Yerniki yerga, suvniki suvga…

Isajon Sulton,

Özbekiston xalq yozuvçisi

 

Muallif haqida:

Isajon SULTON — 1967 yili Farğona viloyatining Rişton tumanidagi Avazboy qişloğida tuğilgan. Toş­DU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1990). Yozuvçining dastlab “Munojot” (1990), “Oydinbuloq” (1995) kabi kitoblari naşr etilgan va kitobxonlar eʼtiboriga sazovor bölgan.

Keyingi yillarda “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”, “Bilga Xoqon”, “Alişer Navoiy” singari romanlari çop etilgan.

J.Neruning “Hindiston” kitobining “Bobur” qismini, D.Butssati, R.Akutagava, U.Sayfiddin kabi jahon adiblarining asarlarini özbek tiliga ögirgan.

Adib 2014 yili “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” hamda 2021 yil “Özbekiston xalq yozuvçisi” unvoni bilan taqdirlangan.

 

Yerniki yerga, suvniki suvga…

(Hikoya)

 

Bunaqa voqealar hozir yuz bermaydi. Röy berganlariyam tarixning qay bir burçida qolib ketgan deydilar.

Yana aytişadiki, “Hoy, huşyor bölinglar! Yeb-içganlaringiz tuproqqa ketadi, berganlaringiz özingizga qoladi”.

Şunaqa deymiz-u…

Toğ etaklarida bir avliyo yaşardi.

Avliyo deyişgani bilan karomatini birov körmagan. Heç kimi yöq, qavmu qarindoşi tugul, yoşiyam nomaʼlum, ammo keçalari gohida öşa tomonga tungi samodan bir tutam şuʼla tuşgani yo uçar yulduz quyiga ingani körinib qolardi. “Avliyomiz maloikalar bilan suhbatlaşyapti”, de­yişardi kişilar.

Tavba, avliyo ular bilan nimalarni gaplaşar ekan?

Samolarda burjlarning surilişini, sayyoralar harakatini, oyning hiloldan tölinga özgarişlarini tomoşa qilar? Mangu zulmatlar aro nurday kezar? Tunni tongga, tongni tunga öralişini kuzatar? Bular kişiga qanday zavq ato etişini biliş qiyin, biroq, avliyolar odamlar orasida yaşaşni xuşlamasliklari bor gap. Ertalablari non yopadigan, köça-köy supuradigan, mol-holini bozorga oborib sotadigan, oş pişirib yeydigan hamda har turli bölar-bölmas gap­larni gapirib ötirişni xuş köradiganlar bilan uning hayoti orasidagi farq qanaqa ekan?

Ana şundaylardan biri — Abdusamad degan kişi, bir kuni bağrini yerga berib yotib, rosa öylandi. Bolalar katta bölişyapti. Rözğor nihoyatda yupun. Şu damga qadar jonini jabborga berib mehnatlar qildiyu biri ikki bölmadi. Har kuni şu — mehnatu zahmat.

Avliyoning rizqi esa öz-özidan kelarmiş. Bir-ikkita qöylariyam bormiş. Ularga birov qaraşiniyam keragi yöqmiş, özi ötlab, özi köpayib yuraverarmiş. Böri-şoqol yaqin yölamasmiş, mabodo bir-ikkitasi adaşib kelib qolsa, bir nimaga duç kelganday tiraqaylab qoçarmiş. Har holda, közga körinmas nimadir ularni vahşiylardan qöriqlab turarmiş.

Kiroyi hayot deganlari ana şunaqa bölsa-da.

Abdusamad öylab-öylab, nihoyat “Uyam, menam Xudoning bandasimiz-ku” dedi. “Unga berganlarini menga bermasinmi?”

“Söraydiganlarim nihoyatda oz. Bir ozgina sarvat bölsa bas, qolganini özim eplab ketaman”.

“Ha, çiqmagan jondan umid, borib köraveray-çi. Bölsa böldi, bölmasa yöq-da, nima yöqotardim?” deb etagini qoqib örnidan turib, yölga ravona böldi.

Ançadan söng avliyo kulbasiga yetib bordi. Avliyo bir tutamgina bölib qolgan nihoyatda xoksor bir çol ekan.

Abdusamadning maqsadini eşitib, boş silkidi.

– Toşbaqa bolasini ot yoli bilan tuşovlaysiz, – dedi. – Unga somon parçasini boylaysizu men aytgan duolarni öqiysiz. Inşalloh, tilagingiz röyobga çiqadi. Ammo bir şarti bor!

– Qanaqa şart bölsa roziman!

– Qişloqdagi bultur sel oqizib ketgan köprik örniga yangisini solib berasiz!

– Bittamas, önta bölsayam quraman!

– Unda mayli, – deb, avliyo ota duo qildi.

Abdusamad sevinib uyiga qaytdi.

Uç-tört kun izlab, daştdan toşbaqa bolasini topib keldi, narigi qişloqda bir otjallob boriydi, öşanga borib, otining yolidan bir tutamini sörab oldi. Otjalloblar ot yolini kestirişmaydi deyişardi, rost ekan, ança tixirlik qildi-yu, nihoyat köndi. Somon esa har yerda soçilib yotibdi, atay uzun, sinmaganlaridan tanlab oldi. Barini muhayyo qilgaç, xotiniga “Birov sörab kelsa meni uyda yöq deysan” deb tayinlab, kulbasiga kirib, avliyoning aytganlarini ado etdi. Toşbaqa bolasini tuşovladi, somon parçasini qil bilan boylab ustiga qöygan edi, jonivor ohista aylana boşladi. Abdusamad esa avliyo aytgan duolarni öqib ötirdi.

Nimadir röy berarmikin? Mujda qaydan qay tarz kelarkan?

Bir-ikki kun ötsa-da, möʼjizadan darak yöq edi. Juma kuni asr vaqtida xotini birov çaqirib kelganini aytdi. Çoponini yelkasiga taşlab köçaga çiqsa, özi tengi bir kişi turibdi. Yuziga ğalati ğöddalar toşgan, xuddi toşbaqa kosasiga öxşaydi.

– Abdusamad aka sizmisiz?

– Ha, menman.

– Şuni berib qöygin, deyişdi, – dedi u iljayib.

Yonida somon parçasiday uzun, ozğin bir kişi ham turardi. Ot qilidan eşilgan uzun qamçisi ham bor ekan. Uyam iljaydi.

– Kim? Avliyo otami?

– Yöq, avliyo ota kim? – deyişdi ular. – Unaqa kişini tanimaymiz.

– Uyga kirmaysizlarmi?

– Rahmat, boraqolaylik, işimiz köp. Hali yana körişib qolamiz, Xudo xohlasa, – dedi “somon parçasi” battar iljayib.

Abdusamad ular bilan xayrlaşib, xurjunni uyiga opkirib közini oçsa… “Yo qudratingdan!” devordi.

Xurjunning ikkala köziyam töla oltin edi.

* * *

Abdusamad bozorga borib, yaxşi ot sotib oldi. Quling örgilsin gijinglagan bedovning yungi çiroyli tovlanar edi.

Uyiga ustalarni çorladi. Ustalar tunu kun işlaşdi. Yil ötib ötmay, eski çoldevor örnida körkam imorat barpo böldi.

Teriçiga, matoçiga borib liboslar tiktirdi. Çorva qildi, çorvasi uç tur: otari, podasi hamda yilqisi boriydi. Boğ sotib oldi. Olma, anor, uzum kökartirdi. Yoğoç ustalarini çaqirib, sel olib ketgan jarlik ustiga bir köprik qurişni buyurdi. Ustalar ham suyuna-suyuna işni boşlab yuborişdi.

Xurjunning bir közi yarim ham bölmadi.

Şunga qaramay, tillalarning kamayib qolayotgani könglini xijil qilardi: haş-paş degunça bir közi böşasa, ikkinçi közidagisi ham tezda tugar? Keyin nima qilaman?

Köprik işi negadir surilgandan surilaverdi. Goh usta kelmay qoladi, goh aytilgan yoğoç topilmaydi, goh temirçi ğoyib böpqoladi. Buning ustiga, unisi unday maslahat beradi, bunisi bunday. Silliq bitayotgan işlar şu köprikka kelganda oqsayveradi. Tavba… Vaqt öta-öta, Abdusamadning hafsalasi pir böldi: bu odamlarga köprik qurib beraman desamu özlarini taroziga solişlarini kör, dedi hayfi kelib. Aslida, menda gunoh qolmadi! Mana, hafsala bilan kerakli pulini berdim, kişilarning özlari eplaşolmayapti. Şuni qilmasam nima? Şunça jon kuydirdim, ana, kerak bölsa, özlari qurib olaverişmaydimi? Bu insofsizlarga yalina-yalina esim ketdi…

Şunday deb, Abdusamad ustalarga öylaganlarini aytdi. “U-bu kerak bölsa, borib uyimdan sörarsizlar, bu işni ortidan çopgani vaqtim ham, istagim ham yöq” dedi. Ularni rosa malomat qildi. Ustalar qizarib-bözarib turişardi. “Xöp” deyişgan bölsa-da, köprik uçun bir nima sörab kelişmadi, hammasi çalaligiça qolib ketaverdi.

“Kerak bölsa kelasan-da” dedi Abdusamad. Ammo birov kelmadi.

Yillar ötaverdi.

* * *

Ha, yillar ötdi. Abdusamad qaridi.

Muhtaşam otiga minay desa, turgani majoli yöq. Noz-neʼmat tanovul qilay desa, vujud istamaydi. Tana degan ot böysunmay qöygaç, egasi nimayam qilardi?

Faqat, ruhi soğlom. Öy surişdan boşqaga yaramaydi. Manzaralar bir-bir köz oldidan ötadi.

Tavba, imoratlar qurdi-yu, kezgani majoli yöq.

Şohona ziyofatlar tuzdi, biroq xalqning ayt­gani böldi: yerniki yerga, suvniki suvga ketdi… Yana bir özi söppayib qolaverdi.

“Ha, hammasi rost ekan”, dedi keyin. Qani, bir gap bölar.

“Özim ham pişib qoldim şekilli” dedi. Xavotirlanib öğil- qizlarini, kuyovlarini yiğdi, öylaganlarini bir-bir tuşuntirdi.

Hamma bilib turardi – ota umri tugaganini sezib, sarvatlarini maʼlum qilib qöyayotir.

– Ança yil yaşadim, – dedi Abdusamad çol. – Davrimda öynab-kuldingiz, bir nimaga zoriqmadingiz.

– Kelajagingizni ham öylab qöyganman, – dedi qiynalib nafas olib.– Xurjunning bitta közi töla turibdi. Oğilxonaga kirsangiz, çapdan ikkinçi ustun tagidagi öraga kömib qöyganman. Faqat sizdan bir tilagim: qişloqdan çiqişda çala köprik bor, öşani bitirsangiz bas.

Bolalar “Qöying, ota, unaqa gapirmang”, deyişdi.

– Şu… bir köprik… – dedi arang. – Közim… oçiq ketmasin… Köprik quringlar…

– Albatta, otajon, xotirjam böling! — de­yişdi bolalari-yu kuyovlari bir ovozdan. – Bittamas, önta bölsayam quramiz!

– Qani, yuring-çi, – dedi tönğiç öğil, kuyovga qarab. Ikkovlon ketmon olib, oğilxona tomon yönalişdi.

Ikkinçi ustun ostida rostdan ham kiçkina öraça bor ekan. U yerdagi teri xurjunni olib, tup­roğini qoqişdi. Keyin ota yotgan uyga olib kirişdi.

– Mana, ota, olib keldik.

– Oçib… qaranglar… – şivirladi Abdusamad çol.

Bolalar xurjun közini oçib, hayron bölib qolişdi.

Nimani körişdi?

Ot qili… ölik toşbaqa bolasi… somon parçasi…

Şu, xolos.

* * *

– Hoy yaxşilar, Abdusamad buva qanaqa odam edi?

– Yaxşi odam edi! Elga bir köprik quraman deb ança urindi, qurolmadi. Joyi jannatda bölsin!

Abdusamad buvani şu tariqa tuproqqa berdilar.

Izdihom orasida ikki notaniş kişi ham bor edi: birining yuzi toşbaqa kosasi kabi ğöddali, ikkinçisi esa somon parçasi kabi uzun, ozğindan kelgan sariq odam.

El:

– Joyi jannatda bölsin, ovmin! – deganida, öşa notanişlar ham duoga qöl oçişdi.

Faqat, ularning duosi boşqaça edi:

– Yeb-içganlari tuproqqa ketsin, berganlari öziga qolsin! Ovmin, Allohu akbar!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan