Ğöbdintoğ Marjonbuloği
Toşkent tomonga yöl olgan kişi borki, Samarqanddan ötgandan söng ob-havoning özgarganini darrov sezadi. Çunki siz şu paytda meridian çiziqlari kesişgan Ğallaorol tumaniga kirib kelasiz. Nurotaning tuya örkaçli tizma toğlari hamda Ğöbdin toğlari bilan öralgan Ğallaorol özining tabiati, yeri, iqlimi jihatidan mamlakatimizda alohida örin tutadi.
Ğallaorol zamini asosan daştdan, yaʼni suğorilmaydigan yerlardan iborat. Lekin bu zaminda yerosti xazinasi beqiyos. Tumandagi “Marjonbuloq” oltin koni mamlakatimizga eng yuqori sifatli oltin yetkazib beradi. Şuningdek, Qöytoş konlaridan qazib olingan volfram metali oddiy lampoçkadan tortib, kosmik raketalar yasalişida ham işlatiladi. Qolaversa, daştlarda yoyilib yurgan suruv-suruv qöylarining sanoği yöq. Xullas, Ğallaorolni sanoat, çorvaçilik, dehqonçilik tumani, desak yanglişmagan bölamiz.
Nurota toğ tizmalarining Ğöbdintoğ hududlarida 1955-1975 yillar mobaynida olib borilgan geologik-qidiruv işlari natijasida bu yerlarda istiqbolli oltin zaxiralari borligi aniqlangan. Öşa davrlarda respublikamizning birinçi rahbari bölgan Şarof Raşidov hududda sanoatni jadal surʼatlarda rivojlantiriş va oltin zaxiralarini özlaştiriş uçun “Marjonbuloq” koni va Marjonbuloq şahrini bunyod etişga asos solgan edi. Şundan buyon uşbu zaminda sanoat rivojlandi, köplab konçilar, metallurglar, geologu markşeyderlar yetişib çiqdi. Soha rivojiga munosib hissa qöşgan sanoat xodimlari avlodi şakllandi.
2002 yilda kon tarixida iz qoldiradigan voqea röy berdi. Hukumatimiz qarori bilan “Marjonbuloq” va “Zarmitan” konlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga ötkazildi. Işlab çiqarişga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy etildi, mutaxassislar malakasi oşirildi. Qariyb yigirma yildirki, “Marjonbuloq” oltin koni jamoasi davlatimiz xazinasi uçun muhim mahsulot – oltin işlab çiqarişda belgilangan rejalarni bajarib kelayapti.
“Marjonbuloq” koni oltin boyitiş sexi jamoasining işçanlik kayfiyatiga guvoh böldik. Sexda yigirma sakkiz yildan buyon gidrometallurg apparatçi sifatida mehnat qilib kelayotgan Saidnabi Asadullayev eʼtiborimizni tortdi. Jamoada hurmatga sazovor bu insonning şogirdlari ham köp ekan. Ular “Marjonbuloq” koni boşliği Elboy Xolmurodov, uçastka boşliği Bahrom Ahmedov, gidrometallurg apparatçilar Zafar Dulonov, Komil Hasanov, Egamberdi Qöldoşevlardir.
Sexda ötayotgan 2021 yilda oltin ajratib oliş davlat rejasi va maʼdanni qayta işlaş rejasi ortiği bilan uddalandi. Korxonada innovatsion rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilayotganligi, texnologik jarayonda işlatilayotgan reagentlar va asbob-uskunalarning özimizda işlab çiqarilayotganligi bois import mahsulotlarga bölgan ehtiyoj kamaydi. Pirovardida valyuta mablağlari tejaldi. Oxirgi ön yilda innovatsion işlanmalarning muvaffaqiyatli qöllanilişi iqtisodiy samaradorlikni 7 martaga oşirdi. Mahalliy mahsulotlarning qöllanilişi joriy yilning yakunida korxonada 15 milliard söm mablağning tejalişiga olib kelişi kutilmoqda.
Sulfidli maʼdanlarni tarkibida organik ugleroddan imkon qadar tozalaş maqsadida 2018 yildan boşlab quritiş peçlarida flotokonsentrantning namlik darajasi pasaytirilib, söngra kuydiriş peçlariga ötkazilayotganligi yaxşi natija berayapti. Quritiş va kuydiriş jarayonlarida havoga çiqayotgan çanglarning miqdorini kamaytiriş borasida Navoiy davlat konçilik instituti olimlari bilan hamkorlikda çangni tutib qoluvçi skrubber işlab çiqildi. Yangi qurilma sinovdan muvaffaqiyatli ötgandan söng 4-gidrometallurgiya zavodida ham qöllanilmoqda.
Albatta, bunday yutuqlarning qölga kiritilişida jonkuyar va tajribali mutaxassislarning alohida örni bor. Ular maydalaş bölimi tegirmon maşinisti Tölqin Ravşanov, sanoat tajriba uçastkasi konsentratorçisi Habibullo Töxtayev, mexanika bölimi tokari Ötkir Abdiyev, payvandlovçi Abduraşid Abdulqosimov, çilangar Şuhrat Izbosarov va elektrçilangar Lutfillo Pardayevlardir.
“Marjonbuloq” koni oltin boyitiş sexining bir maromda işlaşi korxonaga maʼdanning öz vaqtida yetkazib berilişiga boğliq.
– Işlab çiqarişda şunday maromni taʼminlaş uçun konning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga katta eʼtibor qaratilmoqda, — deydi “Marjonbuloq” koni boşliğining umumiy masalalari böyiça örinbosari Şirinboy Mamatov. — Jumladan, 2020 yilda 10 ta “BelAZ” avtoağdargiçi, 2 ta “Isuzi” avtobusi, önga yaqin turli yengil transport vositalari keltirilganligi iş unumdorligini sezilarli darajada oşiriş imkonini berdi.
Konda 5 kubometrlik ekskavatorni mohirlik bilan boşqarayotgan maşinist Neʼmatillo Jabborovni suhbatga tortdik. U kişi bir neça yildirki, şu kasbda işlab, mehnati tufayli baxt topayotganligi, oilasi farovonligini ğururlanib gapirdi. Bu jarayonni kuzatib turgan “BelAZ” avtoağdargiçi haydovçilari Samandar Ismatov va Asliddin Islomovlar yangi texnikalarning afzalliklari haqida sözlab berişdi.
Ha, şunday. Jizzaxning keng adirlariyu purviqor toğlari orasida joylaşgan sanoat korxonalarida tunu kun faoliyat yuritib, davlat xazinasiga öz uluşlarini qöşayotganlarning har bir kuni fidokorona mehnat bilan ötayapti. “Marjonbuloq” konida mehnat qilayotgan 1,5 ming nafarga yaqin konçilarning kelgusidagi rejalari uluğ. Jamoa ana şu rejalarni röyobga çiqariş yölida astoydil izlanyapti, mehnat qilyapti.
Azamat ZARIPOV,
jurnalist
