100 ming söming bor bölsa…
Yurtimizda minimal isteʼmol xarajatlari belgilandi
Joriy yilning 31 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Özbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari töğrisida” matbuot anjumani ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov, moliya vaziri örinbosari Jamşid Abruyev, YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi ijtimoiy-siyosat böyiça maslahatçisi Umid Aliyev hamda Jahon banki eksperti Vinayak Nagaraj iştirok etdi.
Qayd etiş kerakki, Özbekistonda birinçi marta rasmiy darajada minimal isteʼmol xarajatlarini baholaş eʼlon qilindi va bajarilgan işlar, uning natijalari haqida mutasaddilar tomonidan tuşuntiriş berildi.
— Masalan, olti kişilik oilani oladigan bölsak, xususan, ota-ona va tört nafar farzand. Bu oila uçun bir oyda 2 million 640 ming söm minimal isteʼmol xarajati miqdori hisoblanadi. Köp holatlarda bunday oilalarda faqat bir kişi, yaʼni ota işlaydi. Oy davomida erkak kişi kamida 3-4 kun farzandlarining oldida bölişi kerakligi va dam olişini inobatga oladigan bölsak, bunday oilalarda kunlik daromad 100 ming sömni taşkil etişi kerak.
Bu bugun eʼlon qilingan minimal isteʼmol xarajatlarining kişi boşiga miqdori 440 ming söm etib belgilandi. Yoki beş kişilik, 3 nafar farzandli oilani inobatga olsak, bu yerda kunlik daromad kamida 80-90 ming söm atrofida bölişi lozim, deya taʼkidladi Ilhom Norqulov.
Minimal isteʼmol xarajatlarini hisoblaş uçun 2020 yilda respublikaning barça hududlaridan tanlab olingan 5 400 ta oilada sörovnoma ötkazildi. Uşbu oilalar 10 ta guruhga bölindi va uşbu oilalar orasidan eng kam xarajat va daromadga ega bölgan 30 foiz xonadon ajratib olindi.
Ekspertlarning fikriga köra, Özbekistonda minimal isteʼmol xarajatlarining miqdorini belgilaş — 30 yil davomida kun tartibidan çetda turgan masala. Bu böyiça bir qarorga kelinişi iqtisodiy sektor uçun murakkab va masʼuliyatli qadamdir.
Hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlarining jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulotga nisbati (YAIM) 26,8 foiz bölib, mazkur körsatkiç rivojlanayotgan mamlakatlarda, asosan, 4-20 foizni taşkil etadi.
Abdulaziz AHMEDOV
