Ön söm ham pulmi?

Töğri-da, ön söm ham pulmi? Ön söm-a?! Nima, öşa ön sömga ikki kilo göşt berarmidi-a? Yöq! Hozir öşa ön sömga bitta igna ham bermaydi. Çunki, öşa ön sömligingizning özi yöq. Umuman yöq. Yöqolib ketgan. Menimça uç-tört yil böldiyov. Undan keyin ellik sömlik, uning ketidan yuz sömlik bilan   ikki yuz sömlik… Xullas, törtovginasi ham arşi aloga… ha, uçdi ketdi.

Ammo yuz sömlik, ikki yuz sömligu beş yuz sömlik qoğoz pullar örniga tanga çiqqani yaxşi böldi. Oftobga tovlasang, yalt-yult qiladi. Albatta, yangisi-da. Aslida, rangini sariq qilsa bölarkan. Tillo tangam bor deb maqtanardikda, oğayni. Ha, mayli, şunisiga ham şukr. Lekin, eng muhimi qulay. Bir hovuç bölsayam suv ostidagi toşdek çöntakning bir burçida turaveradi. Buning uçun çöntak qalin matoli va yaxşi tikilgan bölişi kerak. Yupqa bölsa bölmaydi. Matosi yupqa bölgan çöntak yaxşi tikilgan bölsa ham, baribir teşiladi. Teşildimi, tamom, tangadan ayrildim deya­vering. Ayniqsa, yölovçi tirband bölgan avtobus yoki metro poyezdida ketayotganingizda şu hol röy bersa bormi, tangalaringizning bittasi ham qolmaydi. Boş-közimdan sadaqa deb ketaverasiz. Menga qarang, şu gaplar nimaga kerak özi? Keling, otam zamonidagi gaplarni qöying. Yaxşisi plastik kartoçka haqida gaplaşaylik. Men sizga aytsam, plastik kartoçka joriy etilganligi zab iş böldi-da. Qulayligini aytmaysizmi, qulayligini. Xaridor uçun ham, imon-eʼtiqodli sotuvçi uçun ham yaxşi böldi. Endi xayolimiz kissamizni döppaytirib turgan pulda bölib, yuragimizni hovuçlab yurmaymiz. Yonimizda qança pul borligini faqat özimiz bilamiz. Hammaginasi kiçkinagina plastik kartoçkaning içida. Körinmaydi ham, sezilmayli ham. Sotuvçi bir payt­lardagidek, dasta-dasta pul sanab, qiynalib ötirmaydi. Yanglişmaydi ham. Qaytim qidirib, boşi ham qotmaydi. Terminalni töğri işlatsa bas.

Körib turibsizki, oddiy dökonda ham, minimarketu, supermarketda ham tarozidan ursa uradiki, ammo, hisob-kitobdan urolmaydi. Çunki, 11990 sömlik xaridingiz uçun sotuvçi kartoçkangizdan 12000 ming söm yeçib ololmaydi. Ammo naqd pul bilan tölaydigan bölsangiz, 10 söm yutqazişingiz aniq. Çunki, sotuvçida qaytim uçun 10 sömlik qiymatga ega bölgan tanga ham, qoğoz pul ham yöq. Qarabsizki, dökon daromadiga yöq joydan ön söm qöşilib turibdi. Bunaqa ön sömdan bir kunda qança tuşişini bilasizmi?   Misol uçun yuzta desak, bu ming söm böladi. Agar mingta bölsa, ön ming söm. Yomonmi? Yodingizda bölsa, yaqin-yaqinlargaça sotuvçi ellik-yuz söm qaytimga istar-istamas bir dona konfet bersa berardi, bölmasa yöq. Keyingi paytda şu ham yöqoldi. Qaytim qaytarmaslik esa yöqolmadi. Avjiga çiqdi. Xuddi şunday bölişi kerakdek. Siz aytgan zamonda sotuvçi xaridorning bir tiyiniga xiyonat qilmasdi. Öşanda bir tiyinlik ham, ikki tiyinlik ham, uç tiyinlik ham, beş tiyinligu ön tiyinlik ham bor edi. Agar, sotuvçi beş-ön tiyiningizga xiyo­nat qilsa bormi, tamom, tegiş­li taşkilot dodini berardi. Özimiz körganmiz şuni. O-o-o, çatoq edi u paytlar, judayam çatoq. Xalq nazorati   qattiq bölgani uçunmi, savdoda halollik bor edi. Ammo sotuvçining ham, xaridorning ham közi töq edi. Hozirgilarga öxşagan öndan töqqizni uradigan emasdi.

Töxtang-töxtang, sizning ön söm uçun kuyib-pişayotganingizning sababini endi bildim.Töğri, supermarketda bir kilo olmaning bahosi 10190 söm bölsa, bir kilo nokning bahosi 9990 söm, bir kilo pomidor 10890 söm bölsa, bir kilo bod­ring 5790 söm. Buni qarangki, nimaiki bölsa, hammasiga 90 söm qöşib yozilgan. Hattoki, bir dona igna ham 100 söm emas, 190 söm. Nima uçun şunday qilingan? Kuppa-kunduz kuni közingizga qarab turib, ön söm urib qoliş uçun. Tamom-vassalom. Agar, naqd pulga bir kilo olma olsangiz, 10200 söm tölaysiz-u, 10 söm qaytimini sadaqa qilib ketaverasiz. Xuddi şunday bölişi kerakdek, sotuvçi ham lom-mim demaydi. Siz ham talab qilmaysiz öşa ön sömni. Ğururingiz qöymaydi. Şu pastkaşga teng bölib ötirmay degan öy bilan indamay ketaverasiz. Supermarket kassiri esa ön söm qaytimi yöqligini aytib, hatto uzr ham söramaydi. Vijdoni yöl bermaydi. Qiziqsiz-a, har yuz kişidan ming söm tuşib turgandan keyin… Öşa ön sömni mingta vijdonga ham alişmaydi-da! Öşa ming kişining ön sömdan bergan sadaqasi bir oyda 300 ming söm bölar ekan. Bir yilda uç million olti yuz ming söm. Yöğ-ye! Hisoblab köring! Demak, uç yuzdan bölsa, ön oyda uç million. Ikki oyda olti yuz ming. Buning uçun men uç oy ter tökişim kerak. Bu hazilakam pul emas. Mana endi, insof bilan aytganda buni közga körinmas yulğiçlik deyiş mumkinmi?! Bu oşkora yulğiçlik supermarket deganning barçasida bir maromda işlab turibdi.   Biz hisoblab çiqqan uç million olti yuz ming önta supermarketda öttiz olti million söm bölar ekan. Bu pulmi? Pul! Maşo­yihlarning toma-toma köl bölur deganlari şu bölsa kerak. Qarang-a, biz mensimagan ön söm yiğilsa milyon-milyon bölişi mumkin ekan. Ayniqsa, bozor iqtisodi degan hozirgi zamonda bunday imkoniyatni boy beriş… özimizga zarar. Yöq, supermarketning bunday yulğiçligiga befarq qarab bölmaydi! Bu jinoyatga keng quçoq oçiş bilan barobar. Supermarketçilar uçun esa bu bir kaşfiyot. Haligi, nanotexnologiya deydimi? Ha, öşanga qoriştirsa borib turgan bitta dissertatsiya böladi. Yomonmi? Bahonada yana bitta olim köpayadi. Qoyil-ye, xaridorni şilişning bunday demokratik usulini öylab topgan kaşfiyotçilarga tasanno-ye, tasanno! Darvoqe, ularni elga tanitiş va albatta, taqdirlaş kerak! Menimça, ular sudning borib turgan mukofotiga munosib. Çunki, bu kaşfiyot öz-özidan bölmagan. Ança-munça odam boş qotirgan. Tunlarni bedor ötkazib, qoğoz qoralagan. Qançadan-qança vaqt sarflagan. Sinovdan ötkazgan… Xullas, odamlarni “rozi” qiliş uçun astoydil mehnat qilgan. Mehnat qilgandan keyin uning rohatini ham körişi kerak-da, axir! Töğrimi?!

Nuriddin OÇILOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan