HAYBARAKALLAÇI
Muallif haqida:
Xoliyor Safarov — 1983 yil 21 fevralda Çiroqçi tumani, Ayritom qişloğida tuğilgan.
2005 yilda SamDUning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Şarq yulduzi”, “Yoşlik” jurnallari va “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Kitob dunyosi” va boşqa naşrlarda asarlari muntazam eʼlon qilib boriladi.
Birinçi kitobi – “Oy botmagan keçalar” (2010 yil, hikoyalar), söngra “Qanotsiz quşlar” (2015 yil, qissa va hikoyalar), “Nomus va hayot” (2019 yil, qissa va hikoyalar) nomli kitoblari çop etilgan.
Ayni paytda “Özbekiston tarixi” telekanalining “Ilmiy-ommabop telefilmlar” muharririyati boş muharriri örinbosari bölib mehnat qilmoqda.Şaharçada miş-miş tarqaldi.
– Haybar aka tildan qolibdi!
– Qaysi Haybar aka?
– Özimizning Haybar aka bor-ku, Barakayev!
– Ha-a… Haybarakallaçi Haybar akami? Yöğ-ye?.. Keçagina tadbirda bulbulday sayrayotgandi-ku?
– Beçora…
Haybar Barakayev öqituvçilikdan nafaqaga çiqqan mahalla faoli edi. Uning ajoyib bir odati bölardi. Dars payti uy vazifasini bajarib, şeʼr yodlab kelgan öquvçilar ğingşib, çiyilloq yoki xirilloq ovozda öqişsa, qoni qaynab, şart örnidan turardi-da, qöllarini silkitganiça özi şeʼr ayta boşlardi:
Xalq dengizdir,
xalq tölqindir, xalq kuçdir,
Xalq isyondir,
xalq olovdir, xalq öçdir…
Bu paytda göyoki momaqaldiroq gumburlab, maktabning tomi kötarilib ketgandek tuyulardi.
Domla baland böyli, biroz qorin qöygan, doim böyinboğ taqib yuruvçi, kallasi katta kişi bölib, soçi qalin va qattiqligidan sal össa, tikrayib qolar va boşini yanada kattaroq körsatar edi. Şu sababli ertaga harbiy xizmatga ketayotganday doim soçini kalta oldirib yurardi. Uning nihoyatda köp bilişi, bir davrada öqigan şeʼrini boşqa joyda qaytarmasligiga qoyil qolgan tengdoşlari: “Domla, bunça narsani xotirada qanday saqlab yurasiz?” deb sörasa, “Kallam katta, köp narsa siğadi”, deb hazillaşib qöyardi.
Barakayev nafaqaga çiqqan yili şaharçada köp qavatli yangi uylar qurildi. Uyga ehtiyojmandlar orasida tört farzandning otasi bölgan domlaning özi ham bor edi. Yangi uylar öz egalariga topşiriladigan kuni uni alohida sörab qolişdi.
Barakayevga jon kirdi. Ançadan beri hokimni köriş niyatida edi. Soqol-möylabini qirib, oq köylak ustidan tadbirlar uçun olgan kostyum-şimini kiyib, böyinboğni taqib, atir sepib, tuflisigaça eʼtibor berdi.
U yangi uylar oldiga yetib kelganida tumonat odam yiğilgan, tadbir boşlanib ketgan edi. Barakayevga navbat keçroq keldi. U Everestni zarb etişni ahd qilgan alpinistday mağrur minbarga çiqdi va dedi:
– Azizlarim, bugun dunyoda vatan içra vatansizlar qança? Ayrim davlatlarda bir burda nonga zor bölib, kölmakdan suv içib tirikçilik qilayotganlar qança? Özaro uruşlar keçayotgan mamlakatlarda odamlar öz uyida bexavotir ötirolmayapti, köçaga çiqolmayapti, beşikda yotgan bolalari bomba portlaşidan çinqirib uyğonib ketayapti. Biz-çi? Xudoga şukr, tinçmiz, hamma narsamiz yetarli! Bozorlarimiz töla, tökin-soçinlik! Mana, ehtiyojmandlarga uzoq muddatli kredit asosida uylar berilyapti. Bu juda katta ğamxörlik! Bu uylarning şaroitlarini köring!.. Azizlar, barçangizga yangi uylar muborak bölsin! Uyingiz quvonç-u şodliklarga, qut-barakaga töla bölsin!
Gulduros qarsak çalindi. Hatto hokimning könglidan “Men ham şunday çiroyli gapirdimmi?”, degan fikr ötdi.
– Rahmat sizga, domla! Yurtimizga sizday yuragi yonib turgan kişilar kerak! Yoşlarga örnak böladigan odamsiz! Mahallaga ham sizday fidoyilar, yoşlarni ortidan ergaştira oladigan ustozlar kerak!
Hokim şunday deya Haybar Barakayevga uyning kalitini topşirdi.
– Rahmat, rahmat! Yurt omon bölsin! – dedi domla. – Biz doim elning xizmatidamiz. Öttiz beş yil sadoqat bilan bir maktabda işladim. Endi nafaqadaman. Nasib bölsa, yangi uyda toat-ibodatimizni qilib, Yaratgandan yurtga tinçlik, farovonlik sörab ötiramizda.
– Domla, sizday odamga uyda ötiriş yaraşmaydi. Endi mahallada işlang! Tajribangizdan yoşlarga ham örgating! Böşaşmang!
– Xöp, hokim buva, xöp. Siz şunday işonç bildirar ekansiz, qarab ötiramanmi? Jonim bilan işlayman!
Barakayevga kun tuğdi — ham uylik, ham yana işlik bölib qoldi.
U şahar biqinidagi qişloqda yaşab, bir umr şahar maktabiga qatnab işladi. Katta qizini uzatib, bir öğlini uylantirdi. Ular tinib-tinçib ketişgan, kiçik öğli talaba, ammo ikkinçi qizining rözğori sindi. Endi katalakdek bir hovlida uç oila. Barakayev minbarlarda baxtli hayot, farovon turmuş va baxtli yoşlar haqida sözlasa-da, rözğoridagi kemtiklikdan köz yumolmasdi… U yangi uyga xotini, qizi bilan nevaralarini olib keliş payida edi.
Hokimning taklifidan keyin ikkinçi reja amalga oşdi. Barakayev endi şahar, viloyat miqyosidagi tadbirlarda, tarğibot guruhlarida iştirok etar, ertangi kun haqida gapirganda bugungi yoşlarning keçagi avloddan köra naqadar baxtli ekanligini eʼtirof etar, dorulomon kunlar boşlanganiga dalolat keltirib çarçamas edi. Uning tilida misollar, xotirasida isbotlar adadsiz edi. Ammo bu hammaga ham yoqavermas, baʼzan qöşib-çatib oğiz köpirtirişlari ayrimlarning ğaşiga tegardi. “Bu haybarakallaçi kim özi? Osmondan tuşganmi?” deb bir-birlari bilan şivirlaşib qolişardi
Qiş kunlarining birida şaharçada yangi boğça qad rostlab, foydalanişga topşiriladigan böldi. Ikki kun oldin yoqqan qor hali erimagan, havo juda sovuq edi. Ammo boğça issiq. Oçiliş marosimi tadbirlar zalida ötkazildi. Bu yerning şaroitlarini yaxşi bilgan Barakayev oçiliş marosimida yana nutq sözladi.
– Azizlarim, yangi uylarda, yangiça davrda yaşayotgan hamşaharlarim! Taşqarida minus falon daraja sovuq, ammo bu yerning issiqligini qarang! Taningiz yayraydi! Bu şaroitlarni körib, özingiz borgan boğçalarni bir köz oldingizga keltiring-a! Ob-havoni aytmaysizmi? Bu baraka-ku!
– Sal oğir böling! – dedi orqadan birov. Ammo domla parvo qilmadi.
– Bugun hammasi havas qilgulik! Bu şaroitlarni körib, qaniydi men ham uç-tört yoşda bölsam, deyman. Qaniydi boğçaga qatnasam… Axir yaşagan sayin yaşaging keladi!
Qarsaklar bu gal yangi uylar topşirilgandagiday avjli çiqmadi. Ammo Barakayev öz işlaridan mamnun edi. Tadbirdan qaytarkan qişloqdagi katta qizining bolalarini ham mana şu boğçaga berişni öylab, unikiga bordi.
U tarnovda sumalaklar osilib yotgan hovlida qizi bilan körişib, uyga kirdi. Ostona hatlab ötarkan dimoğiga çala yongan ötinning qölansa hidi urildi.
– Uylaring sovuqmi deyman… – dedi qölidagi narsalarni bir çekkaga qöyarkan.
Qizi otasini körpaçaga çorladi.
– E, ölsin, bilasiz-ku, qişda gaz bölmaydi. Keçadan beri svet ham yöq.
– Kuyov qayerda?
– Doriga ketgandi. Kattamiz isitmalab yotibdi. Keyin, gazimiz ham tugagan ekan. Gazballonni tölatib kelaman degandi.
– Ha…
Ota qizining hayotiga bir nazar soldi. Katta nevarasi yötalib, körpaga kömilib yotibdi, kiçkinasini ham şunçalar örab taşlaganki, faqat közi körinadi. Uy burçagidagi peçkaning olovi öçgan…
– Şaroitlaring qiyin ekan… – dedi ota içidan zil ketib.
– Har qişda şu-ku, ota. Örganib ketganmiz. Qişda gaz yöqligiga yaraşa, heç bölmasa şu svet öçmasaydi…
Barakayev nima deyişini bilmadi. Çöntagidan şokolad olib, nevarasiga uzatdi.
– Ma, ol, bolam! Tuzalib qoldingmi?
Nevara şokoladni olarkan, javob örniga quv-quv yötaldi. Keyin:
– Bobo, — dedi yotgan joyida. – Bilmaysizmi, svetimiz qaçon yonadi?
Barakayev yana mum tişladi.
– Bobo, zerikib ketdim. Onam taşqarigayam çiqarmayapti. Keçga svet yonarmikan? Multfilm körardim…
Bobosi javob örniga labini çöççaytirib, yelka qisdi. Uning bu beöxşov harakatidan nevara piq etib kulib yubordi.
Barakayev sergak tortdi. Nevarasi nega kuldi? Xatti-harakatigami? Bu şunçalar kulgilimi? Davralarda, tadbirlarda öz-özidan eşilib, çiyralib ketadigan biyron tili nega hozir aylanmadi? Bilmasligini bildirmaslik uçun söz örniga harakat bilan javob bergandi, nevarasi şunga kuldi. Uning harakatlari, gaplari boşqalarga qanday taʼsir qilar ekan-a? Hozir kuyovi keladi. U ham söraydi. “Siz hokimning yonida yurgan odamsiz-ku, bilmaysizmi svet nega bunça köp öçyapti? Nega qişda gaz yöq?” Savol ketiga savol ulanadi, ammo ularga Barakayev javob berolmaydi. Şuning uçun tinçgina uyiga qaytgani maʼqul. Böldi, şaharçadagi uyga ham bormaydi, unda öğli bilan kelini yaşasin. Yoşlar yaşasin. Uyda gaz bölmasa ham, çiroq öçib qolsa ham, boşqa biror muammo çiqsa ham biror eʼtiroz bildirmaydigan, hammasini jimgina kuzatib, “Özingiz bilasiz, şaroitga qarang-da…” deb qöyadigan halimgina kampiri bilan qişloğida yaşayveradi…
– Ota, nega gapirmaysiz? – dedi qizi.
Barakayev sekin örnidan turdi. Siniqqina jilmayib, nevarasiga qöl silkidi. Qiziga ham. Uyiga qaytdi.
Yölda juda sovqotdi, aʼzoyi badani qaqşadi. Paltosiga öranib, tulkiteri telpagini közigaça bostirib oldi. Hatto salom bergan kişilarga ham gapirmay, şunçaki boş irğab qöyaverdi. Uyga kelib ham gapirmadi. Ertasiga ham, indiniga ham. Hatto mahalladan sörab kelganlarga ham. Hamma hayron edi. Oqibatda şaharçada gap tarqaldi:
– Haybar aka tildan qolibdi!
– Qaysi Haybar aka?
– Özimizning Haybar aka bor-ku, Barakayev!
– Ha-a… Haybarakallaçimi? Yöğ-ye?.. Keçagina tadbirda bulbulday sayrayotgandi-ku?..
– Beçora…Xoliyor SAFAROV.

