Ibrat

(MUNOQAŞA)

Nortöxta QILIÇ

Muallif haqida: Nortöxta QILIÇ — 1946 yilda tuğilgan. Toşkent davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetida öqigan. Yozuvçining “Oppoq tong”, “Yorongul”, “Möʼjiza”, “Çiğiriq”, “SOS — iltijo”, “Bayram”, “Oydin tongday namozşom”, “Baxt quşi”, “Ikki olam aro”, “Tantana” nomli munoqaşa, qissalar va hi­koyalar kitob­lari naşr qilingan. “Tuhmat” romanining muallifi.

Kördim, bildim, angladimki, kişining havas va ibrat tuyğusi dunyosidagi eng bebaho, eng beqiyos kuç ekan.

Otam, Nusrat Qiliç Şarofatxon öğillari (iloyo joylari behiştdan bölgan bölsin) yetim ösganlar. Ota-onalarini körgan-körmagan­lik­larini eslayolmaydilar. Asosan toğalari — mulla Narzulla bobomning, qisman xolalari Latofat buvimizning qaramoğlarida ösib-ulğaygan.

Otamning eʼtiroflariça, ota tomondan yaqin qarindoşlari, masalan, amakilari — Obid bobomiz, goho körişib qolganlarida, otam söramasalar-da, öşa kunlarning puli bilan 15-20 tanga berib: “Ma, ol… Ol, jiyan, zaruratingga işlatarsan”, der ekanlar. Men, bolaman-ku, qiziqib söraganlarimda, otamning: “Öşa kunlarda 15 tangaga bir qöy, 20 tangaga bir qözili sovliq berardi”, deganlari hozirgiday yodimda. Öşandan bilganmanki, otam xoru zor yetim bölmaganlar. Lekin ne alamki, şaroit taqozosiga köra, oliy maʼlumotli bölolmaganliklari u kişining bir umrli armonlari edi. Şungami, biz beşalamiz — uç aka-uka — Ğayrat, Ötkir va men, ikki opa-singil — Mohira, Muhayyo ulğaya boşlaganimizdan keyin, kelajakda bizning çinakam savodli-saviyali bölişimizni niyat qilganlar. Öşa yillarda — ötgan asrning 55-65-yillarida özimizning Ğiştidanmi yoki atrof-tevarakdagi qişloqlardan birovining öğli yo qizi biror institutga öqişga kirgan bölsa, öşa baxti kulgan talabani kunda-kunora biror-bir boisu bahona bizga iftixor ila taʼriflaşni heç kanda qilmas edilar. Kundalik darslarimizni nazorat qiliş, özlari bilganlariça, — ötgan asrning 30-yillari oxirida Buxorodagi qisqa muddatli öqituvçilar tayyorlaş kursini bitirganliklari uçun, Ikkinçi jahon uruşidan avval va uruşdan keyin maʼlum muddat maktabimizda öqituvçilik qilganlar — öqitiş-örgatiş eng yaxşi körgan maşğulotlari edi. Şuning uçun bölsa kerak, biz — beşalamiz ham maktabni yaxşi va aʼlo baholarga öqib bitirganmiz. Maktab davridagi bilim poydevorimiz binoyi bölganligi bois, pirovard-natijada, biz — Mohira, Ğayrat, Muhayyo va mening studentligimiz yaxşi keçgan.

Maktabimiz direktori — Boboyor Rahmatov (Xudo rahmat qilgan bölsin) öz zamonasining eng ziyolilaridan edi. Örta böyli, miqti kişi; köplar havas qilguli darajada sipoh kiyinib, juda salobat ila, donişmandlarça xotirjamlik bilan yurganlarini, mana, ayni tobda ham köz öngimda aniq-tiniq körayotgandayman. Direktorimiz nafaqat öquvçilar, hatto, öqituvçilarga ham bir qadar qattiqqöl va öta talabçan, şuning barobarida, yangilik va yaxşiliklarga öç edilar. Maktabimiz hayotida, jumladan, özimning ham hayotimda röy bergan unutilmas, tarixiy bir voqea kuni keçagiday yodu xotiramda muhrlanib qolgan.

Uşbu satrlarni yozayapman-u, öşa kun, öşa lahzalardagi quvonçbaxş, umidbaxş bir haya­jonni, mana, ayni çoğda ham his etayotgandayman.

Ana, maktabimizning bepoyon, gulzor, mevazor hovlisi. Maktab boği sinflarga bölib berilganligi uçun, gulzorlar bir-biridan körkam, turfa öt-alaflardan xoli, hammayoq ozoda. Yuqori sinf öquvçilariga möljallangan tomi tunukali, derazalari baland-baland muhtaşam sinfxonalar oldidagi keng-möl maydon esa har qaçongidan ham gavjum. Quçoqqa siğmas, kökka böy çözgan kökteraklarning quyuq soyasida birinçi sinfda öqiyotgan bolaçalardan öninçi sinfda tahsil olayotgan yigit-qizlargaça böy-böylariga binoan, qator-qator saf tortganlar. Birinçi qatorda birinçi sinf öquvçilari; ikkinçisida ikkinçi sinf bolalari va hokazo. Hamma jim. Hamma hayajonda!..

Röparada — tirsak böyidan balandroq supa. Supaning örtasida stol. Stolning ustiga qizil baxmal yopilgan. Stolning örtasida çoğroqqina billuriy guldon. Guldonda bir dasta oq, qizil atirgullar. Stolning ortida ikkita suyançiqli kursi. Kursilarning birida direktorimiz. Ikkinçisida bir yigit. Yigitning egnida yengi kalta oq köylak. Soçlari qalin. Yuzlari dumaloqroq. Közlari?.. Közlari, nazarimda, bir qadar tortinçoqlik aralaş baxtiyorlik ila çaqnayotgandek!..

Stoldan sal orqaroqda yigirma-yigirma beş çoğli muallimlarimiz: Muhammadjon Jalilov, Mahmud Hojiyev, Nasrulla Fayziyev, Aʼzam Haydarov, Muzaffar Tursunov, Saʼdulla Rajabov, Ummatova, Sayfiddinova, Şodiyev…

Men öşa kunlarda yo oltinçi, yo yettinçi sinf­­da öqiyotgan bölsam kerak. Ança huşyorroqman. Bor diqqat-eʼtiborim — kalta yengli oq köylak kiygan, soçlari qalin, hali birmunça yoş bölişiga qaramay, soçlariga xiyol oq oralagan yigitda: “Kim ekan bu yigit? Kim… kim bölişi mumkin?”

Bir mahal, direktorimiz örinlaridan turayotib, gap boşladilar:

— Komiljon — bizning öquvçimiz. Komiljon Muqimov MGU — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining studenti! — Şoyon faxr bilan şu gaplarni aytayotib, direktorimiz, yuz-közlari samimiy, xuşhol jilmayişlaridan yanayam yaşnagan köyi, çapak çaldilar.

Birdan hamma şodumon çapakka qöşildi. Hatto, bir çekkada saf tortgan muallimlarimiz ham!..

Faqat, negadir, Komiljon Muqimov çapakka qöşilmadi.

Nihoyat, yeru kökni tutguday alangali qar­saklar tinib, nogahon potirlab tözğigan quşlar tağin qaytadan daraxtlarning şoxlarida birin-birin qönim topgaç, direktorimiz Boboyor Rahmatov, hammani yanada hayajonlantirguvçi öktam ohangda:

— Kimda kim yaxşi öqisa — aʼlo baholarga öqib, maktabni bitirsa, ana, köring — bizning öquvçimiz Komiljonday Moskvada öqiş baxtiga sazovor böladi, — dedilar. — Demak, aziz bolajonlar, dangasalik qilmay, öyinqaroqlik qilmay, öqiş kerak.

Ana öşanda men, közlarim çaqnab, Komiljon akaga — navqiron student Komiljon Muqimovga dil-dilimdan çin havas bilan uzoq-uzoq termulganman. Komiljon aka esa öşanda özlari bilib-bilmay, menga bebaho, beadat bir ibrat maktabini ötaganlar.

Hali-hamon men maktabimiz direktori Boboyor Rahmatovdan benihoya minnatdorman. Ayni öşanday unutilmas, bir-biridan ibratli uçraşuvlar deyarli har yili maktabimizda bir neça bor uyuştirilar edi. Va men har gal maktabni tezroq bitirişni, tezroq student bölişni orziqib kutar edim.

Öninçi sinfda öqiyotganimda yo ön birinçi sinfdamikan, otam, bir kuni, keçki ovqat mahali, gap ohanglarida bir dunyo havas bilan:

— Çöğolonlik Salom akaning… Salom Keldining katta öğli Muhammadjon öqişni bitirib, “Buxoro haqiqati” gazetasida işlayotgan emiş, — dedilar onamga.

— Otamning ajabtovur havas bilan, yorqin bir umid ila aytgan gaplari hammamizga, jumladan, onamga ham boşqaça taʼsir qilgan bölsa kerak, menga qarab, ana, kördingmi, deya­yotgan kabi, boşlarini öyçan irğayotganlari barobarida, qoşlarini bir kerib qöydilar.

Öz zamonasida dunyoviy dong taratgan maşhur nemis faylasufi Artur Şopengauer özining “Hikmatlar” kitobida bitganki: “Jasorat va matonat — otadan, qobiliyat va isteʼdod esa farzandga onadan meros.”

Men Allohimdan köp va xöp minnatdorman — otam Nusrat Qiliç Şarofatxon öğillarining, onam Dilbar Hoji Rahmatbibi qizlarining öğillari bölganim uçun!.. Öşa lahzalarda birovning öğli şaʼniga otamning ehtirom ila aytgan eʼtiroflari, onamning esa har qaçongidan ham maʼnodorroq qarab, qoşlarini bir kerib qöyganlari menga jild-jild kitoblarda bitilgan pandu nasihatlardan ham köra samaraliroq taʼsir qilgan. Va beixtiyor çöğolonlik Salom Keldining katta öğli Muhammadjonga mening çinakamiga havasim kelgan. Öşa kunlargaça bir neçta xabar va ixçam maqolalarim tuman, viloyat gazetalarida eʼlon qilingan; oy sayin maktab devoriy gazetasini çiqariş ham mening zimmamda edi.

Özi avval-azaldan odamzodning feʼli qiziq-da, bolaligidanoq topağonligi yo bilağonligi, yoki, heç bölmasa, gapga çeçanligi bilanmi, tengdoş-safdoşlaridan ajralib turişni, kattayu kiçikning, ayniqsa, otasiyu onasining eʼtiborini qozonişni özi uçun ötda yonmas, suvda çökmas bebaho bir mukofotday bilar ekan. Binobarin, otamning istaklari men uçun bamisoli qonun, onamning xohişlari esa göyo bir madadbaxş hukm edi.

Ertasi — bozor kuni, ittifoqo, peşindan keyingi uç-törtlar mahali Muhammadjon akani Pirmasning böyida körib qoldim. Muhammadjon aka, nazarimda, Buxoroyi şarifga yöl olganlaru, endi avtobus kutayotgan edilar. Hademay, old tomoni yalpoq, taniş kök avtobus yelib keladiyu, Muhammadjon aka avtobusga ötirib, olis va lekin şarafli saodat manzili sari yölga tuşadilar.

U davrlarda, bizning qadrdon Ğiştimiz, Yöldoş aka, — iloyo tariximizning bilağoni, milliy adabiyotimizning kuyinçak oqsoqolidan Alloh rozi bölsin. Barça davrlar uçun birday aziz birgina “Navröz naqli” nomli kitoblarini bir eslanga-a!.. — aytmoqçi, jannatmakon Behişti edi. Behişti!.. Qişloqni oralab, keçayu kunduz, qişin-yozin şarqirab katta Pirmas röd oqar edi. Harosat ila, qalqib-qalqib oqayotgan rödning böylaridagi kök teragu oq terak, majnuntolu qoratollarning quyuq soya-salqinidagi çoyxonayu oşxonalar çoyxörlaru oşxörlar bilan kunböyi gavjum bölardi. Şaşlikpaz Abdulla möylovning qöralaridan erta çoşgohdan keç namozşomgaça pista kömirning isiga omuxta xuşxör şaşlikning iştaha qözğar yoqimli hidi dimoqlarga urilgani urilgan edi. Ğiştining Sarbozor atalmiş bepoyon maydoni atrofini önga yaqin turli magazinlar, kitob dökonlari va qişloq Şörosining salobatli oq binosi qurşagan edi.

Vah-vah, Şöro binosining öng yonidagi sarhovuz qoratollarining şoxlariga ilingan möʼjaz qafaslarda esa mastiqqan bedanalarning ajab dilkaş patpalaqi erta tong-sahardan to avval oqşomgaça tinmas edi-ya!.. Körpaçalar töşalgan kartlarda dam şaşkaçi yoş-yalang­larning, dam şohmotçi uluğlarning kimözar musobaqalari esa tun allamahallargaça avj olaverardi.

Endi eslasangiz, beixtiyor yurak-bağringizni kuyiştirguvçi ul olis va lekin unutilmas ertak yangliğ ötmişning zavqu safosi, — e voh! — bugun bizning avlod uçun söngsiz alam, adoqsiz bir armon: essiz sarhovuza-a!.. Bir neça yuz yillar davomida erta yozdan keç kuzak kunlariga dovur bir neça önlab avlod yoşlarini beorom qalqigan bağrida yayratib ulğaytirgan essizgina Pirmasa-a!.. Öşanday gavjum, öşanday gullab yaşnagan Behiştiy qişloq endilikda suvsizlik azobidan, bedavo şör vabosidan kunu tun, qişin-yozin behol… bemajol hansiramoqda.

Essizgina Ğiştima-a!..

Qişloğimizning markazidagi Qörğonni aytmaysizmi — qörğonmisan qörğon edi-ya!.. Sahni bepoyon, balandligi esa oz emas, köp emas, salkam ön gazça. “Abdullanoma”ning ikkinçi kitobida özim öqiganman — 1526 yilda, demak — 500 yillar avval; demak — aşaddiy qonxör Çingizxon bosqinidan rosa 300 yillar keyin Buxoro amiri Abdullaxon davrida Qörğon harbiy istehkom maqsadida barpo etilgan. Pirmas esa qişloq bunyod etila boşlangan yillardayoq!.. Demak, Çingizxon qöşinlari Xorazmşohlar davlati markazi köhna Urganjni kunpayakun qilib, xorazmliklarning eng atangan yigitlarini özlariga qalqon maqomida Buxoro sari 1220 yillarning örtalarida haydaganlaridan 300 yil keyin Qörğon barpo qilingan. Ğişti qişloği esa Qörğondan 300 yil avval Xorazmdan haydalgan urganjilar tomonidan bunyod etilgan. Binobarin, qişloq markazidagi eng körkam va gavjum şohköçaning Urganjilar deb atalişi bejiz emas. Pirmas rödi esa öz zamonasining buyuk avliyolaridan biri bölmiş hazrati Pirmast buvamizning, — ul zoti şarifimizdan Alloh rozi bölsin, — muborak nomlari bilan atalgan.

Ha-ya, Qörğon bizning boğimizga tutaş. Boğimizni ötgan asrning 50-yillarida otam öz qöllari bilan bunyod etgan. Hali-hanuz boğ gurkirab-yaşnab hosil berayotir. Lekin, afsus, ming afsuski, meva-çevalari goh talx, goho turş. Hatto, olmalar ham…

E voh, Buxoroyi şarifimizni donişmand laylaklarimiz tark etganlaridek, jonajon Ğişti-Behiştimizga qadrdon kökqarğalarimizning ham kelmay qöyganiga, mana, neça ön yillar böpketdi-ya!..

Şukur, biz kördik. Lekin, bugungi ğiştilik-behiştilik yigit-qizlarga möʼjizavor kökqarğani körmoq nasib etmadi.

At-ta-a-ang!..

Şöro binosi röparasidagi katta yöl böyidan boşlanguvçi ot arava yurgili tikka örlagan nişablikdan Qörğonga kötarilar edik. Nişablikning, çamasi, uçdan biriga yetgan joyning öng tomonida muhtaşam gumbazli sağana bölardi. Sa-ğa-na!.. Uning gumbaziga qadim ötmişimizdan köp qonli keçmişlarni sassiz-sadosiz söylaguvçi ajabtovur tuğ qadalgan edi. Bola kezlarimda, keyinçalik öquvçilik yillarimda ham, asosan seşanba kunining şom namozidan avvalroq onam ikkalamiz bir neça bor ziyoratga borganlarimizni hali-hanuz yaxşi eslayman.

— Ajabki, onamning seşanba kuniga eʼtiborlarimi, mehrlari boşqaça edi: “Hamma kun ham Xudoning kuni, — der edilar onaginam. — Lekin bugun — bibi Seşanba kuni. Bibi Seşanba kunida öqilgan movlud, xatmi-xudoyining xayri barokati, har qanday yaxşi amallarning savobi boşqaça böladi. Yur, Töxtajon?..”

Ana keyin, Sağanaga röpara bölişlari bilan, onamning: “Assa-lomu alaykum!..” deb şivirlaganlarini eşitayotib, quloqlarimni ding qilardim. Onaginamning, azizgina ruhi pok­lari to abad, Qiyomat-qoyimda ham Jannatning eng gözal boğlarida, Xudoyimning ardoğida özimizning ötmiş jonu jigarlarimizning, xususan va yana xususan, otajonimning azizgina ruhi poklari bilan birga-birga birgalikda benihoya yayrab yaşnasinlar. Omi-i-in!.. — lab­lari tinmay şivirlardi-yu, lekin men nimalar deya tavallo qilayotganlarini aniq-tiniq eşitolmay,   doğda qolardim. Va, öşa alpoz, Sağana atrofini bir aylanganimizdan söng, odamböyi eşikçasidan içkariga kirardik.

Içkari deganimiz — eniga ikki yarim-uç gaz, böyi ham, nazarim-da, öşandan köp emas edi. Onam, erinmay, hafsala bilan möntiq supirgiça bilan içkarini supirardilar. Keyin, quyoşçiqar tarafdagi burçakka bir qariçça höl navdaga paxta öralib, rosa moy şimdirilgan bir juft şamni, bizgaça kimlardir yoqqan şamlar yoniga örnatgaç, yana dil-dillaridan nimalarnidir mayin-mayin şivirlagan köyi, bir-bir gugurt çaqib, şamlarni yoqar edilar. Biz — ona-bola, şamlarning yonib ado bölişini kutmay, sarhovuz tomonlarda quşlarning oqşom bazmlari ayni avj olayotgan, yeru osmon şomning nimtatir qoronğiligiga asta çulğanayotgan mahalda uyga yöl olar edik.

Nihoyat, mavridi keldi, endi men köng­limdagi taxminimni oşkora qayd etay: onam ikkalamiz ziyoratiga borgan Sağana — aslida, hazrati Pirmast buvamizning muborak maqbaralari bölgan. Binobarin, bir zamonlar happozi — obboziga öç yoş-yalanglarni bağrida benihoya, beminnat yayratib-yaşnatgan rödimizning Pirmas atalganligi ham ayni haqiqatga yaqindir.

Tavba… tavba, öylasangiz, birdan tomirlaringizda qoningiz köpirib-toşib, naq miyangizga uradi-ya!.. Töğri-da, Şöro yillarida mamlakatdagi jami maçitlar yigirma-yigirma beştaga yetar-yetmas edi. Lekin, — vo ajab! — öğirlik deyarli yöq edi… Kazzoblik yöq edi… Tuğib-böğişlaru biğillabgina yiğlay-yiğlay jon berayotgan tirsakböyi odamçani hojatxonalarga uloqtirib qoçişlar yöq edi… Ön gulidan hali bir guli ham oçilmagan, lekin allaqaçon gajak zulflari şaftolirang yonoqlari uzra layliyona tözğigan, — yo Xudo-o-o! — halitdan çak-çakni qoqqan öquvçi qaqajonlarning nozikkina bir joylariga jimitday-jimitday qisqiçlar qistirtirayotganlari… Uf-f-f!.. Tavba-a!.. Astağfirullo-o-oh!.. Baridan battarroği, hatto, Vatan xoinligidan ham dahşatliroği — Davlat xazinasining, xususan, kelajak taraqqiyotimizning kuşandasi laʼnati köçirmakaşlik deganingiz ilğor ğoyalar ruhida kamol topayotgan bölajak olimlarning yetti uxlab tuşlariga ham kirmas edi. Yöq, aslo!.. Biroq keyingi öttiz yillarda — demak, mus­taqillik yillarida, Sulaymon öldi-yu, devlar qutildi, deganlaridek, maçitlarimiz mingdan oşdi. Agar… agar undan-da köproq bölmasa!..

Şukur, köz tegmasin, bari — purviqor, bari — mahobatli; qarasangiz, döppingizga qöşilib, huşingiz boşingizdan uçadi!.. Juma namozi, ayniqsa, muborak hayit bayram kunlarining bomdod namozlari çoğida maçitlarga odam siğmay, yöl va yölaklarga joynamoz töşagan ming-ming namozxonlarni körib, lab­laringizga uçuq toşadi. Göyo… özbekning endi-endi emaklay boşlagan çurvaqasidan to yotsa-tursa göri lahadi bot-bot köziga körinaveradigan ramaqdajon bobosigaça namozxon.

Xöş, madomiki hamma namozxon ekan, nega… nima uçun öğrilaru kazzoblar, imonsiz köçirmakaşlaru zaru zevarlarga öç xonimçalar bahor yomğiridan keyingi göngzamburuğday köpaygandan köpayayaptilar?.. Nima, qonunlar işlamayaptimi yo qonun ijrosini nazorat qiluvçilarning çalasavod arbobçalarning özlari kazzobmi?.. Afsuski, bunday haqli, bunday öjar savolga javob bitta: aytsam   öldirurlar, aytmasam ölam!..

Uşbu nogahoniy alamli fikr-mulohazalarimning boisi şuki, ötgan asrning 30-yillaridagi öta şafqatsiz qatağon kulfatlaridan, Ikkinçi jahon uruşining dahşatli qimmatçilik-qahatçilik yillaridan omon qolgan, 500 yillar davomida Qörğonimizga uluğvor salobat, ilohiy bir körk bağişlagan, eng asosiysi — imonimiz butligining timsoli bölmiş öşanday Sağana, ne alamki, yaqin ön yillarning nari-berisida görsöxta birov nafsining qurboni böpti. Astağfirulloh, Sağana-ya!.. Bizga öz Pirmasimizday, öz sarhovuzimizday qadrdon Sağananing ğiştlari talon-toroj qilinib, yer bilan yakson etilganligini noxos körayotganimda, birdan çakagim söljaygança, tang qotib, yoqamni uşlaganman: yo alhaza-a-ar!

Essiz Sağana-ya!

Essizgina imonimiza-a!!.

Vahşiylarça gumdon qilingan Sağanadan taxminan 500 qadamlarça narida, Qörğonning teng örtasida — eng baland tepalikda — böyi salkam beş gazlarça keladigan çordevor bölardi. Albatta, vaqtiyi zamonida kattaroq bir mehmonxonaday joyni egallagan çordevorning usti yopiğliq bölgan. Va u öz zamonasining töqsaboyu zobitlarining maşvaratxonasi — genştabi — vazifasini ötagan. Lekin bizning davrda — ötgan asrning 50-55-yillarigaça, balki, undan-da avvalroqdir, tomi köçirilgan… Devğiştdan kötarilgan keng devorlarining esa endi-endi u yer-bu yerigina, — axir, oradan 500 yillar ötgana-a! — zaxa yeya boşlagan, — ammo yaqin kelajakdagi yebtöymas yuholariyu imonsizlari tomonidan hali ğiştlari talon-toroj qilinmagan edi.

* * *

Öşa öspirinlik yillarimda erişgan haqiqatlarimdan yana biri şuki, Ğişti-Behiştimizning möʼtabar Qörğoni nafaqat ğiştilik-behiştiliklarning, balki, tasbeh donalariday bir-birlariga tutaş atrof-tevarakdagi közu qoşday qişloqlar yoşu qarisi, ayolu erkagining ham ğururi va iftixori timsoli edi. Jumladan, özimizning jöşib, mavjlanib, qirğoqlarini yemirguday pişqirib-şarqirab oqqan Zarafşonimiz ham!..

E voh, ming voh, olis ötmiş-keçmiş gözalliklarni bugun köz önggingizda oydin oyday tasavvur qilayotib öylasangiz, yurak-bağringiz şilinguday beayov açişib oğriydi… Albatta, oğriydi-da!.. Axir, öşanday purviqor Qörğonimiz yillar şamoliyu yoğin-soçinida çöka-çöka, yemrila-yemrila bugunlikda böyçanroq bir odamning böyidan sal balandroq ayançli bir tepalikka evrilipti. Zarafşonimizni aytmaysizmi?!. Yo Xudo, yaqin ötmişdagina dillarga hayajonu harorat solib oqqan jonajon Zarafşonimiz esa özanida arang jildirab oqayotgan irmoqning ayni özginasi böp qopti.

Olis talabalik yillarimizning avji saraton kunlari poytaxtning kuyindi islarga töla, dimiqqan havosidan könglimiz aynib, qiyomatli dilkaş-dardkaşini qömsagan jafokaşday Qörğonimizni, Pirmasimizni, — Pirmasimiz kabi allaqaçonlar kömilib ketgan, — Qalqonu Sultonrabotimizni, bemalol, beminnat Zarafşonimizni soğina-soğina, yelib-uçib borganlarimizni eslasam, qöqqis yölini yöqotgan qalandarday beixtiyor iç-­içimdan çingsib, boşimni behud çayqayveraman… çayqayveraman: yo Xudo-jon, rahmdilimizsan-ku?!.

Ammo ne tongki, taskin yöq, tasalli yöq — yaʼni, dodgöy bor-u, dodxoh yöq. Bir zamonlar Uvaysiy onamiz nola çekkanlaridek: “Ajab zamon öldi — kim yaxşi ersa, yomon öldi”.

… Dunyo donişmandlarining yakdillik bilan taʼkidlaşlariça, Vatan — avvalo, xalq va axloq, degani. Men ana öşa bir-birlariga jonfido — bir-birlariga himmatli, muruvvatli, öta mehrliyu oqibatli; beayov, beomon uruşning qirğinbarot yillarida tiş-tirnoğigaça qurollangan bosqinçi nemis fa­şistlari ustidan uzil-kesil ĞALABA qozonib, qonxör gazandalarning Reyxstagiga ğalaba bayroğini tikkan qahramon xalqimizga munosib bölişni öziga şaraf bilgan avlod vakiliman. Men, öşa — özim bilgan soddadil, samimiy, bir-birlariga jonfido, axloqi yuksak, qahramon xalqimning maftuniman, quliman…

… Öşa-öşa, katta adabiyot olami sari Çöğolondan boşlangan sirli-sehrli söqmoq men uçun ham qadrdon, men uçun ham aziz. Behazil!.. Ha-da, Muhammad Salom — könglimda adabiyotga… özimning çin adabiyotimga sönmas mehr ötini alangalatgan ilk ustozim. Ustozning dastlabki “Keçirim”, “Sevgi tori” kitob­larini havaslanib öqiganlarim, kitoblarining muqovalarini oşiq yigit maʼşuqasining sölim soçlarini mayin-mayin silagani kabi, entika-entika silaganlarim hozirgiday yodimda.

Agar… agar öşa favqulodda ajabtovur havas könglimda mavj urmaganida, “Oppoq tong”, “Yorongul”, “Möʼjiza”, “Çiğiriq”, “Bayram”, “Baxt quşi”, “Tantana”, “Ikki olam aro” nomli hikoya va qissalar hamda munoqaşa kabi önlab kitoblarim, “Tuhmat” nomli romanim yozilmasmidi… Agar… agar milliy maʼrifatimiz fidoyisi — jonajon maktabimiz direktori Boboyor Rahmatovning aziz ruhi pok­lariga, otalarining-onalariningda aziz ruhi poklariga Allohimning beadad, behisob rahmatlari yoğilsin — dunyosining olis, çekka bir qişloğidan borib, olamjahonga dong taratgan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining eng aʼloçi talabalaridan biri bölolgan Komiljon Muqimovni beş yuz nafardan köproq bir maktab öquvçiga qizğin iftixor ila köz-közlamaganlarida, könglimizda çinakam bilimga sönmas mehr mavj urarmidi.

Hay, bilmadimo-ov!..

Ha-ya, öşa tarixiy uçraşuv — özimizning qişloqdoşimiz, barçamizning birday qadrdonimiz — navqiron talabaning ham köngliga ança-munça şarafli masʼuliyat hissini jo qilgan ekanmi, ana, bugunlikda Komiljon akamiz özbek milliy Nanotexnologiyasining asos­çisi, maşhur fizika-matematika fanlari doktori, atoqli professor, Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi.

Xullas, mana, çin havasu ibratning bemisl, beqiyos yaratuvçanlik kuçiyu qudratining olamşumul samarasi.

Yaşasin havas, yaşasin ibrat!..

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan