Köçayotgan yulduz misoli, zir aylanar ruhim va jismim…

Safar OMON

 

Muallif haqida:

Safar Omon (Omonqulov) — 1957   yilda   Boysun tumanida   tuğilgan. Hozirgi Özbekis­ton   Milliy universiteti (avvalgi ToşDU)ning jurnalistika fakultetini 1983   yili tugatgan.   Şoirning “Laylatulqadr” (“Yozuvçi” naşriyoti, 1994 yil), “Şamsul qalb” (Ğ.Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat   naşriyoti, 2002 yil), “Işq” (“Yangi asr avlodi” naşriyoti, 2004 yil), “Alam” (“Voris” naşriyoti, 2007 yil), “Sayyo­rai   safar” (“Mumtoz söz” naşriyoti, 2013 yil), “Şukrona” (“Tafakkur” naşriyoti, 2018 yil) kabi   şeʼriy kitoblari naşr etilgan.

Özbekiston   Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekis­ton Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

 

             MENI   SURXONDAN   IZLANGIZ

Döstlar meni soğinsangiz, gözal Surxondan izlangiz,

Ajab Surxon ne dersangiz,   jumla jahondan izlangiz.

Bu zaminning qatlariga   ne bir tarix imlo   ölgay,

Kim özligin bilmoq ersa, ani pinhondan izlangiz.

 

Kulli başar beşigini   ilk tebratgan uluğ   yurt bu,

Eron zamin, Turon zamin   bölgan imkondan izlangiz.

U budparast, u   zardöştdir, u nasroniy, u   islomdir,

Ming bir nomli lomakondir, ani Qurʼondan izlangiz.

 

Turfa ranglar, turfa   jilva, bu Turon   barçaga şeva,

Jam bölgandek zarrin teva, jannat makondan izlangiz.

 

Uluğbekning   közlarini, bobolarning unlarini,

Nun va alif,   mimlarini uşbu osmondan izlangiz.

Mulki Turon ne nom   erdi, anda kimga inʼom   erdi,

Madinadan xabar berdi,   ani Usmondan izlangiz.

 

Ne moziyki öylagayman,   Safar, mağrur kuylagayman,

Döstlar meni soğinsangiz, gözal Surxondan izlangiz.

 

                BU   JONIMDA   GULOB ÖQI

Agar sendan savol bölsa, bu jonimdan javob   öqi,

Hiyla könglingga maʼqulki,   döstim, yana savob öqi.

 

Tuğilgandan men   istaram javob jonimning qasdiğa,

Hijron otaşida bilki, laxça- laxça kabob   öqi.

 

Sening sahni zamoningda   na masrur öldiki, na   şod,

Eslab yana u   kunlarni   raftorimdan şitob   öqi.

 

Kuyib vaslingda kutgayman   visolingga yetişmoqni,

Soğinç daryosida oqgay   bu közlardan selob öqi.

 

Mehrob deb boşimni qöydim poyingdan tuşgan zarraga,

Jilla şodlik topsang agar, bu jonimda gulob öqi.

 

Baridan keç, arzimasdir bu gözalning tirnoğiga,

Ğam- anduhni   qöygil endi, közlarimdan kitob   öqi.

 

Bilmasmanki, yozuğida neki jannat, neki dözax,

Safar, yorning oğuşida ozod qulsan şitob öqi.

 

NAQŞBANDIY HAZRATLARIGA

Ortimga qarayman, kulluhum söroq,

Oldimga qarayman, kulluhum savol.

Suvratim, siyratda ne munça zavol?

Olomon, bu sirga javob   ber, javob?!

 

Osmonga qarayman, kulluhum   söroq,

Poyimga qarayman, kulluhum savol.

 

Bu ne tanazzulu   bu ne bir kamol,

Ey, osiy olomon   javob ber, javob?!

 

Qöllarim   söroqdir, yöllarim söroq,

Uylarim savoldir, öylarim savol,

Karvonim   hiloldir, sarbonim- malol,

Arosat bandasi javob   ne, javob?!

 

Kalima qaytardim, astahfirulloh,

Sen ne payğambarsan, ne Rasululloh,

Arosat bandasi na   başar, illoh,

Kulluhum   savolsan, kulluhum gunoh.

 

Alhamdulillohki, keldi bir javob,

Xöja Bahovuddin, Söfidan   tavof:

“Oxirat ummati sensan,   bissavob,

Savol özingdadir, özingda   javob”

 

                  SILSILA

Öğlim   BEDILga

Köçayotgan yulduz misoli,

Zir aylanar ruhim va jismim.

Bu rindona hayot   sahnida,

Unutaman, Enajon, ismim.

 

Sahrodagi qum barxanlari,

Bu nomaʼlum şoirlar   qabri!

Samon yölda   çaqnagan nurlar,

Darveşlarning bardoşi, sabri!

 

Ötgan avlod ötaverarkan,

Yöqolmaskan   ongning şevasi.

Örkaç- örkaç   toğlar aslida,

Ilhomimning karvon- tevasi.

 

Çöqqilardan   qulagan toşdek,

Ming bölakka bölinar jismim.

Qayga bormay kutib   olar jim,

Otameros qutluğ makonim.

 

Şarqdan Ğarbga, Janubdan   Şimol,

Darveşlarning   laşkari tözgan,

Çor tarafda şayx, avliyolar –

Kubro, Rumiy bayroğin yozgan!

Köçayotgan   yulduz misoli,

Zir aylanar ruhim va   jismim.

Bu rindona hayot sahnida,

Unutaman, Enajon, ISMIM!

 

ILTIJO   YOKI   LAYIN KASALLIGI

Öğlim ULUĞBEKka

Bobomeros kasbni tanlading   öğlim,

Hayotdan   rozimiz, yöqdir   ginamiz.

Hali ming- ming yillab inson dardiga,

Malham bölaverar ibn   Sinomiz!

 

Öngimda ulğayding,   zukko, iymonli,

Gard yuqmay yurakka misli   loladek,

Yoşu martabaning bizga farqi yöq,

Sen hamon biz   uçun gödak boladek…

 

Çeçagu ölatu vabo, maxovni,

Tib ilmi dunyodan surib taşladi.

Endi inson uçun   yuragu buyrak,

Hatto kallani ham qöyib boşladi.

 

Beğubor qalbingga   tuşmasin titroq,

Hanuz köp narsalar kelgaydir malol.

Xudoning dardiga davo köp deymiz,

Nega bedavolar avj oldi, savol?

 

Bugun köpaymoqda layin kasallik—

Hasadu ğarazu fitnayu   şubha,

Mansab, boylik desa   heç ikkilanmay,

Hatto nomusini qiladi   tuhfa.

 

Özidan   özgani   öylamas   heç ham,

Mana şu kasalga köpçilik hayron.

Maqsadi yöliga ğov   bölsa birov,

Illoh, Makkani   ham qiladi   vayron.

 

Şifokor, tabiblar – Sinozodalar,

Dunyo özgardimi, yoki havosi?!

Nahotki, şaytoni   layin   kasalin,

Bölmasa   malhami yoki davosi?

 

Bu illat, bu ofat,   oxir- oqibat,

Olib kelmasaydi   qirğinbarotga.

Sinçiklab tekşirgin, töğri taşxis qöy,

Nima bölgan özi   bu ODAMZOTga!

 

             ÇILLA   XAT

Qahri sindi çillaning, Ena,

Qantar oğdi, qor   turmas endi,

Nega könglim   muzlaydi yana,

Nega köngil bözlaydi, Ena.

 

Ayvonimni qor bosdi, Ena,

Ğururimni yor bosdi, Ena,

Bu göşadan ketayin   desam,

Qarorimni or bosdi, Ena.

 

Tarnovlarda muz sindi, Ena,

Taşvişlardan köz tindi, Ena,

Hasad, ğaraz mahallasida,

Ğurbatlarga söz köndi, Ena.

 

Sözga oğir böldi-ey,   Ena,

Haq söz sağir   böldi-ey, Ena,

Lafz deganda qolmadi   turum,

Qasam yağir böldi-ey, Ena.

 

Qahri sindi çillaning, Ena,

Qantar oğdi qor   turmas endi.

Nega könglim muzlaydi   yana,

Nega köngil bözlaydi, Ena!

 

               RUBOIYLAR

 

                                1

Uluğim , ulusim, ey   turkiy tilim,

Köz nurim, madorim, oyoğim, qölim.

Tojimsan, taxtimsan   va öngu sölim,

Zakiy böl, boqiy böl,   avlodim, Tilim!

                                 2

Kubroning dastida   qolgan bayroqdan,

Sulaymon bastida   bölgan tayoqdan,

Senga bir suqtumor   bitsam Vatanim,

Boburning   bağridan tomgan siyohdan.

                                3

Hubbul Vatan minal   iymona,

Qaçon tölar bilmam   paymona,

Şaydo bölmay hukmi   şaytona,

Jon fido qil, borki   imkona.

                                4

Nurlar mening narvonim deding,

Kunlar mening qurbonim deding,

Na kunlaru na   narvon   yetar,

Qani mening imkonim deding.

                               5

Möminga yetmasa sening ozoring,

Heç kasod bölmagay köngil bozoring,

Obodu ozod et,   ongu nazaring,

Çeçaklar burkagay şunda mozoring.

                                6

Joningni öylama,   öylovçilar bor,

Qilmişing   söylama, söylovçilar bor,

Farzu     sunnatingni unutma, ey Döst,

Oxirat kunida siylovçilar   bor.

                               7

Marhumlar sening   noninga zormas,

Haşamu dabdaba, şaʼningga   zormas,

Duodan yöqlagil,   ey osiy banda,

Oxirat ayvoni bilki bozormas.

                               8

Madina — köngildir,   Makka – pok niyat,

Hammasin Allohim qilgan   inoyat,

Haji kabiradir asli   hidoyat,

Iymon Kaʼba bölsa, Islom — saodat!

                               9

Jumlai möminlar qilar bir nido,

Kunu tun özingga   aylab iltijo,

Turkiston pirlari   yotgan makonni,

To   abad tinç saqla, ey qodir Xudo!

                              10

Ey Döst,   barqaror   qil   imkonimizni,

Eʼtiqod atalmiş   ummonimizni,

Ramazon tongidek   pok   ayla doim,

Sönggi nafasgaça   iymonimizni.

                               11

Iso Termiziyga beşik bölgan kent,

Va   yetti iqlimga   eşik bölgan kent,

Buğda   tuğulgan bir gödak   hurmati,

Hadisi şarifda beşak   bölgan kent.

12

Samandar quşini boşiga qöygan,

Ön   ikki yulduzni köksiga   öygan,

Bir elu bir   yurt bor dunyoda yakto,

Barçani farzand deb   onadek suygan.

                                13

Kaʼba deb köngilni   men qildim tavof,

Elimning duosin ayla   mustajob,

Men ojiz, men   osiy, gunohkor banda,

Degayman: vallohu aʼlam bissavob.

                                14

Olmos tarozida barini   torting,

Barça gunohimni böynimga   orting,

Umrim davomida bir   savob bölsa,

Eng avval, enamga,   enamga torting.

                               15

Şarqdan   şamol essa sabo bölarmiş,

Ğarbdan   şamol tursa   vabo bölarmiş,

Hazrati Rumiyning   buyuk   hikmati,

Bugun   ham   öngingda   bajo bölarmiş.

                                 16

Ey Döst,   gunohimni   maxfirat qilgil,

Sönggi nafasgaça   maʼrifat   qilgil,

Mehnat ibodatdir degan vaʼdang bor,

Mehnatni bisyoru   dardni   rohat qil.

                                17

Makonu zamoni bir fikr   qilğil,

Sadoqat tongida sen   zikir qilğil,

Tiriklik,   tökinlik uçun har kuni,

Tangriga ming bora sen şukur qilğil.

                               18

Bandaga   berilgan imkoniyatni,

Ming bitta imtiyoz   va inoyatni,

Buning maʼnisi şu: foniy dunyoda

Sinovdan   ötkaziş   insoniyatni.

                               19

Ramazon ne deding?   Muxtasar javob:

Tavba- tazarrula   ötkazgan tunlar,

Tangrining vaʼdasi birga ming savob,

Dözaxning eşigi yopilgan kunlar.

20

Dedim: Bunça baland nega   bu toğlar?

Dedi:   Eʼtiqodda sobitligidan.

Dedim:   Bunday gözal jannatiy boğlar?

Dedi:   Xalqning yurtga   sodiqligidan.

                                21

Qaniydi Allohim etsa   inoyat,

Borib körolsaydim men   Muştariyni.

Ul ajam   mulkini   aylab sayohat,

Ziyorat qilsaydim Zamahşariyni.

                                22

Jahongirlar yurtidir bu, avliyolar makoni,

Yetti iqlimga jo bölgan möʼjizayu imkoni,

Bilki boqiy yangragaydir dinu imkon farmoni,

To   oxirat Haq, Adolat, erur aning Hoqoni.

                                23

Oy va yillar   erur abadiy mezbon,

Kelib   ketmoqlikdir hayotiy mezon.

Tiriklik farzlari   aslida avzon,

Haddini bilmoği   kerakdir Mehmon.

                               24

Iymonning doyasi sabur va şukur,

Iymonsiz ğoyasi ğaraz   va kufur.

Insofdan tuğular elga   manfaat,

Irfonu maʼrifat   va soğlom fikr.

                              25

Ey, baxt   quşi,   qönma boşimga,

Bugun baxtdan sarmastman   özim.

Ey, ğam quşi   kelma qoşimga,

Ikkisiga   sarbastman özim.

                             26

Oromgohda kelsa boşimga,

Saboq bölsin Inson   nasliga.

Orom topsam, qabr   toşimga

Yozingiz: “Aslidan asliga!”

                                        2019-2022   yillar.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan