Vatanni kökrakka urib sevmaydilar
Oila şu aziz vatanimizning bir bölagi, bir parçasi. Oilada farzandlarimizga bolaligidanoq vatanni sevişni, ota-ona, mahalla-köy, qarindoş-uruğlarni hurmat qiliş, qadriga yetiş kabi özbekona qadriyatlar örgatiladi. Ota-ona bitta bölgani kabi odamning ham Vatani yagonadir. Vatanga xizmat qiliş unda yaşayotgan har bir inson uçun ham qarz, ham farz. Vatanga xizmat goh u katta bölsin, goh u kiçik – halol, sidqidildan bölsa, Vatan uni albatta qadrlaydi.
Kasbim taqozosi tufayli turli soha vakillari bilan uçraşişga töğri keladi. Men uçraşgan va suhbatlaşgan insonlar orasida yurtim deb, Vatanim deb yaşovçi haqiqiy vatanparvar kişilar köp. Ana şunday insonlardan biri rahmatli, Qöşköpir tumanining Örtayop qişloğida yaşovçi Otaboy aka Sobirov edi. Uzoq yillar suv tarmoqlari sohasida faoliyat olib borgan Otaboy Sobirov juda maʼnaviyatli, madaniyatli inson bölib, adabiyot va sanʼatni, tarix ilmini juda sevuvçi, uni qadrlovçi haqiqiy vatanparvar kişi edi desam mubolağa bölmas. U adabiyot va sanʼatni juda qadrlardi. Qöliga tor olib kuylaganda köpçilik xonandalar tan berardi unga. Navoiy, Maxtumquli, Maşrabdan ğazal öqisa mana men degan adabiyotçini ham doğda qoldirardi. Ha, haqiqatda Otaboy aka sözi bilan işi bir ajoyib inson bölib yaşadi. U yurti Xorazmni jon dilidan sevdi. Uning tarixiga, umuman, özi tuğilib ösgan zamin — Özbekistonga mehri bölakça edi.
Vatan, yurt muhabbati uning yuragida jöş urib turardi. Har bir gapining birida Maxtumquli, Navoiy, Pahlavon Mahmud ruboyilaridan ğazal va qitʼalaridan parça keltirib öz sözini mustahkamlab qöyişni kanda qilmasdi, xullas, haqiqiy vatanparvarlik, yurtga bölgan muhabbat uning yuragining tub-tubidan çiqardi. Yaratgan uni siyladi. Birin-ketin öğil farzandlar ato qildi. Xorazmbek, Maxtumquli ismli farzandlar şu zayl dunyoga keldi. Nevaralari Zamaxşariy va Zardöştlar bobosi qöygan ismlarga loyiq bölişga intilib yaşamoqdalar. Töğri, bu ismlar hozir eşitganlarga bir eriş tuyular ammo bugungi kunda xorijiy seriallardan taʼsirlanib farzandiga yoki nevaralariga ularning ismini qöyayotgan insonlar yonida albatta bu heç narsa emas. Vatanni qalbdan, yurakdan seviş, uni mehrini his qiliş, sidqidildan xizmat qiliş har birimizning şiorimizga aylanmoği kerakligini yoddan çiqarmasligimiz kerak. Zero, uluğ şoirimiz Muhammad Yusuf bir şeʼrida “Kökrakka urmaydi Vatan deb vatan” deb aytganida, albatta haq edi.
Jaloliddinning emas,
Jumongning qiliçi…
— Köçada qiliçbozlik qilib öynab yurgan bolalarga közim tuşdi. Qöllarida otasimi, onasimi dökondan sotib olib bergan öyinçoq — plastmas qiliç. Ular hadeb bir-birlari bilan baqirib-çaqirib “jang” qilişardi. Beixtiyor ularning öyini diqqatimni tortib yonlariga bordim, — deydi uzoq yillar taʼlim-tarbiya sohasida işlab kelayotgan ustoz Egambergan Karimov — qiliçni qölimga oldim va ulardan söradim:
— Bolalar bu kimning qiliçi?
Ular baravariga “Jumongning qiliçi” deb javob berişdi.
Bunday vaziyat kişini albatta öyga toldiradi. Nega endi ular bu Jaloliddinning qiliçi, Amur Temur bobomizning qiliçi demaydi. Farzandlar tarbiyasiga şunçalar befarq bölyapmizmi? Nega oilada, boğça-yu maktablarda bizning buyuk bobokalonlarimizning hayot yöllari, ular körsatgan jasoratlari kam örgatilmoqda.
Xalqimizda katta arava qayerdan yursa kiçigi ham şu yerdan yuradi degan maqol bor. Quş uyasida körganini qiladi, deydi dono xalqimiz. Bu maqollar zamirida qança maʼno mujassam. Biz kattalar har bir işda öz ezgu amallarimiz bilan yoşlarga örnak bölsakkina kelajak avlod yuksak maʼnaviyatli vatanparvar inson bölib yetişadi.
Farzand uçun oçilgan muzey
Inson xotirasi azal-azaldan muqaddas bölib kelgan. Ötganlarni xotirlaş özbekona qadriyatlarning eng oliy körinişidir. Özbek na öligini na tirigini xor qilib qöyadigan millat emas. Janggohlarda qolib ketgan askar qabridan ham bir siqim tuproq olib keladi. Ularni xotirlaydi, ezgu işlarini eslaydi.
Ğozovot qişloğida Elena Antipova degan tarix fanidan dars beruvçi öqituvçimiz bölardi. Oqila, dono, har bir sözidan haqiqat ufurib turuvçi, sözi bilan işi bir ayol edi rahmatli. Iloji boriça hamqişloqlariga yordam qölini çözardi. Uning fidoyi insonligidan hayoti davomida bir neça bor tuman va qişloq kengaşiga deputat ham qilib saylaşgandi.
Nima böldiyu harbiyga ketgan öğli Uluğbek baxtsiz tasodif tufayli halok böladi. Endi siz onaning ahvolini bir köz oldingizga keltiring. Rossiyadan Uluğbekning jasadini olib kelib dafn qilişdi. Elena opaning ana şu kunlardagi iztiroblarini söz bilan taʼriflaş oson emasdi. Farzand doği uni battar çöktirib qöydi.
Özi tarix öqituvçisi emasmi, maktabda farzandiga atab muzey — kutubxona oçdi. Öz puliga sotib olib bölsa-da, kitoblar va tarixiy eksponatlar bilan muzeyni boyitdi. Muzeyga “Uluğbek Hasanov nomidagi tarix muzeyi” deb nom berdi. Öşa davrlarda Elena Antipovadan tahsil olgan insonlar buni yaxşi eslaşadi. Domla bu bilan ham farzandi Uluğbekni xotirasini abadiylaştirdi, ham qançadan-qança yoşlarga öz qişloği tarixini bilişga kömaklaşdi.
Qöşköpir tumanda Arslon Matniyozov bir paytlari rahbarlik qilgan 43-sonli umumiy örta-taʼlim maktabiga borsangiz, 1941-1945 yillarda Xadra qişloğidan uruşga ketib qaytib kelmagan hamqişloqlari xotirasiga örnatilgan Xotira monumentiga közingiz tuşadi. Unda 1941-1945 yillarda qişloqdan uruşga ketgan sobiq jangçilarning nomlari bitilgan. Inson xotirasi aziz. Xotira uyğonsa gözal, deydi xalqimiz. Bizning yorqin porloq kelajagimiz uçun jonini fido qilgan yurt öğlonlari haqida, ularning tarixi haqida yoşlarga köproq örgatişimiz kerak. Ular mustaqilligimiz öz-özidan kelmaganini tuşunişlari, ota-bobolari qilgan jasoratlari haqida maʼlumotga ega bölişlari, ularning haqiqiy vorislari ekanliklarini har qadamda his qilib yaşamoqlari ham farz ham qarzdir.
Vatan şunday seviladi…
Yigirma yildirki öz uyini tarix muzeyi qilib yoşlarga moziy qatlarini oçişda yelkadoş bölayotgan inson, tarix fanlari nomzodi qöşköpirlik Rahmonbergan ota Maşaripovning hayot yöli hammaga örnak bölsa arziydi. Rahmonbergan ota sakson yoşni qoralagan bölsayam hali ham yurt haqida, Vatan haqida uning odamlari haqida, şahar-qişloqlari tarixi haqida risolalar bitmoqda. Yoşlarga ziyo, nur ulaşmoqda, ularni yuksak maʼnaviyatli bölişida astoydil xizmat qilayotir. Rahmonbergan otani yuksak maʼnaviy jasoratli insonlar sirasiga kiritsa arziydi. Elimizda, yurtimizda bunday fidoyi Vatan deb, yurtim deb yaşayotgan insonlar juda köp.
Rahmatli Şovot tumani Katqalʼa qişloğida yaşab umri davlat idoralarida ötgan aziz inson Rözmat aka Yoqubovning hayot yöli ham ibrat bölarlik darajada. Rözmat aka Yoqubov haqiqiy vatanparvar inson edi. U vohada Xorazm tarixini yaxşi biluvçi uni keng omma örtasida tarğib qiluvçi bilimdonlardan biri bölib, viloyat televideniyesida Katqalʼa va Köhna Urganç, Jaloliddin Manguberdi, Xorazmşohlar tarixi haqida bir neça martalab çiqişlar qildi. Öz izlanişlari, öqib örganişlari natijasida birinçilardan bölib mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq Jaloliddin Manguberdi risolasini xalqqa taqdim (1997 yil) etdi. Mana mening qölimda uning “Avlodlarga” nomli vasiyat tariqasida yozilgan 55 varaqdan iborat qölyozmasi. Uni katta qiziqiş, hayajon va iztiroblarsiz öqiş qiyin.
Mamlakatimizning turli göşalarida millat taraqqiyoti uçun indamaygina hissa qöşib yurgan odamlar talaygina. Zero, bu ularning kundalik hayot tamoyiliga aylangan. Vatan uçun qilayotgan işlarini, insonning kundalik turmuş tarzi, deb qaraşadi. Bu kabi insonlar yurtimizning turli hududlarida istaganingizça topiladi.Ular bosib ötgan yöllar, qilgan ezgu işlar qalbimizning allaqayerida mudrab yotgan jafokaşlik, millatparvarlik tuyğularini turtib uyğotsa, ajab emas.
Boltaboy Muhammad Qurbon,
jurnalist.
Xorazm viloyati.
