan zörman dema özingni, lekin kam ham körma!

Özingni yeng — nafsingni yeng! Şu çin ğalaba!

Heç bir kimsaga Alloh ögay nigoh bilan qaramaydi!

Sen ham bu dunyoga uluğ, ezgu bir işni bajariş uçun kelgansan. Şuni heç qaçon unutma!

Gözal BEGIM suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan