Xalq içiga kirib boraylik!

Öttiz yil… Köhna tarix oldida bu raqam ehtimol dengizdan bir tomçidek. Ammo mustaqil Özbekistonimiz uçun “30” köp xususiyatlarni anglatadigan katta mazmun, mohiyat kasb etdi. Alalxusus, şu arafada muhtaram Prezidentimiz Şavkat   Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobi yoruğlik yuzini kördi.

Bu yil qutluğ sanaga bağişlanib “Yangi   Özbekiston” boğida keçgan   bayram tantanasi avvalgilardan keskin tafovut qilgani   barçaga ayon. Teatrlaştirilgan köriniş­lar fonida Istiqlol mohiyatining ifodalanişi   tomoşabinlar köng­lida özgaça   zavqu şukuh tuyğularini   jöştirayotganini xayolga keltiriş   mumkin edi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, bu inson tafakkuri   özgarayotganiga bir misoldir.

Oradan ikki haftaça vaqt   ötgaç, aniqroği, keça poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Özbekis­ton   Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi,   Prezident Administratsiyasi huzuridagi   Axborot va ommaviy   kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat   vazirligi, Yozuvçilar uyuşmasi, Milliy teleradiokompaniya, Özbekiston   Milliy axborot agentligi, Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya,   Res­publika “Tasviriy oyna”   ijodiy uyuşmasi hamkorligida Vatanimiz   mustaqilligining öttiz yilligiga   bağişlangan “Eng uluğ, eng   aziz” anʼanaviy körik-tanlovining respublika bosqiçi ğolib   va sovrindorlarini taqdirlaş   marosimi ötkazildi.

Şuni alohida taʼkidlaş joizki,   mazkur körik- tanlov 1997   yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan taşkil   etilgan. Uşbu nufuzli tanlovning yuqori   saviyada ötkazilişiga Özbekiston   Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi   boş-qoş bölib kelmoqda.

Joriy yilgi körik-tanlov mo­hiyatida   “Yangi Özbekistonda erkin   va farovon yaşaylik!”   degan   ezgu ğoya   ustuvorlik kasb etdi.

Marosimda Özbekiston   Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi   raisi, Tanlov hayʼati raisi   Olimjon Ösarov, Özbekiston Milliy   axborot agentligi Boş   direktori Abdusaid Köçimov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti   huzuridagi Axborot va   ommaviy kommunikatsiyalar agentligi   boşqarma boşliği Maʼmurjon Parpiyevlar sözga   çiqişib, joriy yilgi   bellaşuvning öziga xos   jihatlari töğrisida gapirdilar.

“Ijodkorlar örtasida   anʼanaviy ötkazib kelinayotgan   “Eng uluğ, eng aziz”   körik-tanlovi ijod ahlining   jamiyatdagi faolligini oşiriş, kasbiy mahoratini yuksaltiriş, fidoyi ijodkorlar qatlamini   yuzaga olib çiqiş,   iqtidor sohiblarini rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaşda muhim   örin tutayotgani sir emas. Muhtaram   Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil   17 dekabrdagi “Özbekiston   Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz yillik bayramiga   tayyorgarlik köriş va   uni yuqori saviyada   ötkaziş töğrisida”gi qarori   8-bandida Özbekis­ton Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va   boşqa taşkilotlar hamkorligida “Eng uluğ, eng aziz” anʼanaviy respub­lika   körik-tanlovini yuqori darajada   ötkaziş belgilangan.

Davlatimiz rahbarining   2021 yil 3   fevraldagi “ 2017-2021 yillarda   Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi   bö­yiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va   aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga   oid davlat dasturi   töğrisida”gi Farmoni bilan   tasdiqlangan Davlat das­turida   “Eng uluğ, eng aziz”   anʼanaviy körik-tanlovini ötkazişga   Özbekiston Jurnalistlari ijodiy   uyuşmasi boş ijroçi taşkilot sifatida   qayd etilgan”, — dedi öz   sözida Olimjon Ösarov.

Eʼtiborga loyiq   jihati körik-tanlov oltita   yönaliş böyiça jabha   oldi. Bular — bosma ommaviy   axborot vositalari xodimlarining maqolalari, ommaviy axborot vositasi   sifatida davlat röyxatiga   olingan veb- saytlar xodimlarining jurnalistik işlari, televideniye   va radio ijodkorlarining materiallari, yozuvçi va   şoirlarning badiiy asarlari, tasviriy sanʼat, foto asarlari   va dizayn işlari,   kino sanʼati asarlari   nominatsiyalaridir. Oydinlaşadiki, “Eng   uluğ, eng aziz” respublika   körik-tanlovining qamrovi yanada   kengaytirildi. Deylik, avvallari   elektron matbuot jabhasiga   u qadar diqqat-eʼtibor qaratilmasdi.

Ğolib va   sovrindorlar maʼnaviy va   moddiy taraflardan rağbatlantirildi. Birinçi örin sohiblariga   I-darajali diplom, zamonaviy   noutbuk hamda plaketka,   ikkinçi örin egalariga   II-darajali   diplom, televizor, plaketka, uçinçi örinni olganlarga esa III-darajali diplom, planşet va plaketka topşirildi.

Vatanni şaraflaş   masʼuliyatli, öz navbatida   zavqli yumuşdir. Bu jarayonda   qoliplardan çiqiş davri   kelganligini köpçilik jurnalistlar, adiblar anglab   turibdilar. “Qizil” va “yaltiroq”   sözlar vositasida haybarakallaçilik şiorini baland kötarganlar   nazardan qoladilar. Zero, millatimizning buyuk şoirlaridan biri yozganidek, “Xalq içiga kirib boriş” har bir ijodkorning nafaqat vazifasi, kerak bölsa burçiga aylanmoği kerak. Ijod ahliga yurtimizda körsatilayotgan bunday eʼzoz, rağbatlar esa yanada jöşqin ijod qilişga undaşi şubhasizdir.   Şunday ekan, bu kungi   ijodkorlar xalq içiga   kirib bormoqliklari, bunyodkorlikning otaşin nafaslarini   ijodlarida ifoda qilib   berişlari darkor.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan