Buyuk söz martabasi

Mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 581 yilligi

 

Uluğ özbek şoiri va mutafakkiri Alişer Navoiy tavalludining 500, 525, 550 va 580 yilliklari xalqaro miqyoslarda keng işonlandi. Bu sanalarning dastlabki ikkitasi turli ijtimoiy-siyosiy sabablarga köra keçikib tantana qilingan. 500 yillik 1948, 525 yillik esa 1968 yili ötkazilgan. 550 yillik esa Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki oyida ‒ 1991 yil sentyabrining oxirida tantana qilingan.

Har gal ana şu sanalar munosabati bilan navoiyşunoslik borasida katta işlar amalga oşirilgan. Tadqiqotlar olib borilgan, asarlari naşr etilgan, turli tillarga tarjimalar qilinib, bosilgan, sahna va kino asarlari yaratilgan, videofilmlar suratga olingan, şeʼrlariga yangi-yangi kuylar bastalangan, ommaviy axborot vositalarida, taʼlim tizimlarida, xalq orasida uning hayoti va ijodi keng tarğib etilgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi 2020 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan ötgan yili Navoiy tavalludiga oid tantanalar xalqaro miqyosda keng nişonlandi. Yakuniy tadbirlar noyabr oyida Navoiy va Toşkent şaharlarida ötkazildi. Xalqaro ilmiy anjuman taşkil etilib, uning materiallari töplam holida çiqarildi. Köplab monografiyalar naşr etildi. Ommaviy axborot vositalarida bir yildan oşiqroq davr mobaynida bu buyuk zot hayoti va ijodi muntazam ravişda yoritib borildi.

Yubiley tantanalari xorijiy mamlakatlarda ham ötkazildi.

1941 yilning 10 noyabrida Leningrad qattiq qamal ostida bölgan, şahar ustiga bombalar tuşib turgan bir oğir vaziyatda rus olimlari Davlat Ermitaji binosida Alişer Navoiy tavalludining 500 yilligiga bağişlangan ilmiy anjuman ötkazgan. Şuning şarafiga, yaʼni mazkur anjumanning 80 yilligi munosabati bilan 2021 yilning aynan 10 dekabr kuni Sankt-Peterburgda, jumladan, Davlat Ermitajida Navoiy tavalludining 580 yilligiga bağiş­langan tadbirlar ötkazildi. Unda rus olimlari bilan bir qatorda, mamlakatimizdan borgan olimlar, sanʼatkorlar va jurnalistlardan iborat nufuzli guruh ham iştirok etdi.

580 yillik munosabati bilan Bokuda professor Ramiz Askar har bir asarni aruziy vazn bilan ozarbayjonçaga tarjima qilib Navoiyning bebaho “Xamsa” dostonlarini çop ettirdi.

Alişer Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan Özbekistondagi isteʼdodli zullisonayn şoir Jonibek Quvnoq “Layli va Majnun” dos­tonini tojik tiliga öz aruziy vazni bilan ögirgan, u kitob holida 1999 yili bosilib çiqqan edi. Ammo unda 2 bob tuşib qolgan, yana ora-oradan 100 baytga yaqin matn taşlab ketilgan edi. Tojikzabon şoir, Samarqanddagi “Turon naşr” naşriyoti boş muharriri, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Samarqand viloyati bölimi tojik şöʼbasi rahbari Asadulloh Ismoilzoda (Şukurov) şu qisqargan matnlarni ham tarjima qilib, qöşdi. Şu tariqa “Layli va Majnun”ning tojik tilidagi töla varianti yuzaga keldi. “Turon naşr” uni ötgan yili 500 nusxada çop etdi. Bungaça tojik tiliga şoirning faqat “Farhod va Şirin” dostoni ayrim qisqartirişlar bilan tarjima qilinib, kitob bölib çiqqan edi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning takliflari bilan 2021 yili Turkiy Davlatlar Taşkiloti Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etdi.

Xullas, buyuk şoir va mutafakkir tavalludining 580 yilligini tantana qiliş amalda bizning xalq sifatida Alişer Navoiyga munosabatimizni yanada yuksakroq darajaga kötardi.

Alişer Navoiy özining “Muhokamat ul-luğatayn” asarida faxr-iftixor, umid-işonç va ajoyib başorat bilan şunday deb yozadi: “Umidim uldur va xayolimğa andoq kelurkim, sözum martabasi avjdin quyi inmagay va bu tartibim kavkabasi aʼlo darajadin özga yerni beganmagay”.

Bugun uluğ bobokalonimizning ana şu orzulari amalga oşayotganidan behad xursandmiz.

Çindan ham, Navoiy yaratgan söz martabasi heç qaçon avj, yaʼni çöqqidan pastga tuşmaydi.

Sultonmurod OLIM,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan