Xalq munosib va kuçli lider uçun ovoz berdi

Mamlakatimizda muqobillik asosida ötgan Prezident saylovi kampaniyasi ham öz nihoyasiga yetdi. Mazkur siyosiy jarayon xalqimizning kayfiyati, işonçi kötarinki ekanini, birdamlik, hamjihatlik tuyğusi baland ekanini körsatdi. Eng muhimi, heç kim saylovga befarq emasligiga guvoh böldik. Bu köpmillatli Özbekiston xalqi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan içki va taşqi siyo­satni, amalga oşirilayotgan tub demokratik islohotlarni qöllab-quvvatlayotganining amaldagi namoyişi böldi.

Albatta, yurtimizda ötkazilayotgan keng kölamli islohotlar, özgarişlar natijasida odamlarimizda erkin fikrlaş, u yoki bu qarorlarga, voqelikka erkin mustaqil munosabat bildiriş, mustaqil tanlov qila oliş imkoniyati tobora kuçayib borayotgani quvonçli. Haqiqatan ham 2017 yildan boşlab Özbekiston içki va taşqi siyosatida keskin özgarişlar şabadasi esa boşladi. Iqtisodiyot erkinlaşdi, valyuta konvertatsiyasi erkin amalga oşirila boşladi, matbuot va vij­don erkinligiga keng yöl oçildi, fuqarolarning huquqiy ongi va bilimlarini oşiriş ustuvor vazifaga aylandi. Aynan taşqi siyosat sohasida mamlakatimizda oxirgi beş yilda zalvorli yutuqlarga erişildi. Birinçi navbatda yaqin qöşnilarimiz bilan qadimiy döstlik munosabatlarimizni qayta tiklaş, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalarimizni mustahkamlaş, xalqaro taşkilotlarda Özbekiston örnini sezilarli darajada kötarişga erişildi. Özbekiston YEOIIga kuzatuvçi maqomida kirgan bölsa, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga tölaqonli aʼzo böldi. Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Keyingi 5 yilda Özbekistonda OAVni erkinlaştiriş jarayonlarini kuzatiş davomida uşbu jarayonlar jadallaşganligi va ijobiy xarakterga ega bölayotganligini köriş mumkin. Eng avvalo, söz erkinligini taʼminlaş böyiça qonunçilik bazasi takomillaştirildi va keyingi 5 yilda 12 ta qonun hujjatlari, jumladan, 2018 yil aprelda Özbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi Qonuniga qator özgartişlar kiritildi. Şuningdek, 2017 yil 11 avgustda Özbekiston Respub­likasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boşqaruvni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi va 2019 yil 2 fevralda “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonlari qabul qilindi.

OAV – bugun haqiqiy xalq ovozi, törtinçi hokimiyatga aylanib bormoqda. Balki hali bu sohalarda ustuvor deb bilgan barça marralarga erişganimiz yöqdir, lekin erişgan yutuqlarni aslo inkor etiş mumkin emas. Axir, bir neça yil ilgari ham OAV sohasidagi raqobatni kuzatmasdik. Bugun jurnalistlar qatorida ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari ham axborot makonida qattiq raqobat olib borişmoqda. Agar 2019 yilda davlat va nodav­lat taşkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari – rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani taşkil etgan bölsa, 2021 yilda bu raqam 2410 taga yetdi.

Hozirgi vaqtda internet jurnalistikasi hayotimizga tobora çuqur kirib bormoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1893 ta ommaviy axborot vositasidan 638 tasi yoki 33,7 foizi internet naşrlari – veb-saytlar sifatida röyxatdan ötgan. Şu örinda, mamlakatimizda söz va matbuot erkinligini taʼminlaş maqsadida ommaviy axborot vositalarini röyxatdan ötkazişda barça jarayonlar inson omilisiz, elektron şaklda amalga oşirilayotgani bu yöldagi yana bir muhim qadam bölganini qayd etiş zarur.

Sohada yuksak malakali kadrlar tayyorlaş masalasi ham doimiy eʼtibor markazida bölib kelmoqda. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti faoliyat körsatmoqda, şuningdek, Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat Jahon tillari universitetlarida, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Samarqand davlat çet tillari ins­titutida ham jurnalistika yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaş, ularning malakasini xorijiy davlatlarda oşiriş işlari yölga qöyilgan. Şubhasiz, matbuot va OAV erkinligi saylovlarning xolis, adolatli ötişini taʼminlaşga xizmat qildi.

Şubhasiz, bu safargi saylovlar oldingilaridan tubdan farq qiladi. Eng avvalo, Saylov kodeksiga kiritilgan özgartirişlar asosida saylov kuzning iliq kunlarida bölib ötgani xalqimizning könglidagi voqelik böldi. Qahraton qiş — dekabr oyidan köra, quyoş tafti bor kunlarda saylovning ötkazilişi hamma uçun – saylovçilar, saylanuvçilar, saylovlarni taşkil etuvçilar uçun ham juda qulaylik yaratdi. Muhim siyosiy kampaniya butkul yangiça siyosiy muhitda, yangi saylov kodeksi asosida ötdi. Saylovdagi faollik yuqorida aytganimizdek, ibratli keçdi. Saylovçilar bilan uçraşuvlarda, tarğibot tadbirlari va turli aksiyalarda yoşu-qari, erkagu ayollar birdek faol böldi. Markaziy saylov komissiyasi bayonotiga tayangan holda aytadigan bölsak, Özbekiston Prezidenti saylovida mamlakat bö­yiça saylovda iştirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafar kişini yoki saylovçilarning 80,8 foizini taşkil etdi. Prezident saylovi munosabati bilan respublikaning diplomatik vakolatxonalari joylaşgan mamlakatlarda 54 ta saylov uçastkasi taşkil etildi. Şuningdek, uşbu mamlakatlarning 128 şahrida, Özbekiston vakolatxonalari bölmagan 11 mamlakatda 316 ta muddatidan oldin ovoz beriş köçma nuqtalari faoliyat yuritdi. Şubhasiz, adolat va oşkoralik tamoyillariga amal qiliş nuqtai nazaridan Özbekistonda ötkazilgan Prezident saylovi eng yuqori xalqaro meʼyor va normalarga javob beradi. Saylovda iştirok etuvçilar sonining har doimgidan oşganligi aholining mavjud siyosatdan roziligining alomati hisob­lanadi. Yangi saylovçilar – yoşlar va yangi fuqarolik olganlar ham islohotlar davom etişidan manfaatdorlar. Saylov jarayonlarini kuzatar ekansiz, farzand­larini yetaklab ovoz beriş uçun kelayotgan oilalar, kelin-kuyovlar, yoşlar va nuroniylarning közlarida hayo­tidan, turmuşidan rozilik, taqdiriga bölgan işonç, baxtiyorlikni kördim.

Jamiyatning ustuni bölgan öqituvçilarimiz, pedagoglar ham öz kelajaklari uçun ovoz berişdi. Şaxsan özim oliy taʼlim sohasi vakili bölganim uçun bu masalaga töxtalmaslikning imkoni yöq. Zero, taʼlim va tarbiya masalasi har qanday jamiyat rivojining ustuvor yönalişi sanaladi. Yurt farovonligi albatta taʼlimning qançalik rivojlanganligiga boğliq. Xalqimizning asosiy tayançi va suyançi bölgan yoşlarga bilim berayotganimizdan, yuqori bilim va malakaga ega bölgan, raqobatdoş kadrlar tayyorlaşga yönaltirilgan oliy taʼlim sohasida mehnat   qilayotganimizdan faxrlanamiz. Darhaqiqat, keyingi beş yilda oliy taʼlimga qabul kvotasi 3 barobar oşirilib, joriy yilda 182 ming nafardan ziyod yoşlar uçun talaba böliş imkoniyati yaratildi va umumiy qamrov 4 yil avvalgi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi. Mamlakatimizda 2030 yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvçilarini oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasini 50 foizga yetkaziş rejasi bu borada yanada katta işlar amalga oşirilişini anglatadi. Eng eʼtiborlisi, oliy va örta-maxsus taʼlim sohasi vakillari majburiy mehnatdan ozod etildi, ularning oylik maoşlari 3-3,5 barobar oşirildi.

 

Muhim siyosiy jarayonda barça partiyalardan nomzodlar iştirok etdi. Har bir partiya özining bir-biridan farqlanuvçi ğoyaviy maqsadlarini taqdim etdi. Gender tenglikka rioya qilindi. Özbekiston XDP öz tarixida birinçi marta Prezidentlikka nomzod sifatida ayol kişini körsatdi. Tarğibot uçun teng imkoniyatlar berildi. OAV barça nomzodlarni teng rakursdan namoyiş etdi. Söz erkinligi muhiti kuzatildi, faol jamoat munozaralari internet va ijtimoiy tarmoqlarda olib borildi. Yurtimizda birinçi marta debatlarning ikkita raundi ötkazildi.   Mahalliy va xorijiy kuzatuvçilar jiddiy qonunbuzarliklar bölmaganini eʼtirof etişdi. 1000 dan ortiq xalqaro kuzatuvçining qatnaşganligi adolat va qonuniylikni taʼminlaşda qöl keldi.

 

Saylovçi esa mamlakatdagi barqarorlik, ommabop islohotlar davomiyligi, qöşni davlatlar bilan döstona munosabatlar va çuqur öylangan taşqi siyosat, milliy qad­riyatlar va eng muhimi, kuçli lider uçun ovoz berdi. Ular kommunistik yoki feodal ötmiş, fakt va raqamlarga tayanmagan populistik çaqiriqlarga qöşilmadi.

Bu nimaning belgisi? Gap şundaki, sönggi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida Özbekistonda jamiyat hayotining barça sohalarida amalga oşirilgan izçil va tizimli islohotlar natijasida oçiq va erkin, muqobillik asosidagi saylovlar ötkazişga muvaffaq böldik. Xalq hokimiyatini mustahkamlaş, saylov tizimini erkinlaştiriş, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini oşiriş borasida misli körilmagan çora-tadbirlar hayotga tatbiq etildi. Bir söz bilan aytganda, islohotlar natijasida mamlakatimizda ijtimoiy davlat quriş borasida ulkan natijalar qölga kiritildi, yurtimizda mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy muhit şakllandi. Yangilaniş­lar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, şahar, tuman, qiş­loq va mahalla qolmadi, desam, adaşmagan bölaman. Bugun jonajon Özbekistonimiz ulkan imkoniyat va amaliy işlar mamlakatiga aylanib bormoqda.

Keyingi yillardagi özgariş­larni butun jahon eʼtirof etmoqda. Yaşirişning hojati yöq, çet elliklar unça-munçaga maqtayvermaydi. Yangilanayotgan Özbekistondagi özgarişlarni ularki eʼtirof etayaptimi, demak bundan bir neça yillar avval boşlangan islohotlar natijadorligi hatto çet ellik­lar nazariga ham tuşib ulgurdi. Yutuqlarni, mavjud jarayonni boriça gapirdi ular. Pandemiyadek öta murakkab va sinovli bir davrda Yevropaning mana-man degan davlatlarida iş örinlari keskin qisqarmoqda. Demakki, oddiy odamlarning non topiş imkoniyati kamaymoqda. Bizda-çi?

Ötgan beş yil mamlakat hayotini, ongu tafakkurimizni butkul özgartirib yubordi. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy jabhalarda jadal yangilaniş jarayonlari keçmoqda. Odamlar haq-huquqlarini tanişi, talab qilişi, şuning barobarida fuqarolik majburiyatlarini anglaşi, fikrini emin-erkin ifoda qilişi uçun şaroit yaratildi. Xalqni öylantirayotgan muammolar tölib-toşib yotgani yaşirib ötirilmadi. Ayol va qizlar, nuroniylar, yoşlarga oid masalalarga eng ustuvor vazifa sifatida yondaşilmoqda. Biror-bir yilt etgan, xalqimizning könglini kötargan, unga taskin bölgan yangilik, ezgulik, xayrli, amaliy taşabbus borki, bari odamlar, köpçilik, butun hamyurtlarimiz bilan bamaslahat tarzda joriy etilmoqda. Adaşganlarga, turli yolğon ğoyalarga uçib, yer kurrasining olovli nuqtalariga borib qolganlarga, ularning oilalari, norasida va begunoh farzandlariga bir emas qayta-qayta rostmana mehr körsatilmoqda. Xatolarini anglaş, ularni töğrilaş uçun imkon berilmoqda. Oğir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar sabab çet mamlakatlarda non topiş ilinjida yurgan musofir hamyurtlarimiz öz holiga taşlab qöyilmayapti. Ularning oğirini yengil qiliş uçun hamma imkoniyatlar işga solin­yapti.

Ha, bugun mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöşganlar ham, oddiy odamlar ham, muşkul ahvolga tuşib qolganlaru xato yölga kirganlarga ham eʼtibor körsatilmoqda. Heç kim mehrdan benasib qolmayapti. Bir oilani, rözğorni risoladagidek boşqariş, barini badastir etiş, yana tartib-intizom, odamgarçilik, insoniylik, özlikni unutmaslik oson emas.

Yoşi uluğlarimiz har kuni das­turxon atrofida mamlakat yetakçisini, yurtga rizq berayotgan dehqonu mirişkorlarni, xalqimizni, jonajon Özbekistonimizni Yaratgan öz panohida asrasin, deb duo qilişdan çarçaşmaydi. Ezgu tilaklarda hikmat köpligi bugungidek munavvar kunlarda yanada teran bilinar ekan.

Ahamiyatlisi, munosib nomzod uçun berilgan har bir ovoz zamirida xalqimizning xohiş-irodasi, orzu maqsadlarining ifodasi yaşaydi. Saylovda yoşlarning faol iştiroki, ularning öz siyosiy va huquqiy madaniyatini namoyiş etganlari yoş avlod qalbida ona yurt taqdiriga daxldorlik hissi jöş urayotganining yaqqol namunasi böldi. Saylovning tarixiy ahamiyati ham şundaki, xalqimiz qalban birlaşib, hamjihatlik bilan öz taqdiri, farzandlari kelajagi, oilasi farovonligi, eng asosiysi yurtimiz taqdiriga befarq emasligimizni namoyiş etdi. Bu jannatmonand makonda yaşayotgan har bir vatandoşimizning ovozi, xohiş-­irodasi muhim ekanini, insonning qadr-qimmati, manfaatlari ustuvor bölganini yaqqol körsatib bergan saylov — huquq va erkinliklarimizning yuksak tantanasidir.

Ismoil SAIFNAZAROV,

falsafa fanlari doktori,

TDIU professori

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan