Sokin sinoatlar göşasi

Sayru sayohat orzumandi bölmiş törtovlon—tarix fanlari nomzodi Ibodulla Şoymardonov, “Kitob ovozi” gazetasi boş muharriri Salohiddin Isomiddinov, tarix fani öqituvçisi Abduvali hoji Qudratov va kamina maşinada Şahrisabz-Qarşi katta trassasi böylab ketayapmiz. Katta yölning ikki tomoni mevali daraxtlaru tokzorlarga burkangan. Havoning tafti baland bölsa ham atrofdagi yaşillik, yölning çekkasidagi ariqdan şarqirab oqayotgan zilol suv kişini çalğitganday böladi. Tabiatning gözal manzarasidan közingiz quvnaydi, toza havodan öpkangiz tölgança simirasiz. Dilingiz yayrab, yengil nafas olasiz.

Qamaşi tumani markaziga yetmasdan çap tomonga burilib, ön çaqirimça yöl bosgandik, atrofi past-baland toğliklar bağrida joylaşgan Katta Langar ziyoratgohi közga taşlandi. Uzoq-yaqindan kelgan ziyoratçilarning keti uzilmaydi. Nuroniy otaxonu onaxonlar, yoş yigit – qizlar. Uzoq yillik musta­bidlik yillaridan söng odamlar qalbiga muqaddas iymon, eʼtiqodning yana qaytişi, asl qad­riyatlarimiz tiklanayotganligi nişonasidek tuyuladi odamga.

Biz ham keng, tekis zinalardan ziyoratgohga kötarildik. Katta Langarlik uluğ şayxlar abadiy oroyiş topgan bu çiroyli maqbaraning gumbazi oq rangda.

Balandlikdan Hisor toğ tizmalariga tutaşib ketgan katta-katta xarsanglar bilan öralgan past-baland vodiylar, arçazor, pistazor, dölanazor, butazorlar yanada körkam körinadi. Yon-atrofga boqib töymaysan.

Katta Langar ziyoratgohi haqda köp eşitganimdan bu yerga keliş niyatida edim.

— Arablar bosqini davrida Katta Langar qişloği Keş vi­loyatiga böysunuvçi Siyam toğli tumanga qaraşli bölgan, — dedi I.Şoymardonov. – Tuman VII asrning ikkinçi yarmida juda maşhur bölgan. Muqanna boşçiligidagi qözğolonçilar şu hududlarga joylaşib, bir neça yil davomida arab istiloçilariga qarşi kuraş olib borişgan…

Ajab, 12,5x4,5 metrli hajmdagi maqbara gumbazining içki tomoni nozik, nafis, rang-barang naqşlar bilan ziynatlangan. Maqbaraning devorlari sifatli pişirilgan qizğiş rangli 23,5x4,5 santimetrlik ğiştlardan barpo etilgan va rang qorişmasi bilan terilgan. Bunda beşta qabr bölib, ularning uçtasi öz hajmi va qöyilgan yodgorlik toşlari bilan alohida ajralib turadi. Bu yerda şayxlar: Abul Hasan ibn Ilyos şayx, ul zotning öğli Imom hazrat Muhammad Sodiq ibn Abdul Hasan şayx va Abdul Hasan şayx hamda uning nabirasi hazrat Muhammad Sodiqning öğli – şayx Imom hazrat Abdul Hasan ibn şayx Muhammad Sodiq ibn Bahodir va şaxsi hozirça aniqlanmagan, ammo Katta Langar şayxlari oilasiga mansub bölgan marhumanikidir. Maqbaradagi qabr toş­larga arabça yozuvlar öyib bitilganidan öz kasbining ustalari bölmiş mohir toştaroşlar işlagani bilinib turibdi.

Dastlab bu yerga şayx Abdul Hasan ibn Ilyos, undan keyin şayx Muhammad Sodiq dafn etilgan. Ulardan keyin esa Katta Langar şayxlari xonadoniga mansub bölgan aslzoda marhuma dafn etilgan. Quyiroqda esa şayxlar xonadoniga mansub bölmasa-da, özining ijtimoiy mavqei bilan yuqori poğonada turgan Amirbek Sodiq ibn Bahodirning jasadi qöyilgan. Yuqorida nomlari zikr etilgan zotlar özlarining eʼtiqodi va çuqur bilimlari bilan islom dinini tarğib qilganlar, xalq orasida ilm-maʼrifat tarqatganlar, ularni töğri yölga boşlab, xalqni iymon-eʼti­qodli bölişga çorlaganlar. Şuningdek, qişloq yoşlariga bilim berib, şogirdlar ham tayyorlaşgan. Qişloq, yon-atrofdagilarning şayxlarga eʼtiqodi baland bölgan, uzoq-yaqindan bemorlar, farzand körmaganlar şayxlarning ruhlaridan dardlariga darmon izlab kelganlar. Katta langarlik şayxlarning obrölari şu darajada baland bölganki, ularning mavqelari vafotlaridan keyin ham oşsa oşganki, kamaymagan.

Ziyoratgohdan çiqib, Katta Langar şayxlari bilan boğliq yana bir tarixiy obida — qadimiy va haşamatli masjid tomon yurdik. Masjid Langar qişloği soyining öng qirğoğida, qirning ustida körk berib turibdi. Masjid mehrobidagi yozuvlarga asoslanilsa, u ön beşinçi asrning boşlarida şayx Muhammad Sodiq yaşagan davrda qurilgan. Masjidning tarxi tört burçakli şaklda bölib, u ikki xonadan iborat. Şarq tomonida ön ustunli peşayvon har ikkala xonani birlaştirib turibdi. Masjidning kiçik, yaʼni ğarb tomonidagi zali ança qadimiy bölib, uning devorlari dastlab xom ğiştdan terilgan va içida törtta baquvvat ustun örnatilgan. Uning şifti yassi bölib, silliq vassalar bilan yopilgan. Masjidning mehrob qismi alohida nozik did va mahorat bilan bezatilgan. Uning içi va atrofiga arab­­ça, nastaliq xatida Qurʼon oyatlari yozilgan. Moviy fonga oq rangli yozuvlar bitilgan rang-barang koşinlardan yaratilgan öziga xos mozaika kişi diqqatini jalb qiladi. Masjidning içki devorlari ham nafis va betakror bezaklarga boy. Ayvondan masjidga kiradigan joyga ikki tabaqali naqşli eşik örnatilgan bölib, uni qadimiy öymakorlik sanʼatining ajoyib namunasi deyiş mumkin. Devorlarida yulduzsimon naqşlar bölib, ularga nozik did bilan tilla suvi yuritilgan. Qişloq oqsoqollari bir paytlar yulduzlarning içida qimmatbaho toşlar bölgani, keyinçalik bu toşlar nomaʼlum kişilar tomonidan olib ketilgani haqida gapirib berdilar. Yana bir muhim jihat, masjidda qadimiy köfiy tilida yozilgan Qurʼoni karim nusxasi saqlanadi.

Sokin, ammo qandaydir ötmiş sir-sinoatlarini tabiat salobatiga uyğunlaştirib körsatayotgan Katta Langarni ziyorat qilib qaytarkanmiz, xalqimizning juda boy tarixi borligidan könglimiz toğdek kötarildi.

Yusuf HAMDAMOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan