Mustaqil milliy armiyamiz tarixi: keça va bugun

Armiya faqat qurol va aslaha bilan emas, ona-Vatan uçun jonini ayamaydigan harbiylar bilan qudratlidir.

Şavkat MIRZIYOYEV

Şu yilning 12 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengaşining qurolli kuçlar va harbiy-maʼmuriy sektorlarning 2023 yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga möljallangan vazifalar muhokamasiga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Unda, avvalo, harbiy xizmatçilar va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş tizimini takomillaştiriş, milliy armiyamizni yanada rivojlantiriş hamda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mus­tahkamlaş, harbiy-maʼmuriy sektorlar, mudofaa sanoati faoliyati samaradorligini oşiriş singari dolzarb masalalar muhokama qilindi.

— Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyaçisi bölişimiz, yoşlarimizni ham şu ruhda kamol toptirişimiz zarur, — dedi Prezidentimiz.

Zero, bugungi notinç va dolğali zamonda har bir mustaqil davlat birinçi navbatda xalqi, yurti daxlsizligini himoya qiliş uçun barça zarur çora-tadbirlarni körmasa, uning uçun ertangi kungi erki, mus­taqilligini özga birov kelib himoya qilib bermaydi. Şu örinda milliy armiyamizning istiqlol yillarida bosib ötgan tarixiga muxtasar nazar taşlaş örinlidir.

Darhaqiqat, barça sohalar singari milliy armiyamiz mustaqilligining qölga kiritilişi — maʼlum bir qiyinçilik­lar va tösiqlarni yengib, bosqiçma-bosqiç islohotlarni amalga oşiriş asosida erişilgan.

1989 yilning oxirida sovet armiyasi safida xizmat qilib qaytganlarning röyxati tekşirilganda, birgina tinçlik davrining özida, heç bir sababsiz 430 nafar özbekistonlik askarning armiyada vafot etganligi maʼlum bölgan. Yurtimizdagi harbiy kadr­lar masalasida ham ahvol juda açinarli edi. Çunonçi, 1990 yili Özbekis­tonda xizmat qilayotgan harbiy ofitserlar tekşirilganda, Özbekiston mudofaa tizimida xizmat qilayotgan barça ofitserlarning atigi 0,6 foizi (eʼtibor bering, hatto 1 foiz ham emas) milliy kadrlar hisobiga töğri kelar ekan. Özbekistonda tuğilgan köplab harbiy ofitserlar SSSR­ning maxfiy topşiriqlarini bajariş maqsadida boşqa hududlarga jönatilar, ayrim hollarda ularning yo öligi uylariga qaytar, yoki nom-nişonsiz yöq bölib ketar edi. Aynan sobiq markaz partiyasi mansabdorlarining aralaşuvi natijasida yuqoridagi salbiy raqamlar şakllangan. 1990 yil 26 avgust­­da Özbekistonda “Qurolli Kuçlardagi partiya taşkilotlarini tugatiş töğrisida”gi qarori esa raqamlarning ijobiy tomonga özgarişiga katta turtki böldi. Natijada 1990 yilning özida sobiq SSSR içki qöşinlarida xizmat qilayotgan 300 nafar özbekistonlik harbiy xizmatçi öz ixtiyori bilan endi Özbekiston Qurolli Kuçlarida xizmat qiliş xohişini bildirdi va tez orada Res­publika rahbariyatining saʼy-harakati bilan ularning orzu-umidlari amalga oşiriladi.

Mustaqilligimiz eʼlon qilingaç, 1991 yil 6 sentyabrda Mudofaa işlari vazirligi tuzildi. 1992 yil 3 iyulda Prezident farmoniga binoan “Mudofaa işlari vazirligi” Mudofaa vazirligiga aylantirildi. Bu farmon asosida sohada keng qamrovli özgarişlar boşlandi, qator qonunlar (“Mudofaa töğrisida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida” va hokazo) qabul qilindi. 1993 yil 22 noyabrda “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy qismining Jangovar bayroği töğrisida”gi Prezident Farmoni imzolanib, Qurolli Kuçlar Jangovar bayroğining yagona namunasi belgilandi.

1993 yil 29 dekabrda “Vatan himoyaçilari kunini belgilaş töğrisida” Özbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilindi va “14 yanvar — Vatan himoya­çilari kuni” sifatida bayram qilinadigan böldi.

Mustaqillikdan oldin, ittifoq davrida bunday bayram 23 fevralda nişonlangan. Ammo uşbu ikki sana orasidagi tafovutlar yer bilan osmonça farq qilar edi. Sababi, SSSR tarkibidagi (Rossiyadan taşqari) respublikalarning heç qaysisi 23 fevral sanasidagi voqea­-hodisaga aloqador emas edi. Çunki 1918 yil 2 fevralda Çor Rossiyasida boşlangan Fuqarolar uruşi 1920 yil 23 fevralda hukumatning ğalabasi bilan tugaydi. Ayni şu voqeadan söng sobiq sovet davlati armiyasi va dengiz floti har yili 23 fevralni bayram sifatida nişonlaydi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 1992 yil 14 yanvardagi “Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan harbiy qismlar va harbiy öquv muassasalari töğrisida”gi qaroriga binoan mamlakatimiz hududidagi barça harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. Köp ötmay, yaʼni:

1) 1992 yil 18 mayda Harbiy aviatsiya, havo desanti, razvedka qöşinlari va taʼminot qismlari;

2) 12 noyabrdan Havo hujumiga qarşi harbiy qismlar;

3) 13 noyabrdan va nihoyat Kimyoviy harbiy qismlar respublikamiz tasarrufiga olindi.

1992 yil 24 martda Özbekiston davlat çegarasini, hududiy daxlsizligini bevosita taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tasarrufida “Çegara qöşinlari” tuzildi. Keyingi masala esa harbiy kadrlar, ofitserlar tizimini takomillaştiriş edi. Toşkent oliy tank-qömondonlik bilim yurti 1993 yil 1 apreldan boşlab “Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti” deb qaytadan nomlanib, faoliyatini yangiça tartibda boş­ladi. Hozirgi kunda mazkur harbiy bilim yurtida 9 ta bakalavriat yönalişida ofitserlarni tayyorlaş uçun öqişga qabul qilinadi. 1995 yilning sentyabr oyida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari akademiyasiga asos solindi. 2017 yil 25 aprelda Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondonining farmoniga asosan avvalgi Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti bazasida yangi va zamonaviy Qurolli Kuçlar akademiyasi taşkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi qarori va Mudofaa vazirining 1994 yil 9 iyuldagi buyruğiga asosan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti taşkil etilgan edi. Mazkur harbiy bilim yurti 2018 yil 18 yanvarda Prezident qaroriga muvofiq “Özbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti” deb qaytadan nomlanib, Jizzax şahridan Qarşiga köçirildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta taşkil etildi.

Bundan taşqari, 2000 yildan boşlab Qurolli Kuçlar tizimida harbiy yönalişdagi litseylar fao­liyati yölga qöyilgan edi. 2007 yil 22 mayda Özbekis­ton Respublikasi Prezidentining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq barça harbiy litseylar harbiy-kasbiy yönalişdagi litseylarga aylantirildi. 2017 yil 5 iyulda esa Özbekiston Res­publikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq barça harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” maqomi berildi. Uşbu harbiy bilim yurtlari va Temurbeklar maktablarida kelajakda harbiy mutaxassis böliş orzusidagi yoşlar uçun barça şaroitlar yaratildi.

Mustaqillikdan söng, ilk bor 1995 yil 30 avgust­­da Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinçi çaqiriq uçinçi sessiyasida Özbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasi qabul qilingan edi. 2003 yil 3 fevralda esa mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi muhokama qilindi. 2018 yil 9 yanvarda Özbekiston Res­publikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi töğrisida”gi Qonunni imzoladi. Aytiş joizki, yildan-yilga Mudofaa tizimiga oid mavjud muammolarning amaliy yeçimi sifatida qator qonun va farmonlar qabul qilinmoqda. Birgina 2019 yilning özida mudofaa sohasida 7 ta qonun, 50 ta farmon va qarorlar, 20 dan ortiq dasturlar va  “yöl xaritalari” qabul qilingani fikrimiz dalilidir.

2018 yilning 10 yanvarida Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi bölib ötdi. Prezidentimiz mazkur yiğilişda bugungi kun yoşlarida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlaş masalasi ustuvor masala sifatida turmoğini alohida taʼkidladilar. “Buyuk sarkardalar Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temurning hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning ğalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi köplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham örganişadi”, — deb eʼtirof etildi. Harbiy taʼlim masalasiga alohida eʼtibor qaratiş maqsadida maktablardagi harbiy tayyorgarlik darslariga şu hududda xizmat qilayotgan, yuksak insoniy va kasbiy xususiyatlarga ega jangovar ofitserlarni jalb etiş, öquvçilarni harbiy qismlarga olib boriş va xizmat jarayonlari bilan yaqindan taniştiriş bö­yiça topşiriqlar berildi. 2018 yil 23 fevralda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiya­laşga doir işlar samaradorligini oşiriş va faollaştiriş, ularning ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyğularini singdiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 mayda “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” qabul qilingan qaroriga binoan, harbiy xizmatçilarning farzandlari uçun respublika oliy taʼlim yurtlariga 5 foizlik davlat granti asosida qabul kvotasi ajratildi. Şuningdek, harbiy xizmatçilar doimiy ravişda zamonaviy uylar bilan taʼminlanmoqda. Birgina misol, Özbekiston Respub­likasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 27 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan yöllagan bayram tabrigida 2019 yilning özida harbiy xizmatçilar uçun imtiyozli kreditlar asosida 116 ta köp qavatli uy foydalanişga topşirilişi belgilandi va reja asosida bajarildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yil 31 yanvar kuni “Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlarini qurollantiriş va mudofaa sanoati sohasida davlat boşqaruvini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonni imzoladi. Şu asosda, Mudofaa sanoati davlat qömitasi (2017 yil 20 noyabr) negizida Mudofaa sanoati agentligi (Mudofaa vazirligi huzurida) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida “Öztextreyd” davlat unitar korxonasi tuzildi. Mazkur farmon ijrosi asosida yurtimizdagi barça turdoş korxonalarni birlaştirgan Mudofaa sanoati agentligining taşkil qilinişi milliy mudofaa sanoat kompleksini şakl­lantiriş yölidagi muhim qadam böldi.

2016 yildan boşlab milliy armiyamizni isloh qiliş, Qurolli Kuçlarning taşkiliy tuzilmasini va dislokatsiya tizimini takomillaştiriş, qöşinlarni zamonaviy qurol-yaroğ va texnika namunalari bilan jihozlaş, harbiy xizmatçilarning jangovar tayyorgarligi va şayligi, kasbiy mahoratini oşirişga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Qöşinlarning eng zamonaviy turdagi harbiy texnika va qurol-yaroğlar bilan taʼminlanişi va sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlar natijasida Özbekiston armiyasi 2023 yil 1 yanvar holatiga köra dunyodagi eng kuçli armiyalar reytingida 145 davlat orasida 62-örinni egalladi (harbiy kuçlarning global indeksi 50 ga yaqin omillarni hisobga olgan holda tuziladi). Buyuk Britaniyada ötkazilgan, dunyoning 90 dan ortiq mamlakat harbiylari iştirok etgan nufuzli “Kembriya patruli” tanlovida harbiylarimiz 123 jamoa orasida birinçi örinni egallagani sohadagi amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning örinli ekanligini körsatib beradi.

Hozirgi kunda Yangi Özbekistonning mus­taqil milliy armiyasi barça zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan taʼminlab kelinmoqda. Bu masala haqida Prezidentimiz, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni fikr bildirar ekan: “Milliy armiya 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlanadi”, deb taʼkidladi. Haqiqatan ham, Milliy armiyamizda qisqa fursat içida juda ham köplab islohotlar amalga oşirildi. Va bu islohotlar öz natijasini bermoqda. 2016 yildan hozirgi kunga qadar jami 580 dan ortiq tezkor-jangovar tayyorgarlik tadbirlari ötkazildi, ularda Qurolli Kuçlarning 35 mingdan ziyod harbiy xizmatçilari iştirok etdi. Zamonaviy, professional Milliy armiyamiz qisqa muddat içida biz kutgandan ham oldinroq şakllandi. Hozirgi kunda esa haqiqiy rivojlangan armiyamizga tayangan holda tinç-totuv yaşayap­miz. Qurolli Kuçlarimiz bor ekan, mustaqilligimizga, tinçligimizga qarşi qaratilgan har qanday taşqi xavflar, ularni oziqlantiruvçi kuçlar va kimsalar özlarining maşʼum niyatlariga heç qaçon yeta olmaydi. Zero, mudofaa tizimida amalga oşirilayotgan islohotlardan közlangan boş maqsad mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz tinçligini taʼminlaşdir.

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning Qurolli Kuçlar taşkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyaçilar kuni munosabati bilan yöllagan bayram tabrigida ham xalq va armiya bir tanu bir jon ekanligi alohida taʼkidlandi. Unda aytilganidek, “…ğalaba taqdirini, avvalo, qöşinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, maʼnaviy qud­rati va mustahkam irodasi xal qiladi.”

Mard va jasur harbiy xizmatçilarimizning ana şunday jangovar ruhi hamişa baland bölsin!

Zavqibek MAHMUDOV,

Özbekiston FA Tarix instituti ilmiy xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan