Öqituvçiga xat yozgan prezident

Amerikaning 16-prezidenti Avraam Linkoln haqida

 

Bu dunyo yaralgandan buyon boşidan nelar ötmadi, kimlar ötmadi deysiz!

Dunyoni özgartiraman, hatto dunyoni yolğiz özim boş­qaraman deganlar ham ötgan. Lekin tarixda uzoq yo qisqa vaqt bölsin, öz davrida, öz vaqtida misli körilmagan işlar qila olgan, nom qoldirgan zotlar ham kam emas.

Maʼlumki, ötgan yili dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri hisob­langan Amerikada prezidentlik saylovlari bölib ötdi. Qança tortişuvlaru töpalonlar, bahslaru maşmaşalar bilan ötgan bu saylovda AQŞning 46-prezidentligini Jo Bayden yutib çiqdi.

Albatta, hammaning öz örni bor va hammasiga Vaqt hakam deganlaridek, quyida AQŞning 46-prezidenti haqida emas, balki 16-prezidenti   Avraam Linkoln haqida söz yuritamiz. Şuning uçunki, bundan keyin gazetamizda maşhur islohotçilar, mamlakatini, xalqini yuksaklikka olib çiqqan eng yirik siyosatçilar, davlat arboblari haqida hikoya qilib boramiz.

 

Amerikaning 16 – prezidenti Avraam (Ibrohim) Linkoln dunyoni özgartirgan şaxs­lardan biri sifatida tarixda qolgan. Uning böyi juda baland – 193 sm. bölib, har doim boşiga katta şlyapa kiyib yurgan va bu uni yanayam böyçan körsatgan. Aytişlariça, bu şlyapa nafaqat öşa davrda urf bölgani uçun kiyilgan, balki davlat rahbari uşbu boş kiyim ostida muhim yozuvlarni, baʼzi hujjat va pullarini saqlagan.

U maşhur advokat, siyo­satçi va davlat rahbari böliş bilan birga hazil tuyğusi kuçli şaxs bölgan. Bir kuni undan “Janob Linkoln, siz öz botinkangizni har kuni özingiz tozalaysizmi?”, deb söraşganida “Ha, men öz poyabzalimni özim   tozalayman, siz-çi, kimnikinidir qöşib tozalaysizmi?”, deb javob bergan ekan. Linkoln nihoyatda aqlli, fikrlari teran va sözlarni işlatişga mohir inson bölgan. Uning nutq va maʼruzalari buning yorqin hujjatidir. Ayniqsa, uning Gettisbergdagi askar qabristoni oçilişidagi “Gettisberg maʼruzasi” juda maşhurdir.

Avraam Linkoln 1809 yil 12 fevralda Kentukki ştatidagi Xodvill şahrida tuğilgan. Uning otasi taniqli dehqon Tomas Linkoln va onasi Ğarbiy Virjiniyadan ştatga köçib ötgan Nensi Xenks edi. Afsuski, yoş Avraamga badavlat oilada ösib, voyaga yetiş nasib etmagan edi: otasi 1816 yildagi sud jarayonida öz mol-mulkining katta qismini yöqotadi, bunga dehqonning hujjatlaridagi huquqiy xato sabab bölgan.

Bankrot bölgan oila bepul yangi yerlarni özlaştirişda öz omadlarini sinab körişga umid qilib, Indiana ştatiga köçib ötdi. Nensi Xenks köp ötmay vafot etdi va uning singlisi Sara kiçik Linkolnga ğamxörlik qiliş böyiça baʼzi vazifalarni öz zimmasiga oldi. 1819 yilda Tomas Linkoln birinçi turmuşidan uç farzand körgan beva ayol Sara-Buş Jonsonga uylandi. Bölğusi prezident Avraam Sara Buş bilan juda iliq munosabat örnatdi va ayol asta-sekin ikkinçi onaga aylandi.

Linkoln bolaligini Indiana ştatidagi kiçik fermada ötkazdi. U mehnatdan köra kitoblarni afzal körgan, qöşnilari hatto uni dangasa bola deb hisoblaşgan. Yigit öspirinligida otasining uyidan çiqib ketgan. Birmunça vaqt kiçik Salem qişloğiga joylaşdi, u yerda poçta mudiri, savdogar, ötinsoz, surveyer va temirçi sifatida işlaydi. Illinoys gubernatori qora loçin hindulariga qarşi kuraşiş uçun köngillilarni çaqirganda, ota tomondan bobosi va buvisi hindular tomonidan öldirilgan Avraam armiyaga yollanib, u yerda kapitan unvonini oldi.

Şunisi eʼtiborga loyiqki, Avraam Linkolnning muvaffaqiyat tarixi nafaqat ilhomlantiruvçi ğalabalar haqida, balki siyosatçi har doim çinakam qadr-qimmatga qanday doş berişni bilgan va taqdirning şafqatsiz zarbalari haqida ham hikoya qiladi. Şunday qilib, 1832 yilda u Illinoys qonunçilik palatasiga saylanişga urindi, ammo bu muvaffaqiyatsiz tugadi. Keyin Linkoln siyosiy va iqtisodiy ilmlarni örganişga avvalgidan ham jiddiyroq kirişdi. Bunga parallel ravişda, bir dösti bilan çakana savdo dökonida pul işlaşga urindi. Har bir tiyinni sanaşga majbur bölgan Avraamni faqat köp öqiganligi va doimo orzular bilan yaşaşi qutqarib qoladi. Xuddi şu davrda Linkolnning qullikka nisbatan salbiy munosabati rivojlandi.

Bölajak prezidentning siyosiy faoliyati mana şunday boşlandi. Har bir buyuk inson hayotini bezovçi guldor naqşlar va omadli tanaffuslar böladi. Avraam Linkoln uçun magistratlardan biri bilan uçraşiş baxtli voqea bölgan, şundan söng bölajak prezident huquqşunoslikni mustaqil örganişni boşladi. U şu qadar öjarligini isbotladiki, 1836 yilda Advokatlar palatasidan joy oldi. Bir yil ötgaç, Linkoln Illinoysning yangi poytaxti Sprinfildga köçib ötdi va u yerda taniqli advokatning şerigi sifatida iş boşladi. Hali 30 yoşga yetmay allaqaçon taniqli siyosatçi va advokatga aylangan edi. 1835 yilda Avraam Linkoln yana Illinoys qonunçilik palatasiga saylanişga urindi va bu safar unga erişdi.

1836 yilda siyosatçi huquqşunoslikning barça sohalarini mustaqil örganib çiqib, rasmiy yurist unvoniga imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirdi. Keyinçalik, u uzoq vaqt yuridik sohada işladi, şu jumladan, murakkab işlarni körib çiqdi va uning yordamiga muhtoj bölgan kambağal fuqarolardan tölovini olişni rad etdi. U keyinçalik öz nutqlarida doimo demokratik qadriyatlarni taʼkidlagan.

Linkoln Amerika Qöşma Ştatlarining Amerika-Meksika uruşidagi tajovuzkor harakatlarini qoraladi, ayollarning ovoz beriş huquqini oliş istagini qöllab-quvvatladi va mamlakatni qullik tizimidan bosqiçma-bosqiç ozod qiliş tarafdori edi. 1854 yilda qullikni bekor qilişni tarğib qilgan AQŞ Respublikaçilar partiyasi tuzildi va 1856 yilda siyosatçi yangi siyosiy kuç tarkibiga kirdi. Şunisi eʼtiborga loyiqki, öşa paytda uning köplab sobiq izdoşlari Res­publikaçilar partiyasiga qöşilişgan edi.

Bir neça yil ötgaç, u Demokratik partiya vakili Stiven Duglas bilan birga AQŞ Senatiga nomzodini qöydi. Linkoln yana bir bor qullikka qarşi salbiy munosabatini bildirdi, bu esa saylovda yutqazgan bölsa-da, yaxşi obröga ega bölişiga imkon berdi. 1860 yilda Avraam Linkoln AQŞ prezidentligiga respublikaçilar nomzodi sifatida körsatildi. U özining mehnatsevarligi, yuksak axloqiy tamoyillari bilan tanilgan va katta şuhratga ega bölib ulgurgandi. Siyo­sat haqidagi qiziqarli çiqişlari gazeta sahifalaridan qiziqiş bilan öqildi. Uning fotosuratlari doimo halollik va jasorat sözlari bilan egizak tuşunçani hosil qilardi. Natijada, siyo­satçi saylovlarda 80 foizdan köproq ovoz töplab ğalaba qozondi.

Biroq yangi saylangan prezidentning köplab ra­qiblari bor edi. Uning qullik tarqalişi ehtimolini istisno qilgan siyosati bir neçta ştatlarning Qöşma Ştatlar tarkibidan ajralib çiqişi haqida eʼlon qilişiga olib keldi. Prezidentning allaqaçon mavjud bölgan ştatlarda qullikni yöq qiliş yaqin kelajakda rejalaştirilmaganligi haqidagi bayonotlari qullar tuzumi tarafdorlari va uning muxoliflari örtasidagi murosasiz qarama-qarşiliklarni keltirib çiqaradi

15 qullikka asoslangan ştat va qullik instituti mavjud bölmagan 20 ştat örtasidagi uruş 1861 yilda boşlanib, 1865 yilgaça davom etdi va bu yangi saylangan prezident uçun jiddiy sinov böldi. Uruş köplab kiçik va katta janglarni öz içiga oldi. Uruş konfederatsiyaning taslim bölişi bilan tugadi. Mamlakat ozod qilingandan söng qora tanli aholini Amerika jamiyatiga qöşilişday qiyin jarayonini boşdan keçirişga mahkum edi. Harbiy harakatlar paytida prezidentning asosiy manfaati demokratiya edi. U hatto fuqarolar uruşi şaroitida ham mamlakatda ikki partiyaviylik tizimi muvaffaqiyatli faoliyat yuritişi, saylovlar taşkil etilişi, AQŞ aholisining söz erkinligi va boşqa fuqarolik erkinliklari uçun kuraşdi.

Uruş yillarida Avraam Linkoln özi uçun köplab duşmanlar orttirdi. Biroq hibsga olingan fuqarolarning sudga ötkazilişini bekor qiliş prezidentga foyda keltirdi. Uy-joy mulkdorlari töğrisidagi qonun ham odamlarga yoqdi, unga köra maʼlum bir uçastkada yerni işlov berişni va unga binolar qurişni boşlagan köçmançi uning töliq egasiga aylandi.

Bularning barçasi Linkolnga ikkinçi muddatga qayta saylanişiga imkon berdi, ammo afsuski, unga öz vatanini uzoq vaqt boşqariş nasib etmadi. Fuqarolik uruşi rasman tugaganidan beş kun ötgaç, 1865 yil 14 aprelda Avraam Linkoln Ford teatrida aktyor Jon Uilkes But tomonidan öldirildi. Bugungi kunda Linkoln Qöşma Ştatlarning eng munosib prezidentlaridan biri hisoblanadi, u millat inqirozining oldini oldi va afroamerikaliklarni ozod qiliş uçun dunyo xalqlari alqagan işni amalga oşirdi. Vaşingtonda prezident haykali butun Amerika xalqining minnatdorligi va muhabbatining   ramziga aylangan.

Linkolnning turmuş örtoği Meri Todd 1818 yilda Kentukki ştatining Leksington şahrida boy aristokratlar oilasida tuğilgan edi. Meri Toddning eʼtiborini oddiy advokat Avraam Linkoln jalb qildi. Linkoln 32 yoşda edi, Meri esa 23 yoşda. Uning otasi nikohga qatʼiy qarşi böldi va hatto qizi bilan birmunça vaqt aloqalarini uzib qöydi. Yoşlar ikki yil davomida uçraşişdi va nihoyat 1842 yil 4 noyabrda turmuş qurişdi. Avraam Linkoln mehribon va yumşoqfeʼl odam edi. Ammo uning Meri Todd bilan turmuş qurişi katta xato bölganligi birga yaşay boşlagaç, tezda maʼlum böldi. Önlab qora tanli onalar va enagalar bilan boy oilada ösgan Meri uy işlarini bajarişga umuman qodir emas edi va oilaviy işlarga yaroqsiz bölib çiqdi. Avvaliga Linkoln hazillaşib, söngra, aftidan jiddiy ravişda: “Men xotinimni barça enagalari bilan birga olişim kerak edi”, dedi.   Linkolnning nikohi içdan buzildi. U mamlakatni tuza oldi biroq kiçkina bir oilani saqlab qola olmadi. Meri doimo norozi xotinlardan biri bölgan. U doimiy ravişda şikoyat qilgan, erini tanqid qilib, janjal çiqargan. Meri aqldan ozgança hasad qilar va raşk sahnalarida özini boşqara olmay qolardi. Tugamaydigan mojarolar oilani barbod qilgandi. 1865 yilda erining otilganini körgan Meri aqldan ozadi va öğli uni ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaydi. U 1882 yilda 63 yoşida olamdan ötadi.

Linkoln Amerika va amerikaliklar hayotini tubdan özgartirgan, quyi tabaqa vakillaridan çiqqan davlat rahbaridir. Uning notekis keçgan hayot yöli, siyosiy eʼtiqodi, doimo xalq tomonida turib fikrlagani, olib borgan işlari nomini tarix qatimlariga muhrladi. Zero, ummonorti mamlakati milliy qahramonining hayoti va faoliyati bugun nafaqat Amerika, balki kerak bölsa, har bir millat uçun tarix bekita olmaydigan yorqin bir ulgidir. Asriy qullik zanjirlarini uzgan, asl ozodlik taʼsisçisining nomi faqat qora tanlilarning emas, butun insoniyat orzularining yoruğ aksidir.

 

Otaning muallimga maktubi

Avraam Linkolnning tört nafar öğli bölib, ularning uç nafari   içterlama va sildan 4,11,18 yoşlarida vafot etadi. Faqat öğli Robert siyosat bilan şuğullanadi, 82 yil umr köradi.   Linkoln 1855 yilda özining “Öğlimning muallimiga maktub”ini yozadi. Bu maktub öğli Uilyamning öqituvçisiga yozilgan bölib, u 11 yoşida olamdan ötgan. AQŞda Oq uyni tomoşa qilar ekansiz, bu yerda ota-bola Linkolnlarning ruhi kezib yurganligini aytişadi. Otalik mehri va bolaga ğamxörlik singdirilgan uşbu xatni öqir ekansiz, unda ayniqsa, öquv jarayonida biz köpinça unutadigan juda muhim jihatlar jamuljam ekanligini anglaş mumkin. Şunday qilib, Prezident Linkolnning öğliga taʼlim berayotgan öqituvçiga yozgan maktubidan:

“… Mening öğlim hamma odamlar adolatli va barça odamlar samimiy emasligini bilişi kerakligini istayman. Şuningdek, unga har bir firibgar içida bir qahramon topilişini va har bir xudbin siyosatçiga fidoyi lider berilganligini örgating.

Agar atrofida duşman bor ekan va albatta, döst ham topilişini uqtiring. Buni biliş uçun esa vaqt kerak böladi. Unga işlab topilgan bir dollar pul, köçada topib olingan beş dollardan köra qiymatliroq ekanligini anglating.

Agar iloji bölsa, uni hasaddan uzoqlaştiring, xotirjam   kulişning sirlarini örgating. Zöravonlik va maqtançoqlikni yengiş eng oson iş ekanligini erta bilib olişiga imkon bering. Agar uddalay olsangiz, uni kitoblarga qiziqtiring…

Va unga böş vaqt bering, şunda u abadiy sirli hodisalar haqida fikrlaşi   mumkin: osmondagi quşlar, quyoş nurlaridagi asalarilar va yaşil tepaliklardagi gullar.

U maktabda bölar ekan, odamlarni aldaşdan köra muvaffaqiyatsizlikka doş beriş ança şarafli ekanligini örgating… Hatto unga   kimdir tanlagan yöli notöğri ekanligini aytgan bölsa ham öz ğoyalariga işoniş hissini tarbiyalang… Mayin feʼlli odamlarga mayin bölişni,   qahri qattiqlarga nisbatan esa berahm böliş kerakligini ayting.

Hamma ğolib tomonda turganida, öğlimga olamonga ergaşib ketmaslik uçun kuç berişga harakat qiling… Uni hamma odamlarni tinglaşga, şuningdek, eşitgan narsalariga haqiqat burçagidan qaraşga va faqat yaxşiliklarni tanlaşga yöllang.

Agar imkoni bölsa, unga qayğuda kulişni, köz yoşda uyat yöqligini örgating. Uni beadablik uyatli hol ekanligini anglaşga va ortiqça tilyoğlamaliklardan ehtiyot bölişga çoğlang.

Unga miyasi va muşak kuçini eng yuqori narxda sotiş mumkinligini, biroq qalb va köngilni savdoga qöyib bölmaslikni tuşuntiring.

Unga uruşga moyil olamonga quloq solmaslikni singdiring, lekin agar u özini haq deb hisoblasa, örnidan tursin va jangga kirsin!

Öğlimga yaxşi munosabatda böling, ammo haddan taşqari erkalatmang, çunki faqat olovgina pölatni mustahkam qiladi. Unga hamma yomon narsalarga toqat qilmaslikni, jasoratli bölişni, jasurlik   uçun ham sabr kerakligini örgating.

Uni har doim öziga yuqori işonçda bölişga işontiring, çunki ana şunda   u doimo insoniyatga yuqori işonç­­da   turib qaraydi.

Bu oson iş emas, lekin siz nimaga qodirligingizni köryapsizmi… U juda yaxşi bola, u mening öğlim!

Avraam Linkoln. 1855 yil.”

 

Avraam Linkoln fikrlaridan:

  • Demokratiya — bu xalqni xalq orqali boşqaradigan hukumatdir.
  • Siz doimo odamlarning bir qismini va butun xalqni bir muddat aldaşingiz mumkin, lekin siz butun xalqni doimo alday olmaysiz.
  • Men bir kuni mening imko­niyatim kelişiga tayyorgarlik köryapman.
  • Men nafaqat qora tanli zanjilarni, balki oq tanlilarni ham qullikdan ozod etdim.
  • Otam menga mehnatni yaxşi körişim kerakligini aytdi; u maşaqqatni yaxşi köriş kerakligini aytmadi.
  • Qöy va böri “ozodlik” sözini turliça tuşunadi, insoniyat jamiyatida hukm surayotgan kelişmovçiliklarning mohiyati ham ana öşanda.
  • Heç qaçon Robbim men tomonda deb aytmang; yaxşisi siz özingiz Robbingiz tarafida böliş uçun ibodat qiling.
  • Xarakter daraxtga öxşaydi, obrö esa uning soyasi. Biz soyaga ğamxörlik qilamiz, lekin aslida daraxt haqida öylaşimiz kerak.

 

Gözal BEGIM tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan