Men nima uchun “Hurriyat”ni o'qiyman?

“Hurriyat”— sevimli gazetam. Uni gazetaning ilk soni nashr etilgan 1997 yildan beri o'qib boraman. Rostini aytsam, gazetani qo'lga olgan zahoti tanqidiy-tahliliy maqolalarni qidirishga tushaman. Sababi inson huquqlari dadil himoya qilingan, adolatsizlikka uchragan odamlarning dardu-hasratlari doimiy ravishda yoritib kelingan. Negadir bunday chiqishlar nafaqat “Hurriyat”da, balki boshqa nashrlarda ham kamayib bormoqda. Shunisidan xafaman. Baribir, qadrli gazetamizning shaxsiy fikrlarga hurmati e'tirofga loyiq. Chunki fuqarolar murojaatlari asosida tanqidiy-tahliliy materiallarning muntazam e'lon qilib kelinayotgani nashr nufuzini oshirmoqda. Yana “To'rtinchi hokimiyat” sahifasi orqali matbuotimiz muammolari chuqur tahlil qilinadi. Ularni ham zo'r qiziqish bilan o'qiyman.

Xullas, bir mushtariy sifatida aytishim joizki, matbuot men uchun non va suv kabidir. To'g'ri, internet, saytlarning o'rni bo'lak. Ular tezkor. Ammo qalb harorati bilan sug'orilgan bosma nashrlarning o'rnini hech biri bosa olmaydi.

Darvoqe, “Hurriyat”da adabiyotning eng sara namunalari berib borilayotgani ham e'tiborga molik. Gazeta jamoasiga bugungidan ham yuksakroq shiddat va jur'at tilab qolaman.

Laziz BEShIMOV,

Buxoro viloyati nasos stansiyalari

energetika aloqa boshqarmasi

Olot uchastkasi elektr chilangari

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

7 − five =