Baxtga qarşi otilgan öq

Isteʼdodli muharrir va adib Anqaboy Xudoybaxtov nega 35 yoşida otib taşlangan edi?

Mamlakatimizda milliy matbuot, adabiyot, madaniyat sohalarining rivojlanişida muhim örin tutgan “Zarafşon” gazetasi çop etila boşlaganiga joriy yilda 110 yil töldi. Şu sana munosabati bilan gazeta sahifalarida naşrning bosib ötgan şonli tarixiy yöli, tahririyatda faoliyat olib borgan ijodkorlar haqida qator maqolalar, tadqiqotlar eʼlon qilinmoqda. Ularning ayrimlari köp yillardan beri Farmon Toşev boş muharrirlik qilib kelayotgan tahririyat taşabbusi bilan “Zarafşon” gazetasi kutubxonasidan” turkumida kitob holida naşr etildi.    

Ana şunday risolalardan biri 2023 yilda “Sahhof” naşriyoti tomonidan çop etilgan “Anqaboy Xudoybaxtov kim edi?” töplamidir. Mazkur naşr ötgan asrning dolğali yigirmançi-öttizinçi yillarida Samarqandda yaşab ijod qilgan Anqaboy Xudoybaxtov hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi. A.Xudoybaxtovni “Zarafşon” bilan boğlaydigan jihat şundaki, u 1928 yildan adabiy-madaniy hayotda muhim örin tutgan gazetaga muharrirlik qilgan.

Şu örinda aytib ötiş lozim, joriy yilda Anqaboy Xudoybaxtov tavalludiga 120 yil töldi. U 1903 yilda Baxmal tumani Yumaloqboş qişloğida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 10-15 yoşlarida tumandagi maktab-internatda tarbiyalangan. 1926-1928 yillarda Moskvada jurnalist xodimlarni tayyorlaş  kursida öqigan. Şundan söng Özbekistonga qaytib, “Zarafşon”, “Işçi” gazetalarida muharrir, “Qizil Özbekiston” gazetasida bölim mudiri bölib işlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Samarqand viloyati bölimini boşqargan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi masʼul kotibi, SSSR Yozuvçilar uyuşmasi plenumi aʼzosi bölgan, Respublika radioeşittirişlar davlat qömitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. Mahoratli adib, dramaturg, adabiyotşunos, jurnalist sifatida samarali mehnat qilgan.

Ammo sobiq sovet tuzumining qatağon maşinasi Mömin Usmonov, Rahmat Majidiy, Qurbon Beregin, Otajon Hoşimov, Ziyo Saidov, Umarjon Ismoilov, Aʼzam Ayupov, Maşriq Yunusov – Elbek va boşqa öz davrining yetuk adib, olim, sanʼatkor, ziyoli zamondoşlari qatorida uning taqdirini ham yançib, hayotini toptab ötdi. U 1937 yil 9 avgust kuni içki işlar xalq komissarligi tomonidan “millatçi, aksilinqilobçi, panturkist, yaşirin taşkilot aʼzosi” singari nohaq ayblovlar bilan hibsga olingan. Oliy sud harbiy hayʼatining majlisida A.Xudoybaxtov “aybi”ga iqror bölmaydi: heç qanday aksilşöroviy taşkilotga aʼzo bölmagani, zararkunandaçilik işlari bilan şuğullanmagani töğrisida körsatma beradi. Şunga qaramasdan, SSSR Oliy sudi harbiy hayʼati 1938 yil 5 oktyabr kuni Xudoybaxtovni “burjuy millatçilarining aksilşöroviy, qözğolonçilik, odamkuşlik, zararkunandaçilik, buzğunçilik taşkiloti aʼzosi” sifatida qator moddalar böyiça aybdor deb topadi va oliy jazo — otuvga hukm qiladi. Ölimga hukm qilinganlar orasida Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Pölat Soliyev, Ğozi Olim Yunusov, Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov, Sanjar Siddiq, Aʼzam Ayyub kabi taniqli ziyolilar bor edi. Buni qarangki, maşʼum hukm Toşkent şahrida 1938 yil 4 oktyabr kuni, sud qaroridan bir kun oldin ijro etilgan.

Hayot tori umrining eng gullagan davrida nogahon uzilgan — Anqaboy Xudoybaxtov 35 yil umr körgan, xolos. U qisqa umri davomida hayotning hamma sohalaridan yaxşi xabardor qalamkaş sifatida ötkir maqolalar yozgan. Öşa kezlari jamiyat hayotida qudratli kuç sifatida namoyon bölgan milliy matbuotimiz, özbek radiosi işini ravon yölga qöyiş, maqola va eşittirişlar saviyasini kötarişda samarali xizmat qilgan.

Tarixning murakkab, ziddiyatli davridan hikoya qiluvçi “Anqaboy Xudoybaxtov kim edi?” kitobining ahamiyati, qimmati nimada? Avvalo, kitob Ali Oqmurodovning “Jurnalist bölib tuğilgan, şu uluğ nomni pok asragan ijodkor” nomli kiriş maqolasi, Anqaboy Xudoybaxtovning “Fahrisat yoxud xabar, maqola, şeʼr va hikoya yoziş yöllari” nomli risolasi hamda “Şodmon” pyesasi, şuning­dek, SSSR jurnalistlar soyuzining aʼzosi, keyinçalik Özbekiston xalq şoiri Normurod Narzullayev va Samarqand davlat pedagogika instituti öqituvçisi, keyinçalik filologiya fanlari doktori, professor Inoyatullo Suvonqulov hammuallifligida “Lenin yöli” gazetasining 1968 yil 30 mart sonida eʼlon qilingan “Ötkir qalam sohibi edi” sarlavhali yakunlovçi maqoladan iborat ekaniga eʼtibor qarataylik.

Kitobga kiritilgan tadqiqotçi adib Ali Oqmurodovning “Jurnalist bölib tuğilgan, şu uluğ nomni pok asragan ijodkor”  maqolasida A.Xudoybaxtovning hayoti, ijodi va mehnat faoliyati haqida keng maʼlumot berilgan. Maqola muallifi bu borada köp yillar mobaynida keng miqyosda tadqiqot işlarini olib borgani közga yaqqol taşlanadi. U mavzu doirasida faktlar, sanalarni hujjatlar, ayrim kişilarning guvohliklari va hayotiy dalillar asosida sinçiklab örgangan. Şu örganiş va tahlillar asosida muhim xulosalar çiqargan. Bu dalil va xulosalar A.Xudoybaxtovning keng faoliyati bilan yaqindan tanişişni istaganlar, kelgusida mavzuni yanada çuqur va atrofliça örganişni maqsad qilganlar uçun ğoyat muhim manba bölib xizmat qilişi şubhasiz.

Anqaboy Xudoybaxtovning “Fahrisat yoxud xabar, maqola, şeʼr va hikoya yoziş yöllari” ayniqsa, öz paytida alohida muhim ilmiy-ommabop risola bölganiga şubha yöq. 1926 yilda kitobga bitilgan “Boş söz”ida maʼrifatparvar şoir Botu şunday yozadi: “Yozuvçilik dunyosiğa qadam qöya boşlağanlarğa yöl-yöriq körsatadurgan, …yoziş qoidalarini örgatadurgan adabiyotning bizda butunlay yöqligi yoş yozuvçilarimizning ösişiga juda moneʼ. Mana bu tösiqni yöldan olib taşlaşqa qud­ratli azamatlar şu vaqtgaça maydonğa çiqqonlari yöq. Şuning uçun matbuotimiz baytlarida bir töda kamçiliklar körinib turadir… Bunday kamçiliklardan qutuliş hamda yoş yozuvçi va muxbirlarimizni bu kasaldan saqlaş kerak”.

“Bu kasaldan saqlaş uçun yozilgan” risola tört bölimdan iborat. Birinçi bölimda adabiyot va matbuot töğrisida umumiy maʼlumotlar taqdim qilingan bölsa, ikkinçi  bölim – maqola,  uçinçi bölim – şeʼr, törtinçi bölim – hikoya yoziş sirlaridan saboq beradi. Bölimlar tizimli ravişda zarur qism-mavzularga bölingan. Muallif mavzularga doir qaraşlari va kuzatişlarini izçil bayon etgan. Kezi kelganda, asar  kompozitsiyasi pişiq-puxta ekanini aytiş lozim. Asarning bu jihati, ilmiy xususiyati muallif yetarli darajada ilmiy fikr yuritiş malakasiga, ilmiy tafakkurga, yuqori ilmiy salohiyat va amaliy tajribaga ega bölganidan belgi beradi.

Asosan, vaqtli matbuot uçun materiallar tayyorlaşga bağişlangan ikkinçi bölimda “Matbuot özi nima? Xabar yoki maqola qanday yoziladi? Sarlavha qanday qöyiladi? Felyeton nima? Gazeta va jurnalning farqlari” kabi savollarga nazariy javob berilgan va muhim amaliy xulosalar çiqarilgan. Muallifning matbuot sohasidagi mavjud holatga tayanib mulohaza yuritişiça, naşrlar sahifalaridan rasmiy, umumiy muhokamalar ruhidagi materiallar, anglaşilişi muşkul bölgan şiorlar kamroq, odamlarning kundalik hayoti, taşvişlari aks etgan materiallar esa köproq örin olişi kerak.

Uçinçi bölim şeʼr yoziş tartib-qoidalariga bağişlangan. “Şeʼr. Şeʼr yoziş yöllari. Soçma şeʼr. Barmoq vazni. Adabiy oqimlar”, xususan, romantizm, realizm, futurizm va boş­­qa keng mavzularda kuzatişlar va fikr­-mulohazalar bugungi öquvçini ham, albatta, qiziqtiradi. Futurizm oqimi va aqidalariga yoş şoir Oltoy şeʼrlaridan misollar keltirilgan. “Barmoq vazni bizning özbeklar uçun milliy vazndir. Buning asosi – söz böğimlarining sanoğidir”, deb yozar ekan, A.Xudoybaxtov köz öngimizda zukko adabiyotşunos sifatida namoyon böladi. U “Şoir bölişğa urinuvçilar”ga şunday maslahat va yöl-yöriqlar beradi: “…birinçidan, özlarida şoirliqqa bir daraja iqtidor sezsinlar; ikkinçidan, özlarida bölğon iqtidorliqni kengaytirişga va çuqurlaşqa tirişsinlar; uçinçidan, öz ona tilida bölğon adabiyotlar bilan yaxşi oşno bölsinlar; törtinçidan, boşqa tajribalik va usto şoirlarning yozğonlaridan örnak olsinlar; beşinçidan, özlarining bir masala töğrisida olğon mavzularini özlariga barqaror qilib, yozadirğon fikrlarini… istasalar şeʼr, istasalar tizma, istasalar soçma tariqasida yoza beradirlar”.

U şoir xayoliy fikrlarga berilmasdan, yöq narsalar yoki öta xususiy tuyğularni qoğozga tuşiravermasdan, hayotning, xalqning içiga kirişni, “turmuşga töğridan-töğri boğlaniş”ni, adabiyotga mavzu beradigan davrning dolzarb voqealariga hozirjavob bölişni, el-yurt manfaatini yuqori tutişni maslahat beradi.

“Hikoya yoziş yöllari”, “Hikoya yozişda muhim nuqtalar”, “Hikoya qisqa bölişi kerak”, “Söz öxşatişlari”, “Kişilarning ismlari qanday böladir?”, “Hikoya yoziş texnikasi”, “Hikoyaga sarlavha qöyiş” singari mavzular nasrning eng ommabop janri bölgan hikoya yozişni örgatadigan törtinçi bölimdagi qismlarning nomlanişidir. “Hikoya özining yozilişiğa qarab tört turkumga bölinadir. Birinçi, hozirgi zamon hikoyasi, yaʼni hozirği kun körişimizda bölib turğon voqea va hodisalarni qissa qilib beradir; ikkinçi, ötgan zamon hikoyasi. Bu maʼlum odam bolalarining boşlaridan keçirgan hollarini qissa qilib yozadir; uçinçi, kelgusi zamon haqida – kelgusi zamonda qanday kun köriş, qanday texnikaga ega böliş va nimalar qiliş töğrisida yozadilar. Törtinçi, xayoliy hikoya. Bu turli hikoyada yozuvçi böliş mumkin bölmağon vo­qealarni olib, özlarining fikr va xayollariğa kelgan narsalarni yozadirlar. Bu turli hikoya yozişga xayoliy hikoya deyiladir”.

Anqaboy hikoyaning qisqasi soz deydi: “Kiçkina hikoyani yoziş katta hikoyani yozişdan qiyindir. Agar yozuvçi bugun hikoyasini yozib, uni bir neça kun yotqizib, söngra toğin öqib çiqsa, yana ortiqça joylarini olib taşlab, keraklik yerlariga qöşiş mumkin böladir… Hikoyani yozib bölğondan keyin qança köp öqib çiqilsa, şunça yaxşilana boradir. Bu narsaga, albatta, yangi yoza boşlağon yoşlar amal qilişlari kerak”.

Yana bir qiziq jihati, Anqaboy asarda qahramon va personajlarning ism-nomlari ularning asardagi vazifasi, hayotiga mos bölişi kerakligini taʼkidlaydi. Masalan, dehqonlar uçun Boltaboy, Toşmat, Pirmat, Ergaş, dehqon xotin-qizlar uçun Qunduz, Mas­tura, Gulnur, Yaxşigul; savdogarlar uçun Abdulloh, Haydar, Mahmud, Akram, savdogar xotin-qizlar uçun Rohatoy, Tojixon, Sumbuloy; mulla va eşonlar uçun Umirxon maxzum, Abbosxon töra, mulla Oçilxon, Sayidniyoz hoji, “mulla, eşon xotin-qizlar” uçun Zulayho, Karomatoy kabi ismlarni maqbul sanaydi. Bu ismlar qahramonlarning hayotiyligini oşiradi, deb hisoblaydi. Bu Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Şukur Xolmirzayev kabi adib­lar tajribasini yodga soladi. Yana u hikoya eng qiziq joydan boşlanişi kerak, aks holda, öquvçi diqqatini tutib turolmaydi, degan fikrda bölgan.

Ahamiyatli tomoni şundaki, asar bugungi kunda ham dolzarbligi, ahamiyatini yöqotmagan. Anqaboyning fikriça, muzeyga kirgan zargar noyob tojni körganda unga qança oltin işlatilganini, savdogar u qança pul bölişini, boy xotin tojdan qança zeb-ziynat olinişini, jamoat xodimi  toj uçun xalqdan qança soliq undirilganini, rassom bu nodir buyumga  çiziqlar qanday tortilganini köradi. Yozuvçi tojni körganda ana şunday mulohazalarning barçasi birdan xayolidan ötişi kerak.

Bu – Anqaboyning xulosasi.

Uning til masalasida yoş ijodkorlarga ögiti bugun ham dolzarb: “…hozirği kun yozuvçilarimizda şunday bir yomon odat borki, özlarining yozuvlarida arabça, forsça va rusça sözlarni juda köp işlatadirlar. Ana şu işlatiladirğon sözlarning qarşisida köbinça özbekça sözlar topiladir… Özbekçasini topiş uçun bir oz mehnat qilib izlaşni özlariga katta oğir iş biladirlar… Eski yozuvçilar sof özbekça yozişga tirişsalar, yoş yozuvçilar bunday kasallikdan özlarini olib qoçsinlar… Yangidan yozuv işiga berilib bormoqda bölğon yoşlar… mamlakatning köbçiligi tuşunadurğon sözlarni olsinlar… Har bir yozuvçi hammadan burun xalq köb işlatadirğon sözlarni işlatişga tirişişi lozimdir…”. Bunday hayotiy xulosa va nazariy mulohazalar asarning ilmiy xususiyatini, amaliy va ommaboplik ahamiyatini oşirgan.

Mazkur töplamdan Anqaboy Xudoybaxtovning “Şodmon” pyesasi ham örin olgan. Qayd etilişiça, mazkur pyesa 1933 yildan 1937 yilgaça, Respublika sanʼat boşqarmasining “millatçilik ommalaştirilgan” degan aybnomasi bilan sahnadan olib taşlangunga qadar Hamza nomidagi özbek akademik drama teatrida muntazam namoyiş etilgan, adabiy jamoatçilik uni yuqori baholagan. Teatr muxlislari spektaklni har gal qizğin olqişlaşgan.

Asar voqealari xalqimiz tarixining suronli va fojiali davrini qamrab olgan. Bu töğrida asar nomidan keyin “Turkistonda 1916 yil voqealaridan bir parça” deb yozilgan izoh ham ravşan maʼlumot beradi. Pyesa asosiy töqqiz köriniş hamda ikkita “ayrim köriniş”dan iborat.

Asarda XX asr boşlarida çor Rossiyasi, oq poşşoning mustamlaka Turkistonda yuritgan mudhiş zulmga asoslangan siyosati oddiy odamlarni, dehqon va kosiblarni, hunarmand va ustalarni, mahalliy ziyolilarni xonavayron qilgani, ularning sönggi burda nonini oğzidan tortib olgani, adolat, tenglik va erk talab qilganlarga ayovsiz tazyiq ötkazib, ularni şafqatsiz jazolagani bor manzarasi bilan oçib berilgan. Pyesa voqealariga köra, bu borada qonxör bosqinçilarga kaltabin mahalliy boy, zodagonlar va tub yerli xudbin va manfaatparast maʼmuriyatçilar yöl-köça körsatib, “beminnat” yordam beradi. Ikki tomonlama – mahalliy va çor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan ezilgan, talangan xalq yigitlarni oq poş­­şo uçun mardikorlikka oliş çoğida oyoqqa qalqadi. Yozuvçi asar boş qahramoni Şodmon timsolida özbek xalqining zulm va istibdodga qarşi kuraşini haqqoniy tasvirlaydi.

Asarda yozuvçining tasvir mahorati yaqqol köringan örinlar bisyor:  Qişloqlarda odamlar yigitlarni mardikorlikka, uruşga olişga qarşi qözğolib, kambağal-beçoralarning ot, molini tortib olayotgan uyezd mahkamasi va mahalliy boşqaruv idoralari vakillari hamda boylardan qasos, öç oladilar. Adib harakatdagi personajlar xarakterini yaratişda mahorat körsatadi. Uyezd hokimining mahkamasi oldiga kelgan oddiy odamlar – dehqonlarning xatti-harakatini, katta harakatlar, özgarişlar oldida ikkilanişlari va işonçsizliklarini işonarli tarzda tasvirlaydi: “Dehqonlar bir-birlarini turtişib, sen gapir, deyişadi, Pirmat va Öroqlar Qöldoş otani oldinga suradilar. Qöldoş ota bölsa, Şomurodni peş qiladi”. Anqaboy bir örinda yölda borayotgan kişilarning holatini adib qalami bilan şunday çizadi: “Mardikorlar… baʼzilari yangi etik va mahsilarini egnilariga solib olganlar” deb tasvirlaydi.

Asarning 7-körinişida 1- va 2-ofitserlar dialogida öşa davrda badiiy asarlardan örin olayotgan realizmga xos bölgan naturalis­tik tasvir böyoqlari körinadi:

“1-ofitser: Bizga boylar bir qözğolonçining uyini körsatdi, borsak, yoşgina kelinçak bolasini beşikda emizib öltirgan ekan. Uning kökragidan urdim. Yordamçiga bolani joyla degan edim, bolani beşik bilan nayza uçiga ildirib çiqdi (kulgi).

2-ofitser: …bir qizning boşini ot çoptirgança ğirtta uzdim, boşi osmonga kötarildi”. Adib mahorati şunda körinadiki, u bosqinçilarning yovuzligi, şafqatsizligini özlarining sözlari orqali foş etmoqda.

Takror bölsa-da, aytişga töğri keladi, pyesada şunday örinlar borligi, ayrim asarlarda atayin, zörma-zöraki tarzda aks ettirilganidek, “qoloq xalqqa töğri yölni körsatgan buyuk oğalarning ilğor proletar-işçi sinfi vakili” yöqligi uçun bölsa kerak, u 1937 yilda “millatçilik ommalaştirilgan” degan ayb bilan sahnadan olib taşlangan.

Adolat yuzasidan aytiş lozim, mazkur kitobga kiritilgan uşbu pyesa va “Fahrisat…” asarida mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum mafkurasi, quyuq böyoqlarda bölmasa-da, aks etgan örinlar yöq emas.

Kitobni varaqlab, bir mulohaza paydo böldi. Töplamdan Anqaboy Xudoybaxtovning ikki asari – “Fahrisat…” va “Şodmon” pyesasi, şuningdek, Ali Oqmurodovning “Jurnalist bölib tuğilgan, şu uluğ nomni pok asragan ijodkor” sarlavhali kiriş maqolasi hamda töplamni yakunlovçi “Ötkir qalam sohibi edi” nomli maqola, yaʼni ikki asar va ikki maqola örin olgan. “Naşrga tayyorlovçi masʼul muharrir Akrom Haydarov” deb körsatilgan. Şunday bölgaç, kitob muallifi sifatida Anqaboy Xudoybaxtovning nomi yozilsa va kitobga boşqa nom qöyilsa, maqsadga muvofiq bölar edi.

2021 yil, oktyabr. Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi usuldagi maktablarni oçib, yoş avlodni maʼrifatli qilişga intilgan jizzaxlik jadidlar haqida gapirar ekan, Nuriddin Muxtorxöja, Husan domla, Oçil qori, Mulla Egamberdi, Toşpölat domla singari ziyoli insonlar qatorida isteʼdodli adib Anqaboy Xudoybaxtovning nomini ham tilga olgan, uning  matbuot, adabiyotşunoslik va dramaturgiya sohalarida salmoqli işlarni amalga oşirganini eʼtirof etgan, jizzaxlik olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar, jamoatçilik vakillari vohada yaşab ötgan uluğ allomalarning bebaho merosini har tomonlama çuqur örganiş, ilmiy tadqiqotlar, kitob va risolalar yaratiş hamda keng tarğib etiş böyiça jiddiy saʼy-harakatlarni boşlasalar, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini bildirgan edi. Şunisi quvonçliki, mazkur kitob bu boradagi amaliy işlarning munosib va arzirli namunasidir.

Qalb va qalam – juft qanot. Anqaboy Xudoybaxtov hayoti va ijodini örganib, qalam – qalb tarjimoni, qalb va qalam ijodkorning ikki qanoti  ekaniga işonç hosil qilasiz. Şu ikki qanoti tufayli Anqaboy ijod osmonida yuksak parvoz qilayotgan edi. Afsuski, istibdod davri, zulm mamlakatining ezgulikka, oddiy insoniy baxtga qarşi otilgan yovuz öqi bu yuksak parvozga qarata otilgan edi.

Salim AŞUR,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan