“QIZĞALDOQ BARGIDEK UÇAR DILDAN ĞAM…”

yoki Abdulla Oripov ijodining falsafiy talqini
1321 yil, 1441 yil, 1941 yil va 2021 yil. Bu sanalar nimani anglatadi? Ularning bir-biriga qanday boğliqligi bor?
1321 yilda – jahon adabiyoti namoyandasi, buyuk şoir va olim, siyo­satçi hamda faylasuf, Italiya adabiy tilining asosçisi Dante Aligyeri “Ilohiy komediya” dostonini yozib tugatgan.
1441 yilda – uluğ şoir va mutafakkir ajdodimiz, özbek adabiy tilining asosçisi Alişer Navoiy hazratlari tavallud topgan.
1941 yilda – Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri, Özbekiston Res­publikasi Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov tuğilgan.
2021 yilda – “Ilohiy komediya” dostonining 700 yilligi, Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligi va Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nişonlanmoqda…
Modomiki, Abdulla aka, bir tomondan, Navoiy hazratlaridan söng özbek şeʼriyatidagi eng maşhur va marğub şoir sifatida eʼtirof etilgani, ikkinçi tomondan, sevimli şoirimiz “Ilohiy komediya” dostonining tarjimoni ekani nazarda tutilar ekan, uşbu sanalar örtasidagi uzviy boğliqlik yanada oydinlaşadi.
Sodda qilib aytganda, joriy yilda Alişer Navoiy bobomizning 580 yilligi bilan “Ilohiy komediya” dos­tonining 700 yilligi bayramlari çorrahasida Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nişonlanayotgani şunçaki tasodifdan köra, ilohiy qonuniyatga köproq öxşaydi, nazarimizda.
Taniqli adabiyotşunos olimlar Ilhom Ğaniyev va Nodira Afoqovaning 2021 yilda “Muharrir” naşriyoti tomonidan çop etilgan “Abdulla Orif falsafasi” kitobini mutolaa qiliş asnosida, bu fikr bejiz emasligiga yana bir bor amin böldik. Binobarin, Ustoz şoirimiz ruhi poklariga bağişlangan uşbu adabiy-ilmiy asarda mualliflar özlarining qariyb öttiz yillik tadqiqotlari natijalarini jamlabdilar.
Bu yil Abdulla Oripovning qutluğ töyi bahona bölib, turli naşriyotlar tomonidan şoir asarlaridan namunalar, uning hayoti va ijodiga doir bir qança yangi kitoblar çop etildi. Öz navbatida, I.Ğaniyev va N.Afoqovaning uşbu kitobi şoir ijodini içdan nurlantirib, elga manzur qilib turgan qirralar, badiiy söz qudrati, milliy his-tuyğular va umumbaşariy ğoyalar, jaydari falsafalar, serqatlam maʼnolar, metaforik obrazlar inson taqdiri, davr, ilohiy taʼlimotlar bilan uyğunlikda tahlil va talqin etilgani bilan alohida ajralib turadi.
Avvalo, mualliflarning özlari tahlil va talqin etgan har bitta muhim voqea-hodisaga bergan taʼriflari qisqaligi, aniqligi va nihoyatda taʼsirçan mazmunga egaligi bilan eʼtiborimizni tortdi. Mualliflar qayd etiş­lariça, “ijod – bu kaşfiyot, yaratiş zavqi, öz-özini anglaş, namoyiş qila biliş, öz haqiqatiga özgalarni işontiriş va ergaştiriş, butun bir muhitni özgartirişga intiliş qudrati, ilohiy ilm va zehn, olam va odamni içdan çuqur biliş sanʼati hamda masʼuliyati. Abdulla Oripovning öz taʼbiri bilan aytganda, ehtiyoj farzandi”.
Kitobda bunday mağzi töq jumlalar juda köp. Şulardan ayrimlarini keltiramiz:
“ijodkor – aslida uyğoq fikrli dono şaxs, kelajakni köra oluvçi munavvar siymo”;
“ijod – xalqni ogohlikka çorlov, komil axloqli bölişga daʼvat, hayotda qaysi tomonda tursa, saodatmand bölişini körsatuvçi soğlom fikr, ğoya, eʼtiqoddir”;
“adabiyotning vazifasi – insonşunoslik, insonni örganiş”;
“inson – eng yuksak maqom, rutba bilan şaraflangan zot”;
“şeʼr – oniy kayfiyat surati”;
“şeʼr – ruhning surati”;
“şoir – sanʼatkor”;
“Abdulla Oripov – turkiy söz sanʼatkori, özbek şeʼriyatining yölçi yulduzi”;
“Abdulla Oripov ijodi – adabiy sintezning gözal namunasi”;
“Abdulla Oripov – milliy anʼana va jahon adabiyoti badiiy tafakkurini özida uyğunlaştirgan söz sanʼatkori”.
Bir örinda hatto şoir “şeʼriyatimizning simfonik orkestri” deya ğaroyib, ayni çoğda, mantiqan juda asos­­li tavsiflangan. Kitob mualliflarining eʼtirof etişiça, “Abdulla Oripov ijodida har bir söz uzukka qö­yilgan közdek nurlanib, mazmun bilan uyğunlik hosil qiladi. Har bir şeʼr bir simfoniya, uning öz notasi bor”.
Yana bir örinda Abdulla Oripov ijodiga berilgan quyidagi yana bir taʼrif diqqatimizni jalb etdi: “Şoir ijodining asosida xudodod isteʼdod, bukilmas metin iroda va jasorat, eʼtiqod, erk va ozodlikka qatʼiy intiliş va kuraş, millatparvarlik va bağrikenglik turadi. Bularning barçasini harakatga keltirguvçi kuç esa ruhiy-maʼnaviy ehtiyoj sanalmiş adolat va haqiqatga taşnalik, muhabbatga sadoqat, sobit eʼtiqod hamda yaxşilikni uluğlaşdir”.
Bunday teran falsafa bilan suğorilgan yuksak baho va xulosalar şunçaki, öz-özidan tuğilib qolmaydi. Binobarin, “Abdulla Orif falsafasi” kitobi mualliflari uluğ şoir ijodini uzoq vaqt mobaynida va çuqur ilmiy-nazariy asosda örganib kelayotganlarining yaqqol dalolatidir bu.
Haqiqatan ham, taniqli olimlar I.Ğaniyev va N.Afo­qova 1984 yildan buyon mutafakkir şoirimizning suhbatlaridan bahramand bölib kelgan. Jumladan, Nodira Afoqova 1995 yilda şoir ijodi böyiça dissertatsiya yoqladi va öşa yili uning bir yöla ikkita kitobi — “Abdulla Oripov lirikasida badiiy sanʼatlar” va “Şeʼr, hadis, hikmat” asarlari naşr etildi. Söngra, 2006 yili olimaning turmuş örtoği Ilhom Ğaniyev bilan hamkorlikdagi tadqiqotlari mahsuli bölmiş “Ozod ruh falsafasi” kitobi dunyo yuzini körgan.
Şu maʼnoda, mualliflar Abdulla Oripov ijodining turfa yönalişlari — şeʼriyat, tarjima, adabiy tanqid, publitsistika, jamoatçilik faoliyatiga teran nazar solgan holda, şoirning dunyoviy va ilohiy fanlardan ham, insoniyat tarixidan ham, jahonning köplab xalqlari adabiyotidan ham çuqur boxabarligini köra bilganlari har tomonlama asoslidir. I.Ğaniyev va N.Afoqovaning Abdulla Oripov ijodiga bağişlangan yangi kitobiga xos bir qator juda muhim va betakror xususiyatlar bu fikrimizni tasdiqlaydi.
Birinçidan – kitobda Abdulla Orif falsafasi, mualliflar iborasi bilan aytganda, “Orifona falsafa” işonçli negizlarda yorqin oçib berilgan. Zero, “şoirning har bir şeʼrida poetik umumlaşma — şarqona donişmandlik, hikmatnavislik, pandnoma, jaydari falsafa mavjud”.
Alişer Navoiy hazratlari Insonga taʼrif berar ekan, “Haq sirri zotida pinhon” deb qayd etgani bejiz emas. Öz navbatida, Abdulla Oripov Insonning mohiyatini muxtasar şunday ifodalagan:
Koinot gultoji insondir azal,
Undadir eng oliy tafakkur, amal.
Hatto u tubanlik içra ham tanho,
Yo falak, ijoding bunça mukammal.
Mualliflar taʼbiri bilan aytganda, Abdulla Oripov ijodida inson obrazining tadrijini tekşiriş şoirning nafaqat badiiy-falsafiy qaraşlari, balki qalbida keçgan ijodiy evrilişlar kardiogrammasini aniqlaştiriş imkonini beradi. Eng muhimi, Abdulla Oripov şeʼrlarining maxzanida söz sehri va qudratiga çeksiz işonç öz mujassamini topgan.
