“MARHUM” NEGA PASPORT OLOLMAYAPTI?
Bir paytlar Turmaxan Yesenbayev ham boşqa baxtli insonlar singari oilali, turmuş tarzi birovdan ziyod birovdan kam oila boşliği edi. Ha, uning oilasi va farzandlari bölib, Çirçiq şahrida umrguzaronlik qilar, özi sevgan kasbi payvandçilik bilan maşğul edi. Uning aytişiça, hatto u poytaxtimizdagi közga köringan inşootlarning bunyod etilişida ham öz hissasini qöşganlardan. Ammo taqdir ekan, işda olgan jarohati sabab Turmaxan nogiron bölib qoladi. Yeladi, yuguradi nogironlik nafaqasiga çiqa olmaydi. Orada içkilikka berilib guldek oilasidan ajralib, söqqaboşlikni ixtiyor etadi. Nima ham deyiş mumkin, bu hayot—unda ana şunday taqdir sinovlari bilan öziça yaşayotganlar ham yöq emas. Ehtimol, kimlar uçundir ular “Xudo urgan va heç kimga kerak bölmagan” odamlardir. Ammo ular ham tirik jon. Rizqini va umrini beruvçi Yaratganning özi. Qolgan taassurotlarni quyida maqolani öqib amin bölasiz.
“Göröğlining tuğilişi” dostonini öqib voyaga yetganmiz. Xuddi şu Göröğlining qaytişi ötgan yili koronavirus infeksiyasi tarqalib, hammani uyiga qamagan paytda Çirçiq şahrida sodir bölib, qorlar yoğib, izlar bosildi, ammo…
Ayrim odamlar naqadar loqayd, eʼtiborsiz va “oyoği yerdan uzilgan”iga azbaroyi şu voqea sabab yana bir bor amin böldim.
Karantin sabab hatto suvlari sokin oqadigan Çirçiq daryosining halovati buzilgani rost. Ayniqsa, çora-tadbirlarning keskinlaşişi masala jiddiy ekanligini körsatardi.
Jon şirin deganlaridek, hamma “öz-özini yakkalaş”ga ötgandi. Çirçiq şahri, 8-kiçik dahasidagi taşlandiq vagon yonidagi çiqindixonada, dunyoni unutib, öz maylida yaşayotgan Turmaxan va uning ulfati Kolyaning ham halovati buzildi. Çunki idiş kötarib çiqindixonaga taşlaş uçun keladiganlar soni keskin kamayib qoldi. Mahallada:
— Ana ularni qaranglar, hamma virus şularning yoqasiga yopişgan aslida, bularni tartibga oladigan odam bormi, — deguvçilar ham şunday kunlarda köpaydi.
Bu gaplarga Turmaxan pinak buzmasdi, çiqindixona vagoni atrofida timirskilangani bilan, uning bir xonali bölsa ham, uyi bor edi. Nari borsa uyiga ketadi. Kolya ham tinç edi. Heç bölmasa Turmaxandek oğaynisi bor.
Turmaxanning ahvolini tuşunsa bölardi, uning bir oyoği mayib edi. Aytişlariça, kasbi toifali payvandlovçi bölsa-da, oğir işga yaramay qolgan. Nogironlik nafaqasiga çiqiş ilinjida yurarkan…
Öşa kuni (qatʼiy karantin paytlari. 2020 yil, aprel oyining oxiri) içki işlar xodimlari, profilaktika inspektori va posbon köp qavatli uylar oldida paydo bölişdi. Köpçilik buni odatiy holdek qabul qildi. Ammo Turmaxan…
— Töxta, niqobing qani? Mana yana bitta qoida buzgan! Qayoqqa ketayapsan? Uygami? Uyingda kim bor?
— Heç kim yöq, bitta özim turaman, — deydi Turmaxan.
Beçora, qörqib ketib çakki qilgan ekan. Uyida şerigi borligini darrov aytsa bölar ekan. Ammo şirakayfligi sababmi yoki yodidan kötarilganmidi, işqilib uyida Kolya borligini aytmadi.
Kutilmaganda qöltiğidan olgan içki işlar xodimi va posbonlarning xatti-harakatidan Turmaxan dovdirab qolgandi.
— Uyimda gazim yoniq qoldi, meni qöyvoringlar… – deya, ularning izmiga böysunişga majbur böldi…
— Men… qayoqqa?! Bormayman!
Uy boşqaruvçi va uning ayoliga esa xodimlar uni tezda qaytişini, bir tekşirib qöyib yuborişlarini aytişdi, lekin…
Turmaxanning uyida qolgan Kolya oç qoringa çala-çulpa yuvinib çiqib, Turmaxanning eski kiyimini topib kiyib oldi, eski körpaga öranib boşini yonga taşladi. Kolya ikki kun “fanfurik” spirti sarxuşligida tuzukroq ovqat yemagani uçun rosa oçqagan edi. Söng eşikka umidvor qaradi…
Bu payt içki işlar xodimlari Turmaxanni majburiy ravişda karantin zonasiga olib ketişgandi…
Oradan beş kun ötib Çirçiq şahar Içki işlar bölimi “Navbatçilik qismi”ning telefoni jiringladi.
— Men, “Xumo” mahallasidan, hozirgina 8-uydan bir ayol qönğiroq qildi, Turmaxanni olib ketuvdilaring şekilli…
— Ha, u karantinda.
— Uning uyi içidan badböy hid kelayotgan emiş, ölikning hidi deyişayapti…
Köp ötmay köp qavatli uyning oldida “Tez tibbiy yordam” maşinasi paydo böldi. Turmaxanning uy eşigini buzib kirgan organ xodimlari ortidan tibbiyot xodimlari uyga kirişdi… Ne köz bilan körsinki… Eski körpada “Turmaxan” ölib yotardi…
Qarang, bu yaramas karantindan qoçib, uyiga kelib olgan ekan-da!
Marhumning opasi Asel uvvos solib yiğlay boşladi. Akasi esa abgor holatga kelgan jasadga açinib köz taşladi, kiyimlar ham marhumning yonidan çiqqan pasport ham ukasiniki edi. Organ xodimlariga qarab olib: “Ha, ukam”, dedi.
Xullas, taşviş ustiga taşviş boşlandi. “Hartugul musulmonmiz, Turmaxanning akasi ölikxona (morg)dagilar bilan gaplaşsin, uni musulmon odatiga köra qabrga qöyaylik”, deyişdi qöşnilar. Mayitning kafanlangan tanasi opasining u ösib ölğaygan mahalladagi uyidan olib çiqildi. Mulla janoza öqib bölgaç, marhum qabrga qöyildi…
Qiziq dunyo, köp ötmay ön tört kunlik karantindan piyoda qaytgan Turmaxan opasinikiga bordi. Eşikdan kirib kelganini körgan opasi Asel huşdan ketib qoldi. Uydagilarning bari Turmaxanga ğalati qarardi. “Arvohmasmisan”, deb undan qoçişardi. Turmaxan hayron, ulardan gap nimadaligini tuşuntirişini talab qildi. Masala oydinlaşdi…
— Ey Kolyajon, meni keçir, seni uydaligingni xodimlarga aytsam bölarkan, — derdi, gap nimada ekanini tuşungani sayin battar ezilib.
Kolya bilan ança yildan buyon qalin edik. U köp hollarda mening uyimda tunab qolardi. Jigari oğir xasta edi. Afsus, meni IIB xodimlari va posbon karantinga olib ketişmaganda edi, balki unga yaxşiroq qararmidim. Axir u uyda kalit turadigan joyni bilardiku, oçlik va kasalligi tufayli esiga kelmadimikan… Uyimda oçlik va kasallikdan ölib qolgan. Ust-boşida mening liboslarim. Hamma uni men deb öylagan. Nima bölganda ham, mendan rozi böl, Kolya, — deydi u köziga yoş olib.
Ammo hayot töxtab turmaydi, yaşaş uçun harakat qiliş kerak. Turmaxan karantindan qaytgandi. Yana eski joyga, eski xizmatiga qaytdi. U keta turib yölda akasining uyiga kirdi. Akasi:
— Seni sakkiz kun avval kömib kelgandik… — dedi.
— Özim seni yerga kömay, nega meni kömasan, — derdi köziga yoş olib Turmaxan.
Taqdirni qarang, bu ham yoziqda, Yaratgan Turmaxanning ulfati Kolyani yorlaqagan ekan, u islom dini urf-odatlari bilan dafn etildi. Göyo “gör”dan tirik çiqib kelgan Turmaxan esa yölidan çiqqanning esxonasini çiqarib, qöl berib körişib yurdi.
Eng yomoni, “Turmaxan Yesinbayev vafot etdi” deb, FHDYO bölimi xodimlari uning pasportini ölganlar qatoriga qöşib qöyişgan edi. Haligaça Turmaxan karantin sabab kimlarningdir aybi bilan yangi pasport ololmay sarson.
Bu voqea aslo töqib çiqarilgani yöq. Mana, oradan bir yildan ziyod vaqt ötdi. “Marhum” Turmaxan Çirçiq şahar IIBga qatnayverib, özi yana bir bor boqiy dunyoga rixlat qiladigan darajadagi ahvolga kelib qoldi. Uning aytişiça, bugun na mahalla fuqarolar yiğini va na profilaktika inspektorlari, na boşqa mutasaddilar tinglaydi. Aybsiz aybdor bölib, çindan ham tirik “marhum”ga aylangan…
Hikmatullo QODIROV,
“Hurriyat” muxbiri.
