ÇORASIZNING ÇORASI
yoxud matbuot inqirozdan qanday qutuladi?
Hozir mamlakatimizdagi zamonaviy mediamakon yangi taşkiliy-texnologik jarayonlarni şiddat bilan boşdan ötkazmoqda. Pirovardida XXI asr özbek jurnalistikasi nazariyasi va amaliyotida ham köplab özgarişlar röy bermoqda. Davlatimiz rahbari şu yil 26 iyun kuni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan bayram tabrigida taʼkidlaganidek, “Mamlakatimizdagi barça siyosiy-ijtimoiy institutlar kabi Özbekiston jurnalistikasi ham hozirgi raqamli texnologiyalar davrida yangi şakllaniş jarayonini boşidan keçirmoqda.
Bugun avlodlar, ijodiy maktablar, anʼanalar, tuşunça va tasavvurlar yangilanmoqda. Internet zamoni öz talab va qoidalarini ilgari surmoqda. Ana şunday murakkab ötiş davrida milliy jurnalistikamiz ilgari kuzatilmagan turli sinov va qiyinçiliklarga ham duç kelayotganini eʼtirof etiş va ularni birgalikda bartaraf qiliş haqida öylaşimiz lozim”.
Şu bilan birga, özbek mediamakonining turli segmentlarida OAV va milliy jurnalistikamizga nisbatan tanqidiy qaraşlar ham şakllanmoqda. Buni media haqidagi nazariyalar bilan mediaindustriyalar faoliyati örtasida katta tafovut yuzaga kelayotganidan ham bilib oliş mumkin. Bundan taşqari, zamonaviy inson hayoti va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida raqamli medianing örni ham tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Zamonaviy jurnalistika va ommaviy axborot vositalari tarixiy transformatsiyalaşuv jarayonida turibdi. Buyuk britaniyalik taniqli sotsiolog, ommaviy kommunikatsiya nazariyotçisi Denis Makkueyl aytganidek, “OAV uçta muhim kuç kesişgan nuqtada — iqtisod, siyosat va texnologiyalarning qoq markazida joylaşgan”. Amaliyotda mana şu uçta kuç mamlakatimizdagi OAV taraqqiyotiga ham turli davrlarda turliça taʼsir etib kelmoqda. Ayniqsa, buni keyingi ön yilliklarda — yangi texnologiyalarning kirib kelişi, konvergent muhitning paydo bölişi jarayonida yanada yaqqolroq kuzatyapmiz. Köplab xalqaro tadqiqotçi olimlar “Nima uçun anʼanaviy jurnalistika çuqur inqirozga yuz tutdi?” degan savolga javob topişga harakat qilmoqda. Ularning fikriça, bu “inqiroz” anʼanaviy OAVning öziga xos biznes modeli bilan boğliq. Çunki hozir har bir odam xohlagan manbadan istagança axborot oliş imkoniga ega. Buning ustiga ular yana barça axborotni bepul taqdim etadi. Aholining esa axborot uçun pul tölaş majburiyati kundan-kun kamaymoqda. Şuning uçun auditoriya axborot manbai sifatida gazetalar va hatto televideniyega ham kam murojaat qilmoqda. Tabiiyki, qayerda muştariy, öquvçi, tomoşabin, internet foydalanuvçisi köp bölsa, reklama öşa yoqqa qarab “qoçadi”.
Mamlakatimizda çop etib kelinayotgan gazeta-jurnallar keyingi yillarda boşqa ommaviy axborot vositalari singari katta özgarişlarga duç keldi. Uşbu özgarişlarning barçasi ham bosma naşrlar foydasiga hal bölayotgani yöq. Lekin şu bilan birga, ularning aksariyati davr va jamiyatning ajralmas qismiga aylandi va öquvçilarning ehtiyojini qaysidir maʼnoda qondirib kelmoqda. Bosma naşrlardagi zamonaviy özgarişlar, avvalo, eng yangi texnologiyalardan faol foydalaniş jarayonida közga taşlanmoqda.
Prezidentimizning soha xodimlariga yöllagan tabrigida qayd etilganidek, mamlakatimizda bugungi kunda 1893 dan ortiq ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi saytidagi maʼlumotga köra, ayni paytda gazetalarning sanoqlisigina ön mingdan köproq adadda çop etilyapti. Hududlardagi aksariyat gazetalarning adadi esa mingtaga ham bormaydi. Bu esa ularning faqat zararga işlayotganini körsatadi.
Köp mutaxassislarning fikriça, gazetalarning öz anʼanalariga befarq munosabatda bölişi doimiy muştariylarning ketib qolişiga sabab bölişi mumkin. Şunga qaramay, hozir zamonaviy naşr deganda, avvalo, yuqori darajadagi interaktivlik bilan mediamahsulotlarga kiriş (yoki uni şarh, blog, mualliflik ruknlari va boşqalar orqali yaratiş) imkoniyatini beradigan veb-saytlar tuşuniladi. Yangi mediaplatformalar (axborot yetkazuvçilar)ga veb-saytlar, jurnal va gazetalarning iPad versiyalari, mobil (smartfonlar uçun) va boşqa turli ilovalar, 3G televideniye, mp3 pleyerlar, infoekranlar, mediaekranlar kiradi.
Yangi davrga xos asosiy xususiyatlar (aşaddiy raqobatçilik, özgaruvçanlik, axborot globallaşuvi, raqamlaştiriş) taʼsirida ommaviy axborot vositalarining vazifasi va mazmuni keskin özgarmoqda. Jumladan, matbuotning ham asosiy xususiyatlari özgardi. Ommaviy axborot vositalari tobora köproq universallaşmoqda. Super va interfaollik xususiyatlariga ega bölmoqda. Texnologik yangiliklar auditoriyaga kontentni qabul qiliş uçun yangi (raqamli foto, video, audio va hokazo) imkoniyatlarni oçib bermoqda. Matbuotning zamonaviy modellari işlab çiqilmoqda va amalda qöllanmoqda. Bu OAVni jamoatçilik bilan aloqalar vositasi, fuqarolarning özini özi boşqariş institutiga aylantirmoqda.
Hozir aynan matbuotda turli yoşdagi xodimlar işlaydi. Tahririyatlarning ijodiy guruhlari qisqartirilmoqda. Turli lavozimlarni birlaştirişga majbur bölinmoqda. Gazetalar reklama bozorida öz pozitsiyasini boy bermoqda. Hududiy bosma naşrlardagi xodimlarning örtaça yoşi pensiya yoşiga yaqinlaşmoqda. Bu esa konservatizm va qaror qabul qilişda moslaşuvçanlik kabi tendensiyalarni paydo qilmoqda. Şuning uçun ham köp gazetalar bir xil qolipdagi intervyular, janr qoidalariga mos kelmaydigan materiallar, odatiy hisobotlar bilan tölib toşgan.
Aloqa yangi turlari (internet, mobil kontent)ning tez tarqalişi bosma naşrlarni reklama bozoridan siqib çiqarmoqda. Baʼzi naşrlar qoğoz variantini tark etib, faqat internet platformasida qolmoqda.
Bosma naşrlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun ijtimoiy buyurtma yoki davlat granti körinişida tanlovlar ötkaziladi. Ijtimoiy buyurtma uçun biror taşkilot (Içki işlar, Soğliqni saqlaş, Adliya vazirliklari va hokazo) fondidan mablağ ajratiladi. Bunday rağbatlardan aksariyat naşrlarning xabari yöq. Bilganlari ham medialoyiha işlab çiqib bazör qölga kirityapti. Baʼzi hollarda ajratilayotgan mablağ juda kam bölgani uçun naşrlar tanlovda qatnaşmay qöya qoladi. Sababi, töldiriladigan hisobotlar talaygina. Şu örinda aytib ötiş kerakki, televideniye uçun ajratiladigan pullar naşrlar grantlaridan ança köp. Şunday nuqtai nazar baʼzi “gigant” va oddiy naşrlar orasida ham kuzatiladi. Bu holatdan ayrim jurnalistlarda norozilik kayfiyati uyğonmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Özbekistondagi ommaviy axborot vositalarining holati töğrisidagi ötgan yilgi hisobotiga köra, mamlakatimizdagi bosma ommaviy axborot vositalari bozori çuqur inqiroz holatida. Bosma naşrlar muştariylari faolligi keskin pasaygan. Buning oqibatida “Toşkent oqşomi”, “Veçerniy Taşkent” gazetalari, “Jajji akademik” jurnali kabi önlab naşrlar faoliyatini töxtatgan.
Şu örinda ommaviy axborot vositalari va hokimiyat örtasidagi hamkorlikning nomuvofiq şakllari haqida ham gapiriş mumkin. Ommaviy axborot vositalari hokimiyat tomonidan qöyilayotgan “öyin qoidalari”ga rioya etişga majbur qilinmoqda. Baʼzi mavzularga tabu qöyiş, siyosiy jihatdan özini özi senzura qilişdan özga çorasi qolmayapti. OAV bir tomondan jamiyatdagi siyosiy plyuralizm va axborot bozoridagi erkin raqobat şaroitida faoliyat yuritadi. Boşqa tomondan ular hokimiyat organlariga juda boğliq, yaʼni hokimiyat qöl ostidagi korxonalarga aylanib qolgan. Naşr sahifalari köpinça rasmiy hujjatlar, hisobotlar, şablon suhbatlar bilan töldiriladi. Buni köproq ijtimoiy-siyosiy gazetalar sahifalarida uçratiş mumkin.
Sönggi paytlarda köpgina tahririyatlar QR kodlardan foydalanmoqda. Masalan, “Yangi Özbekiston”, “Xalq sözi”, “Pravda Vostoka”, “Narodnoye slovo”, “Hurriyat”, “Özbekiston ovozi”, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Zarafşon”, “Döstlik bayroği”, “Farğona haqiqati” va boşqalar bu texnologiyani samarali qöllamoqda.
Jahon amaliyotida bepul gazetalar hisobiga bosma naşrlarni saqlab qolişga uriniş kuzatilmoqda. Yoki OAVni qöllab-quvvatlaş uçun ixtiyoriy soliq yiğimlari joriy qilingan bir paytda bizda “gazeta kerakmas” degan iddaolarni ham ilgari surilmoqda. “The Washington Post”, “Chicago Tribune”, “Chicago Sun-Times” va “The Dallas Morning News” ham bunday ğoyadan çetda qolib ketmadi. Ular gazetalarni tekin tarqatiş yöli bilan raqobatçilarni yengiş va yoşlarni gazeta mutolaasiga qaytarişga urinmoqda. Qolaversa, yoşlar auditoriyasini jamlaş orqasidan yangi reklama beruvçi hamkorlarni topiş nihoyatda muhim vazifa hisoblanadi.
Şu örinda xorijiy naşrlarning, xususan, zamonaviy Amerika ommaviy axborot vositalarining rivojlanişini belgilaydigan va muqarrar ravişda butun dunyoga taʼsir körsatadigan asosiy tendensiyalar mavjud. Ular quyidagiça:
Birinçidan, asosiy eʼtiborni algoritm va maʼlumotlarga qaratiş. Yaʼni har qanday zamonaviy media yangiliklar bölimining asosiy tarkibiy qismi jonli ekranda aylanayotgan, saytlarga kirayotgan auditoriyaning körsatkiçi hisoblanadi. Har qanday holatda ham gazetalarda raqamlarga harflardan kam eʼtibor berilmaydi.
Baʼzi tahririyatlar uşbu raqamlarning barçasini körib çiqib, uni qayta işlab, qonuniyatlarni şakllantiradigan maxsus tahlilçilarni yollaydi. Masalan, ular falon sarlavha yaxşiroq çiqibdi yo manavi material heç qanday taʼsir kuçiga ega emas, şuning uçun muallifini bemalol işdan böşatiş mumkin qabilida maslahatlar beradi.
Ikkinçidan, tahririyatlarda asosiy vazifasi auditoriyani keng jalb etiş bilan şuğullanadigan odamlar paydo bölmoqda. Töğri, bu vazifani baʼzi tahririyatlar hozir ham eski tartib böyiça jurnalistlarning öziga yuklamoqda. Lekin asta-sekinlik bilan bölsa-da, bu endi yetarli emasligi barçaga ayon bölmoqda. “The Washington Post” gazetasida auditoriyani keng jalb etiş uçun önlab mutaxassislar işlaydi. Ularning asosiy vazifasi — jurnalistlarga ijtimoiy tarmoqlardagi hikoya syujetlarini qanday tarzda taqdim etiş yoki istehzo va kesatiq şarhlarga qanday javob beriş haqida maslahatlardan iborat.
Amerikalik mediamenejerlar öquvçilarni jalb qiliş zamonaviy ommaviy axborot vositalari uçun eng asosiy muammo ekanini va buni faqat yaxşi tahlil-mazmun beriş bilangina hal etiş mumkinligini angladi. Uşbu tahlil-mazmunni “sotiş” va uning isteʼmolçisi bilan faol muloqotga kirişiş talab etiladi.
Şu kabi ehtiyojlar yangi-yangi format (şakl)larning paydo bölişiga olib keldi. Masalan, “USA Today” tahririyati özining hatto işlab çiqarişga doir yiğinlarini ham videotasvirga olmoqda. Söng uşbu videoni material bilan bir vaqtning özida tarmoqlarga joylaştiradi. Tahririyat bu bilan qarorlarni qabul qilişda şaffoflikka amal qilayotganini körsatadi va minglab sinçkov öquvçi (tomoşabin)larni jalb qiladi.
Uçinçidan, mehnat bozori tobora özining şaxsiy auditoriyasiga ega bölganlarni qadrlamoqda. AQŞ gazetalariga endi “oltin qalam” egalari (ular özi şundoq ham köp) kerak bölmay qolyapti. Maşhur internet tadbirkori va amazon.com asosçisi, milliarder Jeff Bezos 2013 yilda “The Washington Post”ni sotib olganida, u kiritgan özgartirişlardan biri bu gazetaçilikda tajribasi bölmagan, ammo ijtimoiy tarmoqlarda ön minglab obunaçilari bölgan odamlarni işga yollaş böldi. Gazeta auditoriyasi ana şu kiçik-kiçik auditoriyalar hisobiga darrov kötarildi.
“The Washinton Post”ning boşqaruvçi muharriri Emilio Garsiya-Ruysdan “Gazetangizga “oltin qalam” sohibi yoki tvitterda olti-yetti ming obunaçisi bölgan “raqamli yigitça”ni işga oliş tanlovi qöyilsa, kimni tanlagan bölardingiz?” deb söraşganida “AQŞ mehnat bozori şundoq ham “oltin qalam” egalari bilan tölib toşgan. Biz raqamli auditoriyamizni kengaytirişimiz kerak”, deb javob bergan edi.
Xulosa: gazetalarimizda çuqur tahliliy materiallar yetişmayapti. Janrlardagi bir xillik, hokimiyat manfaatlariga taʼsir qiladigan muammoli, tahliliy, tanqidiy materiallarning juda kamligi, şuningdek, jurnalistlarning kasbiy mahorati pastligi, matbaa sifati haminqadarligi, gazetalarning tartibsiz naşr etilişi muştariylar auditoriyasini özidan uzoqlaştiryapti.
Şu bois, yangi media muhitida matbuot öziga xos örnini topişi, bozorning muhim segmenti ekani, hokimiyat va jamiyat örtasidagi özaro köprikka aylanişi ayni paytda juda muhim.
Akbar NURMATOV,
Özbekiston jurnalistika va
ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
