Çumolining çidami yoxud “dast – ba kor”lik böyiça mulohaza
Biz: “Tangri taolo odamzodgagina aql bergan”, – deb qaraymiz. Tilimiz borligi uçun şunday öylaymiz-da.
Lekin…
Yaratgan Egam hayvonot va nabotot olamidagi har bir jonli mavjudotga yaşaşi uçun zarur böladigan darajada “aql” ato etgan.
Masalan, tok ilaşib olib, ösişi uçun gajak, yaʼni ilgaklar çiqaradi. Bu bodringga ham “yuqqan”.
Çumoliga-ku tan bermay, heç iloj – yöq. U uyasiga olib kelgan donlar, aytaylik, buğdoy, arpa, tariqni ikkiga böladi. Kökarib çiqmasligini öylaydi-da. Aqliga qoyil qolingki, kaşniç uruğini törtga böladi. Çunki kaşniç donining içida ikkita uruğ bor-ku. Uni ikkiga bölganning foydasi – yöq-da. Şuni yuz foiz biladi.
Odam, har qança özini aqlli sanamasin, tabiatan köp dangasa keladi. Bu gapga işonişingiz uçun birgina misol keltiraman. Xoh işoning, xohi – yöq, kamina tuğilib ösgan Buxoro viloyatidagi hovlilarda ösadigan toklarda yetilgan uzumlarning katta qismini quşlaru arilar yeb ketadi.
Axir, uzumni quşu aridan asraş ham aql, ham mablağ, ham juda katta mehnat talab qiladi-da.
Axir, hosilini asray olmas ekansan, tokni ekib, unga sörilar yasab, tarab, xomtok qilib, ayni pişib yetilganida nes-nobud qilişdan ne maʼni?!
Axir, naqşbandiya tariqatidagi “dast – ba kor”lik qani?!
Mana, yantoq ham gulladi. Yantoq gulladimi, çillaki yoki xaliliy uzum pişdi, deyavering. Şu kunlarda Toşkent bozorlarida odamlar çillaki uzumning bundayroğini kilosini 15 ming sömdan olyapti.
Bu yil – uzum yili böldi. Şukr. Hosil har qança möl bölmasin, yaxşi yetilgan donining uzunligi 5 santimetrgaça yetadigan Rizamat ota navining kilosi qançadan sotiladi, deb öylaysiz? 30 ming sömdan kam bölmasa kerak.
Yer yuzida 8 milliardga yaqin inson yaşaydi. Endi oziq-ovqat tanqisligi darajasini bir tasavvur qilib köraylik.
Şunday ekan, uzumdek bebaho, oçiği, jannatiy neʼmatning bir donasini ham isrof qilib böladimi?
Yana bir narsani eslatib qöyay: dunyoning 10 ta davlatiga safarga borganman – uzum hamma yerda ham bizdagiday şirin bölavermaydi, qarang!
Uzumni asraşning kamina topgan usuli – oddiygina. Qizil yoki kök törli piyoz yoki kartoşka törvalaridan har bir boş uzum uçun alohida-alohida xaltaçalar tikib çiqamiz-u, böğzidan ip ötkazib, tortib qöyamiz, vassalom.
Bu, bir qaraşda, sermaşaqqat tuyular. Lekin, har qalay, çumolining mehnatidan osonroq-ku.
Ikki oydan keyin mehmonimiz bölsangiz, qölingizga qayçi tutqazaman, Rizamat otaning ğarq pişgan, eng muhimi, hakka, mayna, çumçuq çöqimagan, qizil ari “öpmagan” boşlarini özingiz uzib olasiz…
Sultonmurod OLIM
