MUKOFOTDAN ÖT ÇIQDI

Muallif haqida:
Munavvar Pardayev — 1951 yili Sirdaryo tumanida tuğilgan. Sirdaryo davlat pedagogika instituti (hozirgi GDU)ni tugatgan. “Yangi hayot”, “Sirdaryo haqiqati”, “Özbekiston ovozi” gazetalarida işlagan. Oltita publitsistik va “Toza bahor” şeʼriy töplamlari muallifi. Hozirgi paytda Guliston davlat universitetining “Universitet ovozi” gazetasi boş muharriri.

Ruslar “öz köylaging badaningga yaqin” deb, bejiz aytişmagan-da özi. Biz, jurnalistlar uçun matbuot kuni ham eng yaxşi bayramlardan biri hisoblanadi. Çunki har yili 27 iyunda şefimiz çiroyli dasturxon yozib, deyarli hammamizga arzirli mukofotlar tarqatadi. Bultur köpçilik xodimlar yangi çiqqan zamonaviy planşetlar bilan taqdirlangan edi. “Baraka toping, bayram sovğasi kasb-korimizga juda asqatadigan böldi” deb, boş muharririmizga hamdu sanolar aytdik.
Tantana yakunlangaç, anʼana böyiça “bir piyola çoyga” ketar ekanmiz, Doka xola (uning asl ismi Savrigul, köp vaqtdan beri musahhih bölib işlayotgani, gazetadan xato ötkazmasligi uçun hamma xodimlar, hatto şef ham uni “Doka xola” derdi) asta şipşidi:
— Menga mukofot tegmaganiga xafa emasman, özim bor-yöği bir harf tuzatuvçi bölsam. Lekin gazetamizning birinçi kunidan beri qalam tebratib kelayotgan Çöbir Samanovga heç narsa tegmagani yomon böldi-da…
— Damini osin! — deb uning gapini böldi tahririyat kotibasi, “boşliqlar keladi-ketadi, mening örnim mustahkam” deb faxrlanib yuradigan, kerak vaqtda boş muharrir uçun ham boş qotiruvçi Mas­tonaxon. — Samanov ön yildan beri otti kallasiday pensiya oladi, oyligi, gonarari yetti puştiga yiğsa, yetadigan. Mukofotti boşiga uradimi?
Mastonaxon aytdimi, boşliq aytdi deb hisob­layvering. Şuning uçun bayramdan quppa-quruq ketayotgan, mukofot maşmaşasini boşlay-boşlay deb navbatda turganlarning dami içiga tuşib ketdi. Ammo şefning “bir piyola çoy”iga qoyil qolmaslik mumkin emasdi. Dasturxonda yöq narsaning özi yöq. Viloyatning eng xuşovoz xonandalari şöx, “doda” qöşiqlar bilan davrani rosa qizitdi. Mukofot olganlar, ayniqsa, Mastonaxon örtadan çiqmay goh çirpirak bölib, goh tovusday xirom etib, öz nomiga yaraşa mastona xirom etdi.
Endi bu yil bayram qanday ötarkan, bilmadik. Şefni nafaqaga kuzatdik, yangi boş muharrir Tulkun Igamoviç ança yoş, jamoa bilan çiqişa olarmikan? Aslida u Tölqin Egamoviç bölişi kerak, lekin pasportim şunday, meni Tulkun Igamoviç deb çaqiringlar deb, özi şart qöygan. Mastonaxon unga rasman “Tulkun Igamoviç” deb murojaat qilsa ham ortidan “Tulkunçik” deydi. Bir kuni u navbatdagi “letuçka” (haftalik ijodiy faoliyat muhokamasi)dan söng dedi:
—Kasb bayramimiz yaqinlaşyapti. Uni munosib nişonlaş uçun men boş, kasaba uyuşmasi raisi yonboş bitta komissiya tuzsak. Bu yil obuna yaxşi bölgan, pulimiz köp. Maydalaşib ötirmay faol xodimlarga bittadan eng yangi çiqqan televizor bersak, nima deysiz?
“E, bu boşliq eʼtibor masalasida uloqni olib ketadiganga öxşaydi-ku!” — degan gap ötdi xayolimizdan. Bunday eʼtibordan taʼsirlangan jamoa baravariga qarsak çalib yubordi.
— Rahmat sizga, Tulkun Igamoviç.
— Baraka toping, şef.
Zaldan taşlangan bu luqmalarda samimiyat ham, xuşomad ohanglari ham yöq emasdi.
— Lekin bitta şarti bilan, — deb davom etdi boş muharrir. — Mukofot haqiqiy jonkuyar, ijodkor hamkasblarimizga tegişi kerak. Buning uçun bayramni ötkaziş komissiyasi har bir xodimning samaradorlik reytingini işlab çiqib, yuz ballik tizim asosida baholaydi. Şu asosda eng munosib­lar taqdirlanadi. Menimça, şunday qilsak, adolatdan böladi, töğrimi?
Bu taklifga birov tuşunib, birov tuşunmagan bölsa ham hamma boş qimirlatib maʼqulladi.
Orziqib kutilgan bayram şanba — dam oliş kuniga töğri kelsa ham, jamoa tugal, özgaça, kötarinki kayfiyat bilan işga keldi. Hatto tepakal Çöbir Samanov ham kal boşining öng tarafida qöyqib turadigan siçqonning dumiday soçini çap tarafga silliq tarab, oq köylagiga yaraşiqli köm-kök galstuk taqib olgan.
Tulkun Igamoviç sözamolgina yigit ekan, ommaviy axborot vositalari xalqning dilidagi gap­larni topib yoritişi, endi “urra-urra”lar vaqti ötgani, kamçilik kuşandasi, yangilik jarçisi bölişimiz lozimligi haqida bir soatça kuyib-pişib gapirdi. Tabrik tugaşi bilan mukofot kutganlar “xayriyat!” deb yengil tin oldi va bor kuçini qarsakka berdi. Mukofotga berilgan televizorlar haqiqatan ham juda katta, keng ekranli ekan. Hammaning havasi keldi.
— Endi heç kim ketmasin, har yilgiday bir piyola çoyimiz bor, — dedi kasaba uyuşmasi raisi majlis söngida tomoğini maʼnodor qirib. Raisning bu tomoq qirişida “bir piyola çoy”ning luğaviy maʼnosi mujassam ekanligini hamma tuşundi.
— Çoyingizni özingiz içing!
Hamma “duvv” etib, ovoz çiqqan tarafga ögirildi. Bu keskin ovozning egasi Mastonaxon edi. U boş muharrir gapirayotganda deraza yonida qöl qovuştirib tavoze bilan ötirgan edi. Oxirgi xodim qarsaklar ostida mukofotni olişi bilan ğazabdan rangi oqarib, lablari gezarib, dir-dir titray boş­ladi. — Ön beş yil şu dargohning qora mehnatini bajarib yursag-u mukofotga kelganda puf-sassiqqa aylandikmi, a?
Mastonaxon butun qahr-ğazabini profkom rai­siga qarab soçar, aslida zaharli niş şefga qaratilganligini hamma, hatto muharrirning özi ham sezib turardi.
— Men şaxsan rozi emasman, bilib qöying, rozi emasman! Mening mehnatimni yerga uradigan bunday bayram yöq endi men uçun!!
— Opa, bekorga bizdan xafa bölayapsiz. Mukofotlar xuddi kelişganimizdek, eng munosib xodimlarga, haqiqiy jon koyitib işlaganlarga, olgan ballariga qarab, adolatli taqsimlandi. Xohlasangiz komissiya xulosasi bilan tanişişingiz mumkin.
— Adolatli?! Çöbir Samanovga mukofot nimaga kerak? Bir oyoği törda, bir oyoği… pensiyada bölsa. Hammasi taniş-bilişçilik bölgan. Mana körasiz, endi men boradigan joyimga borib, aytadigan gapimni aytaman.
Mastonaxon kutilmaganda ökirib yiğlagança majlisni tark etdi. Uning ortidan qabulxona eşigining qarsillab yopilgani eşitildi. Kutilmaganda sodir bölgan bu voqeadan hamma, hatto Tulkun Igamoviç ham bir neça soniya karaxt holatida qolişdi. Boş muharrir örnidan turib, ixtiyorsiz ravişda barmoqlari bilan stolni doira qilib çerta boşladi, keyin özi bilan özi gaplaşayotganday tönğilladi:
— Mukofotdan öt çiqdi…
— Bir narsa dedingizmi, şef? — söradi yonida ötirgan profkom raisi.
— Ha-a… Yöq. Bugungi tadbir haqidagi maqolaning sarlavhasini öylab turuvdim, özi kep qoldi.

Munavvar PARDAYEV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan