Qoşimdasan göyoki xayol

Özbekiston xalq yozuvçisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Ali 80 yoşga töldi. Serqirra adib öquvçilarimiz sevib öqiydigan şeʼrlar, dostonlar, yirik romanlar, xususan, “Uluğ saltanat” roman-epopeyasi muallifi hisoblanadi. Biz — tahririyat jamoasi siz aziz muştariylarimiz nomidan adibimizni uşbu sana bilan qizğin qutlab, uning şeʼriyatidan namunalar eʼlon qilmoqdamiz.

 

 

 

                                          Muhammad Ali,

                                          Özbekiston xalq yozuvçisi

 

                  Vatan

Yölim tuşdi sendan köp yiroq,

Huzuringga qaytgumdir biroq.

 

Axir ayt-çi, begona elda

Kimning baxti, hayoti kulgan?

 

Kökka otsang, hatto hissiz toş,

Yerga qaytar, olib ketmas boş…

 

* * *

Böldim ajib şaharlarda men,

Begonalik hissin tuymadim.

Yayrab–yayrab kuldim, öynadim

Namxuş–namxuş saharlarda men.

 

Qişloqlarga boqdim, töymadim,

Kulib kelgan bahorlarda men.

Qovoq uygan qiş–qorlarda men

Zavqlanişni aslo qöymadim!

 

Tuşunmayman, ammo negadir,

Köhlik körinadi közimga,

Çet qişloğim, çölim özimga.

 

Yuragimdan topganmi qadr,

Köçalari tuproq bölsa ham,

Şör, çanglari köproq bölsa ham…

 

* * *

Qoşimdasan, turibsan jim, lol,

Qoşimdasan göyoki xayol,

Qoşimdasan, egilib xiyol,

Begunoh bir farişta misol

Köz öngimda körsatib jamol…

Istaysanki, jilmaysam alhol,

Xayolingda ne öy, ne malol,

Sabotlimen, fahm etma şamol,

Sözlamakçi bölsang, ehtimol,

Sözlay degan sözing qaytib ol!

 

Uzoq-uzoq qarşimda tinma,

Yuraging qon qilib xörsinma,

Mayli öyna, mayliga sönma,

Lek işqimga gard yangliğ inma,

Ming işvang-la ming bor börkinma,

Könglin olay deya urinma,

Ket, alamli közga körinma!

 

Sen mehrimni qozongan sari,

Oşkor etdim köngil sirlarin,

Kun ila tun, şomu saharim,

Tuyğularim asl gavharin

Tökib soçdim! Nodöst singari

Mazax etding, holvai tarim,

Neçun kelding? …Endi ket nari!

“Pok” işqingning muruvvatlari

Jon bermagan, jon olgan bari!

 

Qoşimdasan, asabing tarang,

Qoşimdasan, turibsan arang.

Osmon uzoq, yer qattiq, zarang,

Doim şundoq, söng debon attang,

Yopişguvsi çöpga holi tang!

 

* * *

Suvga tuşgan toş kabi beğam,

Beparvoman, koşki desam dod.

Qismatimiz şu ekan, sanam,

Qoq ikkiga bölingan hayot.

 

Bilolmayman, ne böldi özi,

Neçun endi biz boşqa–boşqa?

Neçun sening qizarmas yuzing,

Neçun men ğarq bölmayman yoşga?

 

Oyoq tirab turib olsang ham,

Taqdir hukmin aylarmi ijro?

Örtamizda nahot bekaram

Qiliçini öynatgay hijron?

 

Ikki yoqqa ketdik ikkimiz,

Döst edik–ku bir tana, bir jon?

Ökinsang–çi sen axir maʼyus,

Yiğlasang–çi, göyo bağring qon!

 

Men yuragim zax yerga berib,

Örtansam–çi, qolganday ğamda!

O, qaniydi, senga yolvorib

Şeʼr yozsam heç bölmaganda!..

 

Yiğlagali topmading imkon,

Ğamlar aro yurmading horib.

Qiziq, men ham yurak töla qon,

Şeʼr yozmadim senga yolvorib…

 

             Hayot abadiy

Tom boşida yoyilgan xirmon,

Don şopirar buğdoyrang ayol.

Goh közlari bölib nigoron

Yiroqlardan çorlaydi şamol.

 

Ğuv–ğuv esib qolar şabada,

Don quyilar ğalvirdan şov–şuv.

Pastda esa, möʼjaz kulbada

Öğilçasi yotar beuyqu.

 

Huv narida, toğlar boşida

Kuylab yotar şalola şov–şuv

Va ayolning şundoq qoşida

Sirğanadi şabada ğuv–ğuv…

 

Don şovullar, şovullar xayol,

Mavjudot ham qaytarar sado.

Esişini heç qöymas şamol,

Ğalvirda ham don bölmas ado…

 

Köhna Urganç minorasi deydi

Yiqilmoqda derlar meni,

Yiqilguvçi yöq hali.

Panoh tutgan erlar meni

Qirğin janglar mahali.

 

Çingiz bosib kelganida,

Egilmagan bu boşim.

Jaloliddin ölganida

Tözgan emas bardoşim.

 

Ammo boşim egilmoqda,

Ona Yerga taʼzim bu.

Zamon–zamon almisoqdan

Asrab kelgan orzum bu.

 

Ona Yerga fido bölsam,

Özdan rozi bölarman.

Men ölmayman! Agar ölsam,

Tikka turib ölarman!

 

Amir Temur qabridan ovoz

Ey, tarixçi, etma umrimni taroj!

Bas, bunday gaplarga emasman muhtoj.

Tori uzilsa ham soz atalur, soz,

Boşdan tuşganda ham toj, baribir, toj!

 

                          Kuz

Zaʼfaron boğlarni oralab yurgan

Tölişgan ayolga öxşab ketar kuz;

Hayot salmoğin ham çamalab körgan,

Turmuş lazzatin ham totigan gulyuz.

 

Garçi qolib ketdi olovli yoşlik

Umrning ötkinçi bahor, yozida,

Hali qaraşida pinhon beboşlik,

Zavqlarga sirdoşlik bor pardozida.

 

Tabiat! Ayolga baxş etgil huquq!

Hozir u ne yölni tutmoqni bilmas:

Qahraton qişga–ku qöl bergisi yöq,

Nurli yoz qölin ham qöygisi kelmas…

 

* * *

Xatlarni ayamay yirta boşlarsan,

Yoqib yuborarsan qöymay parçasin.

Şörlik suratlarni qiyib taşlarsan,

Mayib–majruh etib barça–barçasin.

 

Davrada keçganda bayram ayyomi,

Eski oğaynilar bölişganda jam,

Quntu çidam bilan “öşa”ning nomin

Döstlar xotiridan öçirarsan ham.

 

Unutdim, deyarsan, şirin kularsan,

Yasama rohatdan yayrarsan… Ammo

Yurakdan çiqmasa qandoq qilarsan,

Bu dardli yurakka qayda bor davo?..

 

  Tuman oqa malika

Baxti tökis malika,

“Tuman oqa” nomi bor.

 

Körganlar der: “Yonida

Öçmas porloq şami bor!”

 

Huriliqo, sarvqomat…

Uning nima ğami bor?

 

Har narsa bisyor, ammo

Bittagina kami bor:

 

Tirnoqqa zor ötdim deb,

Közlarida nami bor.

 

Şundoq, bolday hayotning

Aççiqgina taʼmi bor…

 

                     Törtlik

Umr gultojidir bu işqiy fasl,

Yoriga kim yetsa, bağri butundir.

Vaʼdalarga uçmas oşiqi asil,

Ki bilar, oşiqning naqdi bugundir…

 

    Qizlar ön yettiga kirganda

 

Anhorning böyida öltirar qizlar,

Yurakda qaynaydi noaniq hislar.

 

Bötana suv oqar lim–lim, limmo–lim,

Suvday olib ketar qizlar xayolin.

 

Ön yettinçi marta, ön yettinçi bor

Şundoq kirib kelar qalblarga bahor.

 

Bu gal qanday bölur bahor tuhfasi?

Nelar bilan tölur xotir sahfasi?

 

Kelarmikin öşa ötluğ muhabbat?

Zor, intiq aylagan qutluğ muhabbat?

 

Rango–rang tuyğular aylarmi inʼom?

Orzular qatini oçarmi tamom?

 

Va yo maʼsumalar bağrin tilurmi?

Ranju iztiroblar olib kelurmi?

 

Kim bilar? Kim javob bera olur? Kim?..

Boş uzra osmon ham qarab turar jim.

 

Yiroq–yiroqlarga qoçadi şamol,

Bir nima deyolmay dunyo boqar lol…

 

Faqat bötana suv oqar limmo–lim,

Faqat çuvaladi qizlar xayoli…

 

                Fil bilan Layça

 

Fil layçaga dedi: “Körib turibsan,

Nima topding menday filga hurib san?”

“Hurişmi…

Bu – mening işim!” – der layça.

 

“Sendaylardan qörqmayman–ku, bilasan,

Şuni bilib, akillab ne qilasan?”

“Qörqmasang…

Bu – sening işing!” – der layça…

 

               Döstlar davrasi

Umr ham bir joyga borib qolmoqda,

Jarangli keçmoqda köngil naʼrasi.

Çunki siz çorlaysiz bir çaman boğday,

Döstlarim davrasi, döstlar davrasi.

 

Duşman yovuzligi duşmanlikdanmas,

Döstingdan ayirar, usuli şundoq.

Seni zarra bilib etsa xoru xas,

Zarradan ham çoğroq köngli bölar toğ.

 

Işonib siringni aytguvçi faqat,

Döstlar borligidan boşi osmon böl!

Döstingdan top, degan sözga yöq toqat,

Döst top deb, döst top, deb yurgan inson böl!

 

Sevgi ötar ketar, ketar mansab ham,

Yoşlik ham munkillar bir kuni holsiz.

Faqat döstlik bilan boqiy bu olam,

Döstlik qarimaydi dunyoda yolğiz!..

 

               Yangi tanişlar

(Hazil)

Yangi tanişdilar yigit bilan qiz,

Söz ham kela qolmas tilga, ajabo.

“Siz hozir… nelarni öylamoqdasiz?..” —

Nozlanib söraydi gözal dilrabo.

 

Yigit yerga qarar, yuzini burar:

“Siz… öylagan öyni… öylayman faqat…”

Qizning jahli çiqar, örnidan turar:

“Uyatsiz ekansiz! Uyat-ye! Uyat!..”

 

                      Topişmoq

Topişmoq aytasiz, qiyin topişmoq…

Topişmoq, siz bilan qiyin, topişmoq…

 

Şunday topişmoqsiz, yeçimi bölmas,

Topsam ham javobdan bu köngil tölmas.

 

Javob topa bilmay topişmoqlarga,

Ketganlar bor olib boş yiroqlarga…

 

Ammo siz yonimda, yonimdasiz, oh,

Tabiat menga baxş etgan topişmoq!

 

Sizni–ku toparman, topganim çoğda

Özimni yöqotib qoldirmay doğda.

 

Javob topayin deb, sizga boylanib

Özim topişmoqqa qoldim aylanib…

 

Topişmoq aytasiz, qiyin topişmoq,

Topişmoq, siz bilan qiyin, topişmoq…

 

* * *

Xayolimni, öylarimni vodiyga soçdim,

Ajab, vodiy yaşnab ketdi, körk – çiroy oçdi.

 

Ğururimni inʼom etdim kök öpar toqqa,

Toğ gerdayib nazar soldi yiroq-yiroqqa.

 

Osmonlarga baland qöydim ovozim birdan,

Osmon yana yuqorilab ketdi-ku Yerdan!

 

Alamimni jarliklarga solgandim tökib,

Jarlik battar çökib ketdi, yana ham çökib…

 

* * *

Boyliklar yazdoni Kubera bir kun

Çap köz bilan boqdi gözal Humoga…

Işq tuğyon urdi-yu, qalbida butun

Öxşab qoldi, şörlik, majnunnamoga.

 

Dunyoni unutdi işqning sehridan,

Tark etdi oşiqni andişa–yu or.

Biroq qayga qoçar Şiva qahridan,

Qoçay desa unga uç olam ham tor.

 

Baribir özini tiymadi qurğur,

Şivaning yoriga köz tikdi pinhon…

Humo jamolida olovlandi nur,

Kubera közini kuydirdi yomon!

 

Öşa-öşa — ojiz Kubera közi,

Hasrat-alamini içga yutarmiş.

Uzr xohişida tunu kunduzi,

Şivaga siğiniş bilan ötarmiş.

 

Gözallar şunaqa bölur dilozor,

Faqat istiğnolar – ravo körgani.

Istiğnosi mayli, kuydirişi bor…

Bir umrga yetar bir kuydirgani!

 

* * *

Qanday soz, davrada balqiganing on,

Öltirmak yonma-yon sen otaş bilan.

Atrofdan kişilar boqar biz tomon,

Kimdir havas bilan, kimdir ğaş bilan.

 

Menga ilhom kerak, menga zavq kerak!

Kelgil qöllaringni qöygin qölimga!

Kelgil, ğamza qilsin yurakka yurak,

Yöllaring tutaşsin olis yölimga!

 

Mayli, hasadgöyning yonsin közlari,

Odamlarga parvo etmagin, malak.

Bizga söz aytarlar, ammo özlari

Bizday böla olmay jonlari halak…

 

        Çapanilar qöşiği

Yallo, yallo, yallolaşaylik,

Döppi yarimta.

Toleimning tizgini öşal,

Öşal yorimda…

Aʼlo, aʼlo, alomat dildor,

Etma dilim qon.

Kulsang bölur könglimda bahor,

Olam – guliston!

 

Şamşirimiz zang bosgan emas,

Bitmas ekan köngil yarasi.

Uluğ özbek yurtida çapdast

Yigitlarning bizmiz sarasi!

 

Yorilmasang yor kulib boqmas,

Qaydan menga yopişdi darding?

Darding bölsa, yoring bölsa, bas,

Şöri qursin yori yöq mardning!

 

Yallo, yallo, yallolaşaylik,

Döppi yarimta.

Toleimning tizgini öşal,

Öşal yorimda…

 

* * *

Sietlda gullar hamişa xandon,

Qişin-yozin birdek çamanzor, böston.

 

Qizil gul, sariq gul, oq gul, puşti gul,

Boğlarning içi gul, yerning usti gul.

 

Biroq–çi, hidlasang, biroq isi yöq,

Uşlasang titramas… Titroq hissi yöq…

 

* * *

Töy bölsa, Amriqo elida udum:

Yigit qiz qoşida tiz çökar bir zum.

Tiz çökar va lekin bilmaydiki qiz,

Yigit tiz çökaru qalbi çökmas tiz.

 

Töy bölsa, özbekning elida udum:

Yigit qiz qoşida tiz çökmas bir zum.

Tiz çökmas va lekin şuni bilar qiz,

Yigit mağrur qolar, qalbi çökar tiz!..

 

* * *

Şöxligim yoqadi, qarayman zimdan,

Doim tegajoqlik etib yuraman.

Ne qilay, odat-da, bolaligimdan

Haddidan oşişni yaxşi köraman.

 

Derdilar, çatoq iş qilmagin şoşib,

Afsuslar çekkaysan özing olib tan.

Köringiz, men bevoş haddimdan oşib,

Şul bağri qattiğni sevib qolibman!..

 

* * *

  Abdulla Oripovga

Rost deding: it hurar karvonga doim,

Bekordir saklardan özgani kutmoq.

Azal qonunida bitilmiş qoim,

Itlarga hurmoğu karvonga – ötmoq…

 

Mayliga, döstginam, koyitma jonni,

Behol uvalmasin horigan yurak.

Ğaflat bosmasin deb axir karvonni,

Itlarning ham hurib turmoği kerak!..

 

* * *

Yaproqdan ipak çiqar,

Çeçakdan çiqadi bol.

Demak, u yaproq emas,

Çeçak emas, ehtimol…

 

Uruğda yaşar örmon,

Havas ham emas havas.

Oy ham – oymas, kun ham kun,

Sen bilgan men, men emas…

 

* * *

Köngil oşno bölmoq istagidan mast,

Makon tutsam, deydi, oşyoningizni.

Boşimga kötaray yerlarni emas,

Yolğizgina porloq osmoningizni!

 

Oh, dilda tuğilar ğaroyib bir şeʼr,

Oftob tökis qizday jilmayib boqar.

Arşi aʼlodan to rutubatli Yer –

Ilhomlar selida tölğanib oqar…

 

Sevaman! Sevgimni tutolmasman sir!

Uzaman tilkalab bor riştalarni!

Tuproqdan yaralgan bölsam-da axir,

Netay, könglim tilar fariştalarni!..

 

                      Döstimga

Döstim, eslaysanmi bolalik çoğlar,

Biltang-biltang qilgan yolğiz oyoq yöl.

Podalar çangiga kömilmiş boğlar,

Çuçmoma, lolalar ösmaydigan çöl…

 

Olislar quyilar közimizga jim,

Çamanlar köramiz ufqlar ortida.

Bola qalblarimiz tepar betinim,

Qişloqmas, Vatanu jahon dardida…

 

Norasida sevgi zavqidan mağrur,

Şodmon tikilamiz bir-birimizga.

Tole vaʼda aylar bizga baxt-surur,

Osmon torlik qilar dil sirimizga.

 

Barçasin kaşf etib yurar edik mast,

Kuç-qudrat jam köngil zarblarimizda.

Çuçmoma, lolalar çöllarda emas,

Yaproq yozar edi qalblarimizda…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan