Şoirga maktub: Hadsiz hayratlar
Assalomu alaykum! Hurmatli Sirojiddin Sayyid!
Yaşirmayman, ilmiy işim taqozosidan 4 jildlik kitoblaringiz javonimda. 1-jild qölimda. Ijodingizga bölgan qiziqişim ustunlik qilib ilmiy adabiyotlarni bir çekkaga surib qöyib saylanmalaringizni bir-bir varaqladim. Cözboşida Ozod domlaning siz haqingizdagi fikrlarini sinçiklab öqiyman. Şunday uluğ munaqqidning siz haqingizda aytgan iliq fikrlari mening qiziqişim va hayratlarimni yanada oşiradi. Keyin şeʼrlaringizni öqiy boşlayman. “Vatan mehri” şeʼringiz ila boşlangan sahifalar jilolanib sözdan sözga köçib boradi. Har bir şeʼringizda Surxonning, Kundajuvozning tabiati, hayvonoti, daraxtlari, öçoqlari, ötinlari… har bir çizgilari köz oldimda gavdalanadi. Satrlaringizdagi bolalikning ötliğ xotiralari ila sizga qöşilib qalbim örtanadi. Gulnor uçun tökkan bolaligingizning sönggi köz yoşlari meningda közlarimdan oqadi göyo. “Mening daraxtimni kesmang, otajon” deganingizda men ham qöşilib yolvoraman.
Barça ayb mendadir,
Bu daraxt neçun?
Odobsizlik qilganim-çun
Yodingizdami –
Adabimni bergandingiz
Bir xipçin bilan,
Bu daraxt – öşa xipçin.
Köp şoirlarning şeʼrlarini öqib katta bölganman, deyolaman. Ammo hislari siznikidek toza va şu toza tuyğularni töğridan-töğri şeʼrga solgan şoirni juda kam uçratdim. Şu qadar soflik, şu qadar haqiqat va rostgöylik. Har bir şeʼr qalbimga mayin ohangdek singa boradi. Xuddi öz taqdirim haqida öqiyotgandek qiziq. Xuddi bir qiziq asar qahramonining taqdiri ayon bölayotgandek keyingi sahifalarga şoşaman.
Mening bir daraxtim bor edi, döstlar
Xazonlar qoplabdi tegralarini.
Közyoşga qorişib yetilgan sözlar,
Döstlar, u daraxtning mevalarimi?
Keyingi şeʼrdan:
Tuşlarimga kirar bir daraxt.
Anduh kabi qora, yaproqsiz,
Uyğonaman – şör yoş labimda.
Tuşlarimga kirgan daraxtning
Ildizlari ingrar qalbimda.
O, şoirim! Bu qalbda bunçalar iztirob, bunçalar soğinç, har bir xas-u toşlar sizga bu qadar aziz!
Xatlar yozdim:
“Bormisan, singil
Daraxtlarim mening omonmi?
Men omonman, tanimoqdaman
Gohi baland, goh past insonni”.
Davomini öqiyman-öqiyman, öqiyveraman. Sizga xatlar yozgan, siz-da javob yozgan singlingizga havasim keladi. Şeʼriy xatdagi iztiroblar yillar tilgan qalbimni yanada tiladi.
“Bolalik balladasi”da bolalikni ertaknamo taʼrif etasiz. “Qöldagi kulçamni tulkilar yedi, yalmoğizlar mindi velosipedimni” deya öqiguçi xayollarini ertaklar olamiga çorlaysiz.
Novdalarda boyquşdek ötirib olgan
Yalmoğizlar tizzalariga
Qöllarini urib meni kuzatdilar
Qirqta qaroqçining ğoriga tomon.
Ulğayişning aççiq iztiroblarini şu qadar ramzlarga köçirasizki, beşafqat hayotning mohiyatini bola qalbiga-da şu qadar tuşunarli qilib tasvirlaysizki…
Sahifalar özgaraveradi. Şeʼrlaringizdan olayotgan keçinmalarim olovlanib kuçayib boraveradi, voqealar avj oladi. “Yöllar hayqiriği bağrida mendan uzoqlaşib borar bir odam… U – sevgidir, mendan norizo tuyğu. U – yoşlikdir, ketar menga toş otib”. Bu misralar qalbni çöğlantirmasligi mumkinmi, dilning tub-tublarigaça hislar alangasi çulğab, yurak yaproqdek titramasligi mumkinmi?!
U paytlar quş kabi uçib yurardim,
Ketalar – oyoqqa boylangan qanot.
Bugun katta maydon, loldir qudratim –
Oğir botinkalar kiydirdi hayot!
Uşbu misralarni öqiyman-u hali yigirma yoşlik şoirning futbol öyini haqidagi xotiralariga, tasvirlariga faylasuflarça hayot haqiqatlarini siğdirgani, mohirona qoriştirgani aqlimni yana bir bor lol etadi.
Bu mahoratingiz ulğayganingiz sari ulğaya boradi va mening hayratlarimni ham ulğaytiradi. “Sinfdoşim Iskandarning “Yava” mototsikli haqida xotiralar” şeʼringiz buning dalilidir.
U olib ketardi ikki ösmirni,
Tezlikdan iborat dunyolar tomon.
…
Asli tuşlarimga otlar kirişi,
Tulporlar kirişi şart edi!
…
Asli tuşlarimga opam kirişi,
Yiğlaşi şart edi böynimdan quçib…
…
Faqat meni keçir,
körmaganim uçun seni tuşimda.
Bu maktubim esa “Yava” nomiga…
Har bir satrni, har bir sözingizni yozişim kerak edi aslida. Qayta-qayta öqidim. Qayta tonglar otdi, tunlar botdi: öqidim. Bu şeʼrmi, dostonmi..? Yöq, bu qissa… Qadimda bölganidek, qissaxonlik qilaman özim bilan. Qissa yoki roman kabi keng maydon, maydonki, qahramonlari köp, dardi ulkan, taʼsiri kuçli. Qanday şu ikki varaqda, tört betda joylaşgan şeʼrga butun bir hayotning mazmunini siğdiriş mumkin? Qanday..? Qanday..? Yana çeksiz savollar, yana hadsiz hayratlar…
Kitobning bir sahifasi, şeʼrlaringizning bir satri qolmaydi men öqimagan, bir misrasi yöqki, meni hayratlantirmagan, men yurak tarozisidan ötmagan: xullas, qalb sadolaringiz, pokiza tiynatingiz, şeʼrga ğarq bölgan şuuringiz, betakror badiiy mahoratingiz – Pasternak, Voznesenskiyni, Voznesenskiy sizni rom etgani kabi hayratlantirib boraveradi.
Yana bir söz: ilmiy iş mavzusini olayotganimda sizning baʼzi şeʼrlaringizni öqigan, ammo nasrdagi ijodingizdan bexabar edim. Har bir nasriy ohanglaringizni tinglab, sözingiz otaşidan, qalamingiz çöğidan uçqunlandim; yondim, qaqnus kabi qayta tuğilib, siz bilan yonma-yon yaşadim. Endi siz unib-ösgan hovlini çiza olaman, undagi söri menga ham taniş, qadrdon. Peçkangiz ustida qaynagan qumğon ovozlarining sadolari mening yuragimda-da heç qaçon tinmaydi, usta Tojiddinning sandiqlari menga ham juda qiziq… Hali aytadigan gaplarim juda köp, hali köp yozaman, inşaalloh!
Şeʼrsevar xalqning baxtiga, bizdek muhiblar baxtiga doimo soğ böling!
Hurmat va ehtirom bilan,
Raʼno FAYZULLAYEVA,
Navoiy davlat pedagogika
instituti doktoranti
