“Har kungi möʼjiza”. U tizimli islohotlarga muhtoj
“Ommaviy axborot vositalarini “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oşiriş borasida sezilarli natijalarga erişilmoqda. Bu boradagi eng muhim yutuğimiz şuki — biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi Özbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz”.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning birinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumining oçiliş marosimida aytgan uşbu sözlari mamlakatimiz oçiqlikka yuz tutgani, bunga ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy mahorati va qatʼiyati yordamida erişilayotganini aniq körsatib turibdi.
Keyingi beş-olti yil Özbekistonning media sohasi uçun jadal sifat özgarişlari davri böldi. Jurnalistlar uçun taqiqlangan mavzular qolmadi, fikrlar va qaraşlar turliça köriniş oldi. Söz erkinligi real tuşunçaga aylandi, berilgan imkoniyatlardan foydalaniş uçun maʼmuriy tösiqlar olib taşlandi. Jurnalistlarning öz pozitsiyasini bildirişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan huquqiy islohotlar ötkazildi. Bunda axborot va ijodiy faoliyat erkinligiga bölgan huquq mustahkamlandi, uşbu meʼyorlarni buzuvçilarga nisbatan esa javobgarlik kuçaytirildi.
Uşbu jarayonning mantiqiy davomi sifatida mamlakatimizda jadal surʼatlar bilan şaffof, axborotlaşgan jamiyat şakllana boşladi. U esa tabiiyki, zamonaviy şaroitlarda “yangiça” deb ataluvçi OAV — saytlar, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi maydonçalar, videoxosting-platformalar uçun qulay muhit yaratdi.
Şu bilan bir qatorda, raqamli media-mahsulotning jadal ösişi şaroitida avvalgi, anʼanaviy ommaviy axborot vositalarining kelajagi faol muhokama qilina boşladi. Hatto internet va ijtimoiy tarmoqlar keng rivojlanayotganidan kelib çiqib, matbuot, yaʼni bosma naşrlarga ehtiyoj bormi, degan fikrlar ham aytilyapti.
Bunday qaraş maşhur “Moskva köz yoşlarga işonmaydi” filmida teleoperator bölib işlaydigan yigitning “Televideniye rivojlansa, kinozallar va teatrlarga hojat qolmaydi” degan fikrini eslatadi. Vaholanki, u xato öylaganini biz körib turibmiz. Töğri, kinozallar va teatrlar avvalgidek gavjum emasdir, biroq ularga hamon ehtiyoj bor.
Şu nuqtai nazardan matbuotdan, yaʼni bosma naşrdan uziliş kabi his-tuyğularga beriliş mantiqqa sira töğri kelmaydi. Avvalo, u hali öz funksiyalarini bajarişga — jamiyatdagi muammolarni kötarib çiqiş, odamlarning ijtimoiy va siyosiy ongini yuksaltiriş, faollaştiriş, fikrlaş, tanqid va tahlil qiliş salohiyatini oşirişga xizmat qiliş kuçiga ega. Qolaversa, matbuot jamiyatning yuzi, oynasi demakdir.
Internet bugun qançalik ommalaşmasin, hali hamma ham undan tölaqonli foydalaniş imkoniga ega emas. Jamiyatda axborotni anʼanaviy OAVdan olişni maʼqul köruvçi insonlar köpçilikni taşkil etadi. Buning ustiga, elektron OAV va veb-saytlar, messenjerlar xabarlarni tez tarqatsa-da, matbuot voqealar rivojini, mazmunini, mohiyatini şarhlab beradi. Bu bilan aholining ijtimoiy-siyosiy savodxonligini oşirişda katta rol öynaydi.
Mutaxassislar fikriça, insonning miya faoliyati maʼlumotni elektron doska va monitorlarga qaraganda qoğoz vositalari, xususan, gazeta, jurnal va kitoblardan öqiganda köproq hamda samaraliroq qabul qiladi. Nur taratmagani bois gazeta va jurnal yoki kitob sahifalariga uzoq vaqt qaraş, ularni sinçiklab öqiş, saqlab qöyiş va kerak bölganda yana köz taşlaş qulay.
Qolaversa, har qanday matbuot naşri tarixning bir bölagiga aylanadi. Yillar ötib, kelajak avlod maʼlum bir davr haqida maʼlumot olmoqçi bölsa, şubhasiz, öşa paytda çop etilgan gazetalarga murojaat qiladi. Şu orqali zamon nafasini, haroratini his etadi.
Bas, şunday ekan, muştariylarning diqqatini jalb qilişda matbuotning rolini aniqlaş, yaʼni bugungi şaroitda u qanday strategiyani egallagani, öz oldiga qanday maqsad qöygani va qaysi yölni maqsadga muvofiq, deb hisoblaşi öta muhim.
“Bosma naşrlar uçun oltin asr
boşlanmoqda”
Buyuk Britaniyaning “Daily Mail” gazetasi jurnalisti Syu Pirtning quyidagi öxşatişiga eʼtibor bering: “Men uçun yangi gazetani öqişga tutingan paytim xuddi teatrda hali parda oçilmay turib, orkestr kuy çala boşlagan lahzalarni eslatadi. Içkarida, sahnada seni nima kutayotganini bilmaysan, lekin miyangni sen heç qaçon öylamagan köplab ğoya va fikrlar zabt etişiga işonasan”.
Taşbeh juda aniq, şunday emasmi? Jurnalist fikriça, matbuot öquvçini özidan — öz fikrlari, öy-xayollari va muammolaridan çalğitişga qodir. “Şuni sezdimki, deb yozadi u, raqamli format bilan “özini ovuntirib yurgan” odamlar sekin-asta gazeta va jurnallarga qaytişadi”.
Taassuflar bölsinki, bizning jamiyatimizda şunday holat yuzaga keldiki, tobora kuçayib borayotgan axborot “şovqini” orasida raqamli muhitda kundan-kun urçiyotgan tinib-tinçimas “baqiroqlar”ning ovozi eşitilyapti, xolos. Ular, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan voqealarni mensimay, barça bosma mahsulotlar — gazeta, jurnallar va hatto kitoblar kerakmi, degan şoşqaloq xulosalar çiqarişga şoşilmoqdalar.
Bunday qaraşlarning bemaʼniligi, haqiqiy hayotdan juda uzoqligi haqida köp töxtalib ötişga hojat yöq. Balki bu gap-sözlarni aytayotganlar tabiiy landşafti turli-tuman bölgan Vatanimizning eng olis qişloqlarida ham internetdan aʼlo darajada foydalaniş imkoni mavjud, deb öylaşar. Lekin boşqalarda, hatto poytaxt Toşkent markazida ham internet tezligini megabit/sekundlarda emas, megabit/soatlarda ölçaşga töğri kelişi mumkin. Bundan taşqari, smartfon va kompyuterlardan foydalanmaydigan kişilar qatlami ham mavjudligini unutmaslik lozim.
Ayni şu paytda biz rivojlangan, deb hisoblaydigan mamlakatlarda (ularning köpçiligi öz fuqarolarining savodxonligi, bilimi tufayli rivojlangan!) matbuot özining tiklaniş davrini keçirmoqda. Britaniyalik mediaekspert va qator naşriyotlar asosçisi Jeremi Lesli bölsa, bosma naşrlar — gazeta va jurnallar uçun oltin asr boşlanmoqda, deb hisoblaydi. Yevropa va Amerikada bosma naşrlarning adadi sekin-asta köpaymoqda, Osiyoda esa — nihoyatda ortib ketdi. Texnologiyalar va taraqqiyot darajasi eng yuqori hisoblanuvçi Yaponiyada odamlar bir neçta bosma naşrlarga obuna bölişadi. U yerda gazetalar millionlab nusxada çop etiladi.
AQŞda 2020 yili kundalik gazetalar adadi iş kunlarida 24,3 million nusxani, yakşanba kunlari esa 25,8 million nusxani taşkil etgan. Şubhasiz, bu naşrlarning raqamli auditoriyasi ham ortib bormoqda. Amerikaning 50 ta yetakçi gazetasi saytlariga bir oyda örtaça 13,9 million kişi taşrif buyuradi. Vaholanki, bu saytlardan maʼlumot oliş tekin emas.
Xöş, bizda-çi? Özbekiston Davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2011 yilda mamlakatimizda 637 ta gazeta çiqqan. 2021 yil 1 yanvariga kelib, ulardan 366 tasi qolgan. Çop etilayotgan gazetalarning soni deyarli 2 baravar kamaygan. Bu hali “adad” deb yuritiladigan boşqa bir muhim körsatkiç emas, u rasmiy statistikada keltirilmagan. Bu raqamlar böyiça esa yöqotiş juda katta…
Bozor relslarining asosi mustahkammi?
Ötgan haftadagi eng yorqin voqea — Toşkent xalqaro investitsiya forumi böldi. Undagi voqealar rivojini kuzatgan har bir kişi, biroz bölsa-da, iqtisodçiga aylandi, desam, xato qilmayman. Çunki anjumanda mamlakatimiz uçun juda muhim mavzular muhokama qilindi.
Bizning mamlakatda biznes yuritişni xohlovçi investorlarni köproq infratuzilma va unga boğliq omillar qiziqtirdi: xomaşyoni qayerdan oliş kerak, uni va tayyor mahsulotni yetkazib beriş qanday böladi, davlat halol raqobatni kafolatlaydimi, soliq va bojxona imtiyozlari-çi?
Sarmoyadorlar şuni yaxşi bilişadiki, har qanday işni taşkil qiliş uçun muayyan şart-şaroitlar mavjud bölişi lozim. Ayni zamonda bosma ommaviy axborot vositalari duç kelgan qiyinçiliklar muhokama qilinar ekan, “ekspertlar” va şu masalaga masʼul amaldorlar tomonidan bittagina umumiy taklif berildi, yaʼni “bozor relsiga ötiş”. Biroq bu rels nimaning ustiga qöyiladi, degan savol oçiq qolib ketdi. Qanaqa asos haqida söz boryapti, deysizmi? Gazetani obunaçilarga yetkazib beriş xizmati heç qanaqa talabga javob bermaydi, gazeta sotiladigan kioskalar soni esa kamayib ketdi. Qoğoz narxlari, soliq va bojxona tölovlari esa alohida mavzu.
Soha rivoji haqida gap ketganda, birinçi navbatda, tahririyatlarning moddiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yanada oşiriş, ularning raqobatbardoşligini taʼminlaş masalasini öylaş kerak. Zero, ezgu ğoyalar tarğiboti, maʼnaviyat, inson ongi va qalbi uçun kuraş jabhalariga ayrimlar oğiz köpirtirib yoqlayotgan şafqatsiz bozor mexanizmlarini töğridan-töğri joriy etib bölmaydi.
Ayniqsa, bugungi internet asrida har qanday axborotga bir zumda deyarli tekinga ega bölayotgan insonlar oldi-qoçdi gap-sözlardan xoli, jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan ğoyalar, tahlillar aks etgan naşrlarni çöntagidan pul sarflab, sotib olib öqişi amrimahol bölib qoldi. Şu bois, gazeta-jurnallarni çop etiş, ularni tarqatiş va öquvçilarga öz vaqtida yetkazib beriş tizimini qayta isloh etiş — zamon talabidir!
Bundan taşqari, intilişlarimiz, yaʼni mamlakat miqyosidagi, umummilliy va global darajadagi maqsadlarimiz haqida çuqur öylaş vaqti keldi. Xöş, eng öqimişli mamlakat böla olamizmi? Yo bizga şundayi ham “bölaveradimi”? Özimizni eng bilimga intiluvçi mamlakat, deb taniştira olamizmi? Umuman, biz juda faxrlanadigan ota-bobolarimizga munosib böliş, heç yöqsa, ular ortidan ergaşiş qölimizdan keladimi?
Mamlakatimizda va butun dunyo böylab örnatilgan buyuk mutafakkirlarimizning haykallariga bir eʼtibor bering-a. Dunyo tamadduniga beqiyos hissa qöşgan bu uluğ zotlar qölida kitob yoki qoğoz örami bilan tasvirlangan. Negaki, ular nafaqat uşbu şaxslarga qöyilgan haykal, balki çuqur ilmiy va falsafiy merosdan, aynan qoğozda aks etgan SÖZ QUDRATIdan darak beruvçi yodgorliklardir.
Bugungi kunda butun dunyoda eng dolzarb bölib turgan masala — maʼrifat masalasi. Dunyodagi borki talatöplar zamirida ham aynan maʼrifatsizlik turibdi. Maʼrifat — ilm degani, maʼrifat — maʼnaviyat degani. Maʼrifat, avvalo, mutolaadan boşlanadi. Hatto eng rivojlangan davlatlar ham bugun maʼrifatga qaytadan murojaat qilayotgani bejiz emas. Buni, masalan, Fransiyada ham yaxşi anglaşadi. U yerda yoş avlodni maʼrifatli qiliş ustida iş olib boriladi. Mamlakatda gazeta va jurnallarni çop etiş, tarqatiş borasida davlat subsidiyalari belgilangan. 2009 yildan boşlab esa davlat taşabbusi bilan yoşlarni kundalik gazetalarni öqişga jalb etiş böyiça maxsus dastur amalga oşirildi. Uşbu aksiya noşirlar bilan hamkorlikda olib borildi va 14 yoşdan 18 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun gazetalarga yillik bepul obuna taqdim etiş yölga qöyildi.
Uç yildan söng hayratlanarli natija kuzatildi. Yaʼni loyihada iştirok etgan — uylariga yetkazib berilgan bepul gazeta va jurnallarni öqib ulğaygan yoşlar orasida keng dunyoqaraşga ega, ilm-fanning barça sohasiga qiziquvçi, qobiliyatli yigit-qizlar safi sezilarli darajada kengaydi. Demak, Fransiya hukumati katta mablağlar sarflab bölsa-da, ezgu maqsadga erişa oldi.
Yaqinda bir gazetada Germaniyadagi aeroportlardan biri, çamasi Kyoln şahridagi aeroport haqidagi maqolaga közim tuşdi. Unda sayohatçining taassurotlari hikoya qilingan. Muallif unga eng hayajonli daqiqalarni aeroportdagi gazeta sotiladigan dökon taqdim etganini bayon etgan. Butun inşoot böyiça eng ajoyib bölim — megakioskaning uzunligi 20 metr bölib, unda turli yönalişlarga tegişli yuzlab davriy naşrlar sotilar ekan. Xöş, biz ham nemislar kabi köp öqiydigan xalq ekanimizni aeroportdanoq namoyiş eta olamizmi?..
Amerika Qöşma Ştatlarida gazetalar nafaqat aeroport, balki mehmonxona, restoran, universitet, hatto köçalarda tarqatiladi. Turkiyada gazetalar katta-kiçik savdo nuqtalarida körinarli joylarga sotiş uçun qöyilgan. Yevropaning Praga, Varşava şaharlarida har 400 — 500 kişiga örtaça bitta gazeta dökonçasi töğri kelar ekan. Xöş, Toşkentda-çi? Poytaxtimiz fast-fudlar sotib oliş mumkin bölgan dökonçalar soni böyiça bu şaharlar bilan tenglaşa olar, balki. Ming afsuski, kioskalar soni böyiça emas…
Maʼno-mazmunga töla qoğoz
Matbuot özining tört asrlik tarixi davomida yuksaliş va tanazzul bosqiçlarini bosib ötgan. XX asrga kelib, u özining yangiliklar “monopolisti” sifatidagi maqomini yöqotdi. Lekin özgarişlarga moslaşa olişi tufayli köplab insonlar uçun axborot manbai va hamsuhbat bölib qoldi.
Özbekiston matbuoti ham ayni paytda transformatsiya jarayonini boşidan keçirmoqda. Auditoriyaning diqqatini jalb qiliş böyiça raqobatning kuçayişi tahririyatlar faoliyatida katta özgarişlarga olib keldi. Gazeta sahifalarida voqealar haqidagi tezkor xabarlarga kamroq örin ajratilib, tanqidiy-tahliliy maqolalar va şarhlarga, reportaj va suhbatlarga alohida eʼtibor berilmoqda. Ularda eksklyuziv materiallar, kuzatuvlar natijasi va masalani örganiş böyiça materiallar çop etilyapti.
Mana, keyingi yillarda gazetalar şaʼniga göyoki “tanqidiy maqolalar kam”, degan ayblovlarni qöyiş davom etib kelyapti, lekin bu — inersiya xolos. Hozir mamlakatimizda çiqadigan har qaysi gazetani varaqlab köring: unda eng dolzarb muammolar ham dadil yoritilayotganiga guvoh bölasiz. Farqi şundaki, bu obʼyektiv nuqtai nazardan qilinadi, aslo “xayp” uçun emas. Gazetalardagi maqolalar respublika va mahalliy darajadagi rahbarlar eʼtiborini u yoki bu masalaga qaratib, odamlarga adolatni tiklaşda yordam bergani töğrisida juda köp va xöp misollar keltiriş mumkin.
Prezidentimiz yangi Özbekistonning yangiça islohotlari asosiy yönalişlarini hayotiy misollar va dalil-isbotlar bilan asoslab, tahlil qilib, izohlab berar ekan, inson huquqlari va erkinliklarini, söz erkinligi va matbuot erkinligini hamda oşkoralikni eng muhim ustuvor yönaliş sifatida alohida taʼkidlab ötadi. Şu nuqtai nazardan, bugun özbek matbuoti hadik va loqaydlikni ortda qoldirib, faol pozitsiyani egallayotganini işonç bilan ayta olamiz. Ayrim gazetalar bu yöldan ildam bormoqda. Buni körmaslik, sezmaslik mumkin emas. Erkin va teran fikrlaydigan, hayotni haqqoniy va xolisona yoritayotgan gazetalar va jurnalistlar safi tobora kengayib boryapti.
Matbuot axborotning sifati, keltirilgan dalillar haqqoniyligi, fikrlar puxta öylanganligi kabi ijobiy imkoniyatlarini işga solib kelyapti.
Haqiqat muzeydagi eksponat singari noyob narsaga aylangan bir davrda gazetalar, agar özining anʼanalariga sodiq qolsa, yolğondan çarçagan auditoriya közi öngida mediaindustriyani reabilitatsiya qilişga qodir. Butunjahon gazeta va yangiliklar assotsiasiyasi (WAN-IFRA) maʼlumotiga köra, sayyoramizdagi katta yoşli aholining 40 foizi har kuni aynan gazeta öqişni davom ettirmoqda.
Axborotni aynan qoğoz körinişidagi manbadan oliş, ayniqsa, öqimişli, mulohazakor qatlam, ziyolilarning qismatidir. “The New York Times” kolumnisti Nelli Boulzning fikriça, raqamli muloqot öz ahamiyatini yöqotmoqda. Odamlarning bevosita uçraşuvi, suhbati hamma intiladigan jarayonga aylanmoqda. Ana şu anʼanalar öz vaqtida “Rospeçat” kompaniyasining sohaviy maʼruzasida qayd etilgan. Unda keltirilişiça, gazetaning qoğoz versiyasi har qanday mamlakatda sifatli bosma naşr hisoblanib, elita mahsulot sifatida eng ilğor qatlamga möljallangan va imkoni boriça uzoq vaqt, ideal şaroitda esa — hamişa çiqib turişi lozim.
Şubhasiz, matbuotning köp asrlik anʼanalari va zamonaviy qadriyatlari yangi Özbekiston uçun muhim va zarur. Negaki, mamlakatimizda oçiqlik kursi eʼlon qilindi, maʼrifat esa eng asosiy qadriyatlardan biri, deya belgilandi. Biroq bu sohaga munosabatni özgartiriş, özaro hamkorlik mexanizmlarini isloh qiliş, huquqiy asoslarini takomillaştiriş va infratuzilmani tubdan yangilaş talab etiladi.
Bunga sarflanadigan xarajatlar, albatta, özini oqlaydi, çunki ular amalga oşirilayotgan islohotlar mohiyati haqida xabardor qiliş, bu yöldagi qiyinçiliklarni hal etiş va fuqarolik jamiyatini şakllantirişga, maʼrifatga yönaltirilgan.
Muammolar va yeçimlar
Taniqli jurnalistlardan biri gazetani “har kungi möʼjiza” deb atagan ekan. Qöşimça qilib aytiş mumkinki, ana şu “möʼjiza” katta jamoaning maşaqqatli mehnati bilan yaratiladi. Maqolani tayyorlaş, tahrir qilişning özi yetarli emas. Bosqiçma-bosqiç bu matn sahifaga joylaştiriladi, qayta öqiladi. Gazetaning navbatdagi soni yarim tunda çop etiş uçun ruxsat berilib, imzolanadi. Bosmaxonada böyoq beriladi, tayyor mahsulotga aylanadi. Şunday qilib, kun panoramasini özida jamlagan gazetaning yangi soni öquvçi qöliga yetib boradi. Bosma mahsulotda voqea-hodisalar lenta kabi aylantirilmaydi, köz öngimizda reklama bilan qorişib ketgan holda klip singari ötib ketmaydi. Unda mamlakatimiz hayotining yilnomasi qayd etiladi. Bosilib çiqqan faktlarga har doim qayta murojaat qiliş, ular böyiça yana mulohaza yuritiş mumkin. Bunda his-tuyğular tağin jonlanadi va yodda qoladi. Gazeta şunisi bilan ham “möʼjiza”dir.
Şu nuqtai nazardan, gazeta va jurnallar mazmunini yanada boyitiş eng muhim işlardan biridir. Albatta, jurnalistika keng tafakkurni, zahmatli mehnatni talab etadigan kasb. Bu kasbning nonini yeyişga qaror qilgan inson şunçaki bexato yozişni örganib olişi yetarli emas. U hamişa odamlar taşvişi bilan yaşaşi, jamiyatdagi muammolarni xuddi özinikidek qabul qilişi kerak. Ularga nisbatan faol pozitsiyada bölişi lozim. Bunday kadrni tayyorlaş esa oson bölmaydi. Şu jihatdan mamlakatimizda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining taşkil etilgani ayni muddao böldi. Endi bu oliy öquv yurtida tahsil olayotgan talabalarni tahririyatlarga yaqinlaştirişimiz, “Ustoz — şogird” anʼanalarini yölga qöyib, ularning amaliy könikmalarini boyitişimiz kerak. Buning uçun, avvalo, jurnalist kadrlar tayyorlaş işida yangi tizim joriy etiş zarur. Xöş, bu qanday böladi?
Maʼlumki, hozirgi kunda yoş jurnalistlarimizda ixtisoslaşuv masalasi köngildagidek emas. Masalan, iqtisodiyot mavzuini yoritadigan jurnalist iqtisodiyotni, madaniyat mavzuini yoritadigan jurnalist madaniyat sohasini yaxşi bilmaydigan holatlar köp uçrayapti. Şu bois jurnalistika sohasiga nafaqat şu kasbga öqigan yoşlarni, balki boşqa yönalişlarda öqiyotgan, biroq jurnalistikaga iqtidori bölgan oliy öquv yurti talabalarini ham jalb etiş mumkin. Ular özlari öqigan yönaliş böyiça yetarli bilimga ega böladi. Öşa sohani tahlil qila oladi. Maqola yoziş könikmalarini şakllantirişga esa tahririyatlarning özi yordam berişi mumkin. Buning uçun tahririyatda bepul öquv kurslari taşkil etiş yetarli böladi.
Misol tariqasida “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida özbek, rus va ingliz tili kurslari, turli oliy öquv muassasalarida tahsil olayotgan yoşlar uçun “Jurnalistik mahorat maktabi” taşkil etilganini keltirib ötiş mumkin. Xodimlarning bilimlarini oşiriş, sohaga yoş avlod kadrlarini tayyorlaşda bu işlar yaxşi samara körsatdi. Bunday mahorat maktablari nafaqat bizning tahririyatimizda, balki boşqa tahririyatlarda ham taşkil etilgan va özining ijobiy samarasini bergani bor gap.
Oliy taʼlim muassasasida talaba nazariy bilimlarni oladi, lekin amaliyotni faqatgina kundalik gazeta tahririyatida ötaydi, u yerda yozişni örganadi. Qolaversa, jurnalist uçun zarur bölgan kasbiy sezgi, intervyu oliş mahorati, dalillarni tahlil qila oliş kabi könikmalar şakllanadi. Eng asosiysi, faktlarni tekşiriş, tanlab oliş va öquvçiga işonçli maʼlumotni taqdim etiş, masʼuliyatli böliş — ana şu xislatlar özlaştiriladi. Tahririyatlar ana şu anʼanalarni davom ettirişi uçun qöşimça rağbat yaratilişi kerak.
Yurtimizda nomdor gazetalardan tortib, prokuratura va sud, mahalliy hokimlik organlari, turli vazirlik va qömitalar, siyosiy partiyalaru turli uyuşmalar, nodavlat-notijorat taşkilotlar va hokazolar muassisligidagi gazeta-jurnallar uzoq yillardan beri naşr etiladi. Ammo sönggi yillarda muassislar öz naşrlariga yetarli eʼtibor bermay qöygani ham ayni haqiqat. Taʼkidlaş kerakki, avvalo, har bir naşr — muassisining minbari. Buni muassislar juda yaxşi anglaydilar va bu minbardan istagança foydalanadi. Moddiy va maʼnaviy kömakka kelganda esa panja orasidan qaraydilar. Aksi bölganida, yuz minglab aʼzolariga ega bölgan siyosiy partiyalarning naşrlari va boşqa yirik muassislari bölgan gazetalar kam nusxalarda çop etilmasdi.
Oçiği, gazetalarimizning adadini keskin köpaytirmasak, közlagan maqsadga yetişiş qiyin böladi.
Binobarin, matbuot jamiyatning yuzi ekan, sohaning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş zaruratdir. Birinçidan, matbuot bugungi Özbekiston uçun har qaçongidan ham muhim. Şu bois unga bölgan munosabat, matbuot bilan işlaş şakllari va mexanizmlari tubdan isloh qilinişi şart. Naşrlar öz muassisining tarğibot vositasi hisoblanadi. Qolaversa, gazeta çop etiş xarajatlari muassisni juda qiyin ahvolga ham solib qöymaydi. Buning uçun byudjetdan alohida mablağ ajratilsa, vaqti kelib bu mablağlar nafaqat özini oqlaydi, balki iqtisodiy jihatdan foyda keltirişni ham boşlaydi. Çunki gazetaga reklama beruvçilar köpayadi.
Ikkinçidan, davlatimiz rahbari tomonidan maʼnaviyat, maʼrifat masalasiga eʼtibor kuçaygan bir şaroitda mutasaddilar odamlarning ehtiyojini örganişi şart. Aholini qanday gazetalar, qaysi mavzular qiziqtirişi, xalqni matbuotga qaytariş yöllari haqida fikr yuritiş vaqti keldi.
Uçinçidan, gazetalar tannarxini kamaytiriş masalasi ham öta muhim. Har qanday naşrda asosiy mablağ uçta narsaga sarflanadi: xorijdan qoğoz import qiliş, gazetani bosmaxonada çop etiş va uni obunaçiga yetkazib beriş. Demak, bosma ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaşda şu uçta yönalişga eʼtibor qaratiş kerak. Masalan, qoğoz importida bojxona imtiyozlarini belgilaş, bosmaxonalarga gazetalar çop etiş xarajatlarini byudjet qöşimça daromadlari hisobidan qisman qoplab beriş, gazetalarni sotiş va yetkazib beriş mexanizmlari, usul va körinişlarini takomillaştiriş zaruratini hayot taqozo etib turibdi.
Gazetalar çiqqan kuniyoq öquvçilar qöliga töliq yetib bormasa, barça urinişlar bekor. Axborot tez tarqalayotgan bir kezda gazetalar baʼzi hollarda haftada bir marta yetkazib berilyapti, baʼzida esa öz öquvçilari qöliga umuman yetib bormayapti. Natijada aholi örtasida gazetaga obuna bölişga qiziqiş yöqolmoqda. Buning ustiga gazeta kiosklari tarmoği ham keskin qisqarib boryapti.
Buning oldini oliş uçun poçta tizimini tahlil qilib çiqiş va ötgan yillarda yöqotilgan matbuot tarqatiş tizimini qayta tiklaş, yetkazib berilmagan gazetalar uçun poçta xodimlarining javobgarligini belgilaş, gazeta kiosklari tarmoğini kengaytiriş kerak. Matbuot tarğiboti qöllab-quvvatlanişi, tizimda imtiyozlar joriy etilişi zarur. Hozirgi kunda gazetalar obunaçilarga öz vaqtida yetkazib berilmayotgan bölsa-da, poçta xizmati uçun katta mablağ talab etilmoqda. Bu esa obuna narxining ösişiga sabab bölyapti. Aslida poçta bölimlari obuna mavsumida gazetalar tarğiboti bilan jiddiy şuğullanişi, obunaçilar sonining oşişi hisobiga rentabellikni taʼminlaşi lozim.
Mazkur muammo yeçimida yana bir yöl şuki, gazetalarga davlat subsidiyalari ajratilsa, tahririyatlar rivojlangan davlatlardagi kabi gazetasini tarqatiş uçun öz transport vositasiga ega böladi. Bu, avvalo, uzoq qişloq va şaharlarda gazeta hamda jurnallarning obunaçilar qöliga öz vaqtida tezkorlik bilan yetkazib berişga xizmat qilgan bölardi.
Törtinçidan, gazetalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, jurnalistlarni rağbatlantiriş masalalarida ham özaro boğliq bölgan köplab muammolar mavjud. Masalan, qöşimça qiymat soliğining joriy etilişi tahririyatlarning moddiy ahvoliga jiddiy taʼsir qildi. Bu borada ommaviy axborot vositalari uçun imtiyozlar belgilansa, maqsadga muvofiq bölardi. Şuningdek, gazetalar çop etiş salohiyatiga ega bölgan bosmaxonalar tarmoğida raqobat muhitini yaratiş lozim.
Matbuotning roli haqida söz yuritilar ekan, bu örinda gap qandaydir tarğibot-taşviqot haqida emas, balki odamlarning dunyoqaraşini şakllantiriş, ularning ongida mustaqil fikr uyğotiş haqida bormoqda. Çunki hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar töqnaşayotgan murakkab bir şaroitda faqat öz fikri, öz hayotiy pozitsiyasiga ega bölgan xalq va jamiyat yengilmas kuçga aylanib, kelajagini öz qöli va aql-zakovati bilan qurişga qodir böladi. Şu nuqtai nazardan, milliy matbuot yurtdoşlarimizni davlat qurilişi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohadagi islohotlar, mamlakatni demokratik jihatdan yangilaş jarayonlaridan xabardor qiliş bilan birga Özbekiston manfaati har birimiz uçun birlamçi ekanini doimo anglatib turuvçi asosiy vositadir.
Özbek matbuoti şonli tarixga ega. Sönggi bir yuz ellik yildan ortiqroq vaqt davomida mamlakatimiz hududida yuz bergan barça muhim voqea va hodisalar gazetalar sahifalarida muhrlangan. Millatimiz ziyolilari xalqimizni aynan gazetalar orqali taraqqiyotga yetaklagan. Modomiki şunday bölgaç, biz mana şunday kuçli axborot vositasini qadrlaşimiz, uning yanada rivojlanişiga yöl oçib berişimiz kerak. Balki şunda yana yurtdoşlarimiz, kattayu kiçik rahbarlarimiz har kunini gazeta öqişdan boşlaydigan, yoşlarimiz qölida faqat gadjetlar emas, gazeta-jurnallar, kitoblar ham kötarib yuradigan bölişar…
Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan, maʼrifat va maʼnaviyatga katta eʼtibor qaratilib, uçinçi Renessans poydevorini yaratiş borasida qatʼiy saʼy-harakatlar olib borilayotgan yangi Özbekistonda bu orzularning ham amalga oşişi muqarrar.
Ötkir RAHMAT
