Maysalarga aytdim Ismingni…
Gulzebo IBROHIMOVA
Muallif haqida:
Gulzebo Ibrohimova — 1975 yili Oltinsoy tumanidagi Çep qişloğida tuğilgan. 1993-1998 yillari Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1998-2001 yillari esa mazkur universitetning aspiranturasida öqigan.
1996 yildan buyon Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “YOSHLAR” radiokanalida muharrir vazifasida işlab kelmoqda.
Şeʼr va hikoyalari respublika matbuotida çop etilgan.
Gulzeboning şeʼrlarini öqib, közim yoşlandi, qalbim nurlandi. Bular pokiza iltijolar, tilaklar, rozlar ekan. Ammo insonga emas, inson ikki jahonda muhtoj böladigan Zotga aytiladigan rozlar. Sadoqat, poklik, tavhid, zikr, tasbih rozlari. Törtliklari hikmatga moyil.
Uşbu xitobda hol bor:
Közingni sajdaga yaşirib yiğla,
Şamolga xitob:
Yupatmoqqa keldingmi,
ay, şamol-singlim…
Oliy zotga murojaat:
Özingdan Özingga
yiğlab borurman…
Şubhasiz, ijodda muallifning botin olami, holi, axloqi, bilimi, tafakkuri, namoyon böladi. Meni quvontirgan narsa şuki, Gulzeboning şeʼrlari tamadan xoli. Dunyo talabidan, manfaat istagidan, moddiy va maʼnaviy tamadan xoli. Tama nima? Tama — mosuvodan bir narsa umid qilmoq. Özingga öxşagan insonlardan nimani umid qilasan?..
Dil nasihat istar, oyat sözlagil,
Haqiqatni faqat Haqdan izlagil…
Şeʼrning ildizi qalbda, şoxlari ruhiyatda, mevalari odamlar qölidadir. Şunday yozsangki, qoğoz qoğozligidan puşaymon bölmasa, siyoh siyohligidan or qilmasa, örmonlar kitobga aylanganidan rozi bölsa. Daraxtlar tasbihi sahifalarda davom etsa. Öqiganning qalbi nurlansa… Bu bir istak. Men mubolağa qilgan bölsam, vaqt mubolağa qilmaydi, men yanglişgan bölsam, zamon isloh etadi… Qalb nurining, işqi ilohiyning öz şartlari bor. Şoira yozganidek:
Sajda höl bölmasa,
diling nur bölmas,
Qalbda işq bölmasa,
haqqa yöl bölmas.
Hasad tikanlarin
dildan yulmasang,
Qabring tuproğida bitta
gul bölmas…
Nurli pokiza tuyğularni ijodda umrbod saqlab qoliş şoirning ulkan davlatidir. Gulzeboga ana şu davlatni tilayman.
Mirzo KENJABEK,
Özbekistonda xizmat körsatgan
yoşlar murabbiysi, şoir
Maysalarga aytdim Ismingni…
Maysalarga aytdim Ismingni,
Tebrandilar: bizda ogohmiz.
Işqqa tölgan ona zaminning
Köksin yorib yuborgan “Oh”miz,
Ul Pok Işqqa hadsiz guvohmiz.
Söng daryoga aytdim Ismingni,
Qirğogiga urdi boşini,
“Toğ yiğisi daryolar asli,
U tiyolmas közin yoşini”
Toğ va ummon aro bir “voh”miz.
Samolarga hayqirdim Isming,
—Ul haybatdan egildik , dedi.
Oyu quyoş — ikki közimiz,
Yulduzlarga kömildik, dedi.
Ön sakkiz ming olamda toqmiz.
Söng içimga yutdim Ismingni,
Közlarimdan toşib çiqdi u,
Layli qavmidagi Majnun deb,
Dilga yoğdu soçib çiqdi u
Dil va ummon aro bir vohmiz.
KÖZLARING
Xayol dunyosida bir qadar oson,
Öylaysan, tunlarni ulab tonglarga.
Ertaga arazim aytaman, deysan,
Sözlarni böyaysan olov ranglarga.
Nonuştada labing titraydi nogoh,
Zörğa yutinasan, uşoqday noning,
Butun vujudingga töladi faryod,
Böğzingga tiqilib kelgandek joning.
Qölingdan sirğalib tuşar piyola,
“Çil-çil” ohanggiga köçar sözlaring.
Tökilgani çoymas, qaynoq közyoşing,
Tonggaça yiğladi, axir közlaring…
* * *
Yaratganga tabassum qil…
Şukurlar ayt, zikrlar ayt.
Boqqil qanday mehribon Zot,
Tafakkur qil, fikrlar ayt.
Yaratganga tabassum qil…
Qudratin namoyon etgay,
Har işi hikmat birladir,
Hikmatlarin ayon etgay.
Yaratganga tabassum qil…
Möʼjiza armuğon etgay.
Ğayb sirlari ilohiydir,
Gahi sirin ayon etgay.
Yaratganga tabassum qil…
Rahmatidin nişon etgay.
Qörquv ila umid birla,
Dilda fayz oşiyon etgay.
Yaratganga tabassum qil…
YIĞLADIM
Yulduzlarga dil yorib,
osmonlarga yiğladim.
Rangi röyim sarğaysa,
xazonlarga yiğladim.
Unitilmas,
aytilmas armonlarga yiğladim.
Lek biror bir odamga
körsatmadim yoşimni,
Nomardlar huzurida egmadim
bu boşimni.
Şoşqin soyning şaşti past
közdan oqqan yoşimdan,
Huv qoya çökib borar,
haq bergan bardoşimdan,
Lek qölim uzatmadim
baxillarning oşiga,
Joynamozdan joy sörab,
xudoyimga yiğladim.
Dilga tölin oy sörab,
samoyimga yiğladim.
Titrab ketdi samolar,
çaqin çaqdi çaqmoqlar,
Ul manzilga yetdimi
dildan otilgan ohlar,
Avfin istab ötindim,
keçirilsin gunohlar,
Şukur, tongga yetişdim,
quyoşiga yiğladim,
Uluğ tangri atalgan
sirdoşimga yiğladim.
* * *
Çeksiz samolarda uçgan quşga ham,
Uyasidan kengroq vatan topilmas.
Odam Atomizdan meros, dil aro,
Vatan firoqidek hijron topilmas.
Tilasang, dilga şeʼr – söz bergay xudo,
Birni söraganga yuz bergay xudo,
Vatanda neki bor ibrat namoyon,
Körolsang, könglingga köz bergay xudo.
Şu tuproq kuyida şoir bölib men,
Ahli muhabbatga doir bölibman.
Uluğlar xokini tötiyo aylab,
Ki vatan işqiga noil bölibman.
Çeksiz samolarda uçgan quşga ham,
Uyasidan kengroq vatan topilmas.
Odam Atomizdan meros, dil aro,
Vatan firoqidek hijron topilmas!
MEHR IŞORASI
Sözlarni ovozsiz ifoda etar,
Qöllar imosiga ingan maʼnolar.
Hayhot! Barmoqlari bunça çiroyli,
Şaksiz, yaraşgandir, uzuk-xinolar!
Daraxtga suyanib boqadi unga,
Közlari porlagan öspirin yigit.
Gunglar vakilining bu dil suhbati,
Zaboni borlarga ibrat va ögit.
SAMO MAKTUBLARI
Samo maktublari –oppoq xuşxabar,
Çaqmoq çaqinida yolqinlangan söz.
Inson uyqusida kelgan tuş, xabar,
Goho yuragingga solar yoruğ iz.
Samo maktublari – oppoq xuşxabar,
Elçi kapalaklar keltirgan salom.
Sinay deganingda tirgak bölolgan,
Dilga umid bergan ilhomli kalom.
Samo maktublari goho kuttirgan,
Goho soğintirgan ul şirin diydor.
Goho tuni böyi qalam uşlagan,
Qoğozga suyangan sohibasi bor.
Samo maktublari kelar paydar-pay,
Diling poklanganda ul seni topar.
Haq rizosi sari boşlar-u yölga,
Otaşin çöğ taşlab yuraging yoqar.
Samo maktublari , nurli nomalar,
Goho qaroğingdan tökilgan jola.
Goho borliğingni örtab yuborgan,
Qalbingning tubidan otilgan nola.
Samo maktublari ona zaminga,
Falakning yöllagan zarrin xatlari.
Oppoq kabutarlar keltirgan uni,
Silaysan, qadrdon issiq patlarin.
Samo maktublari – oppoq xuşxabar,
Yozilgan jamiki aşʼordir, şeʼrdir.
Oşiqdan Maʼşuqa tomon şoşilgan,
Muhabbat izhori yoritgan nurdir.
HOLAT
Yomğirda qanoti höl bölgan quşday,
Aslo haqiqatga aylanmas tuşday,
Hayot çarxpalagi etgan behuşday,
Karaxtman.
Qoronğu tunlarning bir
“Qadr”i bordir,
Yaşil maysalarning xuş atri bordir.
Nönoq şoirning ham zör satri bordir.
Surʼatman.
Şirin sözdan özga sarmoyam yöqdir,
Duoyingdan boşqa himoyam yöqdir,
Ammo yaxşilikka nihoya yöqdir,
Jurʼatman,
ğayratman,
şijoatman, men!
* * *
Mehrning ovozi keldi: Gulzebooo!
“Labbay, eşitaman!”— javob ayladim!
“Xosiyat opangizman!..öşa…Xosiyat!”
— Opajon, bu sizmi?!!!
— xitob ayladim.
Bir dam iymonlaşdik,
bir dam sirlaşdik,
Döstu yoronlarni aylab duolar!
Ğoyibona diydor dilni rom etdi,
Yerga yaqinlaşib keldi samolar!
— “Bolalik kulçasin soğingan kabi,
Sizni soğinaman”, — sözlaydi opa!
Bori-bisotidan menga aytişçun,
Eng şirin sözlarni izlaydi opa!
Bir dam jim qolamiz, sukutda… unsiz,
Közyoşga tölganday ul qoraçiqlar!
Bandaning mehriki şu qadar bölsa,
Keling, yuragimga qalbi oçiqlar!
Dunyo ötkinçimas, bizlar ötkinçi,
Şirin taşvişlarni nariga suring!
Arşning soyasiga yetişmoq uçun,
Dilda döstlik degan imorat quring!
* * *
Yaxşilik qildim-u daryoga çopdim.
Şoşib suvga taşlab
dur hikmat topdim.
Jöşqin Jayhun misol çayqaldi daryo.
Suvning şovqiniga töldi bu dunyo:
Milliardlab odamlar yaxşilik qildi.
Boqqil, qirğoqlarim limmo-lim töldi.
Baʼzan minnat yukin kimlardir otdi,
U yuk xarsang bölib bağrimga botdi.
Töğri, yaxşilikni bilmas baliqlar,
Nahangga aylandi, nodon maxluqlar.
Ammo moviy kölda Tilla baliq bor.
Faqat öşal erur ezgulikka yor.
Men Unga eltgayman, ezgu işingni,
Özi baholagay bul yumuşingni.
Şunda, tölqinlanib, ketdim daryoday,
Uni şeʼrga soldim misli röyoday.
TÖRTLIKLAR
Haqni tanimoqda
sendan ilğor bölsa favvora,
Şiddatidan, pokligidan
andoza olsang.
Samo gumbaziga yuksalsa ruhing,
Oşiq Favvoraga aylanib qolsang.
* * *
Ğofil davrasida sukunat etgil,
Iloj etsang bundan tez turib ketgil.
Ğiybat yuragingni qaro qilgaydur,
Yaproq daʼvatiga jim quloq tutgil
* * *
Luğatimda “noliş” sözi yöq,
Katta sinovlarni singdirgan jonman.
Ayblamang,
istiğfor aytgan xatom-la,
Ummonni kaftida tutgan nolonman.
* * *
Jism oğriqlari örtaydi baʼzan?
Şukur, gunohlarga kafforat, deymiz.
Dilning oğriğiga darmon qaydadur?
Hammasi taqdirdan inoyat deymiz.
* * *
Qöllarimni duoga oçsam,
Iliqqina taft kötarilgay.
Umidvorman, ğayb olamidan,
“Amiyn” degan kaft kötarilgay.
* * *
Közda yoşing bilan boqma dunyoga,
Rabbiga yiğlasang, qalbingda yiğla.
Ul mehribon zotdur, artar yoşingni,
Işqida sarxuş böl, bağringni tiğla.