Şoir nazdida samimiy, çin va adolatli söz dunyoni özgartirişga, kulfatlarga qalqon böliş va madaniy olamni birlaştirişga qodir. Abdulla akaning şeʼriy misralarida bezovta qalb iztirobi, isyon va ötli nafasi, tölib turgan millat dardi, kelajakning goh aççiq soğinçi zuhur etib turganini köramiz. Binobarin, mavlono Jaloliddin Rumiy lutf etganlaridek, “sözda ruh bor”.
Ikkinçidan — kitobda Abdulla Oripov ijodida ustuvor ahamiyat kasb etgan borliq va uning Yaratuvçisi, tabiat va inson munosabatlari, umrning mazmuni, olamning siri, zamon va makon, Vaqt, aql va idrokning dunyo va odamning mohiyatini anglaş jarayonidagi örni, har bir voqelikning sabab va oqibati kabi muammolar qiziqarli, mantiqiy tugal va ilmiy asoslangan tarzda tahlil etilgan. Tahlil xulosasi şuki, şoir şeʼrlarida tafakkur va hukm-mulohaza örtasida özaro munosabat, uzviy boğlaniş bor.
Uçinçidan — kitob mualliflari daho ijodkorning xalqqa bölgan munosabati, yaʼni xalqparvarligi va millatsevarligini öziga xos sohir bir mahorat bilan talqin etgan. Ularning fikriça, “Abdulla Oripovning bitganlari şunçaki baytlar yoki baytlar majmui emas. U öz asarlarida izçil ravişda xalqning qudratli timsolini yarata oldi. Bu timsolda Fitrat iztiroblarining zardobi, Çölpon işonçining tadriji, Oybekning jimjit ökinçlari, Ğafur Ğulom iftixorining gulduroslari, Mirtemirning mayin lirizmi, Şayxzoda tafakkurining dahosi mubolağasiz mujassamlaşgandir”.
Abdulla Oripovning muhabbat, hijron, ona, bahor haqidagi şeʼrlaridan tortib, öz davrida ruhiy tutqunlik — erksizlikka qarşi milliy birlik, kuraşga çorlagan isyonkorlik ruhidagi şeʼrlarigaça, yaʼni xalqimiz köpini yod biladigan ana şu nodir nazm javohirlarini I.Ğaniyev va N.Afoqova “xalqnoma” degan ibora bilan ifodalar ekan, uşbu şeʼrlarda juda muhim, takror-tak­ror tilga olingan alohida bir mavzu ham borligiga eʼtibor qaratgan.
Bu – birlik mavzusidir. Xususan, Mustaqillikning bir yilligi nişonlangan kunlarda yozilgan “Turkiston bolalariga” yoki 1994 yili bitilgan “Xalq” şeʼri, umuman, şoirning butun ijodi mohiyatiga, mağziga buyuk birlik soğinçi, muazzam istiqbol orzusi singdirilgani har qança tahsinga munosibdir.
Törtinçidan — kitobda şoirning qalbi öz Vataniga çeksiz mehr-muhabbat va sadoqat, ğurur-iftixor va şaʼn-şavkat tuyğulariga tölaligi haqida juda mantiqiy fikr-mulohazalar, ilmiy asosga ega aniq xulosalar qayd etilgan. Buni, ayniqsa, Abdulla Oripov Özbekiston ta­biatining takrorlanmas gözalliklari musavviri ekaniga doir yetuk ilmiy-badiiy talqinlar misolida yaqqol köriş mumkin.
Beşinçidan — kitob mualliflari Abdulla Oripov ijodining mağzi-mağzida tabiiy bir mahzunlik, mung borligini nainki ilğay bilgan, ayni çoğda ana şu holat, birinçidan, dunyoni dramatik idrok etişdan kelib çiqsa, ikkinçidan, real hayotning şoir şaxsi, ijodiga taʼsiri, munosabatlarning sözga köçgan suvrati ekanini yuksak ilmiy-badiiy asosda nafis şarhlab ham bergan.
Mualliflarning fikriça, “Ijod aslida şaxs va jamiyat örtasidagi qandaydir bir muvozanatning buzilişi, töqnaşuv, ziddiyat, haqsizlik va qaraşlar manfaati örtasidagi qarama-qarşilikdan tuğiladi. Şu jarayonda isteʼdod, ilhom va ğoya, milliy anʼana va jahoniy tafakkur sintezlaşadi”.
Oltinçidan — kitobdagi “Köhna torning yangi navolari” fasli bizni Abdulla Oripovning aruz vaznidagi ijodi tarixi va mazmun-mohiyati bilan yaqindan taniştiradi. Şoir aruzdagi birinçi şeʼrini 24 yoşida, yaʼni 1965 yilda yozgan. “Etgali” radifli uşbu ğazal anʼanaviy işqiy mavzuda bitilgan. Şu tariqa “Bu kun”, “Ketmoqdaman”, “Ayon bölgay” kabi orifona ğazallar silsilasi işq mavzusidagi roman boblari singari bir-birini töldirib borgan.
Yettinçidan — mualliflar Abdulla Oripov şeʼriyatida şunday favqulodda, javohirday porlab turgan mis­ra va baytlarni hassos bir sinçkovlik bilan tarannum etganlar. Xususan, “Qizğaldoq bargidek uçar dildan ğam…”, “Yaproqlar uçida oy nuri zarhal…”, “Hali lab tegmagan kulgular oldda…” kabi turli şeʼrlardan olingan sara misralarni, heç mubolağasiz, şoh satrlar deyiş mumkin.
Sakkizinçidan — kitobda Abdulla Oripovning “Haj daftari” va “Hikmat sadolari” turkumlariga kiritilgan şeʼrlari ilk bor atrofliça va çuqur tahlilga tortilgan. Bunda mualliflar, avvalambor, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy, Imom Yahyo bin şaraf an-Navaviy kabi Şarq mumtoz şeʼriyati namoyandalarining qirqta hadis asosida yaratilgan “Arbain hadis” yönalişidagi asarlariga murojaat qilganlari bejiz emas.
Çunki bu yönalişdagi nazmiy majmualar Muhammad payğambarimizning (s.a.v.) “Kimki ummatlarimga din xususidagi qirq hadisni yetkazsa, Tangri taolo uni qiyomat kuni faqh (huquq) bilimdonlari, olimlar tödasiga qöşadi”, degan hadisi asosida yozilgandir. Odatda, islom dini asoslari va qoidalari (“Usul ud-Din”), Islom yoxud Alloh yölidagi muqaddas kuraş (“Jihod”), toat-­ibodat yoki odob-axloq qoidalarini tarğib qilişga qaratilgan bunday asarlarning barçasida qirqtadan hadisning şarhi berilgan böladi.
Olimlar I.Ğaniyev va N.Afoqova tomonidan “Arbain hadis” yönalişidagi anʼanaviy asarlar bilan Abdulla Oripovning ayni mavzudagi şeʼrlarini qiyosiy tahlil etilgani diqqatga molikdir. Natijada mualliflar qu­yidagi muhim xulosalarni ilgari surgan:
Abdulla Oripovning “Hikmat sadolari” turkumi XX asrning sönggi çoragida özbek adabiyotida bu boradagi anʼanani davom ettiriş yölidagi ilk urinişdir;
şoir uşbu asarida qirqta emas, balki ellikta hadisga şeʼriy şarhlar bitgan;
şoirning eʼtirofiga köra, Kaʼbatulloh – Ollohning uyi yonida tuğilgan uşbu ön ikki satrlik şeʼrlar hadislarning şunçaki quruq şarhi yoki şeʼriy bayoni emas, balki jonli ijod jarayonida yuzaga kelgan mustaqil badiiy asarlar hamdir;
“Arbain” turkumidagi boşqa asarlarda avval hadisning arabçasi, söng forsça yoki turkiy tarjimasi keltirilib, şundan keyin nazmiy yo nasriy şarh berilsa, Abdulla Oripov asarida hadisning asl şakli keltirilmay, bevosita şeʼrning özi berilaveradi. Bu ham şoirning ilohiy ilhom bilan mazkur turkumni yaratganidan dalolat;
Anʼanaviy “Arbain” asarlarida bitta hadisga bir şeʼriy şarh bağişlansa, Abdulla Oripov nazmiy turkumidagi şeʼrlarga — bir neçta hadis, masalan, “Rioya” şeʼriga bir yöla sakkizta hadis mazmuni singdirilganini kuzatiş mumkin;
Abdulla Oripov qalamiga mansub “Hikmat sadolari” turkumining öziga xos xususiyatlaridan yana biri şundaki, turkumdagi şeʼrlarning ayrimlari biror kiçik voqeani bayon qilsa, boşqa birlari şoirning hadis mazmunini aks ettirgan his-tuyğulari va fikrlaridan iborat. Alişer Navoiyning “Arbain” asarida esa voqeaband şeʼrlar deyarli uçramaydi;
Alişer Navoiyning “Arbain” asaridagi şeʼrlar asosan törtlik – ruboiy vaznida bölsa, Abdulla Oripov turkumidagi 49 ta şeʼrning 48 tasi — ön ikkilik va bittasi törtlik şaklidagi şeʼr hisoblanadi.
Bu xulosalarning barçasi, öz navbatida, Abdulla Oripovning “Hikmat sadolari” turkumi, bir tomondan, Payğambarimiz (s.a.v.) hadislari şarhlariga asoslangan, uzoq tarixga ega mumtoz anʼananing davomi ekanini anglatadi.
Badiiy asarning umrboqiyligi esa şubhasiz uni öqigan har bir öquvçi özgaça bir tuyğu, yangiça bir maʼnolarni kaşf qilib borişi bilan belgilanadi. Binobarin, uluğ rus yozuvçisi Lev Tolstoy yozganidek, “Har qanday asar faqat u hayotning yangi tomonini oçib bersagina sanʼat asaridir”.
Kitobning 243-247-betlarida ilova sifatida berilgan jadval alohida diqqatimizni tortdi. Unda Abdulla Oripov şeʼrlarida qöllangan istiora, mubolağa, talmih, tamsil, tajnis, taşbih, tanosib, tazod, tazmin singari 53 ta badiiy sanʼat nomlari sanalgan va ularning har biriga şoir şeʼrlaridan misollar keltirilgan.
Yana bir eʼtiborli jihati şuki, şoirning şeʼrlaridagi aforizmlar, yaʼni hikmatli sözlar ham badiiy sanʼat sifatida talqin etilgan. Mualliflarning fik­riça, Abdulla Oripov aforizmlariga xos xususiyatlardan biri – ularda, xalq maqollaridan farqli ölaroq, inversiya kuçliligidir.
Bu ayni hikmatlar şeʼrning tarkibiy qismi ekani bilan izohlanadi. Şoir: “Bir hovuç kul emiş otaş qismati”, deb yozadi. Grammatika qoidasiga köra: “Otaşning qismati bir hovuç kul emiş”, tarzida bölişi kerak. Bunday inversiya progressiv mohiyatga ega bölib, aforizmning şeʼrxonga kuçli maʼnaviy-hissiy taʼsir ötkazişi va tez yodda qolişini taʼminlaydi.
Darvoqe, alohida taʼkidlaş joizki, kitobning sönggi sahifalaridan Abdulla Oripov öz ijodi davomida eng köp qöllagan sözlar jadvali joy olgan.
Uşbu möʼjaz tadqiqot hosilasi bilan tanişiş asnosida Abdulla Oripov “Söz” sözini eng köp – 2 ming 430 marta qöllaganini köriş mumkin. Şuningdek, “xalq” sözi – 1 ming 619 marta, “yöl” – 1 ming 607 marta, “jon” – 1 ming 311 marta, “Vatan” – 1 ming 152 marta qöllanilgan.
Biz Abdulla Orifn şeʼrlarida eng köp uçraşini şu vaqtga qadar taxmin qilib kelgan “iztirob” sözi – atigi 119 marta işlatilgan ekan. Bundan taşqari, “hasad” – 125 marta, “alam” – 427 marta, “ğam” – 531 marta istifoda etilgan. Boşqaça aytganda, Abdulla Oripovning şeʼrlari mohiyatan qançalik nekbin va hayotbaxş ekanini ham uşbu muxtasar jadval misolida bilib oliş mumkin.
Şunday qilib, Abdulla Oripovga zamondoş bölgan uluğ ijodkor — Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Erkin Vohidov taʼkidlaganidek, “Şeʼriyatning buyuk qud­rati uning işontiriş kuçidadir. Biz har bir şeʼr ortida uning egasini köramiz, uning maʼnaviy olamini tasavvur etamiz, öşa şeʼr ortida turgan odam özining samimiyati bilan, halolligi bilan bizni öz tuyğularining çinligiga işontirmoği kerak”.
Abdulla akadan ana şunday uluğvor, işonçli va qud­ratli ijod mahsullari xalqimizga, butun insoniyatga maʼnaviy meros bölib qoldi. Ilhom Ğaniyev va Nodira Afoqovaning “Abdulla Orif falsafasi” kitobi – ana şu boy va inja merosni örganiş yölidagi muhim zalvorli qadam, taʼbir joiz bölsa, “maxzanida söz sehri va qudratiga çeksiz işonç öz mujassamini topgan” şoir ijodining serqirra, qomusiy talqinidir.
Akmal Saidov,
akademik.
Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan