Akrom Malikning ğujuri

Ammo bu orzuga yetişiş esa köp muşkul. Nasib qilgan, qalb dariçalari Hazratning maʼrifat yoğdusiga oçiq bölgan kişigagina bu nasib qiladi. “Navoiy uluğ ajdodimiz”, “Bobomiz – şeʼriyat mulkining sultoni”, deb hayqiriş, havoyi faxr tuyiş bilangina çeklanib, Navoiyga oddiy öquvçi bölişga ham yaramay, şoirlik, yozuvçilik daʼvo qiliş illati yoşlar orasida ançagina keng tarqalgan bir zamonda zuvalasi adabiyot tuproğidan qorilgan, zahmatkaş ijodkor birodarimiz Akrom Malikning amalga oşirayotgan işlari çindan ham tahsinga loyiq. U Alişer Navoiy ijodini çinakamiga öquvçiga yaqinlaştiriş maqsadida olimona işni amalga oşira boşladi.

“Xamsa”ning ilk dostoni “Hayrat ul-­abror”ning matni, nasriy bayoni, şarhi, luğati bitta jild ostida jamlandi. (Bu jildlar hozirça ikkita. Davomi naşrga tayyorlanmoqda.) Bu kitoblarning har biri mumtoz adabiyotimizga juda katta muhabbat, betinim izlanişlar, uyqusiz tunlarda yuzlab asarlar mutolaasi, ularni bir-biriga çoğiştiriş, qiyosiy örganiş, uluğ şoir ijodining teran tomiri bölgan diniy ilmlardan yetarliça boxabarlik va eng muhimi adabiyotga sodiqlik kabi jihatlarning, zahmatlarning bir nuqtada kesişuvi asnosida maydonga kelgan. Bu juda oğir iş. Şu örinda latifaga moyil bir matal esimga keldi. Dev dehqonning suluv qiziga oşiq bölib, dehqondan qizini öziga berişni sörabdi. Horib-tolib buğdoy örayotgan dehqon qölidagi öroqni devga tutqazib, şu buğdoylarni örib bersang, qizimni senga beraman, debdi. Befahm dev, kengiş dalada engaşib yotibdi-da, buğdoy poyalarini sanay boşlabdi. Tabiiyki, adaşib ketibdi. Söngra, hafsalasi pir bölgança, “Bular juda köp ekan. Buni örib bölgunimça ölib ketaman”, debdi va kelgan tomoniga qaytib ketibdi. Dehqon işining, buğdoy örimining oğirligi xususida gap ketganda, hanuz,“öroq devni qoçirgan”, degan gap yuradi. Adabiyotning qora mehnati ham taʼbir joiz bölsa, devni qoçiradi. Ayniqsa, bugungi pallada. Ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan uç-tört satrlik xabarni öqişga ham erinayotgan öquvçilar davrasida Akrom Malikning işi katta xirmon kötargan zahmatkaş, halol dehqonni eslatadi.

Navoiyni anglamoq, unga dildoş bölib, uning xayoli bilan yaşamoq hissi, zavq-şavqi uni totgan kişiga maʼlum.

Mumtoz şoirlar şeʼrlaridan beş yuz bayt yod bilmagan kimsani şoirlar davrasiga qöşiş mumkin bölmagan davrdan kelgan obida – Navoiy ijodi xalqimizning çinakam boyligi. Ammo katta xirmonning gird-atrofida bemaʼno kezinib yurişdan ne maʼni? Uni anglaş, isteʼfoda qiliş kerak. Öylaymanki, odamlarimizning atigi törtdan biri Navoiyni tuşunganida, uning yoğdusidan nur ololganida şubhasiz, biz har jihatdan yuksak darajadagi millatga aylangan bölar edik. Ammo bu iş qaçondir amalga oşişi kerak-ku?! “Navoiy bobomiz buyuk!” deb qançadan-qança avlodlar ötib ketayotir. Ammo tokaygaça?

Şu maʼnoda Akrom Malik amalga oşirgan har tomonlama talablarga javob beradigan uşbu naşr eng zarur ehtiyojlarimizdan biri. Balki, eng zaruridir.

Biz örinli-örinsiz işlataveradigan “olamşumul” degan söz bor. Tağin, katta hodisa deb ham ançayin narsalarni baholayveramiz. Adabiyotning bir muxlisi ölaroq men uçun Akrom Malikning uşbu fidoyi mehnati çindan ham olamşumul iş, katta hodisa. U yoş bölişiga qaramay, boşidan turli sinovlarni keçirdi. Bu sinovlar uning irodasini bukolmadi, balki, tobladi. Umid va qörquv tuyğusi insonning neça pullik jonzod ekanini körsatadi. Bu sezimlardan uzoqlaşgan pallada insonning Yaratgan oldidagi nufuzi tuşib ketadi. Umidni Ollohdan, zavqni mehnatdan tuygan, şaşti qaytmagan Akrom Malik bugun Navoiy muhiblari uçun katta tuhfa beroldi. Bu kitob­larni öqirkanman, Navoiy baytlari har qanday özbekçani biladigan kişiga baayni “çaynab” berilganini his qilaman. Tağinam, bu kitoblarga asl bahoni mumtoz adabiyot bilimdonlari berişadi.

Öz örnida baʼzi gaplarni aytişni istardim. Qofiyali-qofiyasiz şeʼrsimon bitiklarni yozib, “özim uçun özim!” deya, öz sohibiga tobeligini tan olmay, asl şeʼr mohiyatiga kirib ham ulgurmay, oddiygina şeʼriy sanʼatlar va texnikani özlaştirmasdan şoirlik daʼvo qilayotgan, oddiy matn ravişlariga qurbi kelmay qissa-hikoyalar bitayotgan Akromning ayrim tengdoşlariga demoqçiman: Bu adabiyot otli tilsim, özingda borini taʼmasiz beriş, qurbon qiliş evaziga öz sirini oçadi, aksinça masxara bölganing, özgalar vaqtini öğirlaganing qoladi. Buni vaqtida tuşuniş, es borida etakni yopiş kerak. Asl aynimas, deganlaridek, haqiqiy isteʼdod, çin eʼtiqodga eş bölsa, Akrom Malik kabi vaqti kelib röyobga çiqadi, tan olinadi.

Öz vaqtida hazrat Navoiy ğujuri, ori kelib, turkiy tilning nufuzini kötarmoqqa bel boğlagan va “Xamsa”ni yaratgan edi. Ibrat şulki, har işni ğujuri bor odam bajaradi. Ğujurli, öz tili, adabiyoti, qöyingki, elini suygan Akrom Malikdek olimlarimiz, ijodkorlarimiz köpaysin.

Şodmonqul SALOM.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan