Jurnalistikaning katta maktabi

Jurnalistikaning asosini azaldan xolislik, faqat haqiqatni gapiriş, yoziş, fikr yuritilayotgan mavzuga adolat bilan yondaşiş taşkil etadi.

Mustaqillik yillarida özbek jurnalistikasining şakl­laniş jarayoni oson keçmadi. Töğri, bizda jadid bobolarimizning ibrati bor edi. Ammo yagona mafkura hukmron davr, matbuotga sovuq munosabat jurnalistlar uçun köp saboqlar berdi.

Ming şukrki, keyingi yillarda OAV faoliyatida, muhitida erkinlik şabadalari esib, demokratiya nişonalari paydo böla boş­ladi. Ayni paytda elektron şakldagi nodavlat OAV vositalari rivojlanmoqda, davlat naşrlari qatorida xususiy matbuot ança rivoj topdi.

Şu yil 5 fevralda davlatimizning asosiy rasmiy axborot agentligi hisoblangan Özbekiston Milliy axborot agentligi — ÖzA taşkil etilganiga 30 yil töladi.

ÖzAning asosiy vazifa va funksiyalari, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan katta islohotlar Agentlik faoliyatida qanday öz ifodasini topayotgani töğrisida köp ijobiy gaplar aytişimiz, berilayotgan fakt va raqamlarni sanab, yaxşi öqilgan maqolalardan misollar keltirişimiz, umrini jurnalistikadek maşaqqatli yumuşga bağişlagan ustozlarning ism-şarifini nomma-nom eʼtirof etişimiz mumkin, albatta. Zero, taşkil bölganiga 30 yil tölgan qutluğ sanada bu yaraşiqli ham bölur edi.

Ammo azaliy anʼanadan sal çetga çiqib, bugungi jurnalistikamizning dolzarb muammolari haqida ayrim mulohazalarimizni bildirsak, buyam örinli bölsa kerak.

Dunyo har daqiqada özgarib turibdi. Bugungi OAVga keçagi talab, keçagi mezonlar bilan baho berib bölmaydi. Keça biz andişa qilib aytolmay turgan baʼzi gaplar bugun ijtimoiy tarmoqlarda, internet kanallarida, xususiy OAVda baralla yang­ramoqda. Gohida özini “erkin jurnalist”, “bloger” deb atayotgan ayrim “hamkasb”larning çiqişlarini körganda labingga uçuq toşadi. Biz göyo matbuotimiz ötmişiga qora çiziq tortib böldik. Odob-andişa qoidalariga, qadriyatlarimizga, muqaddas tuyğularimizga eskilik sarqiti sifatida qaraşga daʼvatlar sezilmoqda. Mulohaza va tiyran tahlil örniga betgaçoparlik, ölçamasdan qölga qayçi oliş, yuzing-közing demasdan hamma gapni aytaveriş, fikrning yalanğoç ifodasi tobora “urf”ga kirib bormoqda.

Ana şunday “oçiqlik”, “demokratiya” şaroitida milliy jurnalistika qaysi yöldan borişi, butun hayotini şu sohaga bağişlagan hamkasblarimiz qanday yöl tutişi kerak?

Bular hammamizni öylantiradigan oğriqli jihatlar albatta. Negaki, bugun maydonga özini taşlayotganlarga qaraganda tomoşabin bölib turganlar köproq.

Oçiğini aytaylik, bugungi kunda ayniqsa, özbek bosma matbuoti davlat darajasidagi kömakka muhtoj. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Guliston”, “Maʼrifat” kabi naşrlar, bolalarga ixtisoslaşgan gazeta va jurnallarning juda kam nusxalarda çop etilayotgani açinarli hol. Bu hammamizni huşyorlikka çorlaydigan taşvişli ahvoldir.

Biz esa yomon, buzğunçi axborotlardan farzandlarimizning murğak ongini himoya qilişimiz lozim. Buning uçun himoya vositalarimiz kuçli bölişi, milliy mafkura tarğiboti hammaga yetib borişi zarur.

Şubhasiz 30 yoşni qarşilayotgan ÖzA ötgan yillar mobaynida sobiq yagona mafkura tarğibotçisidan tom maʼnoda xalq manfaatlari ifodaçisiga, yaʼni davlat va xalqimiz örtasidagi köprikka aylanib ulgurdi.

Agentlik axborot töplaş va tarqatişga doir faoliyatini siyosiy taşkilotlar va jamoat taşkilotlaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi.

Bugun ÖzA öz Veb-sayti, Media markaziga, hududlarda muxbirlik punktlariga ega. Har kuni 300 ga yaqin katta-kiçik axborot, xabar, turli janrlarga oid maqolalar Veb-saytga qöyilib, bir qismi respublika OAVlariga uzatiladi. Unga sakkiz tilda materiallar joylaştiriladi. Keyingi paytda video-axborot   şaklidagi materiallar ham köpaymoqda.

Albatta, söngi tört-beş yil davomida mamlakatimizda keçayotgan jiddiy islohotlar jarayonida ÖzA faoliyatida ham katta ijobiy özgarişlar sodir bölmoqda. Bu, ayniqsa, berilayotgan maqolalarda fikrlar xilma-xilligiga rioya qilinayotgani, tanqidiy-tahliliy çiqişlarga keng örin berilayotganida közga taşlanadi. ÖzA bugun hammaga – deputatu diplomatga ham, oddiy işçiyu dehqonga ham, hokimu vazirlarga, hatto muxolifatçilarga ham minbar. Mamlakatimiz OAVlarida keçayotgan islohotlarning boşida bugun şak-şubhasiz — ÖzA ham bormoqda. Ijodiy jamoa özlarining fidokorona mehnati bilan Özbekistonda demokratik qadriyatlar rivojiga katta hissa qöşmoqda. Aytiş mumkinki, jamoamiz har daqiqada hukumatimizning ğamxörligi va eʼtiborini his qilgan holda mehnat qilmoqda.

Agentligimiz bugungi kunda jahonning önga yaqin yetakçi axborot agentliklari bilan özaro aloqa örnatgan. Lekin qaniydi, heç bölmaganda jahonning yetakçi mamlakatlarida ham öz muxbirlik punktlarimizni taşkil qilolganimizda! Çunki axborotni birinçi manbadan olib beriş jurnalistikaning oltin qoidalaridan biridir.

Yillar davomida ÖzAda jurnalistikaning katta maktabi şakllandi. Bu yerda kamol topgan kadrlar hozirgi paytda mamlakatimizning deyarli barça ommaviy axborot vositalarida, siyosiy-ijtimoiy sohalarida faol mehnat qilmoqda.

Qariyb yigirma yildan buyon kamina ham ÖzAda işlayotgan inson sifatida şu narsani taʼkidlaşni xohlardimki, bu yerda öz işini yaxşi köradigan, fidoyi odamlar – mahorat va professionallik nuqtai nazaridan katta amaliy tajribaga ega jurnalistlar, texnik xodimlar jamoasi şakllangan.

Bu ijod dargohida iş odatda tunda tugaydi. Şanba, yakşanba kunlari ham köpinça iş böladi. Işdan söng tungi soatlarda ÖzA binosidan uyga ketiş uçun taşqariga çiqqan 15-20 çoğli navbatçilar guruhiga sekin razm solaman. Ular bir-biriga quvnoq hazil-huzullar bilan maşinalarga ötirişadi, çehralarida çarçoq sezilsa-da, kayfiyatlari hamişa çoğ böladi.

Bu uşbu dargohdagi iliqlik, ijodiy ruhning balandligidan, öz işi, mehnatidan köngil tölib işlaş saodatidan bölsa kerak.

Bunday jamoa bilan katta işlarni amalga oşiriş, har qanday muşkul vazifani uddalaş mumkin. Navqiron yoşing muborak bölsin, aziz ijod dargohi!

Abdujalol TAYPATOV,

ÖzA Strategiyani belgilaş va

monitoring bölimi boşliği

Suratlarda: ÖzA jamoasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan