Tavalloning iztiroblari
Uning jismi va hayotini içkilik emas, balki millat ğam-taşvişi abgor qilgandi. Çunki millat taraqqiyotdan orqada qolgan, bor taşvişi kun körişdangina iborat bölgan avom boşida mustamlakaçilik qiliçi öynamoqda edi. Şunday tahlikali vaziyatda ham millati dardiga darmon bölişni istab, hayotini xavf-xatarda ötkazgan inson şoir Tavallo edi…
Tavallo taxallusi bilan ijod qilgan Tölagan Xöjamiyorov 1883 yili Toşkentning Kökça dahasida tuğilgan edi. Uning hayoti oq va qizil mustamlakaçilik hukm surgan davrga töğri kelgani bois, azob-uqubatlar bilan ötdi. Tavallo öziga töq, mulkdor otasi Xöjamiyor Jiyanboyevning yer-suvidan foydalanib, savdo taşvişlari bilan hayotini ötkazişi ham mumkin edi.Şu tarzda umri boyvaççalarnikidek ötmasa-da, örtahol zamondoşlariniki kabi bir maromda keçgan bölardi.Ammo Yaratgan Egam unga tuğma ijodiy qobiliyat tuhfa qilgan edi. Ijodga oşnolik, xalq hayotiga yaqinlik esa ijtimoiy turmuşga faol aralaşişga undadi. Qorasoç, qöyköz, böyi ança past, atigi bir yarim metr bölgan bu inson fidoyi bölmaganida, balki umri kuzatuv ostida ötmas, 1938 yilda otilib ham ketmasdi.
Tölagan Xöjamiyorov dastlab eski maktabda, keyin “Beklarbegi” madrasasida, rus-tuzem maktabida tahsil oladi. Oldiniga Toşkentdagi bir fabrikantning qölida, 1900 yildan esa otasining maslahati bilan Prjevalskga borib bir tadbirkor tanişining qölida işlaydi. Rus tilini mukammal örganadi, tijorat va hayot saboqlarini oladi. 1909 yilda otasi vafot etgani sababli Toşkentga qaytib keladi. Bu paytlar XX-asr boşida çor mustamlakaçiligi asoratidagi ölkalarda milliy uyğoniş kuçayayotgan davr edi. Aql-idrokli hammaslaklari bölgan Munavvar qori, Husanxöja Dadaxöjayev, Saidabdullo Saidazimboyev, Komilbek Norbekov, Yusuf Saryomiy, Abdulla Avloniylar bilan Tölagan ham imperiya çangalidan ozod bölişga imkoniyat yuzaga kelayotganini sezib, turli naşriyot, gazeta, jamiyatlar tuziş orqali avomni “uyqudan uyğotiş”ga intildi.
Bu orada Russiyada 1917 yil oktyabridagi davlat töntarişi bölib, mustamlakaçilik bolşeviklar tusidagi qizil rangga özgardi xolos. Şunday bölsa-da, Tavallo yoşlarning maʼrifatli bölişini istab, 1918 yilda Toşkentda yangi maktab taşkil etişga boş böladi. Şuningdek, öz mahallasida kambağalxona taşkil qilib, davr sabab oç-nahor, yetim-yesir bölib qolganlarga oziq-ovqat, kiyim boş tarqatişgayam harakat qildi. Bu paytda Tavallo bolşeviklarning mustamlakaçiligi avjiga çiqayotganligidan doim zorlanardi. Bu holatni “avom xalq özaro nifoq va qörqoqlik orqasidan xor-zor, qizillarga tutqun böldi. Biroq bir kuni sabr kosasi töladi” deya baholardi. Tavallo yaratgan şeʼrlarda uning öşa vaqtdagi kayfiyati yaqqol seziladi:
Şunça Turkiston elinda nodon ahli köb vale,
Nosih ölmas ersalar, aqli rasolardin nasud?!
Şoirni ayniqsa, millatning ertasi öylantirib, şu fikrlar asnosida muxammaslar bitdi.
Ey qölum, pul tutma heç, millatga yordamlaşmasang,
Bölma xuşnud, ey dilim, millat ğamin ğamlaşmasang,
Ravşan ölma, ey közum, yoşing tökub namlaşmasang,
Fikrim, oçilma, agar şeʼring yozib, hamlaşmasang,
Çiq içimdan, jonim, ey, san manga hamdamlaşmasang…
Boşqa bir şeʼrida esa kinoya bilan qoloqlikni aççiq hajv qilib ötadi:
Yovrupo ahli, siz quloq solingiz,
Biz hunarlar yozib tonuştiramiz.
Kelturing zapnburak, qurol neça xil,
Bizni sopqon ila otuştiramiz.
Aftomobi, arobangiz qayda,
Höqand arba bilan çopuştiramiz.
Biz bilurmiz, siz töğri sözni quli,
Lek biz yalğonlar qotuştiramiz.
Döstni duşman edub, solib iğvo,
Gap toşub örtaga çoquştiramiz.
Qölda bidʼat maromnomasi bor,
Kim yaqin kelsa, biz yopuştiramiz…
Bu albatta qadimçilardek jadid taraqqiyparvarlarga tösiq bölgan toifaga kinoya tarzida bitilgan.
Millat dardi bilan yaşagan şoir boşqa xalqlar bilan ham döstona munosabatlar tarafdori edi. Xususan, ruslar orasida ham döstlari köp bölib, özbek va rus tillari uyğunligida ğazal ham yozgan edi.
Maʼlumki, rus tili fonetik xususiyatiga köra, aruz qonunlariga böysunmaydi. Biroq Tavallo buni ham uddalab, “Vot şeʼr” sarlavhasi bilan “Muştum” jurnalining 1928 yil 3-sonida çop ettiradi:
“Muştum” çiroğim, söyla-çi: kak tы pojivayeş?
Har kimni sökib, sam sebe duşman najivayeş.
Tekkanga tegib, tegmasa şutiş, poçemu tak?
Xullas, jim ötir, munça vsegda zadevayeş
Yesli popadet senga birov mulla qilursan,
Har qanday asov bölsa-da, uzda nadevayeş.
Bir kun çiqasan çyornыy kiyib, ertaga boşqa,
Otkuda çopon haftada nadevayeş?
“Muştum”ga murojaat şaklida yozilgan uşbu bitik öşa vaqtda katta şov-şuvlarga sabab bölgan. Ayrim körolmaslar esa Tölagan içkilikka berilganidan şunday şeʼrlar yoza boşladi, deya gap tarqatişadi. Uning içkilikka berilişi aslida 1931 yilda öğli Mahmudning vafotidan söng bölgandi. Maqsud, Sanobar va Rahbar ismli farzandlari esa otasining dardini anglaşardi. Ammo tabiatan intiluvçan, ğayratli Tavallo xatarli vaziyatlarda ham millat haqida qayğurardi. Ana şu qayğu-alamlar Tavalloni 1937 yilning sentyabrida qatağon domiga tortdi. Natijada unga “xalq duşmani” deya soxta, töqima ayblov qöyilib, öşa yilning 10 noyabrida NKVD uçligi Tavalloni otib öldirdi.
Tavallodan turli janrlarda yozilgan yuzga yaqin şeʼr, jadid adibi degan nom meros bölib qolgan.
… Xorazmning Gurlan tumanilik şoir Tursunboy Karimov 1980 yillarda tuman kino idorasi rahbari sifatida Toşkentga borganida, u yerda Tavalloni tanigan-bilgan qariyalardan yozib olgan şeʼrlarni öqib, jadid adabiyoti namoyandasining hajv yösinida aşʼorlar bitganiga amin bölasiz. Uşbu şeʼrlar hali heç bir naşrda yoritilmagan bölib, Tavalloning hajv yöli bilan taraqqiyotdan ortda qolmaslikka, maʼrifatli, şijoatli bölişga zamondoşlarini undaganini anglaymiz:
Toşkentda köp istirohat boğimiz,
Heç kelişmas anga borib bizning sayr etmoğimiz,
Yoz fasli oq badanlar oq kiyimlar kiysalar,
Paxtalikni taşlamay, yelkaga çiqqan yoğimiz.
Uç qavat kamzulning ustidan yana bir
Kattakon boğlabon mahkam qilib sakkiz quloç belboğimiz.
Skameyka uzra öltirsa neçalar rohat qilib,
Kavfşimiz loyi bilan biz ustida yotmoğimiz.
Öqiganingizdek, Tavallo jadid şoirlari kabi jamiyatda maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirişga, davrdoşlarini öz qobiğiga öralib, zamondan orqada qolmaslikka undab, kamçilik va nuqsonlar, muammolardan köz yummay, ularni hajv qilib şeʼrlar bitgan:
Ruslar otib bir zambarak,
Borlarni qildi bedarak.
Biz boğda çalib tar-tarak,
Sopqon otolmaymiz hanuz.
Ruslar uçsa osmon,
Maşinasi aeroplan.
Neçun bizlar tramvaydan
Yerga tuşolmaymiz hanuz?!
Bizlar katta narvon qöyib,
Tomdan tuşolmaymiz hanuz.
Yuqoridagi hajviy şeʼrlar, ehtimol,Tavalloni tanigan-bilgan insonlardan keyin umuman unutilib ketgandir? Balki şu boisdanmi, Tavalloning öşa şeʼrlari hanuzgaça tadqiqotçilar eʼtiboridan çetda qolib ketmoqda.
Umuman, Tavalloning ijodiy merosini örganiş jadid adabiyoti xazinasini töldirişga, qolaversa, mustamlakaçilik davri qurbonlarining ruhini şod qilişga sabab bölardi.
Umid BEKMUXAMMAD
