XAYRLI HAMKORLIK

Yurtimizda azaldan poydevori mustahkam bo'lgan mahalla milliy mentalitetimiz timsoli bo'lib kelgan. Mahallalar qadriyatlar va urf-odatlarni avloddan-avlodga yetkazuvchi ijtimoiy makon sifatida o'zligimizni anglashga va vataparvarlikni yuksaltirishga xizmat qiladi. Mahallaga mustaqillikning dastlabki yillarida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi maqomi ham berilganini bilasiz.

So'nggi yillarda yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo'lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g'oya masalasi borasida qator qarorlar qabul qilindi. 2021 yil 19 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu yo'nalishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ham ana shu masalaga alohida urg'u berilgan edi. Ya'ni, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. “Bir ziyoli — bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o'qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirildi.
Shunga ko'ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 251 nafar professor-o'qituvchilari ham viloyatimizning Qarshi, Kasbi, Muborak, Koson va Kitob tumanlaridagi o'zlariga biriktirilgan mahallalarda bo'lib, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etishmoqda.
Uchrashuvlar “Yangi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi madaniy-ma'rifiy tadbirlar bilan boshlandi. Jumladan, institutning “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri O.Begimov, katta o'qituvchilar Yu.Raxmanova, N.Shodmanovalar Koson tumani “Quybog'”, “Bog'ishamol”, “Darcha” mahallalariga biriktirilgan bo'lib, madaniy-ma'naviy tadbirlar tashkilotchilaridan bo'lishdi.
Tadbirlarda taqdimotlar va ko'rgazmalar shaklida taqdim etilgan mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar to'g'risidagi ma'lumotlar aholining xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, “Mahalla va ta'lim muassasasi” hamkorligi yoshlarimizni ma'naviy va jismoniy jihatdan sog'lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o'zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo'lib ulg'ayishida muhim o'rin tutmoqda. Mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligining hayrli samarasi mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo'shishiga shubha yo'q.

Nigora ShODMANOVA,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti katta o'qituvchisi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × 4 =