Uluğlar merosini örganiş va navbatdagi eʼtirof

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan buyuk ajdodlarimiz merosini örganiş, bebaho maʼnaviy xazinalarni izlab topib, yurtimizga olib keliş işlari davom ettirilmoqda

 

Ayni paytlarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan xayrli harakat — buyuk ajdodlarimizning nomlarini yanada uluğlaş, beqiyos maʼnaviyat xazinalaridan bahramand böliş va nomlarini abadiylaştiriş borasidagi savobli işlar zamirida yoş avlodni öz Vataniga fidoyi insonlar qilib tarbiyalaş, ajdodlaridan faxrlaniş hissini kuçaytirişdek oliy maqsadlar mujassam. Ana şu ezgu işga Bobur nomli xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi mana 30 yildirki, öz hissasini qöşişga harakat qilib kelmoqda.

Çunonçi, köhna tariximizni mukammal örganiş, tiklaş, maʼnaviyatimizni yanada yuksaltiriş, zaminimizdan yetişib çiqqan buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylaştiriş, ular qoldirgan boy ilmiy-madaniy meroslarini izlab topib, Vatanga olib keliş va ilmiy isteʼmolga kiritiş borasida qator xayrli işlar amalga oşirilmoqda. Albatta, erişilgan natijalarning zalvorli bölişida xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ekspedi­siyaning birinçi safari 1992 yil may oyida amalga oşirilgan bölib, şu kungaça 50 dan ortiq xorijiy davlatlarga 30 marotaba xalqaro safarlar uyuştirildi. Afrika qitʼasidan Hindi-Xitoy yarim oroli, Yevropa-Amerika davlatlarigaça 375 ming km.dan ortiq masofa avtomaşinada bosib ötildi.

Bu ilmiy safarlarning natijasida Vatanimizda tuğilib, keyinçalik taqdir taqozosi bilan özga yurtlarda yaşab, ijod qilgan buyuk allomalarimizning abadiy oromgohlari ziyorat qilindi, ularning holati örganilib, obodonlaştiriş yuzasidan loyihalar tayyorlandi va ularni qaytadan quriş işlari amalga oşirildi.

Xususan, Bobur va boburiylar tarixini qaytadan çuqur örganiş barobarida xorijda yaşagan, dunyo ilmu fani, adabiyoti, tarixi, sanʼati, madaniyatiga özlarining boy adabiy merosi bilan hissa qöşgan va taqdir taqozosi bilan öşa joylarda mangu makon topgan buyuklarimizning qabrlari izlab topildi. Şuningdek, ilmiy ekspeditsiya safarlari davomida köhna tariximizga oid hamda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan noyob asarlarning asl va fotonusxalari mamlakatimizga olib kelindi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.

Ötgan davrda ilmiy ekspeditsiyamiz tomonidan olib borilgan izlanişlar natijasida 1000 dan ziyod noyob kitob va nodir qölyozma asarlari yurtimizga olib kelinib, fond qoşidagi “Bobur va jahon madaniyati” muzeyida mujassamlaştirildi va ilmiy isteʼmolga kiritilmoqda. Ular asosida 30 dan ortiq ilmiy-badiiy kitoblar çop etildi. Keyingi ön yil davomida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-adabiy merosini örganiş, hali   ilmiy jamoatçilikka maʼlum bölmagan asarlarini topiş, ularni Vatanga qaytariş va tarjima qilib, kitob holida öquvçilarga taqdim qiliş yölida izlanişlar olib borilmoqda.

Fond taşkil etilganidan buyon birgina qomusiy asar — “Boburnoma”ning özi uç marta qaytadan naşr ettirildi. Bugungi yoşlarga yanada tuşunarli bölişi uçun “Boburnoma”ning tabdili yaratilib, kirill va lotin alifbolarida çop etildi.

Boburning xolavaççasi Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi Raşidiy” asari dunyo tarixçiligi va adabiyotşunosligida ikkinçi “Boburnoma” hisob­lanadi. Ana şu yirik memuar asar ham fors tilidan özbek tiliga tarjima qilinib, çop etildi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Turkologiya ins­tituti bilan Bobur nomli xalqaro jamoat fondining ilmiy hamkorligida 2016 yilda salmoği ensiklopediyadan kam bölmagan “Zaxiriddin Muxammad Babur. Baburidы. Bibliografiya” kitobi naşrdan çiqarilgan edi. Bugunga kelib, Bobur mirzoning tarixiy va ijodiy merosini ilmiy nuqtai nazardan tahlil etiş, tizimga soliş, izohlar bilan taʼminlaş va tarğib etiş maqsadida   “Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Ensiklopedik, ilmiy va ilmiy-ommabop materiallar töp­lami” nomli 4 jilddan iborat uşbu nodir asar Rossiya Fanlar akademiyasining Turkologiya instituti professor olimasi Anna Dыbo boşçiligida 2019 yili birinçi (A-B-V qismlari) jildi naşrdan çiqdi. Qolgan uçta jildi 2022-2023 yillar davomida naşrdan çiqişi rejalaştirilgan.

Köpçilikka maʼlumki, mamlakatimizda ilk bor jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, özbek xalqining uluğ farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur şaxsiga bağişlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” ikki marotaba naşr qilinib, jahon şarqşunos olimlari va ziyolilari tomonidan ulkan ilmiy yutuq va olamşumul voqea sifatida qabul qilindi. 64 bosma taboqli bu ensiklopediyani yaratişda özbek boburşunos olimlari qatorida Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Afğoniston va Yevropadan ham olimlar faol iştirok etişdi.

Hozirda “Zahiriddin Muhammad Bobur ensik­lopediyasi”ning uçinçi töldirilgan naşrini hamda ingliz va rus tillaridagi nusxalarini naşrdan çiqariş maqsadida qator ijodiy işlar amalga oşirilmoqda. Ensiklopediyaning uçinçi naşrini tayyorlaş yumuşlari öziga yaraşa köp mehnat talab qiladi. Avvalgi naşrlarda yöl qöyilgan kamçiliklarni baholiqudrat bartaraf etiş, yangi naşr uçun maqolalarni töplaş, ularning tarjimasi, tahrir va tahlil işlari, olim va mutaxassislarni jalb qiliş va boşqa köplab işlarni bir meʼyorda taşkil etiş zarur. Şu maqsadda qomusning avvalgi naşrlari tajribasidan kelib çiqib, uni naşrga tayyorlaş işçi guruhi tuzilib, bir guruh tarjimonlar, mutaxassislar fond qoşida işlamoqdalar. “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”ning uçinçi töldirilgan naşri hamda uning ingliz va rus tillaridagi nusxalarini 2021-2022 yillarda naşrdan çiqariş böyiça Andijon davlat universitetining bir guruh tarjimon va mutaxassislari bilan hamkorlikda qator ilmiy-amaliy işlar amalga oşirilmoqda.

Şu örinda ensiklopediyaning ingliz tilidagi naşriga filologiya fanlari doktori, professor Şuhrat Sirojiddinov, özbek tilidagi töldirilgan yangi 3-naşriga filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev, uning rus tilidagi nusxasiga filologiya fanlari nomzodi Vahob Rahmonovlar masʼul muharrirlik qilişayotganini ham taʼkidlaş lozim.

Eʼtirof etiş joizki, hazrati Bobur mirzo asarlari töplami tariximizda, yaʼni hali şu bugungi vaqtgaça bir butun şaklda çop etilmagan bölib, ilk tajriba sifatida fond taşabbusi va homiyligidagi Bobur mirzo “Kulliyot”ining yangi naşri ham Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, şoir va tarjimon Mirzo Kenjabek tomonidan naşrga tayyorlanmoqda. Bobur mirzo “Kulliyot”i, yaʼni töliq asarlar töplami olti jild holida naşr etilişi madaniy-maʼrifiy hayotimizdagi ulkan yangilik böladi.

Ötgan vaqt içidagi bu katta yutuqlar Özbekistonning dunyo boburşunosligi markaziga aylanişiga xizmat qildi, desak mubolağa bölmas. Eng eʼtiborlisi, hazrati Bobur hayoti va ijodi xalqimizga maʼnan yanada yaqinlaşdi. U haqda köp va keng biliş imkoniyati yaratildi.

30 yildan buyon fevral oyida Andijonda xalqaro miqyosdagi ilmiy anjuman ötkazilişi juda gözal anʼanaga aylandi. Bu esa öz navbatida dunyo boburşunoslarini Bobur mirzo tuğilgan yurtga yanada yaqinlaştiriş barobarida keng jamoatçilikni ham olib borilayotgan izlaniş­lar, qölga kiritilgan yutuqlar bilan muntazam taniştirib borişga xizmat qilmoqda. Va har yili boburşunoslik böyiça izlanişlar olib borayotgan yangi yoş olimlar kaşf etilmoqda.

Bu yilgi anjuman 14 fevral kuni Andijon şahridagi Bobur nomli xalqaro jamoat fondining majlislar zalida bölib ötdi. Anjumanda fond vasiylik va boşqaruv kengaşi aʼzolari, viloyat hokimligi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, xorijlik boburşunos olimlar, Farğona, Namangan va Andijon davlat universitetlari rektorlari hamda OAV vakillari gibrid: onlayn va oflayn tarzda iştirok etdilar. Şuningdek, respublikamizning taniqli boburşunos olimlari bilan bir qatorda Hindis­ton, Pokiston, Ozarbayjon, Misr, Turkiya, Qozoğis­ton hamda Qirğiziston kabi davlatlardan yetuk boburşunos-şarqşunoslar ham anjuman işida onlayn tarzda qatnaşdilar. Şvetsiya davlatidan boburşunos olima Şafiqaxonim Yorqin, Turkiya davlatining Kojaeli universiteti professori Munevverxonim Tekjan, AQŞ davlatidan Azizulla Arollarning Andijonga şaxsan taşrifi ham taşkillaştirildi.

Anjumanda Bobur mirzoning töla asarlar töp­lami – “Kulliyot” naşri, “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”ning özbek tilidagi uçinçi naşrini tayyorlaş işlari va uning rus tiliga tarjimasi kabi masalalar xususida taniqli olimlarning maʼruzalari tinglandi. Şuningdek, Kojaeli universiteti (Turkiya) professori Munevver Tekjan, şvetsiyalik boburşunos olima Şafiqa Yorqin, Hindiston madaniy markazining Özbekistondagi direktori, professor Çander Şekxar, fondimizning Ozarbayjon bölimi rahbari, Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti professori, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulvi Binnetova, Boku davlat universiteti professori Ramiz Asker, Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti dotsenti Baxtiyor Muhammedov, fondning Qozoğiston bölimi rahbari, Al-Forobiy nomidagi Qozoğiston Milliy universitetining şarqşunoslik fakulteti professori Islom Jemeney, fondning Qirğiziston bölimi rahbari, tarixnavis adib, Qirğiziston va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmalari aʼzosi, ADU faxriy professori Begijon Ahmedov, fondning Pokiston bölimi rahbari, Bobur forumi direktori Muhammad Ramzan, fondning Şvetsiya bölimi rahbari, professor Abdulhakim Şarʼiy Jurjoniy, Ayni Şams universiteti professori Magda Salax Maxluf kabi dunyo tanigan olimlar anjumanda onlayn tarzda qatnaşib, öz fikr va mulohazalarini qatnaşçilar eʼtiboriga havola etişdi.

Anjuman davomida ÖzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti yetakçi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Omonullo Böriyev va Temuriylar tarixi Davlat muzeyi bölim mudiri Azizjon Şaripovlar hammuallifligida tayyorlangan, bevosita “Boburnoma” va Temuriylar davrining boşqa birlamçi tarixiy manbalari maʼlumotlariga tayanib tuzilgan, oliy öquv yurtlari, örta maxsus taʼlim dasturlarida Bobur davrini örganuvçi tadqiqotçilar, öquvçilar uçun zarur qöllanma bölib xizmat qiladigan “Zahiriddin Bobur davlati” tarixiy xaritasi ilk marotaba ilmiy jamoatçilikka taqdim qilindi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori, iqtisodiyot fanlari doktori Ibragim Mavlonovning “Boburiylar sulolasining Hindistonda iqtisodiy boşqariş tizimi” nomli monografiyasining taqdimoti ham ötkazildi.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Şuhrat Sirojiddinovning anjuman qatnaş­çilariga tabrigi hamda “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”ning ingliz tilidagi tarjima naşrini tayyorlaş işlari haqida”gi fikrlari uşbu institutning “Tarjima amaliyoti va nazariyasi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent Ziyodaxon Teşaboyeva tomonidan iştirokçilar eʼtiboriga havola etildi.

Eʼtirof etiş kerakki, bu yilgi anjuman ham dunyo boburşunoslarining özaro fikr almaşişi va yoş tadqiqotçilarning ilmiy dunyoqaraşi kengayişi uçun beqiyos xizmat qildi.

Ekspeditsiyamizning navbatdagi ilmiy safari esa 1898 yilgi Andijon qözğalonining yetakçisi Muhammad Ali Dukçi Eşon şaxsi va uning faoliyatini haqqoniy yoritiş, hamyurtimiz jadidçi, publitsist va olim Fozilbek Otabek öğli faoliya­tini örganiş bilan boğliq böldi. Tariximizning Dukçi Eşon bilan boğliq jihatlariga oydinlik kiritiş maqsadida mingtepalik avliyo, milliy ozodlik harakatining taşkilotçisi bölgan Muhammadali Eşon Sobir Xalfa öğli – Dukçi Eşon taqdiri va u bilan boğliq yangi tarixiy maʼlumotlarni yiğiş va örganiş uçun fond tomonidan ikki marotaba ilmiy safar uyuştirildi.

Birinçi ilmiy ekspeditsiya 2019 yilning 14-16 noyabr kunlari amalga oşirildi va uning boş maqsadi Qirğiziston va Tojikistondagi Eşon avlodlarining manzillarini aniqlaşdan iborat edi. Fond raisi örinbosari Rustam Mamasoliyev, jurnalist Obidjon Mahmudov va haydovçi S.Azimovlardan iborat ekspeditsiyaning dastlabki izlanişlari yaxşi natija berdi.

Joriy yilning 13-18 yanvar kunlari fond raisi rahbarligidagi ekspeditsiya jamoasi — adabiyotşunos olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Vahob Rahmon, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, tarixçi-ölkaşunos, publitsist Obidjon Mahmudov va haydovçi Ahmadjon Isaboyevlar Tojikiston davlatining poytaxti Duşanbe şahriga Öratepa orqali ötib, söng Pomir toğlari orasidagi Tavildara hududiga toğ yöllari orqali katta maşaqqatlar evaziga yetib borişdi.

Garçi qahraton qişning qoq çillasi bölsa-da, uzoq yöl bosib, hamyurtimiz Muhammadali Dukçi Eşon bobomizning u yerdagi avlodlari – çevara va evaralari bilan uçraşişga muyassar bölindi. Söngra Karim Eşonning ikkinçi öğli Mahmudullo eşon bilan Tavildaradagi Layronibolo qişloğida umrguzaronlik qilgan Dukçi Eşon bobo avlodlari yaşab kelayotgan uyga yetib borildi. U yerda Karim Eşonning turmuş örtoği, 94 yoşni qarşilagan Mohinav aya va uning tönğiç öğli Abdusalom Maxsum hamda boşqa jigarbandlari bilan suhbatlaşildi.

Dukçi Eşon 1898 yilgi ğazovotdan söng, yaşirinib, 6-7 yil ötgaç, onasi Asalbibi oyim yurti bölgan Qoşğordan Pomir toğlari oşa Jilğatol orqali Tavildara qişloğiga kelib yaşagani va 1933 yilning 25 noyabrida 78 yoşida vafot etgani Andijon davlat universitetining rektori S.Zaynobiddinov bilan bölgan suhbatda ham aytilgan edi.

Eng muhimi, şu mahallada joylaşgan “Mavloniy” qabristonida bölib, Muhammadali Dukçi Eşon va uning yoniga dafn etilgan nabirasi Karim Eşon qabrlari ziyorat qilinib, ul zotlar haqqiga qurʼon tilovat qilindi, bu onlar video tasvirlarga muhrlandi. Şu örinda bir haqiqat ayon böldi: Çor Rossiyasi bosqinçilari tomonidan Dukçi Eşon hazratlarining “Andijon qözğaloni”dan keyin hibsga olinib, uning 3-4 ta maslakdoş­lari bilan dorga osilganligi töğrisida aytib kelinadigan gaplar yolğon bölib çiqdi. Eşon örniga uning andijonlik dösti, ozodlik yölida öz jonini fido qilgani maʼlum böldi.

Muhammadali Eşon mana şu Tavildara tumanining Layronibolo qişloğiga kelib, öziga hujra qurib, uylanib, hayot keçirganini, çevara va evaralari, boşqa yaqinlari hamda mahalla ahli gapirib berişdi, tarixiy haqiqatni tasdiqladilar.

Bu çinakam tarixiy voqea bölib, 125 yil deganda vatan ozodligi va hurriyati yölida kuraşgan uluğ bobolarimizdan biri Dukçi Eşon haqidagi tarixiy xaqiqat va adolat yuzaga çiqdi. Ul zot haqida bugunga qadar yetib kelgan turli hadiklar bilan suğorilgan çala haqiqatlar, yuzaki maʼlumotlar, şuningdek, Toşkent muzeylarida dorga osilgan Dukçi Eşon tasvirlangan suratlar endilikda uydirma va töqima ekanligi isbotlandi, deya bemalol ayta olsak böladi.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, publitsist Obidjon Mahmudovning xalqaro anjumanda öqigan maʼruzasi fondning navbatdagi xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi safari xususida bölib,   “Dukçi Eşon: tarix va haqiqat” deb nomlangan. Uşbu maʼruza anjuman iştirokçilarini befarq qoldirmadi.

Va yana taniqli adib Qamçibek Kenjaning fond homiyligida çop etilgan “Boburiylardan biri” kitobining yangi töldirilgan 3-naşri anjuman qatnaş­çilariga öziga xos tuhfa böldi.

Umuman olganda, fond nafaqat respublikamiz, balki xalqaro miqyosda ham özining alohida örniga ega. Kuni keça Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan Pokistonga rejalaştirilgan oliy darajadagi taşrif doirasida Islomobod şahrida ötkazilgan Özbekiston va Pokiston xalqlari örtasidagi döstlik timsoli – buyuk sarkarda va mutafakkir şoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bağişlangan ilmiy anjumanda qatnaşiş maqsadida kamina ilmiy safarda bölib qaytdi. Pokistonlik boburşunos va Bobur mirzo ixlosmandlarini fond fao­liyati bilan yaqindan taniştirdim. Sönggi yillarda fond tomonidan çop etilgan kitoblardan pokistonlik döstlarimizga taqdim etildi.

Şuningdek, safar davomida fondning jamoatçilik asosidagi Pokiston (Islomobod) bölimi rahbari, Bobur forumi direktori janob Muhammad Ramzan bilan bölib ötgan uçraşuvda forum tomonidan Bobur mirzo hayoti va faoliyatini tarğib-taşviq qiliş yuzasidan olib borilayotgan işlar bilan tanişib, özaro fikr almaşib, har ikkala tomonlar örtasidagi kelgusi rejalar muhokama etildi. Yana şuni aytiş joizki, safar natijasida fond tasarrufidagi “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi sönggi yillarda Pokistonda çop etilgan bir qança ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyidi. Uşbu qölga kiritilgan kitoblar Bobur mirzo muxlislarini yana bir bora quvontirişi şubhasiz.

Barçaga ayonki, Pokiston va Özbekiston özaro ilmiy, madaniy jihatdan yaqin aloqalarni kelgusida ham davom ettiradi. Pokiston – sehrli diyor. Bu sehrli diyorni biz uçun oçib bergan hindşunos, urduşunos olimlarimizni doimo hurmat bilan tilga olamiz. Ular qatorida, ayniqsa, marhum professor Ansoriddin Ibrohimovning salmoqli xizmatlarini alohida taʼkidlaşimiz zarur. Bobur şaxsiyatiga bölgan ehtirom va uning şeʼ­riyati şaydosi bölgan Ansoriddin Ibrohimov Özbekis­tonda boburşunoslik fanining rivojiga salmoqli hissa qöşgan olimdir.

Ansoriddin Ibrohimov tarjimonlik sohasida ham faoliyat olib borgan mohir tarjimon ham edi. Köplab hind va pokistonlik yozuvçilarning hikoyalarini tarjima qilgan. Jumladan, Krişan Çandarning “Xotiramdagi çinorlar” (1986), “Dadar köprigidagi bolalar” (1999), Premçandning “Şatranj işqibozlari” (1990), “Xitöpadeşa yoki ibratli hikoyatlar” (1997), şuningdek,   Erkin Vohidovning “Oltin devor” asarini urdu tiliga tarjima qilgan va mazkur asar 1996 yil Pokistonning Lahor şahrida sahnalaştirilib, keng omma eʼtiboriga havola etilgan.

Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Pokistonga taşrifi çoğida Pokiston Boş vaziri Imronxon janoblariga professor Ansoriddin Ibrohimov tomonidan yaratilgan “Urduça, özbekça muştarak sözlar luğati”ni tuhfa qildi. Eʼtiborga loyiq jihati uşbu naşrga davlatimiz rahbari tomonidan sözboşi yozilgan bölib, unda muallifning köp yillik izlanişlariga yuksak baho berilgan.

Maʼlumki, fondimiz tomonidan Bobur nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilgan. Bu mukofot Bobur mirzo bobomizning hayoti va ijodi, uning moddiy va maʼnaviy merosini, boburiylar tarixi va madaniyatini örganiş va tarğib etişga bağiş­langan, xalqlar örtasida döstlik va qardoş­lik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qiladigan, yuksak saviyada bajarilgan ilmiy tadqiqotlar, adabiyot, sanʼat va meʼmorçilik sohasidagi asarlar uçun har beş yilda bir marta beriladi. Hozirga qadar köplab mamlakatimiz va çet ellardagi maşhur ilm-fan va madaniyat arboblari uşbu mukofot bilan taqdirlanganlar. Şu xabarni siz aziz muştariylarga maʼlum qilmoqçimizki, Bobur xalqaro jamoat fondining kuni keça bölib ötgan Rayosat yiğilişi qaroriga muvofiq filologiya fanlari doktori, professor, marhum Ansoriddin Pölatoviç Ibrohimov boburşunoslik fani rivojiga qöşgan katta hissasi uçun Bobur xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

Zero, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning “Avlodlar xotirasida şaraf bilan yodlanmoqni donişmandlar insonning ikkinçi umri deydilar”, degan gapini hammamiz yaxşi bilamiz.

Zokirjon MAŞRABOV,

Bobur nomli xalqaro jamoat

fondi raisi, Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan madaniyat xodimi,

tabiatşunos olim

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan