Yangilanayotgan taʼlim — ertamiz poydevori
Vaqtni oqar suvga qiyos qilişadi. Tizginsiz ötib borayotgan yana bir yilga guvoh bölib turibmiz. Hammamiz uçun tarixga aylangan 2020 yil Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti tarixida qanday iz qoldirdi?
Mana, qariyb bir yildan ortiq davr mobaynida Yer yuzini tark etmayotgan pandemiya balosi oqibatida bizning institutda ham barça taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklar talabalari uçun ötayotgan öquv yilining 2-semestridan “moodlle” platformasida onlayn taʼlimi yölga qöyildi.
Institut taşabbusi bilan maktab öqituvçilarining pedagogik salohiyatini oşiriş, öqitişning yangi metodlarini joriy etişda qulaylik yaratiş maqsadida Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi örtasida 2020 yil 30 noyabrda imzolangan qöşma qarorga muvofiq örta umumtaʼlim maktablarida “Pedagogik taʼlimning innovatsion klasteri”ni taşkil etiş yönalişida “Taʼlimda Çirçiq tajribasi” loyihasi joriy etildi.
Bundan taşqari, “Taʼlimda Çirçiq tajribasi” loyihasi doirasida Çirçiq şahridagi 24 ta (1 ta maxsus), “Taʼlimda Parkent tajribasi” loyihasi doirasida esa Parkent tumanining 18 ta umumtaʼlim maktablari institut taşabbusi bilan otaliqqa olindi. Şuningdek, sinov tariqasida Çirçiq şahridagi 22 ta umumtaʼlim maktablarida “Maktab-laboratoriya”si va 2 ta maktabgaça taʼlim taşkilotidagi “Boğça-laboratoriya”lari zamonaviy usulda taşkil etilib, tasdiqlangan dastur asosida maşğulotlar yölga qöyildi.
Bugungi kunda institutimizda 16 000 nafardan ziyod talabalar tahsil olişmoqda. Xorij tajribasidan kelib çiqib, dunyo reytingida yuqori bölgan oliy taʼlim muassasalarida qöllanilayotgan öqitişning “kredit-modul” tizimi böyiça öquv jarayoni olib borilmoqda.
Öqitişning “kredit-modul” tizimiga ötiş munosabati bilan 2020-2021 öquv yilida bakalavriatning 25 ta taʼlim yönalişida malaka talablari, 25 ta namunaviy öquv reja hamda 1125 dan ortiq fan dasturlari yaratildi. Şuningdek, 15 ta magistratura mutaxassisligi böyiça ham “kredit-modul” tizimiga asoslangan 15 ta malaka talablari va öquv rejalar, 144 ta fan dasturlari işlab çiqildi hamda bitiruvçilarda amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltirildi.
Xalqaro maydonda tenglar içra tengmiz
Belarus Respublikasining A.A.Kuleşov nomidagi Mogilev davlat universiteti bilan kelişuv bitimiga köra, bakalavr bosqiçida 3 ta taʼlim yönalişi böyiça qöşma taʼlim dasturi joriy qilindi.
Bundan taşqari, Britaniya kengaşi hamkorligida institut professor-öqituvçilari va talabalariga “IELTS” öqitiş strategiyasi böyiça seminar taşkil etildi. Britaniya kengaşi bilan kelişuvga asosan “MOCK IELTS” sertifikatini oliş uçun institutda tahsil olayotgan 89 nafar talaba imtihonga jalb etildi.
Maʼnaviyatli yoşlar maskani
Ötgan yilda maʼnaviy-maʼrifiy yönalişida “Har bir xonadonga kitob va maʼrifat bilan” aksiyasi hamda telegram ijtimoiy tarmoğida “Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika institutida kitobxon talaba” kanali taşkil etildi. Uşbu kanalga 3000 ga yaqin jahon va milliy badiiy asarlar joylaştirildi. “1 oyda 10 kitob — 1 yilda 100 kitob bilan döstlaşdim” mega loyihasi doirasida “Eng faol kitobxon” tanlovi ötkazildi.
Jamiyatda yoşlarning faolligini oşiriş hamda bandligini taʼminlaş yuzasidan “Muvaffaqiyatga erişiş sirlari” loyihasi doirasida talaba-yoşlar iştirokida biznes-seminarlar bölib ötdi.
Şuningdek, milliy odob-axloq udumlarini asraş, yoş avlodga tarğib qiliş borasida “Şarq qizlari odobi”, “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Taʼlim va tarbiya uzviyligi”, “Uluğlarni eʼzozlaş — buyuklikdan dalolat” mavzularida ötkazilgan ilmiy-nazariy seminarlar, trening maşğulotlari, tarğibot aksiyalari orqali barça bosqiç talabalari qamrab olindi.
Ilmiy faoliyat — taʼlimga berilgan baho
Ötgan mavsumda institut pedagoglaridan 8 nafari fan doktori (DSc) va 20 nafari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qildi. 6 nafar pedagoglarimiz dotsent va professor unvonlariga ega böldi.
Öqituvçilarimiz tomonidan “Scopus, Web of Science” kabi umumeʼtirof etilgan, indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy naşrlar soni 380 tani taşkil etadi.
Institutning asosiy strategik ilmiy tadqiqot yönalişi — Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri doirasida ilk fan doktorlik (DSc) dissertatsiya işi himoya qilindi, hamda 20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot işlari olib borilmoqda.
Ötgan faoliyatimiz davomida institut miqyosida “lip” etgan yangilik bölsa, ularning barçasini baholi qudrat OAV orqali sizlarga yetkazişga harakat qildik. Işonamizki, joriy yilda ham sizlar bilan birgalikda axborot maydonida öz söziga va ovoziga ega bölgan öziga xos minbar yaratamiz!
Nizomiddin BOZOROV,
Toşkent viloyati Çirçiq davlat
pedagogika instituti matbuot kotibi
