Öz ona tilimga ming jonim fido

“Bizning yoşlar albatta boşqa tilni biliş uçun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval öz ona tilini közlariga   tötiyo qilib, ehtirom körsatsinlar. Zero öz tiliga sadoqat – Vataniy işdir”.

                                          Ishoqxon IBRAT

 

Işxonadan çiqib avtobus bekati tomon borayotgandim. Beş – oltita maktab öquvçisi meni quvib ötişdi. Biri-biridan çiroyli buğdoymağiz, qoş-közlari popukdek qizlar. Ularning gap-sözlari beixtiyor quloğimga çalina boşladi. Eşitib yuragimga oğriq kirdi. Çunki ular özbekça emas, rus tilida emin-erkin gaplaşişardi. Şu çoq keksaroq bir ayol ularga yaqinlaşdi.

Dugonalariga gap berib ketayotgan baland böyli qizning özi tomonga jilmayib kelayotgan keksa ayolga közi tuşgaç, çimrilib yurişdan töxtadi. — O, boje, moy telex uje zdes, – deb xörsindi. Keyin   döstlariga yuzlandi:

— Ladno devoçki, ya poşla, babul poyavilsya, — dedi u   közi bilan buvisiga işora qilib. “Babul” nabirasi bilan öpişib körişgaç,   özaro rusçada çuğurlaşib   bekatdan uzoqlaşişdi…

Şahardagi maktablardan biridagi “Yoş kitobxon” tanlovida hakam sifatida qatnaşdim.

— Qaysi asarlarni öqigansan?, — degan savolimga   iştirokçilardan biri ketma-ket   jahon adabiyoti durdonalarini sanay ketdi.

— Juda yaxşi, özimizning özbek adabiyotidan kimlarning asarlari senga maʼqul? — dedim unga sinovçan tikilib.

— Abdulla   Oripovning “Özbekiston” şeʼrini darslikdan yodlaganman. Keyin Qodiriyning “Ötkan kunlari”ni öqiganman.

— Yana-çi?

— …Men köproq çet el adabiyotiga qiziqaman. Çunki unda menga notaniş va jozibali hayot tas­virlanadi…

Qizning javobi bundan ança yillar avval eşitganim — bir voqeani yodimga soldi. Özbekis­ton xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayevni yöqlab kelgan suyukli şogirdlaridan biri suhbat orasida hayajon bilan şunday debdi:

— Ustoz,   universitetda bizga bir turk professori saboq bermoqda. Domla şunday şirin tilda şunday sof, şunday ravon maʼruza qiladiki, qani edi bizning ijodkorlar ham ana şu gözal, jarangdor turk tilida ijod qilsa bölmaydimi? — deb öylab qoldim.

Kutilmaganda ustozning rangi özgaradi. Qölidagi piyolani taq etib dasturxonga qöyadi. — Tur uyimdan çiqib ket va qaytib bu yerga qadamingni bosma, — deydi baroq qoşlarini jahl bilan uyib adib.

Ustozning vajohatidan şogird gapi u kişiga yoqmaganligini tuşunadi.

— Nega jahlingiz çiqdi, aybim nima?, — söraydi u uzrli ohangda.

Biz ijodkorlar turkça yozsak, kim özbekça yozadi, kim tilimizni ardoqlaydi?! Farzandlarimiz xalqimizning boy maʼnaviyati haqidagi maʼlumotlarni turklardan örganadimi? Kim millatimiz haqida tarix yaratadi. Sen özbekmisan, özbekligingni unutma, çiroylimi, xunukmi bu til sen bilan mening ona tilim! Tilni çiroyli yoki boyligi, jarangdorligi evaziga sevmaydilar!.. Millatparvar ustozning ögitini qalbiga jo qilgan öşa talaba bugun özbek tilida gözal aşʼorlar yaratayotgan ardoqli şoirga aylangan.

— Asilova, juda köp kitob öqiydi, ayniqsa, hozirgi zamon Amerika adabiyotiga ixlosi baland, — xayolimni böldi qizning muallimi. Aftidan jim bölib qolganim unga yoqmadi şekilli.

— Şogirdingiz rus sinfida öqiydimi yoki özbekçada?

— 7-sinfdan buyon özbekçada öqiyapti.

— Demak, bu kitoblarni ham   rus tilida öqigan?

— Rusçadami, inglizçadami farqi yöq, çet tillarini yaxşi biladi. Ota-onasi juda zamonaviy kişilar. Ammo buvisi sal eskiçaroq ekan şekilli, nabiram   özbek qizi bölmay qolibdi, deya özbek sinfiga oldirdi. E-siz, — dedi ustoz.

— Ha, esiz. Lekin ustoz aytgan maʼnoda emas, buvisi bunday xulosaga   avvalroq kelişi kerak edi.

Afsuski, bunday   holatlar hozir biz uçun odat bölib qoldi. Negadir ota-­onalar   farzandlarini kelajagi porloq bölişi uçun u albatta, xorijiy tilda öqişi kerak, deb hisoblaydigan bölgan.   Göyo ikki- uçta çet el tilini bilgan odamning hayotda noni butun bölar emiş. Balki bu maʼlum maʼnoda töğri hamdir. Lekin noni butun bölişi uçun özlikdan keçiş   şartmi? Axir bugun xorijiy maktablarda öqiyotgan bolaning nafaqat   taʼlimi, tarbiyasi ham xorijiy böladi. Baʼzi ota-onalar maktabda rusça taʼlim olsin, özbekçani uyda özim örgatib olaman, deb xato fikrlaydilar. Vaholanki, uyidagi “ovqat pişdi”, “qölingni yuv”, “köylagingni dazmolla”, “qornim oçdi”, degan sözlarni özbekça gapirgani bilan u özbekning bolasi bölib qolmaydi. Bu şunçaki — kundalik hayot. Xorijiy taʼlim tufayli bola   milliy qadriyatdan, milliy maʼnaviyatdan   uzoqlaşib ketadi. U öz adabiyoti, öz tarixi, öz rasm- rusumlarini emas, öz buyuklarini emas, balki özi örganayotgan til madaniyati, maʼnaviyati, muomalasi, hatto urf-odatlarini   darsliklar orqali bölsa-da diliga singdirib boradi. Bu   bola   xorijça fikrlab, dunyoga öşa köz bilan qaraydi. Axir, yoşlikda olgan bilim toş­­ga öyilgan naqşdir, deb bejiz aytişmagan. Uni siz keyin uyda boğlab   qöyib özbekçani örgatganingizda ham haqiqiy özbek bolasi qila olmaysiz. Balki arosatda qoldirasiz. Sodda qilib aytganda, u çulçit bölib qoladi. (Ha yana bir gap, maktablarda turli fanlardan dars beruvçi rus millatiga mansub öqituvçilar yetişmaydi. Bu esa bolalarni yana çalasavodlikka olib keladi).

Albatta, bolalarimizni xorijiy tilni örganmasin, demayman, örgansin, lekin birinçi navbatda   öz ona tilini puxta örganib olgaç, boşqa tillarni özlaştirsin. Axir alloma bobolarimiz şunday qilişgan-ku. Ular özbekça öylab xindça, arabça… yozişgan. Aslida ona tilini biliş (darvoqe, ona tili ham nazarimda nisbiy tuşunça ekan, çunki tili xorijiy tilda çiqqan bolaga özbek tilini ona tili deyiş töğri kelarmikan, axir u özbekça emas ing­lizça, rusça yoki ispança fikrlab özbekça gapiradi-ku) özligini bilgan, anglagan har bir insonning muqaddas burçidir.

Yana ona tilimizning öksib qolişiga xorijiy tilda yozilgan reklamalar, market, studiya yoki köçalardagi rang-barang nomlar, afişalar ham sababçi, şubhasiz. Öşa afişalar ijodkori özi kim, özbekmi yoki xorijning yollanma işçisimi. Agar   Özbekiston farzandi bölsa nima uçun   şunday çiroyli tilimizda juda gözal qilib taʼriflaş mumkin bölgan nomlarni inglizçada yozişni lozim deb öylaydi. Nima bu, mehmonnavozlikmi, millatga   behurmatlikmi yoki biznesga sajda qilişmi? Axir bu yozuvlarni özbek tuşunmasa, ne umidlar bilan sayohatga kelgan xorijlik yozuvlarni öqib özini sayyoh emas   öz uyida London yoki Nyu-Yorkda yurganday his qilsa, kimga foyda-yu kimga zarar. Nahotki milliy qad­riyatni boylikka almaştirib yuborsak? Unda biz kim bölamiz? Öz tilimizni — Yer yuzida borligimizni körsatuvçi asosiy hujjat bölgan öz ona tilimizni qadriga yetmasak. Uni bilmasak, kimmiz biz?! Özimizni kim deb daʼvo qilamiz? Millatning asosiy belgisi bu uning tili emasmi?! Ona tili bölmasa   yaşaşdan ne naf! Ehtimol doğis­tonning asl farzandi Rasul Hamzatov ana şu keçinmalar tufayli ham şunday şeʼr bitgandir:

 

Mayli, kim qay tilda

                                     zavqu şavq olsa

Mening öz tilimga

                                ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yöqolsa

Men bugun ölimga bölurman rizo.

 

Töğri, çet tilini örganiş bugun zamon talabi. Ammo bu degani sallasini ol desalar kallasini olib keliş, özlikdan keçiş degani emas-da. Özini hurmat qilgan, vatanini qadrlagan har bir özbek bolasi   eng avvalo davlat tili bölgan ona tilini, nafaqat tilini özbek mentalitetini töliq bilişi kerak. Şubhasiz, bu talab­lar poydevori maktabda qöyiladi. Zero, mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek “Davlat tili masalasi milliy ğoyamizning asosiy tamoyillaridan biri bölişi zarur. Yoş avlod qalbida ona tilimizni bolalikdan singdiriş maqsadida taʼlimning barça bosqiçlarida özbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal örgatişga   alohida eʼtibor qaratişimiz lozim. Toki bolalarimiz özbek tilida ravon öqiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bölib yetişsin”.

Şunday. Faqat… buning uçun har bir özbek bolasi, eng avvalo, örta maktabda öz ona tilida öqişi kerak.

Muhabbat HAMIDOVA,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan