Ohlaring ğanimlar eşitmasin heç
Mavluda RÖZIYEVA
Muallif haqida:
Mavluda RÖZIYEVA — Samarqand viloyatining Iştixon tumanidagi Xonaqa qişloğida tuğilgan.
“Bir sevgi qismati”, “Onamni qaytaring yulduzlar”, “Sözdan tonib bölmas”, “Qöş irmoqlar”, “Tuşdagi uçraşuv”, “Oy kulgan keça” singari şeʼriy va nasriy kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari aʼzosi.
BORINGIZGA…
Ming bor şukur bu olamda boringizga,
Nigoh taşlang bir bor bizdek yoringizga.
Soyangizman oftoblarda yursangiz gar,
Ergaşurman tamanno raftoringizga.
Yangratsangiz tanburingiz sadolarin,
Ohang bölay çertadurgan toringizga.
Sayr etsangiz böstonlar-u boğ-roğlarda
Gul böloyin oçilib gulzoringizga.
Siz hayotda uçratgan Şohjahonimsiz,
Buyuringiz biz kabi poykoringizga.
Şaloladek kulguyingiz xummoriman,
Bir zum quloq solsaydim guftoringizga.
Mavludadek könglingizga yöllar topib,
Bir umrga aylansam dildoringizga.
HAQNI IZLAB…
(Hasan Almatov ğazaliga muxammas)
Haqni izlaş baʼzilarga ormikan,
Izlaganga baxt-u iqbol yormikan.
Eʼtiqodda hamma ham poydormikan,
Haqni izlab yölga çiqdim, bormikan,
Balki bunda topganim ozormikan.
Tinçgina orom olur ahli qubur,
Bu fanoda baʼzilar izlar huzur.
Baʼzilarning qalbida kibr-u ğurur,
Qayga boqsam, oldi-sotdi, urha-ur,
Bilmadim, bu qaynagan bozormikan.
Yeng, yaqosiz barçasi kiygay kiyim,
Heç kimarsa ungaça bilmas tinim.
Neki tinmoq, yetmagay hargiz bilim,
Qalb atalmiş bir çimildiq içrakim,
Rost-u yolğon bir-biriga yormikan.
Qadri yöqdir yonginangdan ötsa suv,
Har neki bilmak uçun darkor uquv.
Kim bilimsiz bölsa göyo qöy suruv,
Xilvatda nomusin sotgay suluv,
Nomus-u or şunçalar abgormikan.
Oh, umr daryosi munça tez oqin,
Suv yalab-yulqaydi ikki qirğoğin.
Har kişi eslaydi öksib yoş çoğin,
Köklamimda yuzlarim tortgay ajin,
Soçlarimda oppoq-oppoq qormikan.
Telba köngil orom istar gohi-goh,
Kasbi kori goh savob-u goh gunoh,
Ey rafiq, ketma jahondan röy siyoh,
Gar orom istar esang oromigoh,
Ham muqaddas joyi ul mozormikan.
Dam-badam yozuğ tilovçi böldimu,
Mehr(i) ga mehrim ulovçi böldimu,
Mavluda, Haqdin sörovçi böldimu,
Bir Hasan otliğ yölovçi böldimu,
Haqni izlab yölga çiqdim, bormikan.
IKKI QOŞIM
Ikki qoşim aro quray Tojmahal,
Posbonlar joylaşsin köz qaroğida.
Çorlab turay, begim, sizni har mahal,
Darvoza köksimning çap qirğoğida.
Bağrim oqib turgan balki Gangadir,
Balki Bobur bobom boqqandir unga.
Boburiy qurdirgan öşal möʼjiza
Balki yetib kelgan muborak kunga.
Ikki qoşim aro quray Tojmahal,
Raqslarga tuşsin işq fariştasi.
Bu joyda bölmaydi yolğizlik, hijron,
Bu joyda boğlanar işqning riştasi.
Yiğlama, bu joyda közyoşga joy yöq,
Yiqilsang suyançiq bölguçilar bor.
Ohlaring ğanimlar eşitmasin heç,
Sevgini muqaddas bilguvçilar bor.
Ikki qoşim aro quray Tojmahal,
Muhabbat bizlardan nolib ketmasin.
Sevgining dardida kuyib yurganlar
Bir kun loylar aro qolib ketmasin.
Sevganlar boği böl, ey Tojmahalim,
Barçasi bulbulday baxtdan sayrasin.
Muhabbatga lim-lim tölgan yuraklar
Hijron azobidan yiroq yayrasin.
Ikki qoşim aro quray Tojmahal,
Işqimizning ramzi, taxtimiz bölsin.
Sevgi tarixining zar varoğida
Baxtli yaşaş uçun ahdimiz bölsin.
Ey közimning nuri, ey şohjahonim,
Keling, qöl uşlaşib birga yuraylik.
Dilimdan ariting endi armonim,
Keling, Tojmahalni birga quraylik.
NAVRÖZ ĞAZALI …
(Sirojiddin Sayyid ğazaliga muxammas)
Döstlar, keçar umrimiz, har lahza-yu on yangi,
Osmonimiz musaffo, yulduzi ğujğon yangi.
Marjon bilan bezangan daraxtzor, böston yangi,
Navröz ila keng olam, bu kavni makon yangi,
Soylarda ajib tuğyon, suvlarda bayon yangi.
Barobarmi daryoyi Sayxun birla Nil rangi,
Olisdan xuş köringay toğ-u qir, mahfil rangi.
Körinsa bölur erdi goh-gohi mazgil rangi,
Har yerda jarang bergay gul rangiyu dil rangi,
Bir lola iforidan bu köhna jahon yangi.
Zavq ila tabiatni quçmoqqa oçsak quloç,
Gulzorda gul işqida sayrab tursa sanduvoç,
Navrözoy kezib yursa Samarqand-u köhna Çoç,
Sohilda kulol yangliğ loy tanlasa qaldirğoç,
Musiça bilan saʼva sayr etsa qayon — yangi.
Umr ötar, goh kelur bir lahzaga tenglik oy,
Gohi tor-u gohida bir asrga kenglik oy.
Goho böronli, yellik, goh yomğirli sellik oy,
Evrilsa agar rözğor ellik yilu ellik oy,
Ellik bila el yangi, qirq yilda qozon yangi.
Azob-u ingroqlarda eskirdi mening könglim,
Tikanli yantoqlarda eskirdi mening könglim.
Bulutli ofoqlarda eskirdi mening könglim,
Hijronu firoqlarda eskirdi mening könglim,
Kelgil, menga dil bergil, ey qoşi kamon yangi.
Jonim bilan asragum ul sirru nihoningni,
Şod köray, körsatmagil diydai giryoningni.
Suğorsam mehrim ila boğ ila böstoningni,
Gul bargiga tekkizsang lab birla zaboningni,
Gul bargi bölur xandon, lab birla zabon yangi.
Kelar bölsang, köyingda jonimni ehson aylay,
Özimni bir ğarib-u seni şohjahon aylay.
Yöllaringga suv sepib, salqin-u imkon aylay,
Köz birla qaroğingni jonimda nihon aylay,
Menga yangi jon, senga bu taxti ravon yangi.
Xazon bölgayki boğlar, suv bölmasa boyakbor,
Yo bölmasa boğlarga bosmasa qadam dildor.
Xazonrezgi boğlarga, ayting, boğbon ne darkor?
Qadriga yet, ey boğbon, har ğunçanikim, takror
Bu boğ ila bu böston bölgay qaçon yangi?
Ne-ne xiyobonlarda böldim yurib tamanno,
Baʼzan eşitdim taʼna, baʼzan esa tasanno.
Qaynadim, toşdim vale umrim ötdi purmaʼno,
Toşqinsanu şoşqinsan umrim kabi, ey daryo,
Esiz, men eskirdim, sen ersa hamon yangi.
Mavluda, ğazal bitsang, senga kim xalal bergay?
Tegrangdagi döstlaring ilhom-u jadval bergay.
Tuganmas isteʼdodni taqdiri azal bergay,
Ayyom mahal bergay, ming pandu masal bergay,
Ming şeʼru ğazal bergay bu davru zamon yangi.
