Men yoşlikka qaytaman bu keç…
Kunlar xazon – yonmoqda lov-lov,
Ortga qaytmas ötgan damlar heç.
Yuragimda bir istak – olov,
Men yoşlikka qaytaman bu keç.
Şoşma!
Şoşma, ey vaqt, öz holimga qöy,
Sanama bas, soçlarim oqin.
Tuyğularim kökka çözar böy,
Hali ham bor közimda yolqin.
Karam qilgin, yoşarib qolay,
Ajinlarni arit yuzdagi.
Boğlaringdan bir bahra olay,
Şavqimni ber ön sakkizdagi.
Qalb qörimda quyoş şuʼlasi,
Kulgilarim hali jarangdor.
Ufurmoqda bahor nafasi,
Sevilmoqqa hali fursat bor.
Huv, bekatda bir yigit kutar,
Yoşligimni solib yodimga.
Men borsam, u suyunib ketar,
Gul kötarib çiqar oldimga.
Şoşma, ey vaqt, öz holimga qöy…
Saodat MUSAYEVA,
“Çirçiq tongi”
gazetasi masʼul kotibi
