Agar hokimlar uzoqni öylasa… yoxud yana matbuot naşrlariga munosabat haqida

Heç kim kitob öqişni tuğilgan kunidan boşlamagan. Buning uçun bir neça muddat ötadigan davrlar bor. Avval harflar örganişadi. Ularni qöşib, sözlar aytişni bilib olişadi. Masalan, ona, dada, aka-uka degan va boşqa bir neçta sözlar, keyin oş, non, suv degan sözlarni bilib olişadi. Odamning yaşaşi uçun zarur bölgan hamma sözlar, ana şunday asta-sekin bilib boriladi. Bular bolalar yaşaşi va ulğayişi uçun hayotiy talablar, albatta. Keyin maʼnaviy talablarga ötiladi. Buning uçun eng avvalo tarbiyaning boşlanişi “assalomu alaykum”dan boşlanadi. Bolakaylarimiz avvaliga qöğirçoq öynaydi, koptok tepişni xuşlab qoladi. Şu asnoda şunday vaqt keladiki, ular eng avvalo özlari uçun çop etilayotgan gazeta va jurnallarning rasmlarini avvaliga tomoşa qilişadi, keyin asta-sekin sözlarini qöşib öqişni örganişadi. Ular endi maʼnaviy ozuqa ola boşlaşadi. Maktab quçoğida öqiyotgan paytlarida sözlar boyligi gazeta va jurnallarni öqişdan boşlanadi. Ana şu gazeta va jurnallar qayerdan kelişi ularga  hali nomaʼlum.

Endi aytmoqçi bölganimiz “Obuna” degan sözga yetib keldik. Ularga bu gazeta va jurnallarni obuna qilib qöyiş eng avvalo ota-onalar, keyin muassislar, keyin bağrikeng saxovatli insonlar zimmasida böladi. Şu işlarga boş-qoş bölgan öşa bolalarimizga eng yaqin kelajagini öylaydigan insonlarning eng kattasi va mehriboni tuman hokimlari deb  öylayman. Tuman hokimlari, uzoqni köra bilgan, bolalarni sevadigan, ertaga tuman rahbar organlarida işlaydiganlarni şu bugungi bolakaylardan yetişib çiqişini köra bilgan, ota-onalardek bölgan maʼrifatli, ğamxör rahbarlar, yaʼni hokim bobolari zimmasida ekanini bilişmasa ham erta-indin biladigan bölişadi. Agar hokimlar ular haqida ğamxör bölişsa! Şunday hokimlarimiz bor, faqat niyatimiz hamma hokimlar şu masalada asosiy boş-qoş bölişsa qaniydi, degim keladi. Tumanda doimo tinçlik-osoyiştalik bölişini istagan hokimlar bolalarimiz tar­biyasiga birinçi darajali iş deb qaraşlariga işongim  keladi. Tuman maktablaridagi bolalar yaxşi tarbiya körişsa, ertaga ulardan yomon odam çiqmaydi. Öqimişli, odobli, işçan, halol-haromni ajratadigan bolalar bölib yetişadi.

Buning uçun ularni özlarining gazeta va jurnallariga obuna qiliş kerak, ular qöliga gazeta va jurnal beriş orqali ular tarbiya köra boşlaşadi.

Hozir köpçilik amaldorlar eşitsa, burnini jiyiradigan “obuna” degan sözning özbek tilining izohli luğatidan öqiyman. Bilsam, “obuna” fransuzça söz bölib, imzo çekmoq, yozilmoq degan maʼnolarni bildirar ekan. Demak, gazeta va jurnallarga oldindan haq tölab yoziliş degani. Bolakaylarimiz bu tartibni hali bilişmaydi-ku. Birinçi bölib, bu işga ota-onalar, keyin davlat yaʼni tuman böyiça hokimlar şuğullanişi kerak emasmi? Bu işni  maktabniki deb emas, mening majburiy işlarimdan biri deb qaragan hokim xalq oldida ham Prezidentimiz oldida ham, Alloh oldida ham yutadi, obröga erişadi, katta savob topadi. Ularning savobli işlari yodda qoladi. Bu savobli işlar biz ötganimizdan keyin ham yaxşi işlarimiz içida eng savoblisi bölib özimizga qaytadi. Şuni unutmasak, qalbi gözal bolajonli hokimlarimiz rahbar bölgan tuman hamma sohada ilğor bölişiga şubha yöq. Xudo xohlasa, öşa tumandan yangi zamonimiz Beruniylari,  Ibn Sinolari, Xorazmiylari, Amir Temurlari,  Şoşiylari yetişib çiqadi, axir! Mana, qariyb bir varaq qoğozni qoralab böldim. Ammo maqsadga ötiş vaqti kelsa ham… şoşmayapman. Vaholanki, vaqt kam qoldi. Matbuot naşrlariga obuna  qilişga keç qolmaylik. Töğri, yillik obuna uyuştirişga vaqt ötdi. Ammo xalqimizda heçdan köra keç degan naql bor. Demak, amalga oşirolmagan, ulgurmagan savobli işimizni davom ettirsak, keçi yöq. Obunani yilning keyingi oylariga rasmiylaştirişni reja qilaylik: 11 oylik, 10 oylikka…

Vatanimizning asl farzandi bölib, farzandlarimizni tarbiyalaşimiz uçun özimiz kuçimiz yetsa tezlik bilan, kuçimiz yetmasa hokimiyat saxovatini sörab, albatta farzandlarimizning bariga bolalar gazetasi va jurnallariga obuna qildiraylik. Bugun Özbekis­tonda  bolalarimiz uçun eng muhim naşrlar sifatida “Boşlanğiç taʼlim” “Ğunça”, “Gulxan” jurnallari, “Tong yulduzi” gazetasi çop etilmoqda. Bu gazeta va jurnallarga eng avvalo har bir maktab kutubxonasi uçun davlat tomonidan obuna uyuştirilişi maqsadga muvofiq böladi. Ikkinçidan, tuman hokimlari, xalq taʼlimi bölimi rahbarlari, maktablarimiz  direktorlari, beminnat yordam qölini çözadigan tadbirkorlarimiz bu işda tuman hokimining kömakçilari bölişlari zarur. Yangi yil boşida hokim buva hamma obunaga masʼul bölganlar bilan albatta suhbat qursalar, ne ajab?! Zero, boşqa hamma işlar yaxşi ketişining muhim poydevori aynan obuna—maʼrifat tarğibotidan, amaliy natijasidan boşlanadi, deb hisoblaşimiz, işonişimiz, ana şu tamoyilga amal qilişimiz zarurga öxşaydi. Qaçonki, kam taʼminlangan oilalar uylariga gazeta va jurnallar, baʼmisoli  quyoş öz nurini soçgandek bölib gazeta va jurnallar kirib borsa, öşa uylarda yaxşilik, mehr-eʼtibor uruğlari albatta, unib çiqişi muqarrardir.

Turkman şoiri Maxtumqulining  “Bir ğarib yiğlab turganda, yonida kuluvçi bölma…” degan hikmatli sözi har bir rahbar, tarbiyaçilar uçun aytilgan ibratli kalom emasmi? Köçat ekişni umumxalq işi deb eʼlon qilinganidek, har bir bolakaylari bor xonadonga maʼrifat nuri kirib borsa, uning ertaga hosili ham bölajak. Şuni unutmaylik, azizlar! Bu işimiz ham umumxalq eʼtiborida bölsin!

Ertaga oramizdan buyuk akademiklar, odobli, halol rahbarlar, yozuvçi-şoirlar, sanʼat darğalari çiqadi, şubhasiz, “ularning bolaligi davrida  gazeta va jurnal, keyin kitob öqiganmi” degan savolga hamma “albatta” deb javob beradigan böladi. Lekin bu aslo yolğon söz bölib qolmasligi kerak!

Yangi Özbekiston öz-özidan qurilmaydi, vaqt juda tez ötib boryapti. Bu hur va ozod vatanimizning ertasi, egalari bugungi bolalar — farzandlarimiz emasmi? Ular öqimişli, odobli, bilimli, vatanini sevuvçi bölişlariga  bugungi tarbiya, eʼtibor muhim ahamiyatga molikdir. Şunday ekan, obuna masalasi öşa katta işlarning deboçasi bölsin, har birimiz bu işda peşqadam bölaylik. Vijdonli rahbarlarimizni yanglişmasam ota-onalari ularning qöliga gazeta va jurnal berganini eslaylik. Oddiygina köringan bu masalada katta haqiqat bor. Buni tuşungan har birimiz taşabbuskor rolini ham bajarişimiz lozim.

El sevgan ajoyib şoirlarimizdan biri Şukrullo domla bejiz biz katta yoşdagilarga “Vijdon haqida” gi quyidagi şeʼriy misralarni qoldirmagan bölsa kerak:

Axir menga nega til kerak,               

Yana yolğon sözlar uçunmi?                     

Nega yurak va aql kerak,                         

Turfa böxton öylaş uçunmi?

 

Daʼvatlarga botmay dunyoda

Bölay desang haqiqiy inson,

Husn berma, til berma menga,

Vijdon bergil, vijdon ber, vijdon!

Ha, şoir inson qalbi, vijdoniy iş haqida bong urmoqda. Biz yuqoridagi öz mulohazalarimizni davom ettirar ekanmiz, heç kimga biror fikrni “majburiy” singdiriş öyidan yiroqmiz, albatta. Zero, buning iloji ham yöq. Ammo yuqoridagi mulohazalarimizdan maqsad şuki, matbuotga, ayniqsa, bolalar naşrlariga munosabat keyingi ön yillikda tobora pasayib, yöq bölib bormoqda. Millionlab farzandlarimiz örta maktablarda taʼlim olişayotgan bölişsa-da, har bir öquvçi uçun şamçiroq vazifasini ötovçi bolalar naşrlarining bugungi ahvoliga maymunlar yiğlaydi: ular nomigagina naşr etilmoqda. Yurtimizda ön mingdan ziyod örta maktablar böla turib, ularning adadi 2-3 mingdan oşmayapti. Demak, aqalli bitta maktabga bitta “Gulxan”, yo bitta “Tong yulduzi” ham bormayapti! Örta maktablarni esa 10-11 yil davomida aqalli gazeta-jurnalni qöliga uşlab körmagan yuz minglab kelajagimiz egalari bitirib çiqmoqda. Xöş, endi ayting, 17 yoşgaça gazeta-jurnalga qayrilib qaramagan yoş avlod ertaga, voyaga yetib, katta bölganda gazeta öqiydimi? Gazeta öqimagan odam kitob öqişiga işonasizmi? Yoşligidan bolalar naşrlarini umuman öqimasdan kamolga yetgan inson keyin boşqa jiddiy naşrlarni öqirmidi?!

Prezidentimiz bir neça marta kuyinib gapirgani, “Bolalarimizni kitob emas, telefon” tarbiyalayotgani haqidagi gaplarining mağzini qaçon çaqamiz?

Davlatimiz rahbarining katta-kiçik amaldorlarga, ayniqsa, xalq taʼlimi mutasaddilariga qarata aytgan quyidagi sözlariga ular qaçon amaliy javob berişni öylaydilar: “Biz majburiy obuna deb, ixtiyoriy obunani ham yöq qildik”.

Tölqin Muhiddin,

dramaturg

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan