Uyga vazifa

Luqmon BÖRIXON

 

Muallif haqida:

Luqmon Börixon — 1965 yili Ğuzor tumanida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Dastlabki hikoyasi — “Begimqul katta” nomi bilan çop etilgan. Yozuvçining “Yalangoyoq”, “Sirli muallim”, “Xizr körgan yigit” cingari hikoya va qissalar töp­lamlari naşrdan çiqqan.

Şuningdek, u “Jaziramadagi odamlar”, “Imom Moturidiy” romanlari muallifi.

 

Uyga vazifa

(Hikoya)

 

Eşikdan kirib kelgan ayolga öspirin ajabsinib tikildi.

— Oyi-i…özingizmi?!

— Ha, tanimay qoldingmi?

— Namunça erta qaytdingiz? Soat endigina uç bölyapti-yu.

Matluba Asrorovna indamadi. Etigini yeçib horğin qadamlar bilan içkariga yurarkan, atrofiga köz qirini taşladi: oşxonada yuvuqsiz idiş-tovoqlar qalaşib yotibdi. Vannaxonada ham bir uyum kir-çir qiya oçiq eşikdan ğira-şira közga taşlanadi, ötgan yakşanbada yuvib taşlamoqçi edi, lekin ulgurmadi, eri körsa, keragidan ortiq daşnom eşitişi tayin, yaxşiyamki, u ham işdan keç, allamahallar qaytadi, u yon-bu yon köz yugurtişga vaqti ham, hafsalasi ham yöq.

Matluba Asrorovna televizor tovuşi eşitilayotgan xonaga yuzlanib qiçqirdi.

— Surayyo! Muhayyo!

Içkaridan otilib çiqqan biri ön, biri yetti yaşar ikki qizaloq ham barvaqt işdan qaytgan onalarini körib bir zum hangu mang turib qoldi.

— Oyi-i…. — Arang sas berdi Surayyo.

— Ur-ye-ye! — Muhayyo quvnoq qiyqirganiça Matluba Asrorovnaning kulrang yupkasiga yuzini bosdi.

— Ölasanmi, oşxonani yiğiştirib qöysang, — qiçqirdi Matluba Asrorovna Surayyoga yuzlanib, — kim aytadi seni qiz bola deb.

Qiz aybdorona boş egdi.

— Hozirgina ovqatlanib bölgandik.

— Oyijon, — dedi Muhayyo erkalanib, — Suhrobingiz ilitma ovqat yemayman dedi, keyin rolton opkeldik.

Hanuz bösağada kalovlanib turgan Suhrob sing­lisiga muşt körsatdi. Qizaloq onasining etaklariga yuzini yaşirdi. Matluba Asrorovna Muhayyoni bir çekkaga surib yotoğiga kirdi.

Çindan ham bugun Aliya Zunnunovna unga iltifot körsatgan böldi. Işdan ertaroq qaytişiga ruxsat berdi.

“Lyubiçka, sizga uy vazifasi bor, — dedi rahbar jild-jild hujjatnamo qoğozlarni qöliga tutqazib, — mana bu, mahallalardan yiğilgan maʼlumotlar, örganib çiqib hisobot tayyorlaysiz. Notinç oilalar muammosini bartaraf etiş yuzasidan konkret takliflar kiriting, faqat konkret bölsin. Bu bizning yangi yil oldi hisobotimiz ham böladi”.

“Bunga biror hafta vaqt kerak, menimça, Aliya Zunnunovna”, — deya eʼtirozga oğiz juftladi u.

Rahbar keskin boş çayqadi.

“Hisobot ertalab qölimda bölsin! Siz hoziroq uyingizga boring-da, biroz dam olib, şu iş bilan şuğullaning. Ertaga soat ön birda şahar hokimligida majlis bor. Konkret takliflar bilan borişimiz kerak. Uy vazifasi sizga tuşunarlimi?”.

Özining öqituvçilar qavmidan çiqqan rahbar ekanligini bildirib turişi uçunmi, yo boşqa sababi bormi, harneçuk, qöl ostidagilarga qanday topşiriq yuklasa ham “Uyga vazifa” deya taʼkidlab qöyişni xuş köradigan Aliya Zunnunovnaga eʼtiroz bildiriş befoydaligini sezib Matluba Asrorovna boş irğab qöya qoldi.

“Lyubiçka, sizga işonaman, ön yillik tajribangiz bor, — deb qöşib qöydi rahbar xodimaning norizo çimirilganini sezib, — unça-munça taşkilotni mustaqil boşqarib keta oladigan qobi­liyatingiz ham közga taşlanib turibdi. Böşaşmang, hali gaplaşadigan gaplar bor Yangi yilga rejalarimiz katta.”

Matluba Asrorovna rahbar tutqazgan hujjatnamo qoğozlarga töla jildni pardoz stoli ustiga qöyarkan, Aliya Zunnunovnaning sönggi sözlari yana bir karra quloqlari ostida jaranglaganday böldi. Içida allaneçuk orziqişmi, umidvorlikmi, yoqimli bir his miltillab ötdi. Pardoz kursisiga ötirib qoğozlarni birma-bir közdan keçira boş­ladi.

Şu payt eşik ortidagi şivir-şivir quloğiga çalindi.

— Mazali ovqat yegim kelyapti-i, — harxaşa qilardi Muhayyo.

— Öçir ovozingni, — deya Surayyo uni tinçitişga urinardi, — körmayapsanmi, oyim işlavottila, çalğitasan. Mazali ovqat faqat yakşanba kuni, oyim öşanda pişirib bera oladilar, hozir bandlar.

— Axir, bugun işdan barvaqt keldilaru-u, —umidvor minğirladi Muhayyo.

Matluba Asrorovnaning yurak-bağri zirqirab ketdi. Özini gunoh bir iş ustida qölga tuşganday his qildi.

— Muhayyo, — erkalagan bir tovuşda çaqirdi u, — bu yoqqa kir.

Xuddi şuni kutib turgandek qizaloq içkariga otilib kirdi.

— Qanday mazali ovqat yeging kelyapti?—deb söradi Matluba   uni bağriga bosib.

— Manti-i…

— Manti?! — göyo eşitmaganday qayta söradi ona, söraş barobarida negadir köz oldiga eri keldi, — sen mantini yaxşi körasanmi?

— Ha, juda-juda yaxşi köraman, — erkalanib javob berdi qizaloq.

— Xöp, asalim, hozir hammamiz mantiga unnaymiz.

— Ure-ye! — quvnoq qiyqirganiça yölakka otildi Muhayyo.

“Dadasiga tortibdi”, — öyladi Matluba qizaloği ortidan kulimsiraganiça qarab qolarkan. Çin-da, Nodirbek ham mantini juda yaxşi köradi. Matluba ikkisining umr yöllarini tutaştirgan ham asli şu taom.

Matluba talabalik kezlari bozorga turli taomlar olib çiqib sotadigan onasiga böş vaqtlarida qaraşib yurardi. Qiş kunlarining birida, yangi yil arafasida boşiga jun qalpoğini bostirib kiygan, yonoq suyaklari börtiq, qirra burun yigit uning yoniga keldi.

“Nima sotayapsiz?”—deya söradi iştaha bilan qöllarini bir-biriga işqalab.

Matluba sovib qolmaslik uçun usti örab qöyilgan toğoraning bir çekkasini oçdi.

“Xasip”.

“Xasipmi?! Bor-yöği xasipmi?”—dedi yigit hafsalasi pir bölib.

“Sizga nima kerak özi, — dedi Matluba ensasi qotib, — mazali, issiq xasip yemaysizmi?”

“Men manti yemoqçiman. Men manti uçun atay şu yerga burildim. Oşxonalarda yaxşi manti pişirişmaydi.”

Yigit şunday dedi-yu rastalarda öz taomlarini maqtab, xörandalarni çorlab turgan boşqa sotuvçilar oldiga ketdi. Birozdan söng u ezgin bir kayfiyatda yana Matlubaning qarşisida paydo böldi.

“Şunday kotta bozorda heç kim manti sotmasa-ya?!”

“Bölardi, negadir bugun çiqişmabdi-da, — deb qöydi Matluba, — keling, bugunça xasip yeb qöya qoling”.

Yigit qöl siltadi.

“Yöq, men manti yegali kelganman. Boşqasiga tobim yöq. Agar hozir manti topilganida ikki-uç barobar qimmatiga bölsa ham sotib olardim.”

“Agar mantim bölganida, sizga bepul berardim, — dedi Matluba ham böş kelmay.”

Yigit qizga sinçkov nazar taşladi.

“Rostdanmi?”

Matluba yigitning allaneçuk erkalaganday boquvçi nigohlariga tob berolmadi. Aʼzoi badani qandaydir yoqimli hislardan jimirlagan köyi yerga qaradi.

“Rost”, — uning tovuşi beixtiyor titrab çiqdi.

“Bepul manti bilan siylasangiz, ertaga şu payt yana kelaman”, — dedi yigit qizning löppi yuzlaridan köz uzolmay.

“Bemalol. Sözim — söz.”

Yigit dovdiragan köyi bozordan çiqib ketdi.

Boşiga durraça, oldiga peşband tanğib oşxonada kuymalanarkan, Matluba   Asrorovna öşa kunni, öşa lahzalarni, öşa yangi yil arafasini qandaydir soğinç bilan esladi. Yuragi xuddi öşa paytdagidek gurs-gurs urdi.

Çindan ham öşanda yigit ertasi kuni yana paydo böldi. Matluba uni zimdan kutib turardi. Onasini qöyarda-qöymay bu gal manti tayyorlab çiqqan edi. Matlubaning oyoq tirab turib olganiga Zumrad xola ham hayron qoldi öşanda. Lekin harneçuk, qizining köngliga qaradi. Eng ğalatisi, bozorga çiqmaslik uçun har narsani bahona qiladigan Matluba bu gal öqişga ham bormay, oyijon, bugunça siz dam ola qoling, yangi yilga tayyorlaning, deb qöyarda-qöymay özi taom töla toğorani kötarib ketdi.

“Ux, mantijon, manti!—tantanavor tovuş berdi aytgan vaqtida yetib kelgan yigit, — hoynahoy, özingiz pişirgansiz.”

“Yöq, oyim, men ham qaraşib turdim”, — dedi Matluba özi atay sergöştroq qilib tayyorlagan, toğoraning örtaroğiga “yaşirib” qöygan beş-olti dona mantini likobçada uzatib.

Yigit iştaha bilan ovqatlandi. Matluba uni zimdan kuzatib turarkan köngli allaneçuk quvonçga, zavq-şavqqa tölib-toşardi.

“Qölingiz dard körmasin, maza qildim, rahmat, — dedi yigit lab-lönjini bir parça qoğozga artib çöntak kovlarkan, — mantilaringiz qançadan edi?”

“Sözim-söz, sizga bepul”, — dedi Matluba öziça jiddiy qiyofaga kirib.

“Yöğ-ye, bunday bepul manti bilan boqadigan bölsangiz,   har kuni kelaman.”

“Bemalol, kelavering.”

Yigit unga bir siqim pul uzatdi.

“Mening ham sözim — söz.”

Matluba ajablandi.

“Qanaqa, qaçon söz berdingiz?”

“Manti bölsa, ikki-uç barobar qimmatiga olaman degandim-ku.”

Öşa kuni söz sözga, gap gapga ulandi. Tanişdilar. Nodirbek narigi mahallada yaşarkan. Institutni tamomlab, yaqindagina tuman elektr taʼminoti taşkilotida iş boşlabdi.

“Idoramiz yaqinidagi oşxonalar rasvo, köpinça tuşlik uçun bozorga kelaman, manti jonu dilim,” — dedi yigit qizga mehrmi, sehrmi töla nigohlari bilan boqarkan.

Matluba özini beparvolikka solişga urindi.

“Bozor hamma uçun, kelavering.”

Xullas, öşa kuni, yangi yil arafasida mazali mantiga qöşilib, hoynahoy, içiga işq-muhabbat ham kirgan ekanmi, Nodirbek tez-tez qiz qarşisida körinadigan bölib qoldi. Köp ötmay özaro ahdu paymon töyga, nikohga ulanib ketdi.

“Taqdirimdan ming-ming roziman, — deb öyladi Matluba Asrorovna xotiralardan yal-yal yaşnagan köyi mohirona xamir yoyar ekan, — şunday mehribon, tuşungan odam bilan turmuş qurdim.”

Xonadonda qandaydir bayramona, tantanavor ruh paydo   böldi. Göşt maydalagiçda qiyma tayyorlayotgan Suhrob ham, öz özidan supir-sidirga kirişib ketgan Surayyo ham tuyqus çinakam uy bekasiga aylanib qolgan onalariga körganlari tuş bölib çiqişidan qörqqanday ehtiyotkorona köz taşlab qöyişardi. Odatda, Matluba Asrorovna keçki payt horib-çarçab işdan qaytgaç, hatto, köçalik ki­yimlarini ham yeçişga ulgurmay, darhol oşxonaga ötar, şoşa-pişa tuxummi, kartoşkami qovurib, göyoki keçlik taom tayyorlar, baʼzan köçadan sovub qolgan somsami, tabakami keltirib qöya qolar edi.

“Oxirgi marta qaçon manti pişirganimni ham eslayolmayman-a, — öyladi u hanuz yoruğ xotiralar oğuşida huzurlanib, — axir, Nodirbek akam şu taomni xuş körişini boşqa bilmasa ham men bilaman-ku?! Şu ovqatni qil, deb yaqin orada heç buyurmadilar… Hoynahoy, meni ayagan, işdan çarçab keladi, urintirmayin, degan.”

Ha, Nodirbek xotiniga mehribon edi. Köngliga qaraşga urinardi. Institutni bitirgaç, öşa bozorda laborant-nazoratçilik vazifasini ötab yurgan Matlubani bir kuni tuman hokimligiga çaqirişdi, maʼnaviyat-maʼrifat bölimiga işga taklif etişdi.

“Meni kim tavsiya qilgan, ölay agar, bilmayman, — dedi u   eriga körgan-keçirganlarini keçki payt kula-kula aytib berarkan,—endi nima qilsam ekan, boşim qotdi, siz nima deysiz?”

“Tilli-jağli narsasan, töy-haşamlarda kayvoniçilik qilib yurganingni birortasi körgan bölsa, biz bob kadr ekan degan xayolga borgandir”, — dedi Nodirbek. Aftidan, ğaroyib taklif uni ham qiziqtirib qöygan, xotinini “bir stol” egasi sifatida köriş istagiga böysungan edi.

Xullas, bozorning tajribali laborant-nazoratçisi bir yumalab maʼnaviyat-maʼrifat tarğibotçisiga aylandi. Mana, köp yildan beri rahbarlarning könglidan çiqib işlab yuribdi. Mahalla-köyda, öquv dargohlarida “Matluba Asrorovna” deb alohida ehtirom bilan murojaat qilişadi.

“Hammasi erimning şarofatidan, — deb öyladi ayol manti tugişni tugallarkan, — işimga xalaqit bermaydi, boşqalarga öxşab har qadamimni tekşirib yurmaydi. Men bölsam sönggi yillarda biror marta ham u kişining köngliga qaramabman-a….”

Ayni paytda erini, Nodirbekni körgisi, juda-juda körgisi kelib ketdi. Un yuqi tekkan qöllarini apil-tapil soçiqqa artdi-da, etaklarini qoqib, telefonini izladi. Yotoqxonada qolgan ekan. Matluba Asrorovna şoşilganidanmi, hanuz xotiralar hayajonida turganidanmi dovdirab erining raqamlarini arang topdi. Söng unga turna qator yurak şaklçalarini xabar tariqasida jönatdi.

Oğir pardalari surib qöyilgan deraza ortidan quyuq bulutli osmon ğira-şira közga taşlanadi. Şir yalanğoç dov-daraxtlar qor yöliga ilhaqday maʼyus egilgan. Qaydandir çuğurçuqlarning şöx-şaʼn ovozi elas-elas quloqqa çalinadi.

Bir payt telefon xabar kelganidan darak berib “huştak” çaldi. Ayol intiqlik bilan köz taşladi. Ha, eri javob yozibdi: “ Iya, bekorçimisan deyman.”

Matluba Asrorovna tobora zavqi jöşib yana xabar yölladi: “Bepul mantilar bor”.

Eri şu ondayoq qah-qah otib kulayotgan tasvir bilan javob jönatdi: “Hoziroq yetib boraman! Agar manti bölmasa, özingni yeb qöyaman!”

“Kutaman! Yölingizga intizorman!” — sönggi xabarini yölladi ayol va öz-özidan kulib yubordi. Kularkan pardoz stoli ustida yoyilib yotgan öşa maʼlumotu hisobotlarga közi tuşdi. Sönggi soatlar içida ular biror marta ham xayoliga kelmaganidan ajablandi.

Matluba Asrorovna xuddi ilk uçraşuvga otlanayotgan qiz kabi şirin bir hayajon oğuşida özini közguga soldi.

“Rosa tölişibman, sal-pal özimga qaraşim kerak”, — xayolidan ötdi uning. Söng gardirobni oçib töy-haşamlar bop köylaklaridan birini qöliga oldi.

“Şunisi kengroq, tölişganimni bildirmaydi” — deb öyladi ayol yana közguga boqib. Şu payt telefoni jiringlab qoldi. Xira yorişib turgan ekranda yozuv paydo böldi: “Aliya Zunnunovna”.

“Vuy, jodugar, işni bir çekkaga surib qöyganimni uzoqdan turib ham bildi-ya”, — öyladi ayol kulgusi qistab, — javob bermayman, keyinroq özim çiqarman.”

Ammo telefon bir öçib, yana jiringladi. Ekran xuddi jahli çiqqan rahbarday tobora kökarib-bözarib borardi.

— Alyo, — dedi Matluba Asrorovna javob tugmaçasini bosib.

— Lyubiçka, — Aliya Zunnunovnaning odatdagi bosiq, tahdidli ovozi eşitildi, — telefonni ham olmaysiz, ja-a bandmisiz deyman.

— Axir özingiz uyga vazifa berib jönatdingiz-ku, Aliya Zunnunovna.

— Ha, umi… — oğir söliş olgan köyi bir zum jim qoldi rahbar, — hozirça uni bir çekkaga qöyib turing.

— Voy, nega?

— E-e, majlis keyingi haftaga qoldirildi. Sizga boşqa topşiriq bor.

Matluba Asrorovnaning nafasi içiga tuşib ketdi:

— Qanday topşiriq ekan? — söradi arang.

— Ertaga ertalab idoraga kelib yurmay, bira töla Tolzor mahallasiga öting.

— Nega?

— Bir yaramas, johil er xotinini qattiq kaltak­labdi. Şörlik öqituvçi ayol ekan. Ularning masalasini joyida örganamiz. Men ham bu yoqdan boraman.

— Nega kaltaklabdi ekan, balki özidan biror ayb ötgandir?

— Bilmadim, aytişlariça, ovqat sabab bölgan emiş. Şörlik ayol vaqtida ovqat pişirib berolmagan, şekilli. Bahonani qarang, qanday nodon erkaklarimiz bor-a! Tağin yangi yil arafasida-ya?! Xullas, ertalab bunday tadbir ötkazamiz…

Es-xayoli hoziroq eşikdan kirib keladigan erida bölgan Matluba Asrorovna sekin yölakka çiqdi. Qölidagi bir parça matohdan eşitilayotgan vazmin, xira tovuş uzoq-uzoqlardan, yot, begona manzillardan kelayotganday, öziga aslo daxli yöqday tuyuldi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan